Bundan keyin xavfsizlik xizmati katta operativ vakili R



Download 22,85 Kb.
Sana02.06.2022
Hajmi22,85 Kb.
#629869
Bog'liq
O\'zbekshe1


Bundan keyin xavfsizlik xizmati katta operativ vakili R. Akbarov iziga tushib, oilasi bilan ovqatlanish uchun kirgan restorandagi videolarni ko’rib narkolog mutahasisning xulosasisiz o’ta mast holda deb xizmat tekshiruvini shaniga doq tushirib, O’zbekiston Respublikasi bojxona xizmati organlarida xizmat o’tash haqidagi Rejaning 130-bandi <> kichik bandiga, O’zbeksiton Respublikasi bojxona organlari Intizom shartining 28- bandi «e» kichik bandiga muvofiq «bojxona organlaridan chetlatish» intizomiy jazosi qo’llanilib, lavozimidan bo’shatib yuborilganligini, buyruqni xizmatda yo’l qo’ygan qo’pol xato-kamchiliklari uchun deb qo’yganligini, biroq ozini sud orqali oqlab moddiy va ma’naviy ziyonlarni undirib olgani uchun iziga tushib chetlashtirgan deb hisoblaydiganligini, shu sababli qastdan uy -joy bilan ta’minlamasdan postda yotqizib qo’yganligini, sen quvg’indisan, ishda chiritaman deb aytib, 26 fevral kuni post boshlig’i X. Samatovdan oilamga shaharni ko’rsataman deb ruxsat olganligiga qaramasdan o’sha kuni soat 16:00 lar chamasida qo’ng’iroq qilib qayerda yurganligini so’rab, oila a’zolari bilan ovqatlanayotganligini aytganidan keyin oradan 40 daqiqalar o’tgach o’z xavfsizlik xizmatidan Sh. Yusupov ijarada turgan uyiga kelib <> deb aytganiligini, o'zining hech qayerga bormasligini aytganligin, post boshlig’idan ruxsat so’radim deganda ruxsat bermadim deb qasdan boshliqlar oldida yolg’on gapirganligini, 27 fevral kuni ertalab ishga borib tushintirish xati yozuv so’ralganda sog’lig’i yomonlashkanligi sababli jazo olmasligini aytganligin, o’sha kuni shifoxonaga borib muolaja olib uyiga kelganligini, 28 fevral kuni ertalab turmush o’rtog’i tez yordam chaqirib shifokor nazoratida bo’lib qattiq shamollash va nevroz tashhisi bilan qo’liga ro’yxat yozib berib IIB poliklinikasidan tibbiy ko’rikdan o’tishi kerakligini aytib ruxsat berganligini,qo’llanilgan intizomiy chora ayblov darajasiga mos kelmasligini, 27-28 fevral kunlari salomatligining yomonlashganligiga e'tibor bermaganligin, alkogol maxsulotini xizmat vaqtida iste’mol qilish man etilganligini, ishdan bo’sh vaqtda jamiyatga xavfli harakat sodir qilganligi haqqida bitta ham dalil yo’q ekanligini, o’ziga qoyilgan ayblar isbotini topmasligini, iziga tushib qasdan xizmatdan chetlashtirilganligini, shu sababli da'vo arizasini va qoshimcha da’vo arizasini qanoatlandirishni so’raydi. Sud majlisida da’vogar A. Asanov da'vo va qo’shimcha da’voning Qoraqalpoqsiton Respublikasi davlat bojxona boshqarması «Dauit ota» chegara bojxona po’stida «Bojxona ko’rigi va rasmiylashtirish guruhi» inspektori lavoziminda ishlab 2013 yil 2 aprel kungi jinoyat ishlari bo’yicha Qong’irot tumani sudining hukumi bilan ayblov e’lon qilinib, amnistiya dalolatnomasi bilan jazodan ozod qilinib, bojxona xizmatidan chetlashtirilib, 2018 yil 10 dekabrdagi Qoraqalpog’iston Respublikasi jinoyat ishlari bo’yicha sudining boshqaruvi bilan oqlanib, 2019 jıy 3 oktabr kungi fuqarolar ishlari bo’yicha Nukus tumanlar oraliq sudining qarori bilan avvalgi ishiga yoki avvalgi lavozimiga tenglashtirilgan lavozimga tiklanib, uni oldingi ishiga tiklamasdan, O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo’mitasining 2019-yil 5 dekabrdagi 560-sh\t sonli buyrug’i bilan Surxandaryo viloyati boshqarmasiga «Termiz aeroporti» chegara posti bojxona ko’rigi va rasmiylashtirish inspektori lavozimiga tayinlanganligi, lavozimga tayinlangan kundan e'tiboran ozining iziga post boshlig’i X. Samatov tushib olganligini, 25, 26, 27 fevral kuni o’zi ishta bo’lmagan deb qo’yganligini, lekin 25 fevral kuni kasal bo’lganligini, 26, 27 fevral kuni boshqarmada bo'lganligini, kafeda tushlik payti turmush o’rtog’i va farzandlari bilan ovqatlanganligini, ular bo’lsa kafening xodimlariga tushintirish xati va cheklarini tag’dim etib, qo’yganligini, bu o’zining izidan tushish deb bilishini bildirib, da’vo va qoshimcha da’vo arizasini qanoatlandirishni so'radi.
Sud majlisida da’vogar A.Asanov vakili oqlovchi O.Do’stnazarov da'vo arizani va qoshimcha da'vo arizani qanoatlandirishni so’radi.
Sud majlisida javobgar O’zbekiston Respublikasi bojixona qo’mitasi Surxandaryo viloyati boshqarmasining ishonchli vakili A. Aymuxamedov da’vo va qo’shimcha da’vo arizasini tán olmasdan, da’vogar A. Asanov sudning 2019 yil 5 dekabr kuni bojxona organlari xizmatiga tiklanib, xizmatini davom ettirish uchun Surxandaryo viloyati bojxona boshkarmasi ixtiyoriga yuborilganligini, viloyat bojxona boshqarmasining 2019 yil 9 dekabrdagi 108 sh/t-sonli buyrig’i bilan «Termiz aeroporti» chegara bojxona, inspektori lavozimiga tayinlanganligini, A. Asanov 2020 yil 25-26 fevral kunlari sababsiz ravishda xizmat joyida bo’lmaganligi xolati yuzasidan «Termiz aeroporti» chegara bojxona posti boshlig’i X.Samatovning 2020 yil 25 fevraldagi hamda Surxandaryo viloyati bojxona boshqarmasi O'z xavfsizlik guruhining 2020 yil 27 fevraldagi ogohlantirishiga asosan xizmatni tekshirish o’tkazilganligini, o’tkazilgan xizmat tekshiruvi natiyjasida aniqlangan holatlarga ko’ra, A. Asanovnov xizmat vaqtida ish joyiga bormasdan, spirtli ichimlik ichib, normativ -huquqiy hujjat va ichki qoidalar va ishga kelib - ketish tartibiga amal qilmasdan bojxona organi xodimi nomiga putir yetkazadigan, xizmat intizomini qopol tarizda buzishda mujassamlashgan hatti- harakatlarni sodir etganligi uchun bojxona organlari xizmatidan chetlashtirish intizomiy jazosi qo’llanilganligini, da’vogar A.Asanov xizmatidan 2020 yil 20 mart kuni chetlashtirilib, unga qaror nusxasi o’z vaqtida topshirilganligini, shunga qaramasdan A.Asanov vaqtida murojaat etmagan, shuning uchun uning da’vo arizasiga qarshi da’vo muddatini qo’llab, uning da’vo va qo’shimcha da’vo arizasini qanoatlandirmasdan qoldirishni so’radi.
Sud majlisida javobgar O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo’mitasi Surxayadaryo viloyati boshqarmasining ishonchli vakili Sh. Yusupov da’vo va qo’shimcha da’vo arizasini tan olmasdan, da’vo va qo’shimcha da’vo arizalarni qanoatlandirmasdan qoldirishni so’radi.
Sud majlisda javobgar O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo’mitasi Surxandaryo viloyati boshqarmasining ishonchli vakili X.Samatov da’vo va qo’shimcha da’vo arizani tan olmasdan, da’vo va qo’shimcha da’vo arizasini qanoatlandirmasdan qoldirishni so’radi.
Sud majlisidaga xizmat tekshiruvi o’tkazgan xodimlar tegishli tartibda chaqirilishiga qaramasdan kelmadi.
Sud taraflarning tushunchalarini, oqlovchining so’zini, ishda aniqlangan holatlarni ish hujjatlari bilan solishtirib da’vogar A. Asanovning da’vo va qo’shimcha da’vo arizalarini qanoatlandirmasdan qoldirishni lozim topdi.
Sababi, ish hujjatlariga va ishda aniqlangan holatlarga qaraganda, da’vogar A. Asanov 2013 yil 2 aprel kungi jinoyat ishlari bo'yicha Qo’ng’irot tumani sudining hukimiga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat bojxona boshqarmasidan xizmatidan chetlashtirilib, 2018 yil 10 dekabrdagi Qoraqalpog’iston Respublikasi jinoyat ishlari bo’yicha sudining boshqaruvi bilan oqlanib, 2019 yil 3 oktyabr kungi fuqarolik ishlari bo’yicha Nukus tumanlar arolik sudining vakolati bilan oldingi ishiga yoki shunga tenglashtirilgan lavozimga tiklanib, O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo’mitasining 5 dekabrdagi 560-sh/t sonli qarori bilan Surxandaryo viloyati boshqarmasi ixtiyoriga yuborilib, boshqarmaning 2019 yilgi 9 dekabrdagi 108-sh/t sonli qarori bilan «Termiz aeroporti» chegara posti bojxona ko’rigi va rasmiylashtiruvchi inspektori lavozimiga tayyorlangan. Da’vogar A.Asanov O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo’mitasining 2020 yilgi 20 martdagi 14-sh/t sonli qarori bilan «Termiz aeroporti» chegara posti bojxona ko’rigi va rasmiylashtiruvchi inspektori lavozimidan O’zbekistan Respublikasi bojxona xizmati organlarida xizmatni o’tash haqqidagi Rejaning 130 -bandi «k» kichik bandiga, O’zbekiston Respublikasi bojxona organlari Intizomiy shartining 28-bandi «s» kichik bandiga muvofiq «bojxona organlaridan bo’shatish» intizomiy jazosi sifatida xizmatdan chetlashtirilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentinin 2018 yil 12 apreldagi PK-3665-sonli qarori bilan tastiqlangan «O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining Intizomiy sharti»ning 130 -bandinda xodim quyidagi asosga ko’ra xizmatdan chetlashtiriladi: «i» xizmat intizomini bir marta qo’pol ravishda buzganligi uchun ; «k» bojixona organi xodimining obro'yiga doq tushiruvchi hatti-harakatlar sodir etgan, intizomiy jazo chorasi bo’lib turib tizimli ravishda xizmat intizomini buzgan, qonun hujjatlarida belgilangan cheklov va man etilganlarga amal qilmagan xizmatkorlarga nisbatan; deb. O’zbekiston Respublikasi bojxona organlarining Intizomiy ustavining 28-bandida xizmatkorlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qollanilishi mumkin: <> xizmatdan chetlashtirish; deb., Intizom shartining 46-bandida <Xo’sh, xizmat tekshiruvi va sudda aniqlangan hollarda da’vogar A.Asanov 2020 yil 24 fevral, kuni kechki navbatchiligiga, 25, 26. 27 fevral kunlari ish o'rniga bormagan, uning ishga bormaslik sabablari 2020 yil 24 fevral kuni oilasini shaharni aylantiraman deb chiqib, onasi qo’ng’iroq qilib kelini vq nabiralarisiz yolg'iz qolib mikroinsult boshdan o'tkazganligi haqqidagi xabaridan keyn 200 gramm spirtli ichimlik ichib mast bo'lib qolib, uyiga qaytib yotib qolib, shu sababli ertasiga kasal bo’lib nevroz bo'lib ishga boraolmaganligi, ertasiga 25 fevral kuni ishga kelmaslik sababini aniqlash uchun yashash o'rniga kelgan bojxona xodimlariga spirtli ichimlik sababli mast bo'ganligi va salomatligi bo'yicha ishga chiqaolmasligini aytib ishga chiqmaganligi, 26 fevral kuni ushbu holat bo'yicha boshqarmaga o’z xavfsizlik xizmatiga tushintirish xati berish uchun borib, lekin salomatligi yomonlashuvini aytib tushintirish xati yozib bermasdan ketib, yaqin poliklinikaga borib muolaja olib uyiga borib yotib qolganligi, 27 fevral kuni ertalab turmush o’rtog’i tez yordam chaqirib shifoxonaga tushib, qattiq shamollash va nevroz tashhisi qoyilib ro’yxat yozib berilib, xizmatda bo'lgani uchun IIB poliklinikasiga murojaat etishi tushintirilib uyiga ruxsat berib yuborish holatlarini sud uzurli deb hisoblamaydi.
Sababi, da’vogar A.Asanov 2020 yil 24 fevral kuni IIB poliklinikasiga salomatligi bo’yicha xizmatga yaroqliligi yuzasidan tibbiy ko’rikdan o’tish uchun yo'riqnoma berilib yuborilgan, lekin da’vogar A.Asanov tibbiy ko’rikdan o’tish uchun IIB poliklinakasiga bormagan va korikdan o’tmagan. Xizmatga yaroqlilik yuzasidan tibbiy ko’rikdan o'tish xodim uchun majburiy bo’lib, bu hol ham xizmat vaziyfasini bajarish bilan aloqador hisoblanadi.
Lekin shunday bo'lsa ham, da’vogar o’zining salomatligi yomonligidan ko’rsatsa ham davolanishi uchun murojaat etishi lozim bolgan poliklinikasiga bormagan. Uning ishda bo'lmagan kunlariga salomatligi holati bo'yicha ishdan ozod qilish huquqini beradigan mehnatga yaroqsizlik qog’ozi yoki malumotnomaları mavjud emas.
Shuningdek sud, da’vogar A.Asanovning sabablaridagi sud arqali tiklanib, moddiy va ma’naviy zarar yetkazgani uchun unga nisbatan quvg’inchilik ishlanib,-ishdan chetlashtirilganligi, uning nomusiga tegadigan gaplar bilan kamsitkanligi, post boshlig’i o’zi ruxsat berib so'ng ruxsat bermadim deb yolg’on gapirib turganligi haqqidagi bahonalari bilan kelishmaydi.
Sababi, O’zbekiston Respublikasi bojxona organlarining Intizom shartining 60-bandida har bir xodim rahbarning unga nisbatan qonunsiz yoki noxaq xarakatlari ustidan yuqori turuvchi boshliqqa yani o’z xavfsizligi bo’limiga shikoyat berishga haqli ekanligi belgilangan, da’vogar A.Asanov uning hatti-harakati yuzasidan o'tkazilgan xizmat tekshiruvi davomida bunday vaziyatlar haqqida bayon etmagan yoki bo'lmasa huquqining buzilishi holati yuzasidan murojaat etmagan.
Agarda post boshlig'ining da’vogar A. Asanov bilan munosabati shu darajada bo’lganda, uning ish vaqtida bolalarini shaharni aylandirib kelishi uchun ruxsat bermagan bo'lardi. Da’vogar A. Asanov o’ziga nisbatan shunday quvg’indilik amalga oshirilgan deb hisoblasa ishda bo'lmaslik sababi uzurli vaziyatlar bilan aloqador ekanligini isbotlovchi hujjatlarga ega bo'lishi kerak edi deb sud hisoblaydi.
Da’vogar A. Asanovning ishda bo'lmaslik sharoiti, unin spirtli ichimlik ichishi oqibatida sog'lig'ining yomonlashuvi va o'z vaziyfasiga be e’tiborlik bilan bevosita bo’g’liq.
O’zbekiston Respublikasi bojxona o’rganlarining Intizom shartining 2- bandida bojxona organlarida xizmat intizomi xodimlar tarafidan shu Shart talablariga so’zsiz amal etishdan iboratligi, 3 –bandda xodimlar o'rtasida o’zaro munasobatlar qoidalariga amal qilish, boshliqlar va hamkasblarni hurmat qilishi, 8-bandida shaxsiy bahona va boshqa subektiv sababar hodimlar tarafidan qonuniylik talablari va odob-axloq qoidalarini buzishiga asos bo’la olmasligi, 11-bandida xodimlar hushmuomala, chin qalbli va e’tiborli bo'lishi, fuqarolar va hamkasblariga sabir-toqat va hurmat bilan munosabatda bo’lishi zarurliligi, 13-bandida xodimlarga xizmat vaqtida alkogol ichimliklar ichish taqiqlanganligi, 21-bandida noqonuniy buyruqlardan tashqari, boshliqning buyruq va topshiriqlari so’zsiz, aniq va o’z vaqtida bajarilishi shartligi belgilangan bo'lsa, O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo’mitasi 2016 yilgi 28- martdagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati xodimlarining odob-axloq qoidalari» da bojxona va xodimlar qonun hujjatlari va ushbu odob-axloq qoidalariga amal etishlari shart, xodimlar sabrli, to’g’ri so’z, talabchan, qiyinchiliklarga chidamli, xizmatda va xizmatdan tashqarida o’zini munosib tutishi, normativ-huquqiy hujjat va ichki normativ hujjatlar bilan belgilangan cheklashlar va taqiqlanganlarga amal etish, o’z xizmat vaziyfasini so’zsiz bajarishi belgilanib, xizmat vaziyfasini o’tash vaqtida alkogol ichimliklarini foydalanish man etilgan. Shuning uchun, da’vogar A.Asanovning onasi va umir yo’ldoshi bilan o’rtasida yuz bergan masala, yani shaxsiy bahona va subektiv sabablar bilan spirtli ichimlik ichib, uning oqibatida ishga chiqmasdan qolishi, holatni aniqlash uchun kelgan boshliqlari va hamkasblariga qo’pol munosabatda bo’lishga,xodimlarning o’z xizmat vaziyfasini va odob – axloq qoidalarini buzishda uzirli sabab bo'lmaydi.
Shunday qilib, davogar A. Asanov tarafidan ish vaqtida spirtli ichimlikdan mast xolida bo'lib ishga chiqmasdan, buning oqibatida 25-26-27 fevral kunlari Respublikasi bojxona organlarining Intizom shartining 47-bandidagi xizmat intizomini qo’pol tarizda buzishlar ro'yxatidagi hatti-harakatlarni, xizmat vaziyfasini o'tash vaqtida man etilgan alkogol ichimliklarini foydalanishi, holatni aniqlash uchun uning yasash manziliga borgan boshliqlarni va hamkasblarini qo’pol munosabata bo'lib odob-axloq qoidalarini, qo’pol tarizda buzib, bojxona organi xodimi obro'yiga doq tusirishiradigan hatti-harakatlar sodir etgan.
Bu holatlar xizmat tekshirishi natiyjasi, da’vogar A. Asanovning o'z ko’rsatmalari va tushintirish xatlari, voqealarga guvoh bo'lgan xodimlar ko’rsatmalari va tushintirish xatlari, holat tasvirlangan video yozuvlar, da’vogar A. Asanovning ayblanuvchiga to’plagan hujjatlar bilan to’liq tasdiqlanadi. Shu sababli da’vogar A.Asanovning javobgar O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo'mitasi Surxandaryo viloyati boshqarmasiga nisbatan, boshqarmaning 2020 yil 20 mart kungi 14-sh/t-sonli buyrig’ini bekor etish, «Termiz aeroporti» chegara posti bojixona ko’rigi va rasmiylashtirish ispektori lavozimiga qayta tiklanish haqqidagi da’vo arizasini hamda Surxandaryo viloyati boshkarmasining 2020 yil 19-mart kungi tasdiqlangan xizmat tekshiruvi natiyjasining noqonuniy deb topish haqqidagi qo’shimcha arizalari qanoatlandirilmasdan qoldirishni lozim topdi.
Yuqoridagilarga bog’liq sud va O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsesual kodeksining 249-253-moddalariga asosan
HUKIM QILADI:
Da’vogar Asanov Atamurat Sabirbaevichning javobgar O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo'mitasi Surxandaryo viloyati boshqarmasiga nisbatan, boshqarmaning 2020 yil 20 mart kungi 14-sh/t-sonli buyrig’ini bekor qilish, «Termiz aeroporti» chegara posti bojixona ko’rigi va rasmiylashtish inspektori lavozimiga qayta tiklash haqqidagi da’vo arizasi hamda Surxandaryo viloyati boshqarmasining 2020 yil 19 mart kuni tastiqlangan xizmat tekshiruvi natiyjasini qonunsiz deb topish haqqidagi qo’shimcha arizalari qanoatlandirilmasdan qoldirilsin. Hukimga norozi taraf 20 kun muddat ichida ushbu sud orqali Qoraqalpog’iston Respubliksi fuqarolik ishlari bo'yicha sudga apellyatsiya tartibda ariza berishi, prokuror protest keltirishi mumkin.
Boshchilik qiluvchi: M. A. Daumenova

Download 22,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish