MAVZU: INSON HUQUQLARI TO’G’RISIDAGI PAKTNING HUQUQIY MOHIYATI VA MAZMUNI
Reja:
Kirish.
Asosiy qism
I-bob. Hozirgi zamonda inson huquqlari to’g’risidagi asosiy xalqaro
hujjatlarni qabul qilish sharoitlari
1.1 Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining
huquqiy mazmuni va ahamiyati
Inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro paktlar Xalqaro billning qismi sifatida
II-bob. Inson huquqlari bo’yicha xalqaro konvensiyalar
2.1. Inson huquqlari sohasidagi mintaqaviy xalqaro hujjatlar
2.2. Inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasi
2.3. Inson huquqlari Umumislom Deklaratsiyasi.
II. Xulosa.
III. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Hozirgi zamonda inson huquqlari muhim o'rin tutadi. Har qanday rivojlangan demokratik jamiyat qurishda ularning qimmatini nazardan qochirmaslik lozim. Bizning fikrimizcha, huquqiy davlat qurilishidagi asosiy shartlardan biri bu jamiyatda inson huquqlari va erkinliklarini kengaytirish hamda himoya qilish hisoblanadi.
Unchalik uzoq bo'lmagan o'tmishda ham inson huquqlari faqatgina ichki davlat organlari doirasida tartibga solingan. Har bir davlat o'z yurisdiksiyasida bo'lgan fuqaro va shaxslarning huquq va erkinliklari hajmini faqat o'zlarigina hal qilish huquqiga ega deb hisoblar edilar. Hattoki, BMT tashkil qilingan ilk kunlarda ham davlat ichki organlari bu sohadagi asosiy manbalar hisoblanar edi.
Umuman huquqni, ayniqsa inson huquqlarini u yoki bu jamiyatda hukmronlik qilayotgan mafkura, siyosat va axloqiy madaniyatdan ajratib o'rganish mumkin emas. Shuning uchun har bir davlat inson huquqlari masalasini mazkur sohada yuqoridagi keltrilgan asosida tartibga solgan hamda xalqaro organlarining, shunindek BMTning inson huquqlari sohasidagi umumiy standartlarini ishlab chiqarish bo'yicha hamma urinishlarni o'z ichki ishiga aralashish deb hisoblaganlar.
Bir qator mamlakatlar o'zlarining rasmiy bayonotlarida BMT ustaviga asosan muayyan inson huquqlariga irqiy, jinsiy, til va diniy kamsitishlarsiz rioya qilinishini ta'minlashda davlat yurisdiksiyasini rad qildilar.
Boshqa guruh davlatlar esa BMT Ustavining yuridik majburiyligini tan olishgan holda davlat suvereniteti tushunchasini mutlaqlashtirishib, inson huquqlari sohasi butunlay davlatning ichki vakolati deb hisoblashlarini bildirishdi1.
Xalqaro huquqshunoslarning ko'pchiligi xalqaro hamjamiyatning ishi emas, o'z davlatlari mafkurasini aks ettirgan holda inson huquqlari va erkinliklarini tartibga solish balki davlatning mutlaqo ichki ishi, deb hisoblar edi.
Ikkita jahon urushi, o'nlab mintaqaviy va mahalliy urushlar, yadro urushi xavfi, atrof- muhit muammosi va boshqa global muammolar yechimini topish uchun davlatlarning sa'y-harakatlarini birlashtirish uchun katta-kichik urinishlarning boshlanishiga sabab bo'ldi. Natijada esa, inson huquqlari ham ichki huquq bilan, ham xalqaro huquq bilan, tartibga solinadigan bo'ldi. Buning dalili sifatida asosiy inson huquqlari va erkinliklarini tartibga soluvchi xalqaro prinsiplarning aniqlashtirilishi va rivojlantirilishi hamda mazkur sohada davlatlar o'z zimmasiga olgan majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan nazorat mexanizmlarining tashkil qilinganligini ko'rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |