REJA:
Davlat va jamiyat qurilishida taraqqiyot strategiyasi.
Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish.
O`zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi.
Kirish
Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga koʻra, har bir xalq oʻz oldiga ulugʻ va istiqbol maqsadlarni qoʻyishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallaydi. Bugun Oʻzbekiston ham oʻz tarixining ana shunday masʼuliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy gʻoyaga aylanmoqda.
Xoʻsh, strategiya nima? U xalqning maqsadlarini qanday taʼminlaydi? Tanlagan maqsadlarning istiqbollari nimalarda namoyon boʻladi?
Strategiya — bu taʼlimotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi boʻlib, u izchillik bilan va toʻliq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni taʼminlaydi.
XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan oʻzaro bogʻliq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi koʻplab tushunchalarda ifodalanadi.
O’zbekistonning tashqi siyosatida, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek,davlatlarning suverenitetini,hududiy yahlitligini hurmat qilish,kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik chegaralarning dahlsizligini saqlash nizolarini tinch yo’l bilan hal etish.boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanib,o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarini ishlab chiqish muhim vazifa qilib qo’yilgan.
Mamlakatimiz oliy o’quv yurtlari va yetakchi ilmiy – muassasalarining tajribali professor –o’qituvchilari, ko’zga ko’ringan ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlangan ushbu risola ayni shu maqsadga, yane, Harakatlar strategiyasi haqida umumiy ma’lumot berish. Uning har bir yo’nalishi mano-mazmuni va ahamiyatini keng sharhlash, shu boradagi amaliy vazifalar hamda ularni hal etish yo’llari, mehanizimlari haqida zarur bilim, tushuncha va tassavur berishga qaratilgan. O’z o’zidan ravshanki, qo’lanma shu yo’nalishdagi dastlabki tajriba bo’lib, Harakatlar strategiyas kabi keng qirrali, noyob hujjatni har tomonlama to’liq sharhlab, tushuntirib beraolmaydi. Shuning uchun siz, hurmatli kitobxonlarning taklif-mulohazalaringiz asosida kelgusida risolani takomillashtirish borasida ishlar davom ettiriladi. Buning uchun sizlarga oldindan minnatdorchilik bildiramiz.
Davlat va jamiyat qurilishida taraqqiyot strategiyasi
Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat.Siyosat, strategiya va taktika — strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bogʻliq uchta mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qabul qilingan boʻlsa, uning joriy qilinishi strategiyalashtirilayotgan obyektning mayogʻiga aylanadi. Taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va ularning yechimi boʻyicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat — bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir.
Koʻrib turganimizdek, strategiyaning asl mohiyatida xalqimizning orzu-umidlari yoʻgʻrilgan gʻoyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi. Mafkuradan nusxa olib boʻlmaganidek, davlatning strategik maqsadlarini ham boshqa davlat va xalqlarning tarixiy tajribasidan oʻzlashtirib yoxud nusxa olib boʻlmaydi. Zero, har bir xalqning oʻziga xos siyosiy-ijtimoiy, demografik, iqtisodiy, madaniy tarixi, tabiiy resurslari mavjud boʻladi. Aynan shu omillar maʼlum ijtimoiy sharoit va imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Strategiyani amalga oshirish eng masʼuliyatli jarayon. Agar u real vaziyatni toʻliq qamrab olgan yaxlit va bir butun reja boʻlsa, uning muvaffaqiyati taʼminlanadi. Mabodo teskari boʻlsa, unda turgʻunlik yuzaga keladi. Bunga sabab, notoʻgʻri tahliliy maʼlumotlar, xulosalar, kutilmagan sharoitlar, resurslardan oqilona foydalana olmaslikdir. Strategiyani baholash va nazorat qilish strategik rejalashtirishni mantiqiy yakunlovchi omili boʻlib hisoblanadi. U hodisalarning qayta aloqalanishini taʼminlash jarayonida strukturaviy boʻgʻinlardagi bogʻlanish imkoniyatlarini tahlil qiladi, baholaydi, aniqlaydi, xulosalar chiqaradi. Zaruratda strategik rejalarni oʻzgartiradi.
Davlat strategik rejalari aniq va oʻzgarmas tamoyillarga boʻysundirilishi muhim. Ular islohotlarning bir maromda, izchil yoʻnalishini taʼminlashga xizmat qiladi. Jumladan, rahbar oʻz vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi maʼlumotlar va xulosalar bilan qurollanmogʻi, bundan tashqari, improvizatsiya qilmogʻi, quyilgan vazifalar yechimini topishda individual va kreativ yondashuvlarni tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan qarorni oʻzgartirish ehtimoli yoki oʻzgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqish imkoniyatini berishi zarur.
Strategik dastur va rejaning uygʻunligi hamda turli darajadagi qarorlarning mustahkam bogʻliqligi muvaffaqiyatning kafolati. Mazkur birlik davlat organlarning strukturaviy boʻgʻinlarida strategik harakatlarni birlashtirish, barcha funksional boʻlim rejalarining kelishuvi bilan taʼminlanadi. Ayni paytda strategiyani amalga oshirish imkoniyatlarini tugʻdiradi. Strategik boshqaruv jarayonida dastur va rejani amalga oshirish uchun tashkiliy va huquqiy sharoitlar yaratilishi lozim.
Mazkur tamoyillar hokimiyat organlari faoliyatidagi ijro intizomining past surʼatlariga, shaxsiy masʼuliyatsizligiga barham beradi, kadrlar layoqati darajasini oshirishni talab qiladi, murakkab va chigal ish tartiblarini sodda hamda tezkor yondashuvlar bilan oʻzgartirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, strategik yoʻnalishlarni belgilashning mavhum va nomaʼlum jihatlarini oydinlashtirish orqali tartiblashtirishga erishiladi.
Istiqbol maqsadlarni qoʻygan davlatlarning aksariyati milliy strategik muvaffaqiyatlarni YAIMning oʻsishida, fuqarolarining farovonlik darajasining yuksalishida, deb qaraydi. Yaqin oʻtmishda davlatning birlamchi vazifalari hosildorlikni oshirish, oltin-neftni koʻpaytirish, armiyani mustahkamlash bilan izohlangan. Albatta, ushbu omillarni inkor etmagan holda bugun Oʻzbekistonda milliy qadriyatlar bilan qurollangan davlatning strategik maqsadi fuqarolarning gʻoyaviy eʼtiqodi, bilim-salohiyati, jamiyatdagi mukammal qonunlar va barqaror ijtimoiy institutlarning mavjudligini taʼminlash asnosida amalga oshirish koʻzda tutilmoqda.
Strategik maqsadlarning aynan inson kapitaliga va u orqali adolatli qonunlarning, faol ijtimoiy institutlar harakati tashkil etilishiga qaratilayotganligi bejizga emas. Shuning uchun har qanday islohotlar inson kapitalini rivojlantirish bilan amalda uning tamal toshi mustahkamlanadi.
Mamlakatimiz strategiyasi nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi islohotlar sari tashlangan qadamda, balki, eng avvalo, davlatning xalqqa, xalqning davlatga boʻlgan munosabatini oʻzgarayotganligida namoyon boʻlmoqda. Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi boʻlib yashashi davlatning bosh maqsadi sifatida strategik yoʻnalishlar belgilanmoqda. Ular avvalo, rivojlantirilayotgan ijtimoiy sohalarda oʻz ifodasini topmoqda. Yoshlarga munosib taʼlim berish, zamonaviy kasb-hunarlar bilan qurollantirish, aholining salomatligini taʼminlash, nogironligi boʻlgan shaxslar, boquvchisini yoʻqotganlar, yolgʻiz keksalar, umuman, koʻmakka muhtoj qatlamlarni qoʻllab-quvvatlash davlatimiz rahbarining 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida oʻz tasdigʻini topdi.
Davlat va jamiyat qurilishi shunday bir murakkab tuzilmaki, uning tarkibidagi bir-biriga bogʻliq boʻlgan va bir-birini toʻldiradigan soha va jabhalarni bir vaqtning oʻzida jadal rivojlantirishni talab qiladi. Ularning har biri ikkinchisiga zamin yaratadi. Qaysidir asosiy soha avval rivojlanib, boshqa soha va tarmoqlar uchun lokomotiv vazifasini ham bajaradi. Albatta, bu jarayonda har bir sohaning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olish, obyektiv tahlil qilish, oʻz vaqtida tegishli chora-tadbirlar qabul qilish, ularni rivojlantirishning huquqiy asoslarini yaratish, samarali ishlash mexanizmlarini yangi texnologiyalar asosida tashkil etib berish kabi vazifalarni hal qilishni talab qiladi.
Davlatning harakatlar strategiyasi yetaklovchi lokomotiv kuchi — bu davlat va uning organlari. Islohotlarning garovi va kafolati hokimiyatning samarali faoliyati bilan bogʻliq hodisa. U boshqaruv mahorati bilan uzoqqa moʻljallangan maqsadlarni rejalashtiradi, siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni idora qiladi, aholini safarbar etadi, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va uni odilona taqsimot qilish vazifalarini amalga oshiradi. Shunday ekan, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimlarini takomillashtirmasdan turib mamlakat hayotini modernizatsiya qilib boʻlmaydi. Modernizatsiya oʻz umrini poyoniga yetkazgan boshqaruv usullarini yangi sifat va talablar darajasiga koʻtarish bilan mamlakatni rivojlantirishga olib keladi. Bu jarayonlar bevosita mahalliy hokimiyatlarning hududlarni rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda mustaqil qarorlar qabul qilishning huquqiy asoslarini shakllantirishni taqozo qiladi. Shu nuqtai-nazardan Prezidentimiz parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish, ijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, maʼmuriy islohotlarni davom ettirish va davlat boshqaruvida zamonaviy menejment usullarini keng qoʻllash, davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish, mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va masʼuliyatini qayta koʻrib chiqish, ularning mustaqilligini yanada oshirish vazifalarini belgilaydi.
Boshqaruvda adolatli davlat idora tizimlari shakllanmas ekan, qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari — ikkinchi uzviy bogʻlanuvchi muhim tamoyil taʼminlanmaydi. Ular sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. Bunday tizimning samarali faoliyati fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishning real imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Oliy sud — oliy hakam sifatida jamiyatning yaxshi-yomoni, foyda-ziyonini belgilab beruvchi maʼnaviy barometrga aylanadiki, bunday ijtimoiy muhitda jinoyat qilishdan koʻra bunyodkorlik qilish afzal boʻladi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish lozimligiga ahamiyat berishi strategik maqsadlarning izchil amaliyotini joriy etishga qaratilmoqda.
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.
O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.
Farmon bilan 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya, shuningdek ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etildi. Milliy komissiyaga Prezidentning o‘zi boshchilik qiladi.
Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish topshirildi.
Farmonda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda byurokratik to‘siq va g‘ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo‘l qo‘ymasligi qayd etildi. Bundan tashqari, davlat dasturi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishini ta’minlash belgilangan.
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish yo`nalishida bajarilgan ishlar.
Jamiyatda adolatli boshqaruvning vujudga kelishi, shubhasiz, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. Ular makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlash, tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, uning raqobatbardoshligini oshirish, ayniqsa, qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning yangi innovatsion texnologiyalarining tatbiq etilishi imkoniyatlarini yaratadi. Yaʼni rivojlanishning ichki qonuniyatlariga koʻra, yangi sifat bosqichga koʻtarilishning murakkab, ammo takomillashgan shakllari paydo boʻladi. Bu, oʻz navbatida, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni amalga oshiradi. Natijada mavjud salohiyatdan samarali foydalanish orqali joylarda mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish oʻsish surʼatlari vujudga keladi.
Jamiyatda ijtimoiy ongning oʻzgarishi bilan ijtimoiy munosabatlar ham rivojlanib boradi. Jamiyat va uning holati aslida inson ongining inʼikosi. Fuqarolar qanday ezgu amallar maʼrifati bilan qurollangan boʻlsa, ana shu ruhiy qudrat istaklarining hosilasini oladi. Bu jarayon ulkan toʻlqin sifatida millatning mushtarak maqsadlarida namoyon boʻladi. U, oʻz navbatida, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida yangi tarmoqlarning, ishchi oʻrinlarning paydo boʻlishiga, aholining real daromadi va shunga muvofiq turmush darajasining oʻsib borishiga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017yil 7 fevralda qabul qilingan <>gi farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga , davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgani ayniqsa e'tiborga molik [1]. Bu tarixiy hujjatda mamlakatning yaqin istiqboldagi rivojlanishi yoʻnalishlari belgilab berildi . <>[2].
Davlat boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishda. Davlat hokimiyati tuzilmalari (parlament, prezident, hukumat) o’rtasidagi munosabatlarning samarali tashkiliy va huquqiy mehanizmlarini yaratishda so’nggi yillarda konstitutsiyavuy qonunchilikga joriy qilingan yangi institutlar muhim kasib etadi. Xususan, 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan ,<>gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo’ldi.
Hokimiyat subyeklari o’rtasida vakolatlar munosib taqsimlanishiga erushishda islohotlarning avvalgi bosqichida asosiy qonunimiz 98-moddasiga kiritilgan tuzatishlar jiddiy ahamiyat kasib etdi.
Yangi bosh vazir nomzodi O’zbekiston Respuplikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko’p deputatlik o’rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o’rinlarini qo’lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.
Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi . [3] Ushbu norma davlat hokimiyati tarmoqlari oʻrtasida oʻzaro tiyib turish va ta'sir etish mexanizmini yanada takomillashtirdi .
Konstitutsiyaning 32- moddasi mamlakat hayotida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirishga qaratilgan muhim qoida bilan toʻldirildi . Yane, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda oʻzini oʻzi boshqarish , referendumlar oʻtkazish va davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yoʻli bilan ham amalga oshirilishi haqidagi norma bilan toʻldirildi .
Konstitutsiyaning 78-moddasiga yangi 21 band kiritilib , unda parlament nazorati instituti nazarda tutildi. Maxalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mustaqilligini va ayni vaqtda vakillik organi oldidagi masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida Konstitutsiyaning 103-moddasi viloyat, tuman va shahar hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etish majburiyatini belgilaydigan norma bilan toʻldirildi. Ushbu hisobotlar boʻyicha xalq deputatlari kengashlari tegishli qarorlar qabul qilish orqali bu konstitutsiyaviy institut yuridik jihatdan rasmiylashtiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasida milliy saylov qonunchiligimizga tamomila yangi institutni - viloyat, tuman va shahar hokimlarini tegishli hududlardagi aholi tomonidan bevosita saylash gʻoyasini ilgari surdi. Bu ham hokimlarning xalq oldida hisobdorligini kuchaytiradi .[4]
Shuningdek, Konstitutsiyaning 117-moddasiga asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat boʻlgan O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini tashkil etishning konstitutsiyaviy asoslarini belgilaydigan tuzatishlar kiritildi.
Konistitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar davlat hokimiyatining yanada demokratlashuvi, uning mustaqil tarmoqlari oʻrtasida vakolatlarning qayta taqsimlanishi, oʻzaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimi rivojlanishi , shuningdek , saylov tizimining yanada takomillashuvining muhim omiliga aylanishi tabiiy.
Mamlakat davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida barqarorlik, izchillikni taminlash, ijro etuvchi hokimiyatning mustaqil faoliyat koʻrsatish kafolatlarini kuchaytirish maqsadida amaldagi Vazirlar Maxkamasi yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi boʻyicha Konstitutsiyaning 98-moddasida belgilangan normalar mamlakat Prezidentining qaroriga koʻra, hukumat ayni shu davrda, Vazirlar Maxkamasining yangi tarkibi shakllantirguncha qadar oʻz faoliyatini davom ettirib turish haqidagi qoidalar bilan toʻldirildi. Bu jiddiy norma boʻlib, davlat boshqaruvida izchillik, uzviylig hamda davomiylikni ta'minlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lavozimga kirishish tantanali majlisidagi nutqida quyidagilarni taʼkidladi: <
Asosiy vazifa - bu yuqori kasb mahorati va zamonaviy tafakkurga ega, puxta oʻylangan, har tomonlama toʻgʻri qaror qabul qila oladigan, belgilangan maqsadlarga erishadigan rahbarlar va mansabdor shaxslarning yangi tartibini shakillantirishdan iborat.
Bu borada hududiy boshqaruv organlari, eng avvalo, mamlakatimiz tuman va shaharlari hokimliklari uchun malakali kadrlar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratish zarur >>. [5]
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish. Davlat boshqaruvi idoralarining aholi bilan aloqalarni kuchaytirish, hamkorlik mexanizmlarini yaratish muhim. Bir tomondan, aholini davlat boshqaruvi organlari faoliyatidan muntazam ravishda habardor qilib turish, ikkinchi tomondan, mahalliy davlat boshqaruv organlari qarorlarini qabul qilishga keng jalb etishni yoʻlga qoʻyish -davr talabi. Shuningdek, davlat boshqaruvi bilan korporativ boshqaruvni yaqinlashtirish, ular nisbatining oqilona mezonlarini belgilashda muhim oʻrin tutadi.
Inson va fuqarolarning axborotga boʻlgan xuquqlarini kafolatlashning tamoyillari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli normalarida mustahkamlab qoʻyilgan. Xususan, Konstitutsiyaning 29-moddasiga binoan:<>. [6]
Hozirgi davrda xalq bilan samarali muloqot ta'minlash <> Davlat dasturining eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri boʻldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat - notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish shuningdek, mahallaning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.[7]
Oʻzbekiston Respublikasi mazkur soha taraqqiyoti uchun qator tashkiliy va huquqiy chora tadbirlar amalga oshirilmoqda va bugungi kunga kelib qariyb ellikka yaqin qonun va qonunosti hujjatlari davlat va hususiy sektor faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish va ulardan foydalanishni tartibga solib kelmoqda.
Takidlash joizki, mamlakatimiz rivoji va islohotlarning muvaffaqiyatli kechishi koʻp jihatdan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalqga sifatli va tezkorlik bilan hizmat koʻrsatishi, bu borada oʻz faoliyatining ochiqligi, shafofligi va oʻz navbatida bu jarayonlardan keng axolining xabardorligi, ularga daxldorligida namoyon boʻladi. Zero, inson va fuqarolarning yuqori saviyadagi huquqiy madaniyatga ega boʻlishlari demokratik jamiyat qurishning mustahkam poydevoridir. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlardan habardorlik, qonun normalarini hurmat qilish va ularga qa'tiy rioya qilish huquqiy demokratik davlat qurishning , siyosiy va huquqiy institutlar samarali faoliyat koʻrsatishning asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov taʼkidlaganidek : <>. [8]
Elektron hukumat tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko’rsatishning samarasi, sifati va aholinhamda tadbirkorlik subyektlarining ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish. O’zbekiston Respuplikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat ekani haqidagi fikirlari o’ta muhim ahamiyatga ega.
Davlat organlari faoliyatidagi ochiqlikni ta’minlashning, shu bilan birgalikda <> shakillantirish va rivojlantirishning samarali usullari sifatida <> bilan bir qatorda <> tizimini ham joriy etish muhim.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2013yil 18 yanvardagi Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida <> tizimi, jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek, biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini shakillantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirishga, axborot tizimlarining idoralararo va idoraviy komplekslarni integratsiya qiladigan milliy tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratish lozim>> deb ta’kidlagan edilar.[9]
Mamlakatimizda inson, jamiyat va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko’tarish va ushbu munosabatlarni samarali tashkil etish, boshqarish va tahlil etish maqsadida Parlament tomonidan 2015 yilning 9 dekabrida <>gi O’zbekiston Respuplikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi <> sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
<> tizimini tashkil etishdan ko’zlangan asosiy maqsad – shaxs, jamiyat va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni soddalashtirish va bir vaqtning o’zida rivojlantirishdir.
O’zbekiston Respuplikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev o’zining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida <>. – deb ta’kidlagan edi.[10]
Konunning 3 <> moddasiga asosan - davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash yo’li bilan davlat xizmatlari ko’rsatishga doir faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron xamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-ququqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi xisoblanadi. Shu bilan birga, bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan xolda, davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, fuqarolar extiyojlarini xisobga olgan xolda davlat xizmatlari ko’rsatishga qaratilgan davlat boshqaruvining tashkiliy shakli xamdir.
Mazkur qonun bilan birga davlat boshqaruvida zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va «Elektron xukumat» tizimini shakllantirishga oid masalalar milliy qonunchiligimizda 30dan ortqik normativ-xuquqiy xujjatlarda o’z aksini topgan bo’lib, «Elektron xujjat aylanishi tugrisida», «Axborotlashtirish tugrisida», «Elektron raqamli imzo to’g’risida», «Elektron tijorat to’g’risida», «Elektron to’lovlar to’g’risida»gi qonunlar shular jumlasidandir.
«Elektron xukumat» tizimi Prezidentimizning yuqoridagi fikrlarini amaliyotga samarali tatbik etishda muxim rol egallamoqda. Xususan, u davlat boshqaruv organlari tomonidan ko’rsatilayotgan davlat xizmatlarini fuqarolik jamiyati sub’ektlariga tez va samarali, asosiysi qulay yetkazishga xizmat qiladi.
Elektron xukumatning yaratilishi:
xukumatning qaror qabul qilishda ochiq-oydinligi va xisobdorligini ta’minlaydi xamda shu orqali korrupsiya xavfini pasaytiradi;
axborot olish erkinligini oshiradi (qonunlar va boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlar, statistik va boshqa axborotlar);
fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hayotidagi keng ishtirokini ta’minlaydi;
kichik va o’rta biznesning turli chiqimlari (vakt, yo’l va boshqa xarajatlar)ni kamaytiradi;
xalqning davlat boshqaruv organlariga murojaatlarini osonlashtiradi xamda ushbu murojaatlarning ko’rib chiqilishini avtomatik ravishda nazorat qilish imkoniyatini yaratadi;
murojaat jarayonida taqdim etiladigan xujjatlarning maksimal qisqarishi orkali turli byurokratik to’siqlarga barxam beriladi;
davlat xizmatlaridan foydalanishda eskirgan ko’pbosqichlilik tizimidan emas samarali va tezkorlikka asoslangan mexanizmdan foydalaniladi;
elektron ko’rinishda murojaat qiluvchi shaxsga o’ziga qulay bo’lgan joydan murojaat qilishdek qulayliklar yaratadi.
X,arakatlar strategiyasida Prezident Sh.M. Mirziyoev ilgari surgan «Xalk davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalkimizga xizmat kilishi kerak» prinsipini ijtimoiy-siyosiy xayotda amalga oshirishga doyr dasturiy maksadlar xam mujassamlashgan. Shuning uchun xam Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning xolatini urganish va xalk bilan mulokot kilishga doyr faoliyatini tubdan takomillashtirishga doyr Oliy Majlis palatalari Ken- gashlarining kushma karori loyixasini ishlab chikish, unda xududlardan saylangan deputat va senatorlar xar oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bulib, davlat xokimiyati organlari faoliyatini urganib taxdil kilishi, tegishli raxbarlarning xisobotini xalk deputatlari Kengashlari sessiyasi muxokamasiga kiritishi xamda tegishli xulosalar berishi, shuningdek, Konunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida urganish natijalari buyicha tegishli xalk deputatlari Kengashlari sessiyalarini utkazishi, Oliy Majlis Senati tomonidan xar bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalk deputatlari Kengashlari ishini tashkil etish nazarda tutilmokda. Agar parlamentning xalk irodasi va manfaatlari asosida faoliyat yuritishi xamda konunlar kabul kilishi eng asosiy demokratik kadriyatlardan biri ekaniga e’tibor bersak, deputatlar va Senat a’zolarining uz saylovchilari bilan uzaro mulokotlari, joylardagi muammolardan xabardor bulishi, ularning yechimlarini topishda ishtirok etishi, maxalliy vakillik organlarining jonlanishiga kumaklashishi mamlakatimizda fukarolik jamiyati rivojlanishiga yanada kulay shart-sharoitlar yaratadi. Chunki oliy vakillik organi deputati avvalambor uz saylov okrugidagi fukarolarning vakili, Senat a’zosi esa uzi saylangan mintaka maxalliy davlat xokimiyati organlarining vakilidir. Shuning uchun xam parlament a’zolarining xalk ichida kuprok faoliyat yuritishi davlatimiz barkarorligini yanada mustaxkamlash omillaridan biri bulib xizmat kiladi.
Shu sababli, fukarolik jamiyatining eng asosiy tamoyillaridan kelib chikkan xolda, davlatni bopщarishda xukumat bilan xalk orasidagi mulokotni tashkil etish, fukarolarni tashvishga solayotgan, muammolar tugdirayotgan savollarni vaktida urganish va ularni xal kilish maksadida 2017 yilgi Davlat dasturining birinchi galdagi vazifalarida samarali mulokot mexanizmlarini tashkil kilish rejalashtirildi va bir vaktning uzida bu rejalar amalga oshirilmokda.
O`zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi.
2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:
qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda tubdan oshirish;
siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish.
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy etish;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:
sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish;
sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash:
fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansolarlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko‘rish;
fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;
fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.
2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish:
odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini yaxshilash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish;
jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish;
elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish;
korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlarini o‘qitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo‘yicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
2.6. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish;
advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqishda advokatlaring o‘rni va nufuzini oshirish;
notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilish.
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishari
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish:
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiyaviy loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish;
3.2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish;
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;
prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;
xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish;
yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
3.3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:
tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini tarmoqlarini yanada kengaytirish;
global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi halokatining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish.
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uni ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, barcha turdagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivojiga to‘liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi” degan prinsipni amalga oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlariga va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish;
3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;
hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko‘llamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo‘li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:
aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;
budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda bosqichma-bosqich oshirish;
yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;
4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
sog‘liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‘rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki bo‘g‘inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish:
aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;
aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talab va ehtiyojini ta’minlashni tubdan yaxshilash;
teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:
uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ushbu muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish;
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’atga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:
jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;
yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar
5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar:
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi o‘z vaqtida va munosib harakatlarni tashkil etish;
fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;
5.2. Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar:
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, jaxon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborot yetkazish;
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Xulosa
Xulosa qilib aytganda yurtimiz bugungi kunda gullab yashnamoqda, ilim, ma’naviyat, marifat va shu turdagi sohalarga qaratilgan e’tibor tufali biz yuksak cho’qilarni zabit etib bormoqdamiz va shu bilan birga rivojlanmoqda.
Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa eng avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va extiyojlarini yaxshi bilish kerak.
SHavkat Mirziyoyev
Biz bu sharoitlardan oqilona foydalangan holda yurt ravnaqi tinchligi osoyishtaligi uchun o’z xissamizni qo’shadiga payt keldi. O’zbekistoni dunyoga tanitish tanilish biz yoshlar qo’lida bilim olaylik va beraylik.
Foydalangan adabiyotlar
1. O’zbekiston Respuplikasining Konistitutsiyasi. –Toshkent ; <>,2014
2. Islom Karimov . Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi .-T.;<>, 2010, 8-bet.
3. E Yusupov va boshqalar. Ijtimoiy boshqaruv tizimining tadriji va davlatning shakillanishi.-T.,2005. 75bet.
4. <>,2017yil 8 fevral.
5. SHavkat Mirziyoyev. Erkin va farovon , demokratik O’zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan ko’ramiz! <>2016yil 15dekabr.
6. Islom Karimov . Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi .-T.;<>,2010yil , 12-13betlar.
7. SHavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson mangaatlarini ta’minlash –yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining farovi //<>,2016 yil 8 dekabr.
8. <>.2016 yil 15 dekabr T/150-soni .
9. O’zbekiston Respublikasining Konistitutsiyasining.-T.; <>, 2014 yil. 8-bet.
10. Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. 6-jild. –T.;<>,1998. 28-29 betlar.
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakulteti
MO’M 18/2 guruh talabasi Boboyorova Nodiraning
“O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi va fuqarolik jamiyati fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Mavzu:___________________________________________________
_________________________________________________________
Tekshirdi:_________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |