Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolikni to‘xtatilishi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

5-§. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolikni to‘xtatilishi 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda to‘xtatiladi: 
1) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida. 
Fuqarolikdan chiqish 
– shaxsning o‘z irodasiga ko‘ra fuqarolikning bekor 
bo‘lishini anglatadi. Odatda, fuqarolikdan chiqish fuqaroning iltimosi 
bo‘yicha amalga oshiriladi; 
2) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish oqibatida. 
Mohiyatan bu prinsipning mazmuni O‘zbekiston Respublikasining 
fuqaroligini yo‘qotish – bu manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan 
amalga oshiriladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmoni bilan rasmiylashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligining tugatilishidir. Bu holat asosiy bosh tushunchada keltirilgan 
shaxsning davlat bilan doimiy siyosiy-huquqiy aloqada bo‘lish prinsipini 
bir tomonlama buzilishiga javob tariqasida qo‘llaniladigan choradir. 
O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda TIVning 2017-yil 7-iyuldagi 
28 va 21-son qarorlari bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligidan 2017-yil
1-avgustda 2909-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) “O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishni rasmiylashtirish masalalariga oid 
hujjatlarni tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma asosida amalga 
oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish masalalari 
yuqoridagi paragrafda batafsil bayon etilgan; 
3) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda 
tutilgan asoslarga binoan; 
4) Ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan boshqa asoslarga binoan. 
O‘zbekistonRespublikasi fuqaroligining to‘xtatilishi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqaroligining to‘xtalishiga sabab bo‘ladi. 
Ushbu Qonunda belgilangan tartibda shaxsning iltimosnomasiga 
ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga ruxsat etiladi.


162 
Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan 
chiqishni
iltimos qiluvchi shaxs davlat oldidagi majburiyatlarini yoki fuqarolarning 
yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining muhim manfaatlari bilan
bog‘liq mulkiy majburiyatlarini bajarmagan bo‘lsa, uning O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligidan chiqishi rad etilishi mumkin. 
Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos 
qiluvchi shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan yoxud 
unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi zarur bo‘lgan sud 
hukmi bo‘lsa yoki shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan 
chiqishi O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi manfaatlariga 
zid bo‘lsa, uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga
yo‘l qo‘yilmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalar va 
taqdimnomalarni ko‘rib chiqish tartiblarini keyingi paragraflarda batafsil 
ko‘rib chiqamiz. 
Shu bilan birga mamlakatimiz qonunchiligida ota-onalarining 
fuqaroligi o‘zgarganda va farzandlikka olinganda bolalarning fuqaroligi 
qanday bo‘lishi masalalasi ham tartibga solingan.
Jumladan, Qonunning 22-moddasida ota-onalarining fuqaroligi 
o‘zgargan taqdirda bolalar fuqaroligining o‘zgarishi quyidagicha: ota-
onalarining fuqaroligi o‘zgarganligi natijasida ularning har ikkalasi 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga o‘tganida yoki har ikkalasi 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanida, o‘z navbatida ularning 
14 yoshga to‘lmagan bolalarining fuqaroligi ham o‘zgaradi. 
Agar bolaning ota-onasidan biri ma’lum bo‘lsa, ana shu ota yoki 
onaning fuqaroligi o‘zgarganida 14 yoshga to‘lmagan bolaning fuqaroligi 
ham tegishli suratda o‘zgaradi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi bolaning ota-onasi 
yoki yolg‘iz otasi yo bo‘lmasa onasi O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligidan chiqsalar va ayni vaqtda ular O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolari vasiylikka yoki homiylikka olgan bolaning tarbiyasida ishtirok 
etmasalar, ota-ona, vasiy yoki homiyning iltimosiga ko‘ra bola 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. 
Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylansa, 
boshqasi esa chet el fuqarosi bo‘lib qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligini olayotgan ota yoki onaning iltimosnomasiga ko‘ra bola 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi mumkin. 


163 
Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylansa, 
boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib qolaversa, O‘zbekiston 
hududida yashovchi bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi. 
Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylansa, 
boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib qolaversa, O‘zbekiston 
Respublikasidan tashqarida yashovchi bola O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligini olayotgan ota yoki onaning iltimosnomasiga ko‘ra 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi mumkin. 
Qonunning 25-moddasida ota-onasidan biri O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligidan chiqqan taqdirda bolaning O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi belgilangan. Jumladan, agar ota-
onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa, boshqasi esa 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib qolaversa, bola O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan ota yoki 
onaning iltimosnomasiga ko‘ra, bunday bolaning O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga ruxsat etilishi mumkin. 
Chet el fuqarosi yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan 
bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi.Chet el fuqarosi bo‘lib, 
biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, boshqasi esa fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxs bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan 
bola ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi. 
Shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan, biri O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarosi bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan bola 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi.Chet el fuqarosi bo‘lib, biri 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, boshqasi chet el fuqarosi 
bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan bola esa farzandlikka 
oluvchilarning kelishuviga ko‘ra O‘zbekiston fuqarosiga aylanadi. 
Bundan tashqari, chet el fuqarosi bo‘lgan, ushbu moddaning birinchi, 
ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar tomonidan 
farzandlikka olinayotgan bola boshqa davlat fuqaroligidan chiqqan 
taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi. 
Qonunda yana bir muhim masala, ya’ni O‘zbekiston fuqarosi 
bo‘lgan, chet el fuqarolari tomonidan farzandlikka olingan yoki biri 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi chet el fuqarosi bo‘lgan
er-xotin tomonidan farzandlikka olingan bola O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligini saqlab qolishi belgilangan. Farzandlikka oluvchilarning 


164 
iltimosnomasiga ko‘ra bunday bolaning O‘zbekiston fuqaroligidan 
chiqishiga ruxsat berilishi mumkin. 
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, bolani fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 
tomonidan farzandlikka olingan yoki biri O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarosi bo‘lgan, boshqasi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan er-xotin 
tomonidan farzandlikka olingan bola O‘zbekiston fuqaroligini saqlab 
qoladi.Ota-onalarining fuqaroligi o‘zgargan taqdirda, shuningdek, bolalar 
farzandlikka olingan taqdirda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 
bolalarning fuqaroligi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi 
to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasida ko‘zda tutilgan tartibda faqat 
bolalarning roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkinligi belgilangan. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish