133
qanday sohasida yuzaga keluvchi nizo mavjud bo‘lgan taqdirda ijtimoiy
nazoratni amalga oshiruvchi davlatning tashkiloti hisoblanadi. Odatda,
nizolarni hal qilishda davlatning aralashuvi va huquqbuzarlarga nisbatan
majburlov ta’sir choralarini qo‘llash taqozo etiladigan hollarda odil
sudlovga ehtiyoj tug‘iladi.
Hokimiyatlar tizimida insonlarning huquq va qonuniy
manfaatlarini sud yo‘li bilan muhofaza qilish himoya qilishning eng
samarali usuli, deb hisoblash imkonini beruvchi o‘ziga
xos belgilar
majmuiga egadir.
Qonun va adolatni kafolatlaydigan mustaqil, erkin sudning
jamiyatimizdagi ahamiyati yuqori. Bunday sud tizimi hozirgi jadal
islohotlar jarayonida mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni
ta’minlashga, demokratik qadriyatlarni himoya qilishga ko‘maklashadi.
Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
qonunlarida belgilangan huquq va erkinliklari daxlsiz bo‘lib, ularni
cheklashga yoki mahrum qilishga hech kim haqli emas, qonunda
nazarda tutilgan hollarda sudlar bundan mustasno. Hokimiyat
vakolatlarining taqsimlanishi prinsipida sudlarning
nizolarni hal qilish
funksiyasi mavjud ekan, huquq yoki erkinliklardan mahrum qilish yoki
ularni cheklash nizolarga sabab bo‘ladigan holat hisoblanadi. Shuning
uchun odatda, huquqlardan mahrum qilish yoki uni cheklash masalasini
hal qilish sudlarning vakolatiga berilgan.
1679-yil 26-mayda qabul qilingan «Xabeas Korpus Akt» deb
nomlanadigan hujjat sudlarning inson huquqlarini muhofaza qilishdagi
rolini ko‘rsatgan dastlabki huquqiy manbalardan hisoblanadi. Boisi,
inson tanasini sudga olib borish, degan ma’noni beradigan ushbu
hujjatning qabul qilinishi bilan insonning ozodligi, ozod bo‘lish
huquqini cheklash haqida qaror qabul qilish vakolati sudlarga berilgan.
Unga qadar ushbu huquq o‘sha zamon
politsiya organlari va ular
tepasidagi qirollik kuchlariga tegishli edi. Bu bir tomondan
chinakamiga inson huquqlarining tantanasi bo‘lgan bo‘lsa, boshqa
tomondan hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi prinsipiga muvofiq
sudlarning yuridik tabiatiga mos keladigan vakolatga ega bo‘lganligini
anglatar edi.
134
Huquqning hozirgi zamon rivojlanish holati shu darajaga yetdiki,
har qanday vaziyatda shaxsning qonunlarda nazarda tutilgan
huquqlaridan mahrum qilish yoki ularni cheklash sudlarga tegishlidir.
Hatto, fuqarolarga davlat organi yoki mansabdor shaxslar tomonidan
qabul qilingan qarorlar uning manfaatiga zid bo‘lsa, sudlarga murojaat
qilish huquqi ham kafolatlangan.
Shaxsning huquqidan mahrum qilishning yaqqol namunasi –
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida belgilangan
“Muayyan huquqdan mahrum qilish” jazosi hisoblanadi.
Ushbu
kodeksning 45-moddasida ko‘rsatilishicha, muayyan huquqdan mahrum
qilish “sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxona, muassasa
yoki tashkilotda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat
bilan shug‘ullanishini ta’qiqlashdan iboratdir”. Yoki bo‘lmasa,
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksining 28-moddasida belgilanishicha, “Muayyan shaxsni unga
berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan,
ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi tuman (shahar) ma’muriy
sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Bu holatda ham
sudlarninggina shaxsni o‘z huquqidan
mahrum qilish vakolati
mavjudligi e’tirof etilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘rnatilgan
fuqarolarning huquq va erkinliklaridan sudning qarorisiz mahrum
etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligi ijtimoiy
hayotimizning turli sohalariga kirib bormoqda. Jinoyat ishlarini yuritish
sohasida shaxsning huquqlariga bevosita ta’sir etadigan protsessual
harakatlarni o‘tkazish vakolati sudlarga o‘tkazilayotganligiga guvoh
bo‘lamiz. Xususan, 2008-yil yanvardan boshlab, qamoqqa olish
tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash va uning muddatini uzaytirish,
2008-yil
dekabr oyidan boshlab, amnistiya aktiga asosan, jinoyat ishini
qo‘zg‘atishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish, 2012-yil sentabr
oyidan boshlab ayblanuvchini lavozimidan chetlatish va shaxsni tibbiy
muassasaga joylashtirish (uning muddatini uzaytirish), 2014-yil sentabr
oyida yangidan joriy qilingan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini
qo‘llash va uning muddatini uzaytirish, 2017-yil
martdan
135
boshlab,murdani eksgumatsiya qilish va pochta-telegraf jo‘natmalarini
xatlash kabi protsessual harakatlar sudning qarori bilan amalga
oshiriladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida «Xabeas korpus» institutini qo‘llash
sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish
vazifalarining belgilanganligi kelajakda shaxsni huquqidan mahrum
qilish yoki ularni cheklab qo‘yish kabi boshqa protsessual harakatlarni
sudning qarori bilan o‘tkazish tartibi joriy qilinishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: