Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


VI BOB.KONSTITUTSIYA VA QONUNNING USTUNLIGI



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

VI BOB.KONSTITUTSIYA VA QONUNNING USTUNLIGI 
1-§.O‘zbekistonda Konstitutsiya va qonunning ustunligi. Barchaning 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rishi zarurligi. 
2-§. Konstitutsiya va qonun ustunligini ta’minlashmexanizmi. 
3-§.Konstitutsiya va qonun ustunligini ta’minlash borasida xorijiy 
mamlakatlar konstitutsiyaviy tajribasi. 
1-§. O‘zbekistonda Konstitutsiya va qonunning ustunligi. Barchaning 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rishi zarurligi 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida 
O‘zbekiston xalqi huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlagani qayd qilingan. 
Huquqiy davlatning muhim va ajralmas belgisi bo‘lib, Konstitutsiya va 
qonunning ustunligihisoblanadi. 
Qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalar 2017-yil
7-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli Far-
moni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiya-
sida ham alohida yo‘nalish sifatida o‘z ifodasini topdi. 
Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash – amalga oshirilayotgan 
barcha islohotlar samaradorligiga erishish, aholi turmush darajasini 
oshirish,mamlakatda tinchlik, totuvlik va barqaror vaziyatnita’minlashning 
asosiy kafolatidir
1

Bu sohada mavjud asoslarni tahlil qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi «Konstitutsiya va qonunning 
ustunligi», deb nomlanib, mazkur bob Konstitutsiyamizning Asosiy prin-
siplar bo‘limida joylashgan. Nazariyadan ma’lumki, prinsip 
deganda, rahbariy qoidalar nazarda tutiladi. Agar Konstitutsiyaning
boshqa bo‘limlari o‘rtasida qandaydir tushunmovchilik, ziddiyat kelib
chiqadigan bo‘lsa, masala nazariyaga ko‘ra asosiy prinsiplarga 
tayanilib hal qilinishi kerak. Shu ma’noda Konstitutsiya va qonunning
ustunligi prinsipining Asosiy printsiplar bo‘limida joylashtirilganligi
mamlakatimizda mazkur prinsipga ulkan ahamiyat berilayotganidan 
dalolatdir. 
1
Мирзиёев
Ш
.
М

Миллий
тараққиёт
йўлимизни
қатъият
билан
давом
эттириб

янги
босқичга
кўтарамиз
. – 
Тошкент

Ўзбекистон
, 2017.– 
Б
.48. 


96 
Konstitutsiyaning mazkur bobidagi hamda boshqa normalarida
mustahkamlangan qoidalarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga olib keladi: 
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi-
ning Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinishi. 
Ikkinchidan, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat 
birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish 
ko‘rishlari.
Uchinchidan, birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hu-
jjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi. 
To‘rtinchidan, qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarn-
ing matbuotda e’lon qilinishi ularningqo‘llanilishida majburiy shart bo‘lib 
hisoblanishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi III bobidagi qoidalarni 
umumlashtirib, shunday xulosaga kelish mumkinki, mamlakatimizda har 
qanday qonunosti hujjati, davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek
mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) Konstitutsiya va 
qonunlarga muvofiq bo‘lishi zarur. Bu fikr Asosiy qonunimizning 
7,8,9,10,11,32,76,77-moddalari bilan ham uzviy bog‘liqdir. Ya’nixalq 
davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir. Xalqni esa millatidan
qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari esa jamiyat va davlat ishlarini 
boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga 
egadirlar. Bunday ishtirok etishning yo‘llaridan biri esa, referendumlar 
o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi 
bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi hamda uning quyi 
palatasi xalq tomonidan bevosita, yuqori palatasi esa bilvosita shakllantiri-
ladi.
Qonunlarni qabul qiladigan Oliy Majlis esa ana shunday xalq 
irodasini ifoda etadigan, O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga 
vakolatli bo‘lgan organlardan biri hisoblanadi. Ya’ni Konstitutsiyamizning 
11-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tiz-
imi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga 
bo‘linishi prinsipiga asoslansa, Oliy Majlis boshqa ijro etuvchi, sud organ-
laridan farqli o‘laroq, barcha uchun umummajburiy hujjatlarni – qonun-
larni qabul qiladigan hokimiyat tarmog‘i hisoblanadi. Hokimiyatlar 
bo‘linishi prinsipidan ko‘zlangan asosiy maqsad – inson huquq va 
erkinliklarini samarali ta’minlash hisoblanadi, shuning 
uchun ham umummajburiy hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish g‘oyasi 


97 
xalqdan (yoki uni saylab qo‘ygan vakillaridan) chiqishi yoki xalq
(yoki uni saylab qo‘ygan vakillari) ishtirokida muhokama qilinishi, xalq 
tomonidan (bevosita, bilvosita) va uning manfaatlarida amalga oshirilishi 
lozim.
Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalariga oid qonunlar 
esa bevosita xalq irodasi bo‘lgan referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qi-
linadi. Qissadan hissa shuki, qonun qabul qilinishida har qanday holda 
ham xalq bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi lozim.
BMT Bosh kotibining ta’rifiga ko‘ra, qonun ustuvorligi barcha 
shaxslar, muassasalar va davlat hamda xususiy tuzilmalar, shu jumladan, 
davlatning o‘zi, ommaviy ravishda qabul qilingan va barcha tomonidan 
teng ravishda ijro qilinadigan, inson huquqlari sohasidagi xalqaro normalar 
va standartlarga muvofiq bo‘lgan qonunlar asosida faoliyat ko‘rsatib, 
qonun normalari sud organlari tomonidan mustaqil tatbiq etiladigan 
boshqaruv printsipidir.
Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasiga ko‘ra, qonun ustu-
vorligi deganda, har bir fuqaroning qonunga muvofiq hokimiyat vakolatiga 
ega bo‘lgan har qanday shaxs tomonidan o‘ziga nisbatan munosib, teng va 
oqilona munosabatda bo‘linishga, shuningdek, 
ularning qarorlarini mustaqil va xolis sudlarda, odil sud muhokamasida 
e’tiroz bildirish imkoniyatiga ega bo‘lish huquqini nazarda tutadigan aniq 
va barqaror huquqiy tizim tushuniladi.
Qonun ustuvorligi prinsipiga formal va mazmuniy yondoshuvlar 
mavjud bo‘lib, formal yondoshuvchilar faqatgina masalalarni qonun aso-
sida hal qilish, qonun asosida boshqarish, qonun bo‘yicha odil sudlov – 
deb tor ta’rif beradilar, mazmuniy yondoshuv tarafdorlari esa har
qanday qonun emas, balki huquqning mohiyatini tashkil qiluvchi adolat, 
tenglik, erkinlik prinsiplariga mos keluvchi qonungina ustuvor bo‘lishi
lozim, deb hisoblaydilar. Shuning uchun ham Yevropa Kengashi Parla-
ment Assambleyasi qonun ustuvorligining mazmuniy yondoshuviga nis-
batan “huquq ustuvorligi” tushunchasini qo‘llashni tavsiya qiladi. 
Bundan tashqari, xalqaro hujjatlarda qonun ustuvorligini asosiy ele-
mentlari sifatida qonun ijodkorligini shaffof, hisobdorlik va 
demokratik jarayonni qamrab olgan qonuniylikka asoslanishi; huquqiy 
aniqliq; o‘zboshimchalikni taqiqlanganligi; mustaqil va xolis odilsudlov-
ning ochiqligi; shuningdek, ma’muriy hujjatlar ustidan sud nazoratining 
o‘rnatilganligi; inson huquqlarini hurmat qilish va kamsitmaslik hamda 
qonun oldida tenglik hisoblanadi. 


98 
World Justice Project loyihasi qonun ustuvorligining har yilgi dunyo 
bo‘yicha indeksini davlat hokimiyati vakolatlarining chegaralanganligi, 
korrupsiyaning mavjud emasligi, huquq-tartibot va xavfsizlik holati, fun-
damental huquqlarga rioya qilinishi, hukumatning ochiqligi, 
huquqni qo‘llash, fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlov, jinoyat ishlari 
bo‘yicha odil sudlov ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib belgilaydi. 
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunda Konstitutsiya va 
qonun ustunligini ta’minlovchi huquqiy vositalar sifatida 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga egaligi, 
qonunosti hujjatlar qonun asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinishi, 
normativ-huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega 
bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi shartligi, 
normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda, yuqori yuri-
dik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llanilishi kabilar bel-
gilab qo‘yilgan. 
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuning 8-moddasida 
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solidi, deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respu-
blikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida ayrim munosabatlar aniq qonun 
shaklida qabul qilinishi belgilangan bo‘lsa, ayrimlari esa agar u yoki bu ji-
hatni o‘z ichida qamrab oladigan bo‘lsa, qonun bilan tartibga solinishiga 
nisbatan bilvosita talablar mavjud. Masalan, Konstitutsiyaning 
29 
ta moddasida qonun bilan tartibga solinadigan (tasdiqlanadigan, 
kafolatlanadigan, himoya qilinadigan, muhofaza etiladigan, belgilanadi-
gan, ko‘rsatiladigan, nazarda tutiladigan, qonunga muvofiq javobgarlikka 
tortiladigan) masalalar aniq belgilab qo‘yilgan. Ularga 5, 18, 21, 25, 32, 35, 
36, 37, 38, 39, 51, 52, 53, 56, 77, 78 (7, 9, 10, 12 ,20-bandlar), 90, 91, 93 
(19-band), 103, 105, 107, 109, 112, 116, 117, 120, 125-moddalari man-
subdir.
Bularga davlat ramzlari, referendum o‘tkazish tartibi,imtiyozlar 
belgilash, fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari hamda 
tartibi,davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga 
oshirish tartibi, arizalar, takliflar va shikoyatlarni ko‘rib chiqishning tartibi 
va muddatlari,bankka qo‘yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi, 
ishsizlikdan himoyalanish huquqi, majburiy mehnat asoslari, ish vaqti
va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati, ijtimoiy ta’minot olish 
asoslari, soliqlar va mahalliy yig‘imlar, harbiy yoki muqobil xizmatni 
o‘tash tartibi,mulkdan mahrum etilishning asoslari va tartibi, jamoat 
birlashmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, davlat hokimiyati organlari va 


99 
o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga saylovo‘tkazish tartibi, ovoz berish 
huquqi, o‘z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi, deputatlikka 
nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, Prezidentning shaxsi, qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining tizimi hamda 
vakolatlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish hamda 
vakolat doirasi, sudlarni, Konstitutsiyaviy sudni, Sudyalar oliy kengashini 
tashkil etish va ularning faoliyat tartibi, 
sudyalarning daxlsizligi, 
advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi, prokuratura organlarini 
tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat ko‘rsatish tartibi, Qurolli 
Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi 
tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O‘zbekiston 
Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlar, boj, valyuta va
kredit ishlarini tartibga solish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni 
belgilash, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi 
masalalarini tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish, Davlat byudjetini 
qabul qilish, davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish, O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya va denonsatsiya 
qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, favqulodda holat joriy etish
shartlari va tartibi kiradi. Konstitutsiyada qonun bilan tasdiqlanishi, 
kafolatlanishi, himoya qilinishi, muhofaza etilishi, belgilanishi, 
ko‘rsatilishi nazarda tutilgan masalalarni qonun osti hujjat bilan hal qilish 
mumkin emas. 
Qonun ustuvorligi shaxsga, jamiyatga, davlatga nima beradi? Nega 
butun dunyoda mazkur prinsipga juda katta e’tibor beriladi? 
Qonun ustuvorligi shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini mone’liksiz 
amalga oshirish, o‘z hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa 
daxlsiz huquqlari qonunan kafolatlanganligi tufayli tinch, osoyishta, xotir-
jam, hech qanday tashqi ta’sirlardan, zo‘ravonlik va o‘zboshimchalikdan 
qo‘rqmay yashash imkoniyatini beradi.
Qonun ustuvorligi,shuningdek, shaxsga uning uchun majburiy 
bo‘lgan mazkur hujjatlarni qabul qilish jarayonida uning o‘zi yoki saylab 
qo‘ygan vakillari orqali ishtirok etish, davlat boshqaruviga ta’sir 
o‘tkazish, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 
amalga oshirish, o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, 
davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining 
g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqini 
ta’minlaydi. 
Agar jamiyatda qonun ustuvorligi ta’minlanmasa, odamlarda 
nafaqat bugungi, balki ertangi kuniga ham ishonch yo‘qoladi, adolat, 


100 
tenglik, erkinlikka rioya qilinmaydi, kim zo‘r bo‘lsa, shuning gapi 
majburiy bo‘lib, inson huquq va erkinliklari buziladi, bunday jamiyatni har 
qanday ongli odam tark etish choralarini qidiradi, bunday makonda
qabohat va zalolat hukm suradi. Qonun ustuvorligi ta’minlanmagan
jamiyatda iqtisod ham rivojlanmaydi, iqtisodiy islohotlar ham samara 
bermaydi. Chunki hech kim qonun ishlamagan joyga o‘z mulkini, samo-
yasini kiritishni xohlamaydi.
Qonun ustuvor bo‘lgan davlatda erkinlik, adolat, tenglik 
kafolatlanadi, hokimiyatning shaxsga ta’siri chegaralanadi, inson huquqlari 
himoyalanadi, mulk huquqiga rioya qilinadi, odil sudlov mustaqil bo‘lib, 
samarali amalga oshiriladi.
Mamlakat iqtisodi barqaror o‘sishi uchun tadbirkorlarda, chet ellik 
investorlarda mulk huquqi qonun bilan kafolatlangan bo‘lishi lozim.
Nobel mukofoti sohibi 
Amartiya Sen insonning asosiy huquqlari 
kafolatlanganligi insonlarni haqiqatdan ozod qiladi, ularning imkoni-
yatlarini kengaytiradi va bu mamlakat farovonligining oshishiga xizmat qi-
ladi, deb hisoblaydi.
Shuning uchun ham turli xalqaro tashkilotlar, tadqiqot markazlari 
tomonidan tuziladigan reytinglarda qonun ustuvorligiga alohida e’tibor 
qaratiladi. Jumladan, The World Justice Project xalqaro nohukumat tash-
kiloti dunyo bo‘yicha har yili maxsus “Qonun ustuvorligi indeksi yuritadi. 
“Transformatsiya indeksi”, “Bertelsman xalqaro fondi”, Jahon banki 
tomonidan yuritiladigan “Davlat boshqaruvi sifati indekslarida qonun 
ustuvorligi farovonlikni ta’minlovchi ko‘rsatkichlardan biri 
sifatida qayd etiladi. 
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatda qonun ustuvorligi 
ko‘rsatkichi qanchalik yuqori bo‘lsa, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi 
ham shunga mutanosib ravishda yuqori bo‘lmoqda. Qonun ustuvorligi iqti-
sodiy o‘sish sur’atlariga samarali ta’sir o‘tkazmoqda.
Ayni vaqtda qayd etish joizki qonun qachon ustuvor bo‘ladi, 
qachonki odamlarda va davlat xizmatchilarida shunday ong shakllansaki, u 
yoki bu holatga duch kelsalar, bu masalada qonunda nima belgilangan – 
degan qarash, agar qonun bo‘lmasa, uni yaratish va tashabbus qilish cho-
ralari ko‘rilsa, qonun ustuvorligi bo‘ladi. Agar fuqarolar ham davlat xiz-
matchilari ham faoliyatlarida qonunga ehtiyoj sezmasalar, qonunning 
ijrosini ta’minlashning soatdek mexanizmi, tizimi shakllanmas ekan, 
qonun ustuvorligini tasavvur qilish qiyin. 
Qonun ustuvor bo‘lishi uchun qonun normalarini nafaqat davlat xiz-
matchilari, balki fuqarolar ham yaxshi bilishlari lozim bo‘ladi. Qonunga 


101 
tayanishni o‘ziga maqsad qilib olgan fuqarolar soni qancha oshsa, qonun 
ustuvorligini ta’minlash darajasi shuncha oshadi. Fuqarolar nafaqat o‘zlari, 
balki boshqalarni ham qonunga rioya etishlari ustidan jamoatchilik 
nazoratini amalga oshirsalar, bu yo‘nalishda ixtisoslashgan fuqarolik
jamiyati institutlari ko‘paysa, qonun ustuvorligi muhiti shakllanadi. 
Xalqimizda mavjud “Qars ikki qo‘ldan chiqadi”, degan maqol aynan 
qonun ustuvorligi uchun ham mos keladi. Buning uchun huquqiy tarbiya, 
huquqiy ta’lim to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lishi lozim.
Qonun ustuvorligini ta’minlashda tashkil etilgan ma’muriy sudlar, 
qabul qilingan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun ham mu-
him ahamiyatga ega. 
Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiya va qonun ustunligi jamiyatda 
erkinlik, adolat, tenglik kafolatlanishini, inson huquqlari himoyalanishini, 
mamlakat iqtisodi barqaror o‘sishi uchun tadbirkorlarda, chet ellik
investorlarda mustahkam ishonchni shakllanishining mustahkam garovidir.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish