Erkin Vohidovning istiqlol davridagi ijodi
Reja:
Erkin vohidovning hayoti va ijodi
Erkin Vohidovning istiqlol davridagi ijodi
O’zbek milliy adabiyotining yorqin yulduzi.
Shoir ijodiga bir nazar
E.Vohidov dostonlari va tarjimalari.
Zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri Erkin Vohidov hisoblanadi. Shoir badiiy mahorati o‘sib, kamol topgan, chuqur falsafiy umumlashmalar darajasiga ko‘tarilgan ijodkordir. Erkin Vohidovning ijod qilish davri XX asrning 60- yillaridan boshlangan. Shoir ijodi mavzulari rang-barangdir. Chunki ijodkor zamon bilan hamnafas ravishda ijod qilgan.
Shoir lirikasi haqida fikr yuritar ekanmiz unda mustaqillik davridagi ijodi alohida ahamiyatga ega. Chunki davr o‘zgarishi bilan shoir ijodi ham mavzu, fikr, g‘oya jihatidan yangilanishga yuz burdi. Butun millat dunyoqarashida ijobiy o‘zgarishlar yuz bergan davrda Erkin Vohidov chinakam Vatan farzandi sifatida ijod qildi, ijtimoiy hayotda ham faol ishtirok etdi. “Shoir uchun el nazaridan qolish – eng oliy jazo. Qolganini iztirob demasa ham bo‘ladi” , - deb yozgandi muhtaram adibimiz. Erkin Vohidov butun umr qutlug‘ saodatni his qilib yashadi.
Shoir mustaqillik davrida ham qator she’riy to‘plamlar va dostonlar yozib kitobxon muxlislariga taqdim qildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida “O‘rtada begona yo‘q”, “Kuy avjida tor”, “Yaxshidir achchiq haqiqat” “Iztirob” kabi she’riy to‘plamlari nashr qilindi. 1992- yilda chop qilingan “Yaxshidir achchiq haqiqat” to‘plami shoirning qator g‘azallari va she’rlaridan iborat bo‘lib, “Matmusaning haykali”, “Yuragingda makon tutgan qo‘l”, “Shum bola”, “Tush” kabi qator she’rlari aynan shu davrda dunyoga keldi. Yuqorida keltirilgan she’rlardan ayrimlari, ayniqsa, “Shum bola” she’ri hazil yo‘sunida yozilgan bo‘lsa ham unda unda shoir qandaydir hayotiy haqiqatni aks ettirib bergan:
1. Shundoq dedi, qulluq qilib, 2. “Qoshingizga yana keldim,
Gapni qo‘yib joyiga. Quloq soling, Boy ota,
Yangi zamon Shum bolasi Sidqi dildan xizmat qilay,
Yangi zamon boyiga: Ishga oling, Boy ota.
3. Fazilatim ko‘pdir, yana 4. Chunki endi yolg‘onni hech
Aybimni ham aytmayman Aybgina deb bo‘lmaydi.
Lekin endin yangi zamon Aldanganni balo urmas,
Men yolg‘ondan qaytmayman Aldangan ham o‘lmaydi.
5. Shart emas shum bo‘lish, 6. Innankeyin demay turing,
Yolg‘on bukun osondir, Quloq soling, Boy ota.
Gazet to‘la, kitob to‘la, Sidqi dildan xizmat qilay
Majlis to‘la yolg‘ondir. Ishga oling, Boy ota.
7. O‘n kishilik mehnat qilib 8. Boy otaning jahli chiqdi,
Parcha nonga to‘yaman. Dedi, ko‘nglim zormidi?
Bir aybim bor, faqat ba’zan… Yolg‘oningga chidab edim.
Rost gapirib qo‘yaman”. Rost gaping ham bormidi?
9. Yo‘qol, seni ishga olsam 10. G‘azab bilan hassasini,
Xonavayron bo‘laman Qo‘lga oldi Boy ota
Yolg‘oningdan omon qoldim, Yangi zamon Shum bolasin
Rost gapirsang o‘laman. Quvib soldi Boy ota.
Mazkur “Shum bola” she’ri istiqlolning dastlabki yillarida yozilgan. She’rni bir o‘qishdayoq hazilga yo‘yamiz. Lekin zimdan nazar soladigan bo‘lsak, shoir bu she’ri orqali davrning keskin illatlarini fosh qiladi. Ya’ni, odamlar bir paytlar yolg‘onni gunoh deb bilsa, endi odatiy holga kelib qolganini keskin qoralaydi. Jamiyatda ikkiyuzlamachi, laganbardor odamlar ko‘p bo‘lib, to‘g‘ri so‘zli kishilar soni kamayib borayotganligini tanqid qiladi.
Erkin Vohidovning haqiqiy insonparvar shoir ekanligi barchamizga ma’lum. Qanday mazmunda she’r, g‘azal yoki doston yozmasin barchasida insoniylikning go‘zal qirralarini kashf qiladi. Shoir ijodida she’rlardan tashqari g‘azallarning go‘zal namunalarini uchratamiz. Istiqlol yillarida ko‘pchilik ijodkorlar faqat barmoq vaznda ijod qilgan bo‘lsa, Erkin Vohidov har ikki yo‘nalishda ham teng qalam tebratdi. Mustaqllik yillardida chop qilingan “O‘rtada begona yo‘q” nomli she’riy to‘plamida shoir g‘azallarining ko‘plab namunalarini uchratamiz. Masalan, barchamiz sevib o‘qiydigan “Do‘st bilan obod uying, “Yoshligim”, “Rashkim” kabi g‘azallari mana shu to‘plamidan joy olgan.
Xulosa qilib aytganda, Erkin Vohidov butun ijodi misolida bizga, o‘zidan keyingi avlodga, eng avvalo, milliy qadriyatlardan uzilmay ijod qilish lozimligini uqtiradi. Bu bilan u, har qanday ijodkor asriy an’analarni o‘zida mujassam eta olgandagina nafaqat milliy adabiyot, shu bilan birga dunyo adabiyotining bir qismi bo‘la olish o‘gitini beradi. Qalbida vataniga muhabbat cheksiz bo‘lgan, insonning farovon hayotini har narsadan ustun ko‘radigan, shuningdek, muhabbat borasida dengizday qaysar, ummondek cheksiz, tog‘lardek ulug‘vor bo‘lgan insonni o‘z umrining qahramoni deyish mumkin. Erkin Vohidov ham shunday qalbi ummon insonlar qatorida bir umr qalbimizda yashaydi. Mustaqillika erishib o‘zligini, o‘zbegini yaratayotgan xalqimiz esa bunday insonlarni ulug‘lashi tabiiy holdir. Erkin Vohidovning hayot yo‘li, yaratgan asarlari va ulardagi yetakchi g‘oyalar har bir inson qalbida ezgu fikrlarga yondosh tarzda yashashiga ishonamiz.
Erkin vohidovning hayoti
Do'stlaringiz bilan baham: |