Markaziy Osiyo cho'llarga tutash va tabiati o'ziga xos mintaqadir. U cho'llardan yaxshi sug'orilgan vodiylargacha bo'lgan juda keng yerlarni o'z ichiga oladi. Ko'p qismi tabiiy ravishda qurg'oq yoki yarim qurg'oqchil bo'lishiga qaramay, katta daryolar va vohalar sug'orish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Ko'rib turganimizdek, qimmatbaho va himoyasiz yerlarni tashkil etadigan sug'oriladigan maydonlar ko'pincha chiziqli to'siqlar bilan himoyalangan. Markaziy Osiyo hududi Buyuk ipak yo’lini asosiy tarmoqlaridan biri hisoblangan. Shu sababdan bu hudud ko’p asrlar mobaynida o’ziga tur xil ko’chmanchilar, bosqinchilar, jalb qilgan..Shu sababdan O'rta Osiyo buyuk devorlarni qidirish uchun istiqbolli zamin bo'lib tuyulishi mumkin.Vohalar atrofidagi devorlar allaqachon Marg’iyona va keyin Marvda topilgan.
O'rta Osiyoni, xususan, So'g'diyona va Baqtriya davrlarini ajratib turadigan xususiyatlardan biri voha devorlaridir. Tadqiqotlarda aniqlanishicha devorlar ko'pincha sug'oriladigan yerlar atrofida qurilgan.
Devorlarning asosiy vazifasi, davlat yerlarni himoya qilish bo’lgan : Shaharlar atrofidagi unumdor yerlarni o'rab turgan katta voha devorlari O'rta Osiyo chiziqli to'siqlarining o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Voha shaharlari o'z aholisini himoya qilish funktsiyasiga ega edi. Shuning uchun ular Ipak yo'li bo'ylab ketayotgan karvonsaroylar uchun postlar ham qo'yishardi. Voha devoriga qo'yiladigan talab voha holati va uning atrofidagi ko'chmanchilar o'rtasidagi munosabatni boshqarishdan kelib chiqadi. Garchi amalda Baqtriya yoki So'g'diyona kabi buyuk davlatlar mudofaalangan bo'lsa - da, voha davlatlari asosan avtonom bo'lib, mahalliy ko'chmanchilar bilan doimiy aloqalarni boshqarishga mas'ul bo'lgan.
O'rta Osiyo vohasi qarorgohi uchta himoya chizig'iga ega edi. Markazda hukmdor, uning oilasi va asosiy qo'riqchilari egallagan qo'rg'on bor edi. Bu devorlar juda baland bo'lishi mumkin bo'lgan mustahkam shahar yoki shahariston bilan o'ralgan edi. Ba'zi yirik shaharlar keyinchalik sug'oriladigan yerlar va yordamchi qishloqlarni o'rab turgan boshqa devor bilan o'ralgan bo'lishi mumkin. Voha davlati, asosan, mintaqadagi turkiy ko'chmanchilar bilan savdo -sotiq va nikohni o'z ichiga oladigan tinch munosabatlarni saqlab qoladi.
__________________________________________
¹ « Great Walls & Linear Barriers « Peter Spring
Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistondagi Mudofaa devorlari tarixini 3 davrga boʻlish mumkin:
I davr miloddan avvalgi VI-IV-asr — milodiy V-VI asrlar;
II davr VI-asrdan VIII-asrgacha davom etgan;
III davr esa VIII-asrning oxiri va IX-asrning boshlariga toʻgʻri keladi.
Biz yoritmoqchi bo’lgan ko’hna va tarixiy devorlardan biri ,, Kampirak devori’’
Kampirak devori - Markaziy Osiyoda dehqonchilik vohalarini koʻchmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida barpo qilingan mudofaa inshootlari tizimining xarobalari. Maʼnosi qazilgan (choh) demakdir. Talaffuzda "n" bilan "m" almashuvi kuzatiladi. Pir soʻzi esa qadimgi payrya — aylana, oʻrov maʼnosida. Demak kanpir soʻzining oʻzi xandakli devor degani. Devor soʻzi kanpir soʻzining tub maʼnosi unutilganda qoʻshilgan. . Istehkomga «Kampirak devori» nomining berilishi yuzasidan ham turlicha fikrlar ilgari suriladi. Manbalarga ko‘ra qadim Buxoro hukmdorlaridan biri ayol bo‘lgan. U mamlakatni tashqi dushman hujumlaridan saqlab qolish uchun kuchli istehkom qurishni buyuradi. Inshoot ayol hukmdorning qarilik - kampirlik davrida qurib bitkazilgani uchun unga shu nom berilgani haqida hikoya qiluvchi rivoyatlar saqlanib qolgan.
_____________________________________________
² Wikipedia axborot portali.( Qadimiy devorlar haqida ma‘lumoa )
Kampirak devori umumiy 336 km uzunlikda bo’lib u ,5 qismdan iborat:
Qadimgi Kampirak devori (Kampir Dival) Buxoroning So'g'd vohasi va uning g'arbiy chekkasidagi sug'oriladigan yerlarni qamrab olgan. Narshaxiyning so'zlariga ko'ra, devor qurilishi 166-215 yillarda amalga oshirilgan. Biroq, bu xabar, shubhasiz, qadimgi qal'aning ikkinchi darajali tiklanish vaqtini nazarda tutadi, chunki tarixchi Narshaxiy afsonani eslatib o'tadi, unga ko'ra "butparastlik davrida" voha uni turklar bosqinlaridan himoya qilish uchun devor bilan o'ralgan. Masudiy bo'ylab Buxoro rustaklari atrofidagi devor Islomdan oldin qurilgan, so'ngra vayron qilingan va xalifa Mahdi davrida qayta tiklangan.
Arxeologik tadqiqotlar Kampirak „ikki bosqichi borligi to'g'risida manbalarning ma'lumotlarini tasdiqlaydi. Agar ikkinchi darajali devorni belgilash bilan bog'liq muammolar bo'lmasa, unda dastlabki devorning xronologiyasi masalasi ziddiyatli bo'lib qoldi.
Ikkinchi Kampirak devori - Qadimgi Sug‘d vohasini o‘rab olgan devor VIII asr oxiri – IX asr boshlarida bino qilingan bo‘lib, uning uzunligi 120 km. Sunʼiy koʻtarma holida saqlangan Kampirak devori xarobasining kengligi 15—20 metr, balandligi 2—4 metr.
Uchinchi Kampirak devori - qadimgi Ustrushona vohasini o‘rab olgan. Bu devor ham sunʼiy koʻtarma holida salangan boʻlib kenglig15-20 metr, baʼzi joylarda, hatto 25 metr, balandligi 1 metrdan 3 metrgacha.
To‘rtinchi Kampirak devori - qadimgi Farg‘ona vodiysining g‘arbida VIII asr oxiri – IX asr boshlarida bino qilingan. Devor harobasi shimoldan janubga yoʻnalgan boʻlib, juda yaxshi saqlangan. Kengligi 12-15 metr, balandligi 2-4 metr.
Beshinchi Kampirak devori - qadimgi Toshkent vohasini shimol tarafdan o‘ragan bo‘lib, Xo‘jakentdan Sirdaryogacha cho‘zilgan boʻlib, xarobalarining kengligi 10-15 metr, balandligi 1-2 metr..
Buxoro vohasi aholisining qahramonona mehnati natijada bunyodga keltirilgan bu devor xarobalari to hozirgi davrgacha saqlangan bo’lib, u mahalliy xalq orasida ,, Kampirak ‘’ ,, Kampirdevor ’’ degan nomlar bilan mashhurdir.
___________________________________
³ O‘zbekiston Mudofa Inshootlari tarixi
Tarixchi Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asaridagi maʼlumotiga koʻra, Kampir devor 782-831 yillarda qurilgan. Bu ma’lumotlar Kampir devorning qayta tiklangan davriga toʻgʻri keladi.Quldorlik tuzumi davrida va ilk o’rta asrlarda feodal munosabatlari hukmron bo’la boshlagan davrlarda Buxoro shahri va uning atrofida dehqonchilik ko’zga ko’rinarli darajada rivojlangan. Buxoro vohasining aholisi cho’l yerlarda yashovchi ko’chmanchi chorvachi qabilalarning bosqinchilik hujumlaridan saqlanish maqsadida voha atrofini mustahkam devor bilan o’rab olingan O’rta asr mualliflarning hammasi ham qadimgi dehqonchilik vohalari atrofida ulug’vor katta devorlarning barpo etilish sabablari haqida gapirib, yolg’iz shu fikrni bayon etadilar.Arab xalifaligi davrda vohaning o’troq mehnatkash aholisini unga qo’shni bo’lgan ko’chmanchi – chorvachi qabilalardan ajratib, yakkalab olish uchun ham hukmdorlarga ,, Kampirak devori’’ni qurishga ruxsat bergan bo’lishi mumkin.
Salmavayxning ,, Abbosiylar davlati va Xuroson amirlari dinastiyasi ‘’ haqidagi kitobida aytishicha, bu devorni Sug’d podshohlaridan biri o’tgan zamonlarda turk qabilalarning talon – tarojiga to’sqinlik qilish va aziyatlarni daf etish uchun qurgan bo’lib, xarob bo’lib qolgan bu devor Xalifa Mahdiy zamonida Xuroson amiri Abul Abbos Tosiy qarmog’ida qaytadan yangilandi. Salmavayxning bu asari bizgacha yetib kelmagan.
Professor A.Yakubovskiy ham Buxoro vohasining sharq tomonidan olib borilgan tekshirishlar natijasida Kanpirak devori hech bo’lmaganda ba’zi yerlarda O’rta Osiyoga arablar zabt etmasidan oldin qurilgan degan xulosaga kelgan,Bunda u devor bilan bevosita bog’liq bo’lgan qadimgi shahar,rabotlar va istehkomlarni qazib o’rganib ,ulardan topilgan ma’lumotlariga asoslagan.Uning yozishicha ya’ni arabalar O’rta Osiyoga kelmasdan va Narshaxiy ma’lumoti bo’yicha devor qurilgan davrdan ancha oldin ya’ni devor mudofaa sistemasi bo’lib xizmat qilgan davrga oiddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |