9-Mavzu. Mehnat jamoalari xodimlarini boshqarish



Download 206,33 Kb.
bet1/15
Sana29.11.2022
Hajmi206,33 Kb.
#874967
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MENEJMENT 9-MAVZU (1)


9-Mavzu. Mehnat jamoalari xodimlarini boshqarish
Boshqaruv tizimidagi xodimlar va ularning tasnifi. Xodimlarni tanlash. Xodimlarni saralash, joy-joyiga qo‘yish va tayyorlash. Xodimlarni baholash mezonlari. Muloqot o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar. Ishga qabul qilish. Nizolarni boshqarish. Nizolarning vazifalari. Shaxs ichidagi nizo. Shaxslararo nizo. Shaxs va guruh o‘rtasidagi nizo. Guruhlararo nizo. Kartografiya usuli. Nizoning kartasi. Nizolarni hal qilishning tarkibiy usullari. Nizolarni hal qilishning shaxslararo usullariga.


Boshqaruv tizimidagi xodimlar va ularning tasnifi
Umuman, xodimlar deyilganda fan va texnikaning turli sohalari mutaxassislari, shu jumladan, bajaradigan vazifasi maxsus professional tayyorgarlikni talab qiladigan malakali ishchilar ham tushuniladi.
Boshqaruv xodimlari deyilganda kasbiy faoliyati to‘la yoki asosan ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishchilar tushuniladi.
Boshqaruv xodimlari tushunchasi bilan quyidagi ikki tushuncha, ya’ni xodimlar siyosati va xodimlar bilan ishlash tushunchalari uzviy bog‘langan.
Xodimlar siyosati - tegishli kasbiy, professional mahoratga va shaxsiy sifatlarga ega bo‘lgan yuqori malakali boshqaruv xodimlarini tayyorlash borasidagi uzoq muddatga mo‘ljallangan ishlar. Xodimlar siyosatining maqsadi korxonalar, firmalarda mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishdir.
Xodimlar bilan ishlash tizimi boshqaruv xodimlari bilan ish olib borish shakllari, usullari, yo‘nalishlari va mezonlari majmuasidan tashkil topadi. Xodimlar bilan ishlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: rejalashtirish, tanlovni tashkil etish va rahbarlik qilish, xodimlarni joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash, xodimlarni bir ishdan boshqasiga ko‘chirish, yuqori ishga ko‘tarish. Mazkur tizimnigng subyektiga ancha keng doiradagi odamlar va maxsus bo‘linmalar kiradi. Bular quyidagilardir: bosh direktor, direktor; uning xodimlar bo‘yicha o‘rinbosarlari; xodimlar bo‘limi; texnikaviy o‘qitish bo‘limi. Xodimlar bilan ishlash tizimida kimni ishga tayinlashsa o‘sha, ya’ni, boshqaruv xodimlari boshqaruv obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Xodimlarni boshqarish – korxona maqsadlariga erishishida ijodkorlik, tashabbuskorlik, yaratuvchilik bilan mehnat qilish uchun eng maqbul sharoitlarni ta’minlash yo‘lida jamoaga va ayrim ishchilarga kompleks, maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish. Har qanday korxonadagi menedjment ikki asosiy nuqtai nazarni o‘z ichiga oladi:
Birinchisi – korxonaning maqsadlarini aniqlash, uni amalga oshirish uchun tadbirlar ishlab chiqish va mos ravishda natijalarni nazorat qilish. Bu holatda menedjment moddiy-mantiqiy vazifalarni hal qilishga, korxonada ishlarni tashkil etish va ularni boshqarishga yo‘naltirilgan.
Ikkinchi nuqtai nazarga ko‘ra korxonaga rahbarlik qilish bu odamlarni boshqarish hamdir, ya’ni qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida xodimlarga ta’sir o‘tkazishdir.
Biznesning muhim tashkil etuvchisi xodimlarni boshqarish hisoblanadi. U mehnat imkoniyatlarini yuzaga chiqaradigan, qobiliyatni rivojlantiradigan qulay muhitni shakllantiradi. Odamlar bajargan ishlaridan va o‘z yutuqlarini jamoatchilik tan olganidan qoniqish oladilar. Shuning uchun xodimlarni boshqarish sohasida asosiy diqqat ishchining mehnat qobiliyatini rivojlantirishga qaratiladi.
Xodimlarni boshqaruvchilar – bu professional mutaxassislarning mustaqil guruhi – menedjerlar bo‘lib, ularning bosh maqsadi – xodimlarning ishlab chiqarish, ijodiy faolligini oshirish, tashkilotda xodimlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Bu yerda xodimlar xizmati muhim rol o‘ynaydi.
Endilikda yangi «xodim-menedjer» kasbi, ya’ni xodimlarni boshqaruvchi kasbi paydo bo‘ldi.
Xodimlar xizmati asta-sekin mehnatni tashkil etish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha markazlarga aylanmoqda.
Ular yuqori malakali ishchilarni yollash, o‘sishni rejalashtirish, ishlab chiqarish faoliyatini baholash va mehnatga haq to‘lashni takomillashtirish orqali biznesni rivojlantirishga yordam berishlari kerak.
Xodimlar xizmatining asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:
Tashkilotning xodimlarini shakllantirish (rejalashtirish, bo‘sh joy­larga tanlash va yollash, xodimlar qo‘nimsizligini tahlil qilish va h.k.);
Ishchilarni rivojlantirish (kasbiy yo‘nalish berish va qayta tayyorlash, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish va baholash, xizmatda yuqoriga ko‘tarilishini ta’minlash);
Mehnatni tashkil etishni takomillashtirish va uni rag‘batlantirish, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish.Tashkilotda inson resurslarini boshqarish strategiyasi ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak, ya’ni xodimlardan foydalanishning istiqboldagi yo‘nalishlarini aniqlash; uni yangilash va takomillashtirish; asoslanganlikni rivojlantirish ishlari amalga oshirilishi lozim.
Xodimlarni boshqarish tizimidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda to‘rt guruhdagi omillar ajratib ko‘rsatiladi:
1.Texnik-texnologik:

  • ish bilan bandlik strukturalari va shaklarining o‘zgartirish: xodimlarni differentsiatsiyalash va «ichki mehnat bozorlari»ni shakllantirish;

  • mehnatni tashkil etilishini vazifalarni integratsiyalash va guruh bo‘lib ishlash nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish;

  • doimiy ravishda xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;

  • ish sifatini boshqarishning kompleks tizimini yaratish.

2.Shaxsiy:

  • ish bilan bandlik tamoyillarini, individual mehnat shakl­larini qayta ko‘rib chiqish;

  • xodimlarni uzluksiz o‘qitish tizimini yaratish;

  • rag‘batlantirish tizimini ishbilarmonlikka, yangilik yaratishga, boshqaruv qarorlarida qatnashishga yo‘naltirish;

  • rahbarlik uslubini o‘zgartirish va boshqaruv tizimida «korporativ madaniyat» rolini oshirish;

  • tashkilotda inson resurslarining yetarli bo‘lishiga kompleks yondashish, yetakchi xodimlarning muqim ishlashi va rivojlanishini yo‘lga qo‘yish.

3.Iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy:

  • xodimlarni boshqarishda ilg‘or xalqaro tajribalarni to‘plash;

  • kompaniya ishchilari, kasaba uyushmalari va ma’muriyatining yangi hamkorlik shakllarni yaratish;

  • xodimlar xizmatining davlat organlari bilan o‘zaro aloqasini kuchaytirish;

4.Boshqaruv nazariyasini rivojlantirish:

  • xodimlar tomonidan boshqaruvning butun «ko‘rinishi»ni shakllantirish, tashkilotning samarali ishlashini ta’minlashda shaxsning rolini tushunib yetish;

  • mehnat resurslaridan foydalanish bo‘yicha qarorlarning tahliliy asoslanganligini oshirish.

Xodimlar xizmatining vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin:

  • biznesni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

  • xodimlarni oldindan ko‘ra bilish siyosatini shakllantirish, ishga ijodiy yondashuvni quvvatlash; xodimlar masalasida yuqori darajadagi kasbiy mahoratni va ekspertiza sifatini ta’minlash;

  • mehnat resurslaridan foydalanish sohasidagi muammolarni aniqlash va tegishli qarorlar qabul qilish uchun turli darajadagi rahbarlar e’tiborini unga qaratish;

  • yuqori unum bilan ishlash uchun sharoitlar yaratish, ijodkor hamda yangilik yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlash;

  • xodimlar imkoniyatidan yanada samarali foydalanish maqsadida tashkilot menedjerlarining bilimlarini kengaytirish.




Download 206,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish