Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Xalq hokimiyatchiligi va umuminsoniy qadriyatlar



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

6-§. Xalq hokimiyatchiligi va umuminsoniy qadriyatlar 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, inson 
huquqlariga oid masalalarning xalqaro jihatlariga yangicha yondashuvga 
alohida e’tiborni qaratish bilan birga, bu boradasho‘rolar tuzumi davrida 
saqlanib qolgan bir yoqlamalik g‘oyalariga chek qo‘yildi. 
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan 
himoya qilinadi. Inson huquq va erkinliklari eng oliy darajada faqatgina 
Konstitutsiya bilangina qo‘riqlanib, kafolatlanib qolmasdan, balki 
ular jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan xalqaro huquqning 
normalari va prinsiplari bilan ham qo‘riqlanadi. 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1948-yil
10-dekabrda “barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim 
bo‘lgan vazifa sifatida” Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini qabul 
qiladi. “Bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyatning har bir 
tashkiloti hamisha ana shu deklaratsiyani nazarda tutib, ma’rifat va ilm 
yo‘li bilan ushbu huquqlar va erkinliklarning hurmat qilinishiga yordam 
berishga intilishlari hamda milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirlar yo‘li 
bilan ham, ushbu huquqlar va erkinliklarning Tashkilotga a’zo bo‘lgan 


86 
davlatlar xalqlari o‘rtasida va mazkur davlatlarning yuridiktsiyasidagi 
hududlarda yashayotgan xalqlar o‘rtasida yalpisiga va samarali tan 
olinishiga intilishlari kerak”
1

Mazkur Deklaratsiya qabul qilinishini o‘sha paytda dunyoning qirq 
sakkiz davlati qo‘llab-quvvatladi, sakkizta davlat betaraf bo‘lgan bo‘lsa-
da, biron-bir davlat unga qarshi bo‘lgan emas. 
Avvalo,shuni aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining inson huquqini tartibga soluvchi normalariga Inson 
huquqlari umumjahon deklaratsiyasining asosiy qoida va tamoyillari
to‘la singdirilgan. Ma’lumki, 2018-yilda ushbu Deklaratsiyaning 70 yilligi 
butun dunyoda keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-mayda e’lon qilingan “Inson 
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligiga 
bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”
1
gi farmoni qabul qilinib,
shu farmon asosida mamlakatimizda ushbu xalqaro hujjatning 
mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida maxsus Davlat dasturi 
ishlab chiqildi. Davlat dasturining ijrosini ta’sinlash maqsadida joriy 
yilning noyabr oyida Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi 
tashkil etildi. 
Ushbu farmon va Davlat dasturining qabul qilinishi mamlakatimizda 
inson huquqiga nisbatan yuksak e’tiborning yaqqol na’munasidir. 
Umuminsoniy qadriyat deganda barcha millat va elatlarning moddiy 
va ma’naviy manfaatlariga xizmat qiladigan tushunchalarnianglaymiz. 
Insonni ulug‘lash, uni muhofaza qilish va har tomonlama kamol toptirish 
Konstitutsiyaning asosiy g‘oyasiga aylantirilgan.
Konstitutsiyamiz O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati, ya’ni 
xalqning o‘zi bevosita boshqaradigan jamiyat va demokratik huquqiy 
davlat qurishni asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Unda jami dunyoviy 
ne’matlar orasida eng ulug‘i “inson” ekanligi yorqin mujassamlashtirilgan.
Konstitutsiyamiz Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro-huquqiy 
me’yorlar asosida ishlab chiqilgan va aytish mumkinki, uni yanada 
1
Инсон
ҳуқуқлари

Ҳ
.
Б
.
Бобоев

А
.
Х
.
Саидов

Ш
.
Ш
.
Шораҳметов
ва
бошқалар
. – 
Т
.: “
Ўзбекистон
”, 
1997. – 
Б
. 72. 
1
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
2018 
йил

майдаги

Инсон
ҳуқуқлари
умумжаҳон
декларацияси
қабул
қилинганлигининг
70 
йиллигига
бағишланган
тадбирлар
дастури
тўғрисида

ги
фармони
. //
Халқ
сўзи
, 2018 
йил

май



87 
to‘ldirgan. Masalan, Konstitutsiyaning 13-moddasi fikrimizga dalil 
bo‘lishi mumkin. Ushbu moddada “Inson huquqlari Umumjahon 
deklaratsiyasi”da e’lon qilingan umuminsoniy huquqlar oliy qadriyat 
darajasiga ko‘tarilgan. Ma’lumki, “Inson huquqlari Umumjahon 
deklaratsiyasi” insonlarning ajralmas va daxlsiz huquqlarini e’lon qilib, 
quyidagilarni belgilaydi: “Barcha odamlar erkin, qadr-qimmat va 
huquqlarida teng bo‘lib tug‘ilganlar”(1-modda); “Har bir inson yashash, 
erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir”(3-modda); “Hech kim 
qullikda yoki qaramlikda saqlanishi mumkin emas, qulchilik va qul 
savdosining barcha turlari ta’qiqlanadi” (4-modda) va hokazo. 
Konstitutsiyamizning 13-moddasida esa inson, uning hayoti, erkinligi, 
sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat 
hisoblanadi, degan norma mustahkamlangan. Bu O‘zbekistonning 
umumbashariy insonparvarlik qoidalariga asoslangan davlat ekanligini 
ko‘rsatadi. 
O‘zbekistonda insonlarning millatiga, diniga, ijtimoiy ahvoliga, 
siyosiy va boshqa e’tiqodiga qarab, cheklashlar yo‘q. Chunonchi, 
Konstitutsiyaning eng muhim qismlaridan bo‘lgan ikkinchi bo‘limi inson 
va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga 
bag‘ishlangan. Konstitutsiyaning o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki,
u faqat fuqarolarni, ya’ni davlatimizga mansub kishilarnigina emas,
balki O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning 
muqaddas va daxlsiz huquqlarini mustahkamlaydi. Chunki bizda inson 
hamma narsadan muqaddas va daxlsizdir. Qonundan tashqari hech kim
uni bu huquqdan mahrum etishi mumkin emas. 
Insonning erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati – uning oliy qadriyat 
ekanligi O‘zbekiston Respublikasi va qonunlari bilan kafolatlanadi. Hech 
kim qullikka yoki asoratga solinishi, sudning hukmisiz yoki prokuror 
ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan qamoqqa olinishi mumkin emas. Har bir 
inson erkin bo‘lib tug‘iladi. Xohlagan joyida istiqomat qilish huquqiga 
ega. Lekin qayerda yashasa, o‘sha yerga mansub bo‘lgan davlatning 
qonunlariga itoat etishga majbur. 
Insonning sha’ni va or-nomusi ham daxlsiz hisoblanadi. Hech kim 
insonning shaxsiy yoki oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashishi, 
oilaviy sir-asrorlarini oshkor qilishi, insonning uy-joy daxlsizligiga
tajovuz qilishi mumkin emas. Insonni kamsitish, obro‘sizlantirish, haqorat 
qilish, tahqirlash qonunga xilof xatti-harakat hisoblanadi va bunday 


88 
harakatlar uchun qonun bo‘yicha tegishli javobgarliklar mavjud. Inson 
hayotiga tajovuz qilish esa eng og‘ir jinoyat hisoblanadi. 
Konstitutsiyaning 13-moddasi alohida ravishda yana shuni e’tirof 
etadiki, O‘zbekistonda barcha fuqarolarning demokratik huquq va 
erkinliklari Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. 
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali 
marosimda so‘zlagan nutqida “... davlat organlarining kundalik faoliyatida 
inson huquq va erkinliklari ustuvorligiga oid konstitutsiyaviy tamoyil 
so‘zsiz ta’minlanishi shart” ligiga alohida to‘xtalib o‘tdilar
1

Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, 
ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasida har qanday davlat organining faoliyati inson 
va jamiyat farovonligiga xizmat qilishga, uni yuksaltirishga qaratilgan. 
Davlat o‘z vazifasini tegishli organlari orqali amalga oshirar ekan,
ijtimoiy adolat va qonuniylikka amal qilishi lozim bo‘ladi. Demokratik 
huquqiy davlatning eng muhim shartlaridan biri inson va shaxs 
manfaatlarining hamma narsadan ustunligidir. Qonuniylik prinsipi 
deganda, avvalo, qonunlarni va uning asosida qabul qilingan boshqa 
huquqiy hujjatlarni davlat organlari mansabdor shaxslar, fuqarolar 
tomonidan aniq va og‘ishmay bajarilishi lozimligi tushuniladi. Qonuniylik 
prinsipi qonunlarni yuridik hujjatlar tizimida oliy kuchga ega ekanligini, 
barcha uchun barobarligini, jamiyat a’zolarining barchasi uchun 
majburiyligini anglatadi.
Inson huquqlarining himoyasi doimo muhim masalalardan biri bo‘lib 
kelgan. Shuning uchun ham istiqlolga erishgan O‘zbekiston Respublikasi 
o‘z mustaqilligining ilk qadamlarida qabul qilingan qonun va huquqiy 
normalarini, asosan, inson huquqlarini himoya qilishga, fuqarolarning 
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan har tomonlama muhofaza qilishga qaratib
keldi va bu yo‘lda ish olib bormoqda. 
Inson huquqlariga doir davlat siyosatida insonning huquq va 
erkinliklari jamiyatda qonunchilik asosida mustahkamlanib, iqtisodiy, 
1
Конституция
– 
эркин
ва
фаровон
ҳаётимиз

мамлакатимизни
янада
тараққий
эттиришнинг
мустаҳкам
пойдеворидир
. //
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Ш
.
М
.
Мирзиёевнинг
Ўзбекистон
Республикаси
Конституцияси
қабул
қилинганининг
25 
йиллигига
бағишланган
тантанали
маросимдаги
маърузаси
.
Халқ
сўзи
, 2017 
йил

декабрь
.
 


89 
siyosiy, yuridik, tashkiliy kafolatlar tizimi bilan ta’minlangandan 
keyingina amalga oshishi mumkinligi masalasi muhim o‘rin egallaydi. 
O‘zbekistonda inson huquqlari va ularni amalda qo‘llash-jamiyatning 
iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi, xalq hokimiyatchiligi, madaniy qadriyatlar, 
davlatning jamoat tashkilotlari va partiyalarning butun tashkiliy faoliyati 
bilan, shuningdek, turli xil yuridik qoida va me’yorlar tizimi bilan 
ta’minlangan. 
Davlatning demokratik, huquqiyligi yoki zulmkor, zo‘ravonligini 
baholashda ko‘pincha unda shaxsiy daxlsizlik kafolatlanganligiga, 
mustaqil sud mavjudligiga, sud hokimiyatining mamlakatdagi o‘rni va 
obro‘siga e’tibor qilinadi. 
Insonning ozodligi va shaxsiy daxlsizligi, shuningdek, 
o‘zboshimchalik bilan hibsga olinishi yoxud qamoqda saqlanishi, bu 
biron-bir shaxsning qonunga asoslanmagan holda ozodlikdan mahrum 
etilishi mumkin emasligini anglatadi. Shu ma’noda aybsizlik 
prezumptsiyasi shaxsning sud muhokamasida adolatli himoya huquqi
bilan ta’minlanishi mazkur qoidaga amal qilinishining muhim kafolati 
hisoblanadi. Shuningdek, basharti shaxs noqonuniy, asossiz hibsga 
olinsa, qamoqda saqlansa, davlat uni tegishli tovon bilan ta’minlashga 
majbur. 
Shaxsning sha’ni va qadr-qimmati uning hayoti va sog‘lig‘i yoki 
shaxsiy erkinligi singari takrorlanmaydigan boylikdir. Inson huquqlari va 
erkinligining kim tomonidan bo‘lsa-da, buzilishidan himoya qilishda 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kafolat ramzi bo‘lib xizmat 
qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson sha’ni va 
qadr-qimmatini qo‘riqlar ekan, ularni, birinchi navbatda, fuqaroviy, 
ma’muriy, jinoiy-huquqiy vositalar bilan qo‘riqlashga kafolat beradi. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismi
1-bo‘limida “Shaxsga qarshi jinoyatlar” uchun javobgarlik belgilanadi. 
Bunda shaxsning hayotiga, sog‘lig‘iga, jinsiy erkinligiga, oilaga, 
yoshlarga va axloqqa qarshi qaratilgan jinoyatlar, shaxsning ozodligi, 
sha’ni va qadr-qimmatiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va 
erkinliklariga qarshi jinoyatlar uchun nisbatan qattiq jazo choralari nazarda 
tutilgan. 
Muxtasar qilib aytganda, O‘zbekistonning mustaqil siyosati dunyo 
yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlari tomonidan e’tirof 
etilayotganligi, dunyodagi boshqa davlatlar ayrim tashkilotlarining 


90 
O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini orttirmoqda. Ular ham O‘zbekiston 
bilan o‘zaro hamkorlik va sherikchilik munosabatlarini, manfaatlarini 
ko‘rishmoqda. Ayni paytda dunyo hamjamiyati va xalqaro va mintaqaviy 
tashkilotlarda O‘zbekistoning obro‘si, nufuzi yanada salmoqli bo‘lib 
borayotganligi, har bir kishida g‘urur tuyg‘usini uyg‘otmasdan qo‘ymaydi. 
O‘tgan yillar xalqaro hayotda davlatlar rahbarlari, mamlakatlarning, 
xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning, insoniyatni tashvishga solib 
kelayotgan xavf-xatarlardan xalos qilish, tinch, osoyishta hayotni 
ta’minlash borasida muhim qadamlar qo‘yilgan davr bo‘lib qoldi. Bunda 
O‘zbekistonning ham o‘z o‘rni va hissasi borligi, nufuzining esa oshib 
borayotganligi e’tiborlidir.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish