108
VII BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI
SIYOSATINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
1-§. O‘zbekiston – xalqaro huquq subyekti.
2-§. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari.
3-§. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari.
4-§. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan
hamkorligi.
1-§. O‘zbekiston – xalqaro huquq subyekti
O‘zbekiston 1990-yil 20-iyundagi Mustaqillik deklaratsiyasida
“xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplariga sodiqligini”
e’lon qilgan edi. Deklaratsiyada suverenitet va inson huquqlari
munosabatlarining quyidagi muhim jihati aks ettirilgan: davlat oliy
maqsad – inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yo‘lida xizmat
qiladi. Shuningdek, 1992-yilgi Konstitutsiya Muqaddimasida O‘zbekiston
xalqi: “xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini
tan olgan holda” mazkur Konstitutsiyani qabul qilishi qayd etilgan.
Konstitutsiyaning 17-moddasi quyidagicha bayon qilingan:
“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli
subyektidir.”
Ushbu normalarda mustaqil O‘zbekiston
Respublikasi tashqi
siyosatining konstitutsiyaviy asoslari mustahkamlab qo‘yilgan.
Xalqaro huquq subyekti – o‘zining imkoniyatlari va yuridik
xususiyatlari evaziga xalqaro huquq bo‘yicha huquq va majburiyatlarga
ega bo‘lishga, ushbu normalarni yaratish va amalga oshirish jarayonida
ishtirok etishga qodir mustaqil tuzilma. Davlatlar xalqaro huquqning
birlamchi subyektlaridir. Ularning xalqaro-huquqiy layoqati tashkil
topganlik fakti bilan birga paydo bo‘ladi. Xalqaro huquqning boshqa
subyektlari esa, bunday maqomga davlatlar tufayligina erishadilar.
Davlatlar xalqaro huquqning universal subyektlari hisoblanadi.
Ular har
qanday xalqaro-huquqiy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlarda to‘la huquqli
subektligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– xalqaro huquqning boshqa subyektlari (chet davlatlar, xalqaro
tashkilotlar, davlatga o‘xshash tuzilmalar) bilan bevosita aloqa
o‘rnatish va hamkorlik qilish;
– xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish va ularning faoliyatida ishtirok
etish;
109
– xalqaro konferensiyalarda
faol qatnashish;
– chet davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va
diplomatik vakolatxonalar ochish;
– boshqa davlatlar bilan turli sohalarda xalqaro shartnomalar tuzish;
– xalqaro huquqiy majburiyatlarni vijdonan bajarish;
– xalqaro huquqda ruxsat etilgan boshqa harakatlarni amalga
oshirish.
Konstitutsiyaning 78-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi
vakolatlari qatoriga xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya
qilish kiradi. Konstitutsiyaning93-moddasida esa O‘zbekiston
Respublikasining Prezidentimamlakat ichkarisida
va xalqaro
munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘rishi,
muzokaralar olib borishi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma
va bitimlarini imzolashi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga,
bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini
ta’minlashi lozimligi keltirilgan.
O‘zbekiston Respublika xalqaro huquqning subyekti ekanligi
xalqaro shartnomalarni tuzishda ham namoyon bo‘ladi. 1969-yildagi
Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi hamda
1986-yildagi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi
shartnomalar
huquqi to‘g‘risidagiVenakonvensiyasining 2-moddasiga muvofiq, xalqaro
shartnoma – xalqaro huquq tomonidan tartibga solinadigan davlatlar va
xalqaro huquqning boshqa subyektlari o‘rtasidagi bitimdir.
Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro shartnoma xalqaro huquqning
asosiy va muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Bu BMT Ustavida
hamda BMT Xalqaro sudi statutida ham o‘z aksini topgan.
Xalqaro shartnoma xalqaro huquq subyektlari uchun majburiy
bo‘lgan qoidalarni belgilash, o‘zgartirish yoki
bekor qilishga qaratilgan
bitimdir. Xalqaro huquq normalarining ko‘pchiligi shartnomaviy
xususiyatga egadir.
Hozirgi zamon xalqaro huquqiga xos eng muhim jihat ikki va
ko‘p tomonlama shartnomalar soni va mavqeyining ortib borayotganidir.
Bu jarayon istiqbolda yanada rivojlanib borishini taxmin etish uchun aso-
slar yetarlidir.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bilan bog‘liq
amaliyoti yildan-yilga kengaymoqda va O‘zbekiston ishtirok etayotgan
universal, mintaqaviy va ikki tomonlama xalqaro shartnomalar soni ortib
bormoqda. Masalan, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi inson
110
huquqlari bo‘yicha 70 ta asosiy hujjatga qo‘shildi, BMT tomonidan ushbu
sohada qabul qilingan 10 ta asosiy xalqaro
shartnoma ishtirokchisiga
aylandi
10
.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga
qaratilgan shartnomalar soni ham ko‘paymoqda. Davlatimiz rahbarining
horijiy davlatlardagi har bir rasmiy tashrifi davomida bir qator ikki
tomonlama shartnomalar tuzilmoqda. Masalan, Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevning 2018-yil 8-9-oktabr kunlari Fransiya Respublikasiga
rasmiy tashrifi mobaynida ikki mamlakat uchun manfaatli va uzoq
muddatli
kelishuvlarga erishildi, hukumatlararo va idoralararo 10 ta hujjat
imzolandi
11
.
Do'stlaringiz bilan baham: