111
2) nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; 3) aralashmaslik; 4) hamkorlik;
5) xalqlarning teng huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi; 6) suveren
tenglik; 7) xalqaro huquqqa oid majburiyatlarni vijdonan bajarish.
1975-yildagi EXHT Yakunlovchi akti bular qatoriga yana uchta 1)
chegaralarning
buzilmasligi; 2) hududiy yaxlitlik; 3) inson huquqlarini
hurmat qilish prinsiplarini qo‘shdi, ular endilikda universal tus olgan.
Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi hujjatlarda ta’kidlanganidek,
ular o‘zaro uzviy bog‘liq, birining mazmun-mohiyati boshqasining
mazmuni bilan uyg‘unlashib ketaveradi. Shu bois, xalqaro huquq
prinsiplarining mazmunini boshqalari bilan bog‘lab o‘rganish lozim.
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari O‘zbekiston Respublikasi
tomonidan tan olingan va uning milliy qonun hujjatlarida o‘z
ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining muqaddima qismida
belgilanganidek, O‘zbekiston xalqixalqaro huquqning umume’tirof
etilgan prinsiplari va qoidalari ustunligini tan olgan.
Shuningdek, Konstitutsiyaning 17-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston
tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki
kuch bilan tahdid qilmaslik,
chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch
yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik
qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari
va normalariga asoslanadi. Bu esa, O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida mamlakatimiz o‘zini jahon hamjamiyati oldida xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga sodiqligini
konstitutsiyaviy darajada e’lon qilganligini anglatadi.
O‘zbekistonning eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga to‘laqonli a’zo
sifatida kirishiga, suveren davlatimizning dunyo miqyosida umumiy
diplomatik tan olinishiga, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama siyosiy,
iqtisodiy, madaniy va huquqiy aloqalar o‘rnatishiga
hamda mustaqil
tashqi siyosatini amalga oshirishiga imkon berdi.
Har bir davlat xalqaro munosabatlarning boshqa ishtirokchilari
suverenitetini, ya’ni ularning o‘z an’analari doirasida boshqa davlatlarning
har qanday aralashuvidan xoli ravishda qonun chiqarish, ijro etish va
sud hokimiyatini amalga oshirish, shuningdek, o‘z tashqi siyosatini
mustaqil yuritish huquqini hurmat qilishga majburdir.
Kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipi bilan
quyidagi harakatlar man qilinadi:
– boshqa davlat hududini xalqaro huquqqa xilof ravishda bosib olish;
– kuch ishlatish bilan bog‘liq repressaliya aktini sodir etish;
112
– fuqarolik
urushini tashkil etish, bunday urushlarga yordam berish
yoki ishtirok etish;
– shaharlarni yoki davlatlarning qirg‘oqlarini qamal qilish;
– boshqa davlat hududiga bostirib kirish uchun qurolli guruhlarga
yordam berish, yollanma kuchlarni tashkillashtirishni rag‘batlantirish;
– bir davlatga qarshi agressiya sodir etish uchun uchinchi davlatga
o‘z hududan joy berish.
BMT Ustavida ikkita holatdagina kuch ishlatish yoki kuch
ishlatish bilan tahdid qilishga ruxsat etilgan. Bular: o‘zini-o‘zi mudofaa qi-
lish va BMT Xavfsizlik Kengashi qaroriga asosan tinchlikka tahdid solin-
gan, tinchlik buzilgan yoki agressiya akti sodir etilganda.
Davlatlar bir-birlarining chegaralarini daxlsiz deb bilishi va chega-
ralarga nisbatan har qanday tajovuzlardan o‘zlarini tiyishlari lozim.
Har bir davlat o‘zining boshqa davlatlar bilan munosabatda yuzaga
kelgan xalqaro nizolarini tinch yo‘l bilan
shunday tartibda hal etsinki,
toki xalqaro tinchlik va xavfsizlik hamda adolat xavf-hatar ostida
qolmasligi lozim (1970-yildagi Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi
deklaratsiya). Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tinchlik va xa-
vfsizlikni ta’minlashda, xalqaro hamjamiyatda barqarorlik hukm surishida,
davlatlararo hamkorlik rivojlanishida katta o‘rin tutadi.
Har bir davlat o‘z hududida xalqi maqsad-muddaolari, sharoiti,
an’ana, urf-odatlaridan kelib chiqib, o‘z rivojlanish yo‘lini belgilaydi.
Davlatlar xalqaro munosabatlarda teng huquqliligi sababli bir-birining ish-
iga aralashishi, tashqi siyosatiga to‘sqinlik qilishi mumkin emas.
Ichki ishlarga aralashmaslik prinsipi nafaqat davlat ichida bo‘layotgan
voqea-hodisalarga, davlatning tashqi faoliyati (xalqaro shartnomalar
tuzish, xalqaro tashkilotlar ishida qatnashish)ga aralashmaslikni ham naz-
arda tutadi.
Konstitutsiyamizning 17-moddasidagi “O‘zbekistonning
tashqi
siyosati xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va
normalariga asoslanadi”, degan jumlaning tarkibida xalqaro huquqning
boshqa prinsiplari (xalqlarning teng huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi
belgilash, xalqaro huquqqa oid majburiyatlarni vijdonan bajarish,
hududiy yaxlitlik, inson huquqlarini hurmat qilish) mavjudligini
ta’kidlab o‘tishimiz o‘rinlidir. Inson huquqlarini hurmat qilish prinsipining
mazmuni Konstitutsiyamizning ikkinchi bo‘limida keng yoritilgan
bo‘lib, insonning barcha huquqlari, ya’ni, shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy, madaniy huquqlari to‘g‘risidagi qoidalar batafsil keltirib o‘tilgan.
113
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari
Konstitutsiyamizdan tashqari,
boshqa qonunlarimizda ham mustahkamlangan. Shu kungacha
O‘zbekiston tomonidan bu prinsiplar xalqaro konferensiyalarda,
xalqaro tashkilotlarning yig‘ilishlarida, chet davlatlar bilan diplomatik
munosabatlarda va boshqa xalqaro aloqalarda keng tadbiq qilinib
kelinmoqda.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va
xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga
va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib
chiqishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati jahon hamjamiyati teng
huquqli a’zosining, boshqa davlatlar bilan
hamkorlikda XXI asr huquqiy
tartibotini yaratayotgan suveren davlatning mustaqil siyosatidir.
O‘zbekiston umumbashariy, Yevropa va Markaziy Osiyo miqyosidagi
yangi xalqaro-huquqiy tartibotni qurishda faol ishtirok etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: