Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§.Konstitutsiya va O‘zbekiston xalqi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

2-§.Konstitutsiya va O‘zbekiston xalqi 
Har bir xalq, har qanday jamiyat o‘z milliy davlatchiligini qurishda 
o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi. Shu bois ham, dunyoda 
taraqqiyot yo‘li aynan bir-biriga o‘xshash, bir xil davlatlar yo‘q. Zero, 
muayyan davlatning barpo etilishi uzoq davom etadigan murakkab
jarayon bo‘lib, u bevosita bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bir qator omillar 
ta’sirida vujudga keladi. Bu – geografik, tarixiy, etnik, demografik,
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy omillardan iboratdir.
Ona zaminimiz – O‘zbekistonda ham dunyoning eng ilg‘or xalqlari 
o‘rgansa arziydigan davlatchilik an’analari borki, o‘tgan yillar davomida 
ularga tayanib, milliy davlatchiligimizni barpo etmoqdamiz. Biz uchun 
ulug‘ va muqaddas bu mustaqil davlat uchta asosiy tayanch, ya’ni
o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasi, demokratiya va ijtimoiy 
adolat,xalqaro huquq qoidalarining ustunligi asosida insonparvar 
demokratik davlat barpo etish yo‘lida yuksalib bormoqda.
Darhaqiqat, bu islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
11-moddasida mustahkamlangan davlat hokimiyatining tizimi 
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga 
bo‘linishi prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyat tarmoqlari 
o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali 
tizimini shakllantirish, markazda qonun chiqaruvchi hokimiyat, 
joylarda vakillik hokimiyati organlari vakolatlarini yanada kengaytirish, 
sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash 
bo‘yicha g‘oyat keng qamrovli dolzarb chora-tadbirlarni amalga oshirishga 
qaratildi.
Binobarin, mamlakatimizning mustaqillikka erishgan ilk yillaridan 
boshlab, bugungi kungacha bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘liga nazar tashlar 
ekanmiz, yurtimizda demokratik andozalarga to‘liq javob beradigan 
zamonaviy siyosiy tizim barpo etish borasida jamiyat hayotining izchillik 


65 
bilan, bosqichma-bosqich erkinlashuvini ta’minlovchi mustahkam 
tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilganini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasiga muvofiq, 
O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining 
fuqarolari tashkil etadi. Ushbu modda O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining muhim xususiyatlaridan birini o‘zida 
mujassamlashtirgan. Chunki unda belgilangan me’yor dunyodagi hech
bir davlatning Konstitutsiyasida uchramaydi. Ko‘rib turibmizki, 
Konstitutsiyada “O‘zbekiston xalqi”, “O‘zbekiston fuqarolari”, degan 
tushunchalarga ta’rif berilayapti. Bunga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilgan
va uning hududida istiqomat qiladigan har bir inson millatidan, 
irqidan, qaysi dinga e’tiqod qilishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston xalqini 
tashkil etadi va respublikamizning teng huquqli fuqarosi bo‘lish huquqiga 
egadir. 
Ma’lumki, Konstitutsiyaning 4-moddasida O‘zbekiston Respublikasi 
o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari,
urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning 
rivojlanishi uchun sharoit yaratishi belgilab qo‘yilgan. Maktab ta’limi 
o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik tillarida olib 
borilayotgani ushbu norma to‘liq tatbiq etilayotganining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston tarixida qabul qilingan avvalgi Konstitutsiyalardan 
farqli ravishda mazkur Konstitutsiya O‘zbekiston xalqini ishchilar, 
dehqonlar, ziyolilar, musulmonlar, askarlar va hokazolarga 
ajratmaydi. Uning «nazarida» kim qanday kasbni egallashidan, qanday 
mashg‘ulot turi bilan shug‘ullanishidan, jamiyatda qanday o‘rin 
tutishidan, ijtimoiy kelib chiqishidan va boshqa holatlaridan qat’iy nazar 
inson hisoblanadi. Ya’ni, boshqacha so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonda 
tug‘ilib, shu yerda istiqomat qiladigan har bir kishi, kim bo‘lishidan
qat’iy nazar insondir va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir. Vaholanki
inson haqida so‘z ketar ekan, uning mohiyatini aniqlab olish zarur. Inson – 
tabiiy kuch, lekin u mehnat qilish, ishlab chiqarish qobiliyatiga ega 
bo‘lganligi uchun tabiatdan ustun turadi. Inson – xalqning, jamiyatning bir 
bo‘lagi, u siyosiy ma’noda ko‘pincha «shaxs» deb yuritiladi. «Shaxs» 
iborasi biologik, tabiiy zot ma’nosida emas, ijtimoiy borliq subyekti 
ma’nosida ishlatiladi. Demak, shaxs ham jamlatning, xalqning bir
bo‘lagi bo‘lib, ularning manfaatlari doimo uyg‘un bo‘lishi lozim. Shunda 
chinakam ijtimoiy adolat qaror topadi. 
O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. Yana bir bor ta’kidlash lozimki, 


66 
xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi ekan, nafaqat o‘zbeklar, 
balki O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchilar, ularning dini,
tili, irqi, yoshi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolari tashkil qiladi. Hech kim, hech qanday 
hokimiyat ushbu masalada o‘zicha turli xil cheklovlarni qo‘llashga haqli 
emas va bu qonun bilan ta’qib qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining 
barcha fuqarolari dini, tili, irqi, yoshi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishidan 
qat’iy nazar, xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishda teng huquqli 
ravishda ishtirok etadilar. O‘z navbatida o‘zbek xalqini tashkil etuvchi 
barcha millat vakillari davlat, jamiyat oldida turgan mas’uliyatli 
vazifalarni bir xilda amalga oshirishlari va o‘z navbatida, ta’minlashlari 
lozim bo‘ladi. 
«Shaxs» siyosiy-yuridik ma’noda ko‘pincha «fuqaro» deb ataladi. 
Shuni aytib o‘tish kerakki, ilgarigi Konstitutsiyalarda “fuqaro” atamasi 
o‘rnida “grajdanin” degan atama ishlatilib kelgan. Birinchi marta 
ushbu Konstitutsiyada “fuqaro” degan atama qo‘llanilgan. Lekin “fuqaro” 
iborasi kelib chiqishining o‘ziga xos tarixi bor. Umuman “fuqaro” iborasi 
insonning mazkur davlatga taalluqligi ma’nosida ishlatiladi. Shu tufayli 
fuqarolar davlat tomonidan o‘rnatilgan burchlarni bajaradi. 
Konstitutsiyaning eng muhim demokratik jihatlaridan biri shundaki,
unda inson huquqlari fuqarolar huquqlariga qarshi qo‘yilmagan, balki 
aksincha, inson va fuqaro huquqlari o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. 
Konstitutsiyaning II bo‘limi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari
erkinliklari va burchlari”ga bag‘ishlangan bo‘lsa, uning III bo‘limida 
«Jamiyat va shaxs» o‘rtasidagi munosabatlar batafsil tartibga solingan. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, Konstitutsiyaning 8-moddasida 
belgilangan yana bir muhim demokratik ruhdagi qoida, O‘zbekiston 
fuqarolarining milliy tengligi tamoyilining mustahkamlanishidan 
iborat. Bu esa, inson huquqlari haqidagi xalqaro huquq me’yorlariga to‘la 
mos tushadi. Masalan, Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining
2-moddasida shunday deyiladi: “Har bir inson, biror-bir ayrimachiliksiz, 
irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy e’tiqodi yoki boshqa 
e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, mulkiy ahvoli, 
qaysi tabaqaga mansubligi va boshqa holatlardan qat’iy nazar, mazkur 
deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquqlar va erkinliklar sohibi
bo‘lishi kerak”. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekistonda xalq 
hokimiyatchiligi va uning amalga oshirilishi shakllari xususida ham 
muhim me’yorlar belgilaydi. Jumladan, uning 10-moddasiga muvofiq, 


67 
«O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va 
Prezidenti ish olib borishi mumkin.Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy 
Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish