Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Konstitutsiya va qonun ustunligini ta’minlashmexanizmi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

2-§. Konstitutsiya va qonun ustunligini ta’minlashmexanizmi 
Mamlakatimizda qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlashning 
tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgan.
Avvalambor bu O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
fuqarolar-ning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili hisoblanishi,
qonunlarning bajarilishi ustidan parlament, jamoatchilik va idoraviy 
hamda adliya organlarining nazorati o‘rnatilganligi, Konstitutsiyaviy sud 
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari 
Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘rishi, sudning
faoliyati qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilganligi,har bir shaxsga 
o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, 
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy 
xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanganligi, 
qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan prokurorlik nazorati
mustahkamlanganligi, tashkilotlarda yuridik xizmatlar faoliyati yo‘lga 
qo‘yilganligi kabilarda bevosita namoyon bo‘ladi. 
Konstitutsiya va qonun ustunligini ta’minlash mexanizmida 
Konstitutsiyaviy sud alohida o‘rin egallaydi. Konstitutsiyaviy sud insoni-
yat tarixida insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli 
himoya qilish, davlat hokimiyati tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va 
manfaatlar muvozanatini barpo etish, Konstitutsiyaning ustunligini 
ta’minlash hamda uni maxsus muhofaza qilish maqsadida yaratilgan. 


102 
Konstitutsiyaning ustunligi prinsipi sifatida Konstitutsiyaviy sud o‘z 
faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustunligini, 
qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatning hujjatlarida inson 
huquqlari va erkinliklari ustuvorligiga doir konstitutsiyaviy prinsipning va 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boshqa normalarining ro‘yobga 
chiqarilishini ta’minlashga da’vat etilganligi qonunan belgilab qo‘yilgan.
2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan 
o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Asosiy qomusimizning 
109-moddasiga Konstitutsiyaviy sudning Prezident qarorlari va farmoyish-
larini (avval faqat farmon nazarda tutilgan edi) Konstitutsiyaga 
muvofiqligini aniqlash, konstitutsiyaviy qonunlarni, xalqaro shartnomalar-
ni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarning imzolanguniga qadar
Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash, Oliy sudning muayyan ishda 
qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga 
muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatlarini 
ko‘rib chiqish, shuningdek,har yili Oliy Majlis palatalariga va O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning 
holati to‘g‘risida axborot taqdim etish kabi yangi 
vakolatlari kiritildi. 
Qaror va farmoyishlarning konstitutsiyaviy nazorat obyektiga 
kiri-shiga 2012-yil yangi tahrirda qabul qilingan “Normativ-huquqiy
hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunda farmonlar qatorida qaror va farmoyishlar 
ham normativ-huquqiy hujjat hisoblanishi belgilanganligi sabab bo‘ldi. 
Jahon konstitutsiyaviy sudlari o‘z amaliyotlarida “ex-ante”, ya’ni
hujjat imzolanmasidan avvalgi dastlabki va “ex-post”, ya’ni hujjat kuchga 
kirganidan keyingi nazoratni amalga oshiradilar. O‘zbekistonda Konstitut-
siyaviy sud “ex-post”, ya’ni hujjat kuchga kirganidan keyingi nazoratni 
amalga oshirib kelayotgan edi. 
Shu ma’noda Qonun bilan kirgan juda katta qo‘shimcha bu –
mamlakatimiz Konstitutsiyaviy sudi endilikda konstitutsiyaviy qonunlarn-
ing, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarning 
imzolanmasidan avval dastlabki nazorat o‘rnatish vakolatiga ega bo‘lgani 
hisoblanadi. Bu jahondagi juda ko‘plab konstitutsiyaviy sudlar tajribasida 
(Fransiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Xorvatiya, Belarus) hali imzo-
lanmagan, kuchga kirmagan hujjatlar ustidan qo‘llaniladigan “ex-ante”, 
ya’ni dastlabki nazoratni mamlakatimiz Konstitutsiyaviy sudi amaliyotiga 
tatbiq etilganligidan dalolatdir. Yevropa Kengashining Venetsiya komis-
siyasi davlatlarga bunday amaliyotni tavsiya qilib, u Konstitutsiyaga 
nomuvofiqlikning oldini olish imkonini berishini qayd etadi. 


103 
Konstitutsiyaviy sud 108-moddaga asosan, qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik 
mosligiga doir ishlarni ko‘radi. Ayrim davlatlarda (Rossiya, Belarus)
Konstitutsiyaviy sud tomonidan har yili “mamlakatdagi konstitutsiyaviy 
qonuniylikning holati to‘g‘risida” axborot tayyorlash va uni parlament va 
Prezidentga taqdim etish qonunan belgilab qo‘yilgan. Bunday 
axborotlarda mamlakatdagi konstitutsiyaviylikning holati, muammolar 
hamda sud ularningyechimini topish uchun taklif qilgan yo‘llar o‘z 
ifodasini topib, xorijiy mamlakatlarda bunday axborot parlament va davlat 
boshlig‘i tomonidan tegishli qarorlarni qabul qilishda hal qiluvchi omil 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Shu ma’noda Konstitutsiyaviy sudga har yili Oliy Majlis palatalariga 
va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy 
qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etish vakolatining 
kiritilishi har tomonlama to‘g‘ri bo‘ldi. 
Mazkur axborot Oliy Majlisga qonunlarni sifatini oshirishda hamda 
ularning bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda,
davlat boshlig‘iga esa kafillik funksiyasini bajarishda muhim omil bo‘lib 
xizmat qiladi.
Qonunchiligimizda huquqiy ekspertiza, qonun hujjatlarining 
ta’sirini baholash tizimi, monitoring, idoraviy hujjatlarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish kabi huquqiy vositalar ham belgilangan bo‘lib, bular ham
Konstitutsiya va qonun ustunligini ta’minlashning muhim elementlarini 
tashkil etadi. 
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar 
to‘g‘risida”gi Qonuni 27-moddasiga ko‘ra vazirliklar, davlat qo‘mitalari
va idoralar normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran
o‘n kun ichida ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishi belgilab qo‘yilgan.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralartomonidan qabul qilingan 
normativ-huquqiyhujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom 7-bandiga ko‘ra, idoraviy hujjatda mazkur 
hujjat O‘zbekiston Respublikasining qaysi qonunini, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qaysi qarorini, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qaysi farmonini, qarorini yoki farmoyishini, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaysi qarorini 
(ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular 
asosida chiqarilayotganligi majburiy tartibda ko‘rsatilishi lozim. 


104 
Mazkur qoida ham Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlash 
mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. 
Mazkur Nizom 13-15-bandlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni olingan 
kundan boshlab 30 kun ichida huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi. Agar 
taqdim etilgan me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi 
qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lgan va ko‘rsatilgan talablarga javob bergan 
taqdirda, Adliya vazirligi uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. 
Agar me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi 
qonun hujjatlariga zid bo‘lsa, belgilangan talablarga javob bermasa, 
me’yoriy hujjatni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilishi mumkin. 
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni 
huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin 
emas va huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi. 
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mansabdor shaxslari 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga
kiritganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi. 
Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik 
to‘g‘risidagi kodeksining 198
3
-moddasida javobgarlik belgilangan.
Ko‘plab qonun hujjatlarida qonun ustuvorligi, qonuniylikni 
ta’minlash bir qator davlat organlarining faoliyatning asosiy prinsiplari, 
vazifalari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Masalan, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun 2-moddasida 
ichki ishlar organlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida qonun 
ustuvorligini ta’minlash keltirilgan. Mazkur Qonunning 6-moddasida
ichki ishlar organlari xodimlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun 
hujjatlari talablariga aniq rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday
chekinish, qanday sabablarga ko‘ra, yuz berganidan qat’iy nazar, 
qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab 
bo‘ladi. Ichki ishlar organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini
bajarish chog‘idagi o‘zining qonunga xilof xatti-harakatlarini 
(harakatsizligini) oqlash uchun xizmat manfaatlarini, iqtisodiy jihatdan 
maqsadga muvofiqlikni, yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning qonunga 
xilof talablari, buyruqlari va farmoyishlarini yoki qonunga muvofiq 
bo‘lmagan boshqa biror-bir holatni ro‘kach qilishi mumkin emas. Ichki 
ishlar organlarining xodimlariga kimnidir g‘ayriqonuniy harakatlarni


105 
sodir etishga bevosita yoki bilvosita qiziqtirish, ko‘ndirish, undash
taqiqlanadi, deb belgilangan. 
“Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasida prokuratura
organlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida qonun ustuvorligini 
ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash belgilab o‘tilgan. Mazkur 
qonunning 5-moddasida qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan 
har qanday chekinish, qanday asoslarga ko‘ra qilinishidan qat’iy nazar, 
qonuniylikni buzish, deb hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab 
bo‘ladi, deb qayd etilgan. 
Prokuratura organlarining mamlakatda qonun ustuvorligi va 
qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha ishining samaradorligini oshirish 
maqsadida Oliy Majlis palatalari tomonidan Senatning prokuratura 
organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi “Parlament 
nazorati to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasida mustahkamlangan.
Mazkur qonunning 14-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senati oldida hisobdordir.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentiga qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati 
to‘g‘risida muntazam ravishda axborot taqdim etishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarini ijro etish 
maqsadida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida davlat boshqaruvi organlari 
va hokimlarning qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq bo‘lgan 
hujjatlari aniqlangan taqdirda, Bosh prokuror bu hujjatlarni to‘xtatib turish 
yoki bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga
takliflar kiritadi.
Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandida 
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini 
aniqlash nuqtayi nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish vazirlikning 
funksiyalaridan biri sifatida belgilab berilgan. 
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuridik xizmat 
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 
2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorining 1-bandida davlat 
organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlaridan biri etib davlat organlari va tashkilotlarining huquqni 
qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil 
etish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 
1-maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuridik xizmat 


106 
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 
19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari 
haqida»gi Qarorida davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning
tarkibiy va hududiy bo‘linmalari rahbarlariga har yili ko‘rsatib o‘tilgan
organlar va tashkilotlar faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni 
ta’minlash bo‘yicha ishlar to‘g‘risida yuridik xizmatning hisobotini
eshitish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklangan.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish