O‘zini - o‘zi nazorat qilish savollari
1. O‘zbekistonning xalqaro huquq subyektliligi nimalarda namoyon
bo‘ladi?
2. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari nechta va qaysi xalqaro
hujjatlarda bayon qilingan?
3. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatini tartibga
soluvchi huquqiy asoslarni ko‘rsating.
4. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan
hamkorligi to‘g‘risida o‘z fikringizni bildiring.
12
https://mfa.uz/uz/cooperation/
121
UCHINCHI BO‘LIM. INSON VA FUQAROLARNING
ASOSIY HUQUQLARI,ERKINLIKLARI VA BURCHLARI
VIII BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
KONSTITUTSIYASIDA INSON HUQUQLARIGA XOS UMUMIY
QOIDALAR
REJA:
1-§. Inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari
tushunchasi.
2-§. Fuqarolarning qonun oldida tengligi konstitutsiyaviy
tamoyilining mohiyati.
3-§. Fuqaro va davlatning o‘zaro mas’ulligi.
4-§. Huquqlar daxlsizligi va sud himoyasi.
5-§.O‘zgalarning huquq va manfaatlariga daxl qilmaslik.
1-§.Inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarining
tushunchasi
Har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy
hayotida inson huquqi muhim ahamiyat kasb etib, uning ta’minlanganlik
holati jamiyatning demokratik taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi
asosiy mezon, davlatning insoniyligini belgilovchi barometr bo‘lib
hisoblanadi. Shu sababdan, har bir davlatda inson huquqi va unga
bog‘liq munosabatlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy
voqeliklarning markazida turuvchi asosiy masala hisoblanadi.
Yangidan barpo etilayotgan har qanday jamiyat o‘zining rivojini dastlab
inson huquqini ta’minlashga nisbatan munosabatni o‘rnatishdan
boshlaydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Inson huquqi – bu demokratik huquqiy davlatning eng muhim
belgisidir. Inson huquqini qonunda va amalda ta’minlay olmagan
jamiyat demokratik davlat hisoblanmaydi. Inson huquqining milliy
yurisdiksiya ta’siriga olinganligi unga nisbatan huquqiy munosabatlar
vujudga kelganligini bildiradi. Inson huquqi bilan bog‘liq vujudga
kelgan va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan munosabatlarning
aksariyat qismini inson huquqi qonunchilik tarmog‘i tartibga soladi.
Inson huquqi – butun insoniyatning orzu-umidlarini o‘zida
jamlagan keng qamrovli tushunchadir. Inson huquqi to‘g‘risidagi
qonunchilik – inson va fuqarolarning huquqlari, manfaatlari, erkinliklari
va majburiyatlari haqidagi normalar majmuyidir. Bu normalar majmuyi
122
inson huquqi bo‘yicha xalqaro hujjatlar va milliy qonunlarda o‘z
ifodasini topadi.
Insonning huquq va burchlari o‘zi yashaydigan davlatdagi butun
ijtimoiy normalar (masalan, urf-odat, odob, an’analar, jamoat
normalari, huquqiy normalar va boshqalar) bilan belgilanadi.
Insonning huquq va erkinliklari bitta huquq sohasining emas, balki
barcha huquq sohalarining normalari bilan tartibga solinadi. Bu
jarayonda Konstitutsiya asosiy o‘rin egallaydi.
Demak inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari
va burchlari Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ular joriy
qonunchilik normalarida, ya’ni konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqaroviy,
mehnat va boshqa huquqiy normalarda rivojlantirilgan,
aniqlashtirilgan, to‘ldirilgan bo‘ladi. Insonning Konstitutsiya
va qonunlarda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklari biror bir
shaxs yoki tashkilot tomonidan buzilishi, cheklab qo‘yilishi mumkin
emas. Ushbu huquq va erkinliklarning daxlsizligi qonun bilan
qo‘riqlanadi.
Insonning huquqlari, erkinliklari va burchlari uning xulq-atvorini
tartibga solish vositasi bo‘lib, ular jamiyat, davlat yoki muayyan
ijtimoiy guruhlar tomonidan o‘rnatiladi. Davlat tomonidan o‘rnatilgan
huquqiy normalar insonning xatti-harakatlarini belgilab, ularga huquq
va erkinliklar beradi va burchlar yuklaydi.
Insonning konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va burchlari
asosiy, deb ataladi. Chunki, birinchidan, ular insonning eng muhim
hayotiy manfaatlarini ifodalaydi, ikkinchidan, insonning
konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari oddiy, joriy qonunlarda emas,
balki Konstitutsiya normalarida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘ladi
va insonning boshqa huquqlari esa shu asosiy huquq va erkinliklarga
mos tarzda yaratiladi.
Inson huquqi tushunchasi xususida gapirganda, «inson huquqi»,
«shaxs huquqi» va «fuqaro huquqi» kabi iboralarning mazmuniga
to‘xtalib o‘tish lozim. «Inson huquqi» va «fuqaro huquqi» iboralarini
qo‘llash nisbatan to‘g‘ri yondashuvdir, chunki «inson huquqi» deganda,
qonun normalarida o‘rnatilgan odamlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
ehtiyojlarini qondirishni belgilaydigan, o‘rnatadigan va ta’minlaydigan
axloqiy yurish-turish qoidalari yig‘indisi nazarda tutiladi.
«Fuqaro huquqi» deganda esa, shu davlatning a’zosi bo‘lgan
insonlarga davlat tomonidan taqdim etilgan va normativ-huquqiy
123
hujjatlarda belgilab qo‘yilgan yurish-turish qoidalari yig‘indisi
tushuniladi.
Inson huquqi – bu jamiyatning muhim ijtimoiy hodisasi hisoblanib,
shaxs, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarini tartibga solib
turuvchi normativ me’yorlar yig‘indisidir. Inson huquqini davlat
tomonidan o‘rnatilgan, qonun asosida mustahkamlangan, jamiyatning
har bir a’zosiga taalluqli bo‘lgan, yashash, turmush tarzini belgilash, o‘z
xatti-harakatlarini to‘g‘ri amalga oshirish, unga berilgan imtiyozlardan
foydalanish va jamoatchilik faoliyatini samarali olib borish imkoniyati,
deb tushunish mumkin.
Inson huquqi har bir odamga mamlakatning ijtimoiy tuzumi,
davlatning ichki huquq-tartiboti, o‘zining ijtimoiy mavqeyidan,
jinsidan qat’iy nazar, tug‘ilishi bilan tegishli bo‘ladi. Inson huquqisiz
fuqarolarning shaxsiy hayotini, faoliyatini to‘laqonli tasavvur etib
bo‘lmaydi.
Insonning tabiiy huquqini tan olmaslik, ularni davlat tomonidan
huquq normalarida o‘rnatmaslik inson huquqini cheklab qo‘yishga
yoxud ularni amalga oshirishga to‘sqinlik qilishga sabab bo‘ladi.
Inson huquqini himoya qilish maqsadida davlat tomonidan ma’lum
yuridik mexanizm aniq belgilab qo‘yiladi. Qonunda belgilab qo‘yilgan
yuridik mexanizmlar amalda himoya vositasi sifatida inson huquqiga
tajovuz qilganlik yoki unga ziyon yetkazganlik uchun huquqiy
javobgarlik choralarini qo‘llashga olib keladi.
Davlat tomonidan inson huquqi qonun hujjatlari orqali
o‘zgartirilishi, cheklab qo‘yilishi yoki bekor qilinishi, yoxud boshqa
huquqlari vujudga keltirilishi mumkin. Odatda, davlat inson va
fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalda ta’minlashning kafolati
bo‘lishi kerak.
Inson huquqi davlatning siyosiy tizimi, iqtisodiy ahvoli, ma’naviy-
madaniy taraqqiyot darajasi, shu davlatda yashayotgan insonning davlat
bilan o‘zaro munosabati doirasi, jamiyatda tutgan ijtimoiy mavqeyiga,
ushbu huquqlarning davlat tomonidan kafolatlanganligi darajasiga
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, insonning yashash huquqi, shaxsiy daxlsizlik
huquqi, mulkiy huquqi va boshqalar shu davlatning ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy tuzumi bilan chambarchas bog‘liq holda belgilanadi. Inson
huquqini ta’minlash va kafolatlashda har bir davlatning asosiy qonuni,
ya’ni konstitutsiyasi muhim manbayi bo‘lib hisoblanadi. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson huquqlari va
kafolatlariga alohida e’tibor berilgan.
124
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo‘limi
inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini
o‘rnatishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda insonning shaxsiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy huquqlari umuminsoniy qadriyatlar va xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan qoidalari asosida belgilangan.
Konstitutsiyaning muqaddimasidayoq O‘zbekiston xalqi inson
huquqlariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qiladi, deb belgilangan.
Bundan tashqari, uning 43-moddasida davlat fuqarolarning Konstitutsiya
va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari hamda erkinliklarini
ta’minlanishi nazarda tutilgan. Inson huquqlari O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida oliy qadriyat sifatida tan olingan
13
.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari insonni
ijtimoiy muhofaza qilish kafolatini belgilaydi, insonning erkin kamol
topishi uchun munosib hayot tarzini ta’minlashga qaratilgan huquqiy
qoidalarni o‘zida ifoda etadi. Milliy qonunlarimizda belgilanishicha,
hech kim qiynoqqa solinishi, g‘ayriinsoniy, qadr-qimmatini xo‘rlaydigan
muomalaga duchor qilinishi, roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalarga
jalb etilishi mumkin emas. Har bir fuqaro mehnat qilish, haq
to‘lanadigan ta’til va dam olish kunlaridan foydalanish, bilim olish va
tibbiy xizmatdan foydalanish, ijtimoiy ta’minot olish va ko‘plab boshqa
huquqlarga egadir. Insonning huquq va erkinliklarini himoyalash tizimi
sud himoyasini, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa inson huquqini ro‘yobga
chiqarishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Inson huquq va erkinliklarini amalda ta’minlash vositalaridan biri
– bu fuqarolarning o‘z huquqini himoya qilish mexanizmining qonun
hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilganligidadir. Inson huquqi buzilgan
taqdirda protsessual qonunchilik qoidalariga ko‘ra, ularga nisbatan
qilingan g‘ayriqonuniy harakatlar ustidan ma’muriy yoki sud tartibida
shikoyat qilinishi va buzilgan huquqlar tiklanishi mumkin.
Inson huquqi milliy huquq tizimimizdagi har bir huquq sohasining
asosiy, eng ustuvor va markaziy masalalaridan birini tashkil etadi. U
konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, jinoyat
protsessual huquqi, ekologiya huquqi va boshqa huquq sohalarining
normalari bilan tartibga solinadigan asosiy ijtimoiy munosabatlar
sirasiga tegishlidir.
13
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Т
.:
Ўзбекистон
, 2018
125
Inson huquqini munosib ta’minlash davlatning va boshqa ijtimoiy
munosabat subyektlarining huquq va erkinliklariga ta’sir etmasligi
kerak. Chunki, barcha insonlar tug‘ilishidan erkin va tengdirlar. Inson
huquqi tabiiy va ajralmas xususiyatga ega bo‘lib, har bir demokratik
davlatning asosiy vazifasi uni to‘la ta’minlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |