bilan belgilangan burchlarni ado etadilar
”, degan konstitutsiyaviy norma
shaklida mustahkamlab berilgan. Mazkur konstitutsiyaviy normada
fuqarolik instituti bilan bog‘liq huquqiy maqomga ega bo‘lgan chet el
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning maqomiga oid qoidalar
asosi o‘rnatilgan
20
.
Unga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning
huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasi davlat hokimiyati organlari, idoralari hamda mansabdor
shaxslari tomonidan ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi barcha
demokratik davlatlar qatori o‘z hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi
18
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Т
.: “
Ўзбекистон
”, 2017. – 76
б
.
19
Международный
пакт
о
гражданских
и
политических
правах
//
Узбекистан
и
международные
договора
по
правам
человека
(
Сборник
международных
договоров
по
правам
человека
,
к
которым
присоединилась
Республика
Узбекистан
),
Т
.: «
Адолат
», 1998, 440-
бет
.
20
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Т
.: “
Ўзбекистон
”, 2017. – 76 .
146
bo‘lmagan shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. Ularga
tegishli shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquq va erkinliklarini
noqonuniy cheklashga hech kimning haqqi yo‘q. Shu bilan birgalikda,
ular ham o‘z navbatida O‘zbekiston xalqi, uning milliy qonunchiligi
hamda xalqaro shartnomalarda belgilangan burchlari oldida mas’uldir.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari talablarini to‘liq bajarishi, olinadigan
daromadalaridan soliq to‘lashi, jamiyat va davlat manfaatlariga zid
xatti-harakatlarni amalga oshirmasligi, atrof-muhitni asrab avaylashi,
xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlarini hurmat qilishlari lozim
bo‘ladi.O‘zbekiston Respublikasida yashab turgan, lekin O‘zbekiston
Respublikasining fuqaroligi to‘xtatilgan, boshqa davlat fuqarosi
bo‘lmagan shaxslarga ichki ishlar idorasi tomonidan fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarga mo‘ljallangan istiqomat guvohnomasi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1992-yil
2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi
to‘g‘risida”gi Qonunida O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik
masalalariqonun yo‘li bilan mustahkamlangan. Unda O‘zbekiston
Respublikasi fuqaroligining quyidagi asosiy prinsiplari aks etgan:
– shaxs bilan davlat o‘rtasidagi siyosiy-huquqiy aloqasining
doimiyligi;
– har bir kishining fuqaro bo‘lish huquqiga egaligi;
– hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan
mahrum qilinishi mumkin emasligi;
– davlatning (o‘z idoralari va mansabdor shaxslari orqali) va
fuqaroning o‘zaro mas’ulligi;
– fuqarolarning huquq, erkinlik va manfaatlari O‘zbekiston
Respublikasi hududida va uning tashqarisida ham himoya qilinishi;
– fuqarolikni qo‘lga kiritish asoslaridan qat’iy nazar, barcha uchun
tengligi;
– fuqarolar kelib chiqishlaridan, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va
millatidan, jinsi, ma’lumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va
boshqa e’tiqodlaridan, mashg‘ulotining turi va sajiyasi hamda boshqa
holatlardan qat’iy nazar, qonun oldida tengligi;
– fuqarolarning teng huquqliligining barcha sohalarda ta’minlanishi;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda
O‘zbekiston Respublikasining ham fuqarosi ekanligi;
– nikohdan o‘tishda va uni bekor qilishda fuqarolikning saqlanib
qolishi;
147
– chet elda yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi
fuqaroligini saqlab qolishi;
– fuqaroni chet davlatga topshirishga yo‘l qo‘yilmasligi;
– ikki fuqarolikka yo‘l qo‘yilmasligi – O‘zbekiston fuqarosining chet
davlat fuqaroligiga mansubligini tan olmaslik;
– onasi yoki otasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan
bolalarning fuqaroligi;
– fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bolalarining O‘zbekiston
fuqaroligini olishi;
– fuqarolikdan chiqish erkinligi;
–
fuqarolikning to‘xtatilish asoslarini qonunda aniq belgilanganligi;
–
fuqarolikni tiklash mumkinligi;
–
fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarda O‘zbekiston
RespublikasiPrezidentining mutlaq vakolatlari;
– xalqaro shartnomalarda milliy qonunchilikda bayon etilganidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalarining
qo‘llanilishi va boshqalar
21
.
Yuqorida fuqarolikka oid eng asosiy prinsiplar sanab o‘tildi. Har bir
insonning uzviy huquqlaridan biri “fuqarolik” maqomini olishga bo‘lgan
huquqi hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha demokratik davlatlarda
insonlarning fuqarolik maqomiga ega bo‘lish asoslari huquqiy
jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi
fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasiga binoan har bir kishiga
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish huquqi e’tirof etilgan, ya’ni
“hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum
qilinishi mumkin emas” degan printsip mustahkamlangan
22
. Ushbu prinsip
halqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidasi asosidafuqarolik
institutining ahamiyatini oshirish barobarida bejiz mustahkamlanib
qo‘yilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish asoslari har bir inson
uchun tenglik asosidabelgilangan. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolar
o‘z huquqiy holatiga ko‘ra qonun oldida tengligi prinsipi konstitutsiyada
mustahkamlab qo‘yilganligini alohida ta’kidlash lozim. Ya’ni har bir
21
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Кенгашининг
Ахборотномаси
, 1992
й
., 9-
сон
, 338-
модда
;
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2004
й
., 51-
сон
, 514-
модда
; 2015
й
., 32-
сон
,
425-
модда
; 2016
й
., 39-
сон
, 457-
модда
.
22
“
Ўзбекистон
Республикасининг
фуқаролиги
тўғрисида
”
ги
Қонуни
//
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Кенгашининг
Ахборотномаси
, 1992
й
.,
№
9, 338-
модда
.
148
fuqaro ijtimoiy mavqei va boshqa holatlardan qat’iy nazar qonun oldida
barobar ko‘riladi. Ba’zi fuqarolarga beriladigan imtiyozlar faqat ijtimoiy
adolat yuzasidan bo‘lishi lozim.
Fuqarolarning huquq va erkinliklari davlat tomonidan muhofaza
qilinib, ularning daxlsizligi prinsipi amalda bo‘lishini ta’minlash davlat
oldidagi mas’uliyatdir. Shuning uchun ham davlat va fuqaro
munosabatlarida huquq va burchlar bilan o‘zaro bog‘liqlik e’tirof etilgan.
Sud hokimiyatining qabul qilgan qaroriga asoslangan hollardagina
vakolatli idoralar fuqaroning huquq va erkinligini cheklashi mumkin.
Ushbu prinsip “Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi”ning bosh
qoidalarida bayon qilinib, unga ko‘ra insonlarning konstitutsiya va qonun
orqali e’tirof etilgan huquqlari buzilgan hollarda, nufuzli milliy sudlar
tamonidan bu huquqlarning samarali tiklanishiga bo‘lgan huquqi
mustahkamlab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi unga qanday asoslarda ega
bo‘lganligidan qat’iy nazar, hamma fuqarolar uchun tengligi prinsipidunyo
hamjamiyati tamonidan qo‘llab quvvatlanayotgan g‘oya asosida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida e’tirof etilgan. Demakki,
ushbu prinsipning milliy huquqimizdan o‘rin olishi, Konstitutsiyamizda
xalqaro huquq normalarining to‘liq aks etishidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish asoslari qonunda
mustahkamlanib, ushbu asoslarning qaysi biridan qat’iy nazar
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilgan shaxs Konstitutsiya va
qonundae’tirof etilgan barcha huquq va erkinliklardan foydalanishda
hamda majburiyatlarni bajarishda teng huquqlidir. Ushbu qoida
Konstitutsiyamizning 18-moddasida belgilangan asosiy prinsipning uzviy
davomi hisoblanadi
23
.
Yuqorida aytilganidek, mamlakatimizda fuqarolik shaxs bilan
davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning
o‘zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi. O‘zbekiston Respublikasida
har bir kishi fuqaro bo‘lish huquqiga egadir. Qonunga muvofiq, hech kim
fuqarolikdan yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum qilinishi
mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi fuqarolikni olish
asoslaridan qat’iy nazar barcha uchun tengdir. O‘zbekiston
23
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Т
.: “
Ўзбекистон
”, 2017. – 76 .
149
Respublikasining fuqarolari kelib chiqishlaridan, ijtimoiy va mulkiy
holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tilidan, dinga
munosabatidan, siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan, mashg‘ulotining turi va
sajiyasi hamda boshqa holatlardan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining teng huquqliligi iqtisodiy,
siyosiy, ijtimoiy va madaniy turmushning barcha sohalarida ham
ta’minlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda
O‘zbekiston Respublikasining ham fuqarosidir.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublik masalasi
mustaqillik va davlat suvereniteti e’lon qilinishi bilan, suveren davlat
belgilaridan biri sifatida fuqarolik institutini huquqiy asoslarini zudlik
bilan mustahkamlash zaruratini o‘zida ifodalagan edi. O‘zbekiston
fuqaroligi huquqiy maqomiga kimlar ega ekanligini alohida tamoyil
asosida belgilab qo‘yish lozimligi tufayli Qonunning 4-moddasida
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublik” tamoyili o‘z aksini
topdi. Xususan, unda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublik
masalasi mazkur hujjatning qabul qilinayotgan vaziyathamda keyingi davr
xususiyati har tomonlama e’tiborga olinib, hal etilgan. Shunga ko‘ra,
quyidagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘ladilar:
1) kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan,
jinsi, ma’lumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodi, mashg‘ulotining
turi va sajiyasidan qat’iy nazar, ushbu Qonun kuchga kirgan vaqtda
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, boshqa davlatlarning
fuqarolari bo‘lmagan hamda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi
bo‘lish istagini bildirgan shaxslar;
2) davlat yo‘llanmasi bilan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida
ishlayotgan, harbiy xizmatni o‘tayotgan yoki o‘qiyotgan shaxslar, agar
ular O‘zbekiston Respublikasining hududida tug‘ilgan bo‘lsalar yoki
doimiy yashaganliklarini isbot qilgan bo‘lsalar, boshqa davlatlarning
fuqarolari bo‘lmasalar va ushbu Qonun kuchga kirganidan (ma’lumot
uchun ushbu Qonun 1992-yil 28-iyuldan e’tiboran kuchga kirgan) keyin
kechi bilan bir yil ichida O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish
istagini bildirgan bo‘lsalar;
3) qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini
olgan shaxslar.Bugungi kunda mazkur qonunning 4-moddasidagi oxirgi
band amal qilib, unga asosan O‘zbekiston fuqaroligiga mansublik
aniqlanadi.
150
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, pasport olingunga
qadar esa – tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki shaxsning
fuqaroligiga doir ma’lumotlar bo‘lgan boshqa hujjat – O‘zbekiston
Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar deb
hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining va tug‘ilganlik
to‘g‘risidagi guvohnomasining namunalari, ularni berish tartibi va shartlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bu borada 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-sonli “O‘zbekiston
Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni bilan “O‘zbekiston
Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlanib
24
, Vazirlar
Mahkamasi tomonidan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish
qoidalari” qabul qilingan.
Nikohdan o‘tishda va uni bekor qilishda fuqarolikning saqlanib
qolinishi fuqarolik instituti tamoyili sifatida “O‘zbekiston
Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasida
o‘z aksini topgan, ma’lumki, oila qurish va nikohdan o‘tish masalalariga
oid xalqaro umume’tirof etilgan qoidalar shaxslarning bu sohadagi
huquq va erkinliklarini kafolatlaydi hamda rag‘batlantiradi.
1966-yil 19-dekabrdagi “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi
xalqaro Pakt”ning 23-moddasi oila, erkak va ayol nikohi va uni tuzishda
hamda bekor qilinayotgan vaqtda er-xotin huquqi va majburiyati
to‘g‘risidagi qoidalarni o‘zida ifodalaydi
25
. Madomiki, nikohdan o‘tishda
fuqarolik huquqiy holati muammo keltirib chiqarmas ekan, nikoh tuzish va
uni bekor qilish holatlari fuqarolikni o‘zgarishiga olib kelmaydi.
O‘zbekiston qonunchiligi er-xotindan birining fuqaroligini o‘zgarishi
ikkinchisining fuqaroligi o‘zgarishiga olib kelmasligini mustahkamlaydi.
Buning mazmuni shundaki, mabodo er-xotindan biri o‘z fuqaroligini
o‘zgartirsa, ikkinchisi o‘zining hohishiga ko‘ra o‘z fuqaroligini tanlash
huquqini saqlab qoladi.
Chet elda yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi
fuqaroligini saqlab qolish tamoyilining mazmunidan shuni anglash
lozimki, O‘zbekiston fuqarosi xorijiy davlatlarda qancha muddat doimiy
yashashidan qat’iy nazar, fuqarolik huquqiy maqomidan, qonunda
24
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2011
йил
, 1-2-
сон
, 2-
модда
.
25
Международный
пакт
о
гражданских
и
политических
правах
//
Узбекистан
и
международные
договора
по
правам
человека
(
Сборник
международных
договоров
по
правам
человека
,
к
которым
присоединилась
Республика
Узбекистан
),
Т
.: «
Адолат
», 1998, 440-
бет
.
151
belgilangan tartib va talab bundan mustasno, ajratilishi mumkin emas.
Xorijiy mamlakatda doimiy istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarosi
uch yil davomida, uzrli sabablarsiz davlatimiz konsulligi hisobida turmasa,
buning oqibatida o‘z fuqaroligini yo‘qotishi mumkin.
Aslida O‘zbekiston fuqarosining chet elda yashashi O‘zbekiston
Respublikasi fuqaroligining to‘xtatilishiga olib kelmaydi. Zero, chet
eldaham O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston
Respublikasining himoyasi va homiyligidan foydalanadilar.O‘zbekiston
Respublikasi, uning diplomatiya vakolatxonalari va konsullik
muassasalari, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari O‘zbekiston
fuqarolari o‘zlari borgan mamlakat qonunlari bilan, O‘zbekiston
Respublikasi va uning fuqarosi borgan davlat qatnashayotgan shartnomalar
hamda xalqaro odatlar bilan berib qo‘yilgan hamma huquqlardan to‘la
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun choralar ko‘rishlari,
ularning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan
manfaatlarini qonunlarda belgilangan tartibda himoya qilishlari, zarur
hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining buzilgan huquqlarini
tiklash choralarini ko‘rishlari shart.
O‘zbekiston “Konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena
Konvensiyasiga” qo‘shilgan, unga asosan respublikaning konsullik
tashkilotlari chet davlatlarda O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini chet davlatga topshirishga
yo‘l qo‘ymaslik tamoyili ushbu qonunning 8-moddasida mustahkamlab
qo‘yilgan
26
. Milliy qonunchiligimizga ko‘ra, basharti, O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlatga
topshirilishi mumkin emas. O‘zbekiston fuqarolarini chet davlatga
topshirishga (ekstraditsiya qilishga) yo‘l qo‘ymaslik tamoyili, mazmunan
o‘zga davlatlarning hududida, ularning qonunlarida belgilangan
jinoyatlarni sodir etgan respublikamiz fuqarolariga nisbatan bildirgan
talabi asosida vujudga kelgan faoliyatiga berilgan rad javobini anglatadi.
Faqat O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan davlatlararo
shartnomalardaboshqacha tartib belgilanmagan holatlar bo‘yicha ushbu
tamoyil amalda bo‘ladi. O‘zbekiston fuqarosining chet davlatda amalga
26
“
Ўзбекистон
Республикасининг
фуқаролиги
тўғрисида
”
ги
Қонуни
//
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Кенгашининг
Ахборотномаси
, 1992
й
.,
№
9, 338-
модда
.
152
oshirgan jinoiy harakatiga O‘zbekiston hukumati befarq qaramaydi,
albatta. Chet elda jinoyat sodir qilgan fuqaro o‘z qilmishiga yarasha jazo
olishi muqarrar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqaroligiga
mansubligini tan olmaslik tamoyili ushbu qonunning 10-moddasida e’tirof
etilgan
27
. Bundan shuni anglash mumkinki, O‘zbekiston fuqaroligiga ega
shaxslarning boshqa davlatlarning fuqaroligiga ham ega bo‘lish holatlari
amaliyotda uchrab turadi. Ikki fuqarolik yoki ko‘p fuqarolik bilan bog‘liq
masalalarning oqibatida muammolar yuzaga kelmasligini oldini olib,
hamda yagona fuqarolik tamoyilining amalda bo‘lishini ta’minlash
maqsadida ushbu tamoyil o‘rnatilgan hamda amal qilib kelmoqda.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holatiga aniqlik kiritish
maqsadida, kimlar bunday shaxslar ekanligini ushbu Qonunning
11-moddasidagi tamoyil belgilab bergan
28
. Ushbu tamoyil O‘zbekiston
Respublikasi hududida yashab turgani holda O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet el fuqaroligiga mansubligini
isbotlovchi dalillarga ega bo‘lmagan shaxslar fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar, deb hisoblanishini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |