83
amaliy ishlar bilan odamlarimiz, saylovchilar ishonchini qozonishi,
ularning qalbidan joy olishi kerak”
9
.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan
to‘rttasiyosiy partiya mavjud. Bular: O‘zbekiston Xalq demokratik
partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi,
Milliy tiklanish
demokratik partiyasi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyalaridir. Ushbu siyosiy
partiyalarning huquqiy maqomi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrdagi qonuni bilan
belgilanadi
1
. Unga ko‘ra, siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar
mushtarakligi asosida
tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan
qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z
vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi
ko‘ngilli birlashmasidir.
Qolaversa, 2018-yil 14-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining
“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik
partiya tashkil etish yuzasidan mamlakat
fuqarolaridan iborat
tashabbuskorlar guruhi shakllantirildi.
2007-yil 11-aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va
yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda
siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi
2
1
Konstitutsiyaviy
qonunning qabul qilinishi siyosiy partiya fraksiyalariga ijro hokimiyati
faoliyati ustidan parlament nazoratini o‘rnatishda muhim huquqiy asos
bo‘ldi desak, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Negaki, O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri nomzodni ko‘rib
chiqishda, yangitdan
shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning
ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari
o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi, siyosiy partiyalar fraksiyalarining
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan
ozod etish masalasini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taqdim etishi
kabi huquqlarini e’tirof etib o‘tish lozim.
9
Халқ
сўзи
. 2017
йил
13
июль
.
1
Ўзбекистон
Республикасининг
«
Сиёсий
партиялар
тўғрисида
»
ги
Қонуни
.
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисининг
Ахборотномаси
, 1997
йил
,
№
2, 36-
модда
.
2
Ўзбекистон
Республикаси
“
Давлат
бошқарувини
янгилаш
ва
янада
демократлаштириш
,
ҳамда
мамлакатни
модернизация
қилишда
сиёсий
партияларнинг
ролини
кучайтириш
тўғрисида
”
ги
Конституциявий
қонуни
//
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2007.-
№
15.- 151-
модда
.
84
Siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga
oshirish maqsadida xohish-irodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy
ravishda
kirish va undan chiqish, a’zolarining teng huquqliligi, o‘zini
o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat
ko‘rsatadi.
Quyidagi siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatishi
taqiqlanadi:
– konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib
qo‘yuvchi;
–O‘zbekiston
Respublikasi suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga,
fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi;
– urushni, ijtimoiy, miliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi;
– xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga
tajovuz qiluvchi;
– milliy va diniy ruhdagi partiyalar.
Davlatimiz mavjud barcha siyosiy partiyalarning, jamoat
birlashmalarining huquqiy manfaatlarini muhofaza qiladi, ularning
ijtimoiy turmushda ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Lekin hech qaysi partiyaga alohida imtiyoz bermaydi. Siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: