166
4) O‘zbekiston Respublikasida doimiy
yashovchi shaxslarning
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi;
5) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi shaxslar
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan hollarni qayd etadi.
TIV, diplomatik vakolatxona va konsullik muassasalari vakolatlari:
1) chet ellarda doimiy yashab turgan shaxslardan O‘zbekiston
Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalarni qabul qiladi;
2) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizani
asoslash maqsadida keltirilgan dalil va hujjatlarni tekshiradi;
3) fuqarolik masalalariga doir arizalarni zarur hujjatlar bilan birga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari
bo‘yicha Komissiyaga yo‘llaydi;
4) chet elda doimiy yashab turgan shaxslarning O‘zbekiston
Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi;
5) chet elda doimiy yashab turgan shaxslarning O‘zbekiston
Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligini
qayd etadi;
6) O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashab turgan
fuqarolarini hisobga oladi
37
.
Fuqarolik to‘g‘risidagi Qonunni 41-moddasida fuqarolik
masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi idoralar aniqlashtirilgan bo‘lib,
unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida
doimiy yashovchi shaxslarga
nisbatan fuqarolik masalalariga oid qarorlarning ijrosi IIV va uning
tegishli idoralari, fuqarolik holatini qayd etish bo‘limlari, chet elda
yashovchi shaxslarga nisbatan esa O‘zbekiston
Respublikasining TIV
zimmasiga, O‘zbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya
vakolatxonalari va konsullik muassasalari zimmasiga yuklatiladi.
Bundan tashqari, pasportlar va istiqomat uchun guvohnomalar berish
masalasi qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston
Respublikasi
fuqaroligini olgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar
idoralari, yoki diplomatiya vakolatxonalari yoxud konsullik muassasalari
tomonidan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi pasporti topshiriladi. 16
yoshga etmagan bolalarning hujjatlariga ularning O‘zbekiston
Respublikasi fuqaroligiga mansubligi yozib qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasida yashab turgan lekin O‘zbekiston
Respublikasining fuqaroligi to‘xtatilgan, boshqa davlat fuqarosi
37
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Кенгаши
Ахборотномаси
.1992
й
.
№
9. 338-
модда
.
167
bo‘lmagan shaxslarga ichki ishlar idorasi tomonidan fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarga mo‘ljallangan istiqomat guvohnomasi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi
masalalariga oid qarorlar
ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari
Komissiyasi tomonidan, shuningdek, boshqa vakolatli idoralar tomonidan
o‘z huquqlari doirasida nazorat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: