Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Ijtimoiy adolat va qonuniylik – demokratiyaning muhim sharti



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

7-§. Ijtimoiy adolat va qonuniylik – demokratiyaning muhim sharti 
O‘zbekistonni demokratik davlat sifatida tavsiflovchi yana bir qoida 
Konstitutsiyaning 14-moddasida belgilangan. Unga muvofiq, “Davlat o‘z 
faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va 
qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi”. 
O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan mazkur qoida davlatimiz 
faoliyatining eng asosiy prinsiplarini belgilab beradi. Bu juda muhimdir. 
Chunki davlat o‘z faoliyati bilan inson va jamiyat taqdirini belgilashi 
mumkin. Ayniqsa, hozirgi vaqtda jamiyat davlatsiz yashay olmasligi 
hammaga ayon bo‘lib qoldi.
Davlatimizning jamiyat hayotida tutgan o‘rnini belgilashda uning 
vazifalariga, funksiyalariga alohida e’tibor berish kerak. Davlatning 
qanday vazifalarni, funksiyalarni amalga oshirishiga, boshqacha qilib 
aytganda, davlat faoliyatiga qarab uning mohiyatiga baho beriladi. Agar 
davlat o‘z faoliyatini, avvalo, inson va jamiyat manfaatlarini himoya 
qilishga qaratgan bo‘lsa, uni ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari 
asosida amalga oshirib borsa, unday davlatni adolatli, demokratik deyish 
mumkin. Shu bois Konstitutsiyaning 14-moddasida o‘rnatilgan me’yor 
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy adolat tantana qilgan jamiyat, xalq 
hokimiyatchiligi qaror topgan davlat ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi 
desak, aslo yanglishmaymiz. Chunki mazkur modda alohida ravishda 
inson va jamiyat farovonligini, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplarini 
davlat faoliyatining ajralmas qismi sifatida e’tirof etadi. 


91 
Zero, demokratik huquqiy davlatning eng muhim shartlaridan biri 
inson va shaxs manfaatlarining hamma narsadan ustunligidir. Inson va 
jamiyat farovonligi esa aynan shaxs manfaatlariga mos tushadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Miriziyoyevning 
Konstitutsiya qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan so‘zlagan 
ma’ruzasida, “davlat organlarining kundalik faoliyatida inson huquq va 
erkinliklari ustuvorligiga oid konstitutsiyaviy tamoyil so‘zsiz ta’minlanishi 
shart. “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi 
kerak”
1
,degan masalaga alohida to‘xtalib o‘tdilar.Konstitutsiyadagi 
ushbu moddaning kafolatlari O‘zbekiston Respublikasida ayni vaqtlarda 
amalga oshirilayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar, 
islohotlar bilan belgilanadi. Bunday islohotlardan ko‘zda tutilgan eng 
asosiy maqsad inson va jamiyat farovonligi ekanligi hech kimga sir emas, 
albatta
.
Umuman, O‘zbekistondagi barcha ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
sohadagi o‘zgarishlar, islohotlar faqat inson va jamiyat farovonligini 
ko‘zlab amalga oshirilmoqda. Bunda davlat bosh islohotchi sifatida 
maydonga chiqmoqda. Davlatimiz rahbarining asarlarida ham inson uchun 
munosib turmush va ish sharoitlarini yaratish barcha iqtisodiy, demokratik, 
siyosiy islohotlarning pirovard maqsadi ekanligi alohida uqtiriladi. 
Shu sababli O‘zbekiston davlati ishga layoqatsiz kishilarni, nogironlarni, 
ko‘p bolali oilalarni, qarovsiz qolgan go‘daklarni moddiy va ijtimoiy 
jihatdan har taraflama qo‘llab-quvvatlamoqda. Davlatimizning ijtimoiy 
adolat prinsipi asosida faoliyat yuritishi xuddi shunda yorqin ko‘rinadi. 
Konstitutsiyaning 14-moddasida nazarda tutilgan me’yorning yana bir 
muhim tomoni shundaki, unga ko‘ra, davlat o‘z faoliyatini qonuniylik 
prinsipi asosida amalga oshiradi. Bu huquqiy demokratik davlatning eng 
asosiy belgilaridan biridir. 
Qonuniylik prinsipi deganda, avvalo, qonunlarni va uning asosida 
qabul qilingan boshqa huquqiy hujjatlarni davlat organlari mansabdor 
1
Ш
.
М
.
Мирзиёев

Конституция
– 
эркин
ва
фаровон
ҳаётимиз

мамлакатимизни
янада
тараққий
эттиришнинг
мустаҳкам
пойдеворидир

Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Ш
.
М
.
Мирзиёевнинг
Ўзбекистон
Республикаси
Конституцияси
қабул
қилинганининг
25 
йиллигига
бағишланган
тантанали
маросимдаги
маърузаси
. //
Халқ
сўзи
, 2017 
йил

декабрь


92 
shaxslar, fuqarolar tomonidan aniq va og‘ishmay bajarilishi lozimligi 
tushuniladi. Bu davlat tuzumidagi demokratizmning ko‘rinishlaridan biri 
bo‘lib, hammaning qonun oldida tengligini o‘rnatadi. Qonuniylik prinsipi 
qonunlarni yuridik hujjatlar tizimida oliy kuchga egaligini, barcha uchun 
barobarligini, jamiyat a’zolarining barchasi uchun majburiyligini 
anglatadi. Shu bilan birga, bu prinsip fuqarolarning huquq va erkinliklari 
og‘ishmay ta’minlanishi, fuqarolarga nisbatan davlat organlari va 
mansabdor shaxslarning qandaydir o‘zboshimchaligiga yo‘l qo‘ymasligi, 
fuqarolarning jamiyat, davlat oldidagi majburiyatlari qat’iy bajarilishi 
lozimligini ham nazarda tutadi. Bir so‘z bilan aytganda, qonuniylik 
prinsipi o‘z maqsad va mohiyati bilan xalq manfaatlariga xizmat qiladi. 
Qonuniylikning asosiy vazifasi – mamlakatning ijtimoiy va davlat 
tuzumini mustahkamlash, bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun mulkning turli 
shakllariga yo‘l ochish va ularni qo‘riqlash, fuqarolarning huquq, 
erkinliklari va burchlarini mustahkamlashdir. 
Jamiyatda qonuniylik ikki xil ma’noda keng va tor ma’nolarda 
ishlatiladi. Keng ma’noda bajarilishi talab qilinadigan barcha qonun-
qoidalar tushuniladi. Bularga davlat tomonidan chiqarilgan 
konstitutsiyaviy va boshqa amaldagi qonunlar, barcha normativ-huquqiy 
hujjatlar kiradi. Tor ma’noda olganda qonuniylik davlat organlarining 
faoliyatida qonunlarga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal 
qilishini ko‘zda tutadi. Chunki, O‘zbekistonda barcha davlat organlari, 
mansabdor hamda yuridik shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga asosan ish ko‘rishi lozimligi Asosiy 
qonunimizda belgilangan. 
Qonuniylik huquqiy tartibot bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u orqali 
amalga oshiriladi. Huquqiy tartibot jamoat tartibining bir qismi bo‘lib, 
faqat huquqiy normalarning amalga oshirilishi natijasida paydo bo‘lib, 
insonlar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy vositalar 
orqali tartibga soladi. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibot 
orqali paydo bo‘ladigan huquqiy munosabatlardan kengroq bo‘lib, ularga 
axloq, urf-odatlar va boshqa turmush qoidalarining amalga oshirilishi 
natijasida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar kiradi. Kishilar 
o‘rtasidagi yoki fuqarolar bilan davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlar 
huquqiy tartibot, ya’ni huquqiy normalar orqali amalga oshirilib, 


93 
qonuniylik mustahkamlanadi. Qonuniylikning o‘ziga xos xususiyatlari 
uning quyidagi tamoyillarida ifodalanadi: 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish