Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§.O‘zgalarning huquq va manfaatlariga daxl qilmaslik



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

5-§.O‘zgalarning huquq va manfaatlariga daxl qilmaslik 
Ma’lumki, jamiyat a’zosi sifatida shaxs huquq va erkinliklar sohibi 
bo‘lishi bilan birga, jamiyatda o‘rnatilgan qonun-qoidalarga bo‘ysunishi, 
jamiyatning boshqa a’zolari huquq va erkinliklarini hurmat qilishi va 
tan olishi hamda ularga daxl qilmasligi kabi majburiyatlarga ham ega 
bo‘ladi.
 
Shaxs mutloq erkin bo‘lishi mumkin emas, shaxs insonlar orasida, 
davlat va jamiyatda yashashi uchun uning mutloq erkinligi 
boshqalarning huquq va manfaatlari bilan to‘qnash kelishi tabiiydir. Shu 
sababdan, insonning erkinlik kategoriyasi nisbiy hisoblanadi, uning 
erkinlik chegarasi boshqalarning erkinligi boshlangan joyda o‘z 
nihoyasiga yetadi.
Insonlar o‘rtasida tinchlik va osoyishtalik, tenglik va erkinlik, 
ijtimoiy adolat va xavfsizlikni ta’minlashda fuqarolarning o‘z 
huquqlarini qonunda belgilangan tartibda amalga oshirish hamda o‘z 
burchlarini to‘la bajarishlari muhim o‘rin tutadi. Demokratik huquqiy 
davlatda qonun bilan o‘ziga berilgan huquqdan foydalangan va o‘z 
majburiyatlarini bajargan shaxsga hech qanday ta’sir yoki uning 
javobgarligi xususida masala ko‘tarilmasligi kerak. Bu toifa insonlar 
qonunlarga itoatkor insonlar hisoblanadi. Qonunga itoatkor insonlar 
fuqarolik jamiyatini tom ma’noda shakllantirish va haqiqiy demokratik 
huquqiy davlatning barqaror faoliyatini ta’minlashda muhim rol 
o‘ynaydi. 
Insonning qonunga itoatkor bo‘lishi ko‘pgina omillarga bog‘liq 
bo‘lib, ularga huquqiy bilim, huquqiy ong, huquqiy madaniyatga ega 


136 
bo‘lish mezonlarini sanab ko‘rsatish mumkin. Qonunga itoat etmagan va 
natijada boshqa fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatiga putur yetkaz-
gan fuqarolar javobgarlikka tortiladi. Masalan, qonunda belgilangan 
tartib va asoslarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirib kelayotgan, 
davlat va jamiyat oldidagi majburiyati va burchlarini to‘liq bajarib 
kelayotgan fuqaro erkindir. Jamiyatdagi mavjud tartibotlarni tan 
olmaydigan, yashash qoidalarini buzadigan shaxs erkin emas, zero, u
o‘z qilmishlari uchun javob berishi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasida 
belgilangan “Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda 
boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, 
huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart”, 

degan 
umumiy qoida Asosiy qonunimizning 48-moddasida “Fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning 
huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga 
majburdirlar”, mazmunidagi qoidaning belgilanishi uchun normativ 
rahbariy asos hisoblanadi. 
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish burchi – 
fundamental asosga ega. Boisi, har bir davlatda qonuniylik va uning 
asosida shakllanadigan huquqiy tartibot darajasi oxir-oqibatda har bir 
fuqaroning qanchalik qonunga itoatkor shaxs ekanligiga ham bog‘liq 
bo‘ladi.
O‘zga shaxslarning qonunlarda belgilangan huquq va qonuniy 
manfaatlariga putur yetkazish yetkazilgan zararning usuli va hajmiga 
bog‘liq ravishda turli holatlarga va javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Bunday harakatlar (harakatsizliklar) ijtimoiy xavfliligi bilan jinoyat 
darajasida sodir etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat 
kodeksi bilan ta’qib qilinadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 
Jinoyat kodeksida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga 
qarshi jinoyatlar va ularni sodir etganlik uchun jinoiy jazo choralari 
mustahkamlangan. Xususan, fuqarolarning teng huquqliligini buzish 
(141-modda); shaxsiy hayot daxlsizligini buzish (141
1
-modda); 
fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish (142-modda); xat-
yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa 
xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish (143-modda); jismoniy va 
yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish 


137 
(144-modda); vijdon erkinligini buzish (145-modda); saylov yoki 
referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarini buzish (146-modda); saylov huquqining yoki ishonchli vakil 
vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish (147-modda) 
jinoyatlari aynan fuqarolarning konstitutsiyada belgilangan huquq va 
erkinliklarini buzish natijasida sodir etiladigan jinoyatlar hisoblanadi. 
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda o‘zgalar 
huquqiga va manfaatiga putur yetkazmasliklari nafaqat ommaviy 
munosabatlar, balki fuqarolar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlarda ham 
qo‘llanilishi qonunlarda belgilangan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining 9-moddasida “Fuqarolik huquqlarini amalga 
oshirish boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan 
qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”, deb belgilangan. 
Bajarmaslik holatlari zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majbu-
riyatlarni (delikt majburiyatlarni) yoki shartnomadan kelib chiqadigan 
zararni bartaraf etish majburiyatini keltirib chiqaradi – javobgarlikka 
sabab bo‘ladi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish