jurisdictio
–
суд
муҳокамаси
;
суд
округи
маъноларини
англатади
.
Одатда
,
кенг
маънода
давлат
-
ҳуқуқий
фаолиятнинг
доираси
ёки
бошқача
қилиб
айтганда
ушбу
фаолиятнинг
соҳаси
ва
предмети
(
ҳудудий
доираси
)
ҳам
айнан
юрисдикция
деб
аталади
.
140
Fuqarolik tushunchasi orqali davlat tushunchasiga ham oydinlik
kiritiladi. Zero, davlatning davlat deb tan olinishida
fuqarolik instituti
muhim rol o‘ynaydi, ya’ni davlatning eng muhim belgilaridan biri, unga
mansub bo‘lgan shaxslar ya’ni fuqarolik maqomiga ega insonlarning
mavjudligidir. Davlat hokimiyatining asosiy maqsadi va faoliyatining
mazmuni jamiyat va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdan iborat
bo‘lib, davlat ular oldida mas’uldir.
Davlat va fuqaro o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, kishilik jamiyatining
rivojlanishi zaminida,insonlarning o‘z huquq va erkinliklari borasidagi
kurashlari natijasida fuqarolik g‘oyasi paydo bo‘ldi. Hozir ham
fuqarolikka oid maqom bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar dolzarb
hisoblanib, davlat va jamiyat darajasida har tomonlama o‘rganib kelinadi.
Jumladan, dunyoda ushbu munosabatlar tobora murakkab tus
olmoqdaki, bunga misol qilib, mamlakat tashqarisida ham davlat
tomonidan o‘z fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish
bilan bog‘liq masalalarni keltirish mumkin. Shunday ekan, fuqarolik
institutini o‘rganish va takomillashtirish masalalari o‘zining dolzarbligi va
ahamiyatini yo‘qotmagan.
Fuqarolik maqomi asosida davlat va shaxs munosabatlarining
mohiyati ochib beriladi. Fuqarolik maqomiga ega bo‘lgan shaxslar davlat
bilan muayyan huquq va burchlar ila uzviy, mustahkam munosabat
o‘rnatar ekan, ushbu munosabatlarda har ikki tomon uchun manfaatlar
uyg‘unligi tan olinadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, insonlar kishilik jamiyatining ilk
damlaridanoq jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishga, ushbu jamiyat a’zosi
sifatida ijtimoiy munosabatlardagi o‘z mavqeyi va huquqiy maqomini
anglashga ham intilib kelgan. Siyosiy-huquqiy ongning yuksalishi
oqibatida, o‘z huquq va erkinliklarini tiklash borasidagi kurashlari natijasi
o‘laroq, ozod va erkin shaxsga aylangan jamiyat a’zolari mavjud davlat
hokimiyatiga ham ta’sir o‘tkazib bordi.
Kishilik jamiyatining rivojlangan davrida boshlang‘ich bosqich
bo‘lib, xalqaro umume’tirof etilgan normalar ustuvorligining tan olinishi
bilan bog‘liq davr tilga olinadi. Bu davrga kelib, fuqarolik tushunchasi
keng mohiyat kasb etib, aksariyat davlatlarda fuqarolikka oid normalar
xalqaro huquq talablariga mos ravishda rivojlantirildi. Xalqaro huquq
ta’sirida fuqarolik tushunchasi, deyarli barcha davlatlar tomonidan bir xil
mazmunda tavsiflandi.Fuqarolik, insonning huquqiy maqomini
anglatuvchi tushuncha, huquqiy atama sifatida Yevropadagi burjua
inqiloblari davrida vujudga keldi. Ushbu davrdan boshlab
141
“fuqaro”
tushunchasi ozod va erkin shaxs ma’nosida qo‘llanilib, xalqaro
huquq normalarida ko‘pincha
“citizen, grajdanin”
terminlari bilan
yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo‘limida
inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari huquqiy
jihatdan mustahkamlanib quyilgan. Unda bevosita faqat fuqarolarga
tegishli qoidalar aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. Bir vaqtning o‘zida ham
fuqarolarga, ham fuqaroligidan qat’iy nazar, barcha shaxslarga nisbatan
e’tirof etilgan huquq va erkinliklarni mustahkamlashda “har kim”,
“hech kim”, “inson”, “har bir shaxs”, “hamma”, “har bir inson” kabi
tushunchalardan foydalanilgan.
Bundan anglash mumkinki, insonlarning tabiiy huquq va erkinliklari
turkumiga taaluqli huquqiy maqomdan, respublikamizda istiqomat
qilayotgan barcha insonlar, fuqarolik holatidan qat’iy nazar foydalanadilar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslarga
insonlarning tabiiy huquq va erkinliklari bilan birga, siyosiy huquq va
erkinliklar ham tegishli ekanligi e’tirof etilgan.
“
Fuqaro
” tushunchasiga insonning huquqiy holatini belgilovchi
yuridik atama sifatida qaraladi. Insonlarning huquqiy holatidagi farqlar
uning fuqarolikka ega yoki fuqarolikka ega emasligi, chet el fuqarosi
ekanligi, ko‘p fuqarolikka egalik kabi holatlar bilan izohlanadi. Bu
holat har bir davlatning milliy qonunchiligida, ya’ni ularning tarixiy
rivojlanish xususiyatlari, milliy an’analari, urf-odatlari va boshqa
omillardan kelib chiqib, o‘ziga xos tarzda ifoda etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi umume’tirof etilgan xalqaro huquq
qoidalariga sodiqligini namoyon etib, o‘z xalqining azaliy orzu-
maqsadlarini ro‘yobga chiqarish barobarida yurtimizda istiqomat
qilayotgan barcha kishilarning huquqiy holatini, ularning huquq va
erkinliklari hamda majburiyatlarini huquqiy jihatdan mustahkamlanishiga
katta e’tibor bermoqda.
Jumladan, Konstitutsiyadagi quyidagi asosiy prinsiplar “...davlat
organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar
(2-modda)”, “O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi
barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat
qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi
(4-modda)”, “Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir.
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab
va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul
qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi
142
(7-modda)”, “O‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari tashkil etadi (8-modda)”, “Davlat, uning
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar (15-modda)”,
“Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va
manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas
(16-modda)”, “...
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari,
farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi,
hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan
ajralib chiqishi mumkin (17-modda)” fuqarolik jamiyatini shakllantirish,
huquqiy davlat barpo etish, har bir fuqaroning munosib turmush
kechirishiga keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi
15
.
Shunday qilib, konstitutsiyaviy huquq fanida fuqarolik bilan bog‘liq
munosabatlar alohida konstitutsiyaviy-huquqiy institutni tashkil etadi.
Fuqarolik
– jismoniy shaxs va davlatning o‘zaro doimiy mustahkam va
barqaror siyosiy-huquqiy aloqasini anglatib, inson qadr-qimmati, huquq va
erkinliklari prinsiplarini tan olish va hurmat qilishga asoslangan muayyan
shaxs va davlatning o‘rtasidagi o‘zaro huquq, majburiyat va
javobgarliklari yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |