Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

4-§. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining 
bo‘linish prinsipi 
Hozirgi zamonda davlat hokimiyati tizimining bo‘linishi davlat 
hokimiyatining demokratik sharoitda tashkil etilishi va faoliyatining asosiy 
prinsiplaridan ekanligiga shubha yo‘q emas. Ammo mazkur nazariyaning 
mumtoz shakli asoschilari hisoblangan ingliz faylasufi Djon Lokk
yoki frantsuz mutaffakiri Sharl Lui Monteskelar bu ta’limot kelgusi 
300 yil davomida bu darajada rivojlanib ketishi va ilg‘or davlatlar hayotiga 
muqim singib ketishini hatto tasavvur ham qilmaganlar. 
Mamlakatimizning mustaqillikka erishgan ilk yillaridan boshlab 
bugungi kungacha bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘liga nazar tashlar ekanmiz, 
yurtimizda demokratik andozalarga to‘liq javob beradigan zamonaviy 
siyosiy tizim barpo etish borasida jamiyat hayotining izchillik bilan, 
bosqichma-bosqich erkinlashuvini ta’minlovchi mustahkam tashkiliy-
huquqiy asoslar yaratilganini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 
Davlat hokimiyatining taqsimlanishi har qanday davlatning 
demokratik xususiyatini belgilaydi, uning xalq hokimiyatchiligiga 
asoslanganligini bildiradi. Bu prinsip huquqiy davlat barpo etishni o‘z 
oldiga maqsad qilib qo‘ygan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
11-moddasida quyidagicha mustahkamlangan: O‘zbekiston Respublikasi 
davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi. 


74 
“Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi” g‘oyasi qadimiy bo‘lib, 
qadimgi yunon faylasufi va olimi Aristotel tomonidan ham ilgari surilgan. 
O‘rta asrlarda M.Paduanskiy va boshqalar ham bunday g‘oyani yoqlab 
chiqqan edilar. XVIII asrning o‘rtalariga kelib, bu g‘oya mustaqil 
ta’limotga aylangan. Mashhur fransuz ma’rifatparvari, huquqshunos, 
faylasuf va yozuvchi Monteske (1689-1755-yillar) o‘zining “Qonunlar 
ruhi” kitobida hokimiyatning bo‘linishi prinsipini ilgari surgan. Monteske 
fikricha, siyosiy xiyonatlarning bo‘lmasligini ta’minlaydigan narsa uch 
hokimiyatning: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining 
to‘la bo‘linishi va bir-birini cheklashidir.
Monteske ta’limotida alohida o‘rin tutadigan g‘oya – bu 
hokimiyatlarning muvozanati, tengligi hamda ularning “o‘zaro bir-birini 
tiyib turish va qarama-qarshi ta’sir etish tizimi” haqidagi g‘oyadir. 
Yuqorida qayd etilgan hokimiyatlar o‘rtasida shunday munosabat 
o‘rnatilmog‘i lozimki, bunda ularning har biri davlat vazifalarini mustaqil 
o‘tash bilan birgalikda o‘z huquqiy vositalari yordamida bir-birlarini 
muvozanatga chorlab turadilar, hokimiyat vakolatlarining birgina 
muassasa tomonidan qonunsiz ravishda tortib olinishi (uzurpatsiya 
qilinishi)ni bartaraf etadilar. Masalan, qonun doirasida ishlashi lozim 
bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat ayni paytda, qonun chiqaruvchi 
kengashning faoliyatini chegaralab turishi talab etiladi, aks holda 
parlament o‘zining mutlaq hokimligini o‘rnatishi mumkin. Shu sababli 
ham ijro hokimiyatining boshlig‘i qonunlarni imzolashda “veto” (ya’ni 
imzolashni vaqtincha rad etish) huquqidan foydalanadi, qonunchilik 
tashabbusi huquqiga ega bo‘ladi. 
O‘z navbatida qonun chiqaruvchi organ ijro etuvchi idora tomonidan 
qonunlar qanday bajarilayotganligi ustidan nazorat qilish vakolatiga ega, 
hukumat esa parlamentga hisob berishga majbur. 
Umuman “hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi” 
nazariyasiga ko‘ra, davlat hokimiyati yagona, yaxlit, bir butun, deb
emas, balki turli hokimiyat (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
vakolatlarini amalga oshiruvchi hokimiyatlar) funksiyalarining yig‘indisi 
sifatida tushuniladi. Bunday turli funksiyalarni amalga oshiruvchi 
hokimiyat organlari bir-biridan mustaqil ravishda harakatqilishlari lozim. 
Lekin bu uchala hokimiyat idoralari bir-biriga bog‘liq emas, degan 


75 
ma’noni bildirmaydi. Aksincha, ular bir-birini to‘ldiradi va nazorat qilib 
boradi. 
Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi mamlakatning 
konkret tarixiy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda oqilona joriy 
etilsagina, hokimiyat organlarining muvozanati va tengligini ta’minlash 
mumkin. Mazkur prinsip hokimiyat egasi bo‘lgan subyektlarning o‘zaro 
munosabatlarini tartib (muayyan qolip, andoza)ga solish imkoniyatini 
beradi. Zero, ularning har biri o‘z sohasi doirasida mustaqil, boshqa 
hokimiyatga itoat etmaydi, so‘zsiz ijro etilishga mo‘ljallangan qarorlar 
(aktlar) qabul qiladi. 
Hokimiyatning uchala tarmog‘i, faqat ular, va albatta, ularning 
uchalasi birgalikda yagona davlat hokimiyatini tashkil etadi. Ulardan 
boshqa hech bir davlat organi hokimiyatga da’vogarlik qilolmaydi. 
Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipining muhim 
jihatlaridan biri shuki, unda hokimiyatning har bir shaxobchasi qolgan
ikki hokimiyat subyektining har birini nazorat qilish huquqi va 
imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi adolatli, demokratik, 
huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biri hisoblanadi. Bunday 
prinsip muayyan davlatda biror organning yoki alohida davlat 
rahbarining kuchli diktaturasi o‘rnatilishining oldini oladi. Shuningdek, 
tegishli davlat organlarining vakolatlari, vazifalari aniq bo‘lishini 
ta’minlaydi, bir organning ikkinchi organ ishlariga aralashuviga barham 
beradi, boshqarish sohasida chalkashliklar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi 
va hokazo. 
Mazkur prinsip hokimiyat organlarining o‘zaro kelishib, bir-birini 
nazorat qilib, uyg‘unlashib ishlashlariga ham imkoniyat yaratadi. Bular
esa adolatli, demokratik davlatga xos jihatdir. 
Rivojlangan demokratik davlatlar singari O‘zbekiston Respublikasi 
davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi. Qonun 
chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali (yuqori – Senat, quyi – Qonunchilik 
palatasi) Oliy Majlis tomonidan, ijro hokimiyati Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan, sud hokimiyati esa faoliyat yo‘nalishiga qarab, 
Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud tomonidan amalga oshiriladi. Davlat 
hokimiyatini amalga oshiruvchi barcha idoralar o‘z faoliyatini faqat qonun 
tomonidan berilgan vakolat doirasidagina yuritadilar. Har bir hokimiyat 
o‘z faoliyatini o‘ziga tegishli bo‘lgan vakolatlarni amalga oshirish orqali 
o‘z hokimiyatiga mustaqil sanaladi.


76 
Konstitutsiyaning “Davlat hokimiyatining tashkil etilishi’ deb 
nomlangan bo‘limida ana shu uchala hokimiyat organlarining tashkil 
etilishi, vazifalari, vakolatlari belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, ularning 
o‘zaro faoliyati va o‘zaro munosabatlari haqida qoidalar ham o‘rnatilgan.
2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti egallab turgan 
Vazirlar Mahkamasi Raisi lavozimi tugatildi, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasidan 2007-yilda mamlakat Prezidenti bir vaqtning o‘zida
ijro etuvchi hokimiyatning boshlig‘i ekanini belgilovchi norma chiqarildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasiga 
davlat boshlig‘ining huquqiy maqomini belgilovchi “O‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati 
organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini 
ta’minlaydi” degan norma kiritildi. Bu norma davlat hokimiyatining tizimi 
va tuzilishi hokimiyat bo‘linishi printsipining yanada rivojlanishini,
uchala hokimiyat tuzilmalarining biri-biridan xoli, mustaqil, ayni paytning 
o‘zida hamjihat faoliyat yuritishini ta’minlab kelmoqda. 
Shu munosabat bilan Prezidentning ayrim vakolatlari Oliy Majlis 
yuqori palatasi Senatga va Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi. Xususan, 
Vazirlar Mahkamasi vakolatlarining kengaytirilishi barobarida 
mas’uliyatini ham oshirilishi natijasida uning faoliyati yanada 
takomillashtirildi. Konstitutsiyaning 98-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga 
oshiradi. Davlat boshqaruvini amalga oshirishda siyosiy partiyalarning 
ishtiroki yanada kengaytirildi. Bularning hammasi ushbu davrdagi muhim 
siyosiy-huquqiy voqealar bo‘ldi va O‘zbekiston taraqqiyotida o‘zining 
samarali natijasini bermoqda. Bu qoida Prezidentning Hukumat bilan, 
umuman olganda, butun ijroiya hokimiyati tizimi bilan bo‘lgan 
munosabatini tubdan o‘zgartirdi. Bosh vazirga hukumatga rahbarlik 
qilishning o‘tishi, uning huquqi kengaytirilganligi, shu jumladan, hukumat 
a’zolarining uning tavsiyasi bilan shakllantirilishi uning Vazirlar 
Mahkamasining faoliyatini tashkil etishdagi va unga rahbarlik qilishdagi 
mas’uliyatini va javobgarligini oshirdi. Bu islohotlar hukumatning 
mamlakat iqtisodiyotiga, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi faoliyatiga 
samarali rahbarlikni amalga oshirishiga imkoniyat yaratdi va hukumatning 
tom ma’noda amalda mustaqil bo‘lishini ta’minladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi 
asosida 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash 
va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda 
siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy 


77 
qonun davlat boshqaruvini mazmunan yangilash, bunda mavjud 
demokratik prinsiplarni kengroq joriy etish hamda mamlakatni 
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishda 
g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Bu islohotlar natijasida parlamentning 
o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, palatalar o‘rtasida xalq 
irodasiga tayangan holda har tomonlama asosli va puxta qarorlar qabul 
qilish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro muvozanat va cheklovlar tizimi va 
mexanizmini vujudga keltirish, deputatlarning demokratik tartib taomillar 
va siyosiy raqobat sharoitida doimiy asosda professional tarzda ish olib 
borishlari, qonun chiqaruvchi hokimiyat faoliyatida umumdavlat va 
hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish, fuqarolarning mamlakat 
ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtirokini yanada kengaytirish uchun yetarli 
shart-sharoitlar yaratildi. 
2011-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 
93, 96 va 98-moddalariga)”gi Qonunning qabul qilinishi ham juda katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunonchi, mazkur qonun davlat hokimiyati va 
boshqaruvini demokratlashtirishda amalga oshirib kelingan islohotlarning 
mantiqiy davomi bo‘lib, uning yangi bosqichini boshlab berdi va davlat 
hokimiyatining uchta subyekti, ya’ni davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, 
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning 
yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan 
birga, ushbu hujjat Bosh vazirni lavozimga tayinlash hamda lavozimidan 
ozod etishning, parlament va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning 
yangi demokratik tartibini belgilashi bilan birga, jamiyat hayotini 
demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishini 
ta’minlashga hamda yurtimizda ko‘ppartiyaviylik tizimining tobora 
mustahkamlanishiga ham keng sharoitlar yaratadi. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
98-moddasiga “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 
saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng 
miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha 
siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi”, degan mazmundagi 
qoidalarning kiritilishi O‘zbekistonda demokratik davlat qurish va kuchli 
fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarida siyosiy partiyalarning roli va 
ta’sirini kuchaytirish masalasiga har qachongidan ham katta ahamiyat 
berilayotganligidan dalolatdir. Ma’lumki, amaldagi qonunchilik 
normalariga ko‘ra, Bosh vazir nomzodini ko‘rsatish uchun siyosiy 


78 
Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish