3-§. Fuqaro va davlatning o‘zaro mas’ulligi
Kishilik jamiyati tarixida davlatning paydo bo‘lishi uning
mavjudligini ta’minlaydigan fuqarolar bilan o‘zaro munosabatini
129
vujudga kelishini taqozo etadi. Davlat o‘z fuqarosi bilan davlatdir.
Davlatning o‘z fuqarolari oldidagi mas’ulligini va fuqarolarning davlat
oldidagi mas’ulligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 19-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro
bog‘liqdirlar”, degan qoida o‘rnatilgan. Bu qoida fuqaroning faqat
davlatga qarashli obyekt emas, davlat bilan munosabatlar kirishadigan
huquq va majburiyat subyekti ekanligini e’tirof etib, uning mavqeyini
namoyon qiladi. Umuman, hozirgi zamon demokratik davlatlarda fuqaro
va davlat o‘rtasidagi munosabat o‘zaro huquq va majburiyatlar orqali
bog‘liqlikka asoslanadi. Boshqacha qilib aytganda, davlat va fuqaro
o‘rtasida o‘zaro mas’ullik tamoyili barcha demokratik davlatlarda e’tirof
etilgan.
Demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati
to‘g‘risidagi g‘oyalarda davlat va fuqaroning o‘zaro mas’ulligi tamoyili
muhim o‘rin tutadi. Unga ko‘ra, huquqiy davlatning asosiy belgilaridan
biri – davlat va fuqaro o‘rtasidagi munosabatning huquqiy shakli
mavjudligi, ya’ni davlat va fuqaroning o‘zaro huquq va majburiyatlar
hamda o‘zaro javobgarlikka asoslangan munosabatining mavjudligi
hisoblanadi.
Davlat huquq ijodkorligi faoliyati bilan o‘z fuqarolariga qator
huquqlar va majburiyatlarni belgilab beradi. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarga tegishli huquqlar shaxsiy
huquq va erkinliklar, siyosiy huquqlar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga
tarzida belgilangan.
Shaxsiy huquqlar deyilganda, insonning yashash huquqi, erkinlik
va shaxsiy daxlsizlik huquqi, sudning qarori kuchga kirgunga qadar
aybsiz hisoblanishi huquqi, shaxsiy va turar joy dalxsizligi huquqi,
harakatlanib, ko‘chib yurish huquqi, fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi
huquqi, davlat organlari tomonidan ularga daxldor bo‘lgan hujjatlar,
qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish huquqlari
tushuniladi.
Siyosiy huquqlar sirasiga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda
ishtirok etish huquqi, ijtimoiy faollikni amalga oshirish huquqi, kasaba
130
uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga
uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi, murojaat qilish
huquqi kiradi.
Fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlariga mulkdor bo‘lish
huquqi, mehnat qilish huquqlari, dam olish huquqi, ijtimoiy ta’minot
olish huquqi, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi, bilim olish
huquqi, ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan
foydalanish huquqlari mansubdir.
Konstitutsiya mazmuniga ko‘ra, fuqarolar Konstitutsiya va
qonunlarga rioya etishi, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari,
sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, O‘zbekiston xalqining tarixiy,
ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashi, atrof tabiiy muhitga
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, qonun bilan belgilangan soliqlar va
mahalliy yig‘imlarni to‘lashi, O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishi
kabi burchlari mavjud.
O‘z navbatida, davlat ham Konstitutsiya muqaddimasida bayon
qilinganidek, Konstitutsiya qabul qilinishini taqazo etadigan omillardan
biri sifatida fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash
maqsadida faoliyat yuritadi. Tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlash
davlatning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanib, bu yo‘lda bor kuch
va vositalarini safarbar qiladi. Davlat majburlov mexanizmining
mavjudligi, huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyat yuritishi va
huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning belgilanishi tinchlik va
milliy totuvlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Hattoki, Konstitutsiyaning
125-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tuzishdan
maqsad aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish, deb
belgilanganligi bejiz emas.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
22-moddasida “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga
xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va
fuqarolar oldida mas’uldirlar”, deb belgilangan. Bu qoida davlatning o‘z
fuqarolariga xizmat qiladigan, ularning tinchligi va xavfsizligini
ta’minlaydigan, huquqlarini ro‘yobga chiqarishni kafolatlaydigan
tashkilot ekanligini anglatadi.
Mamlakatimizda bugungi kun yangi islohotlar bosqichida davlat
boshqaruvi va jamoatchilik bilan ishlash tizimida amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlar ham aynan davlatning jamiyat va fuqarolar
131
oldidagi mas’uliyatini oshirishga qaratilmoqda. Birgina o‘tgan
2017-yilni O‘zbekistonda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari
yili”, deb e’lon qilinishi bunga yaqqol misoldir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
“Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “Xalq bilan
muloqot va inson manfaatlari yili”da “Inson manfaatlari hamma
narsadan ustun”, degan olijanob g‘oyani o‘zida mujassam etgan Davlat
dasturini amalga oshirish va bu g‘oyani izchillik bilan hayotga tadbiq
etishdan iborat.
Ushbu g‘oyani amalga oshirish maqsadida Harakatlar
strategiyasining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da
amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida keng ko‘lamli
islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalq
farovonligini yuksaltirishning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib
xizmat qiladigan 30 dan ortiq qonunlar hamda 900 dan ortiq qonunosti
hujjatlari qabul qilindi.
Davlatning fuqarolar oldidagi mas’uliyatini oshirib borish
natijasida insonlar roziligiga erishish davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishiga aylandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy
islohotlar Konsepsiyasining ishlab chiqilishi, xalq qabulxonalarining
tashkil etilishi, jamoatchilik nazoratining huquqiy tartibga solinishi,
davlat organlarining xalq vakillik organlariga hisobdorligining
takomillashtirilayotganligi, davlat xizmatlari markazlari faoliyatining
yo‘lga qo‘yilganligi aynan davlatning o‘z fuqarolari oldidagi
mas’uliyatini bajarishning namunasidir.
Davlat jamiyatda fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga
solish bilan birga, o‘zi ham teng huquqli ishtirokchidir. Jamiyatda yuz
beradigan normal munosabatlarni taribga soluvchi huquqiy hujjatlarning
eng yiriklaridan biri – O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
2-moddasida fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning fuqarolik qonun
hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari
bo‘lishi mumkinligi belgilangan. Bu bilan davlatning fuqarolar bilan
davlat va fuqaro o‘rtasidagi konstitutsiyaviy va fuqaroviy
–
huquqiy
manosabatlardan tashqari mulkiy va nomulkiy munosabatlarda ham
ishtirok etishi mumkinligi huquqiy tartibga solingan.
132
Davlat o‘z fuqarolari tomonidan fuqarolik burchlarini bajarishni
har tomonlama muhofaza qilish, ularning taqdirini boshqa davlat va
xorijiy tashkilotlar tomonidan hal qilinishida bevosita ishtirok etadi.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-
protsessual kodeksining 603-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosining boshqa davlat tomonidan ushlab berilishi (ekstraditsiya
qilinishi) so‘ralgan hech bir vaziyatda uni ushlab bermasligi belgilangan.
Aksincha, jinoyat uchun javobgarlikning maqarrarligi jinoyat ishini
O‘zbekiston hududida ko‘rib chiqish va javobgarlikni belgilash orqali
ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |