Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Fuqarolik masalalariga oid arizalar yuzasidan xulosalar
. Fuqarolik 
masalalariga oid arizani rasmiylashtirayotgan ichki ishlar idorasi yoki 
tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasi mazkur 
ariza yuzasidan asoslangan xulosasini chiqaradi. 
O‘z navbatida IIV va TIV fuqarolik masalalariga oid arizalar yoki 
taqdimnomalar yuzasidan o‘z xulosalarini hamda boshqa zarur hujjatlarni 
Prezident huzuridagi fuqarolik masalalari komissiyasi nomiga yuboradi. 
Fuqarolikdan chiqish to‘g‘risidagi arizalarga oid xulosalarda arizachining 
davlat oldida bajarilmay qolgan majburiyatlari yoki uning fuqarolar yoxud 
davlat, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlari muhim manfaatlari bilan 
bog‘liq bo‘lgan mulkiy majburiyatlari xususidagi, uni ayblanuvchi sifatida 
jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi, yoxud unga nisbatan sudning 
qonuniy kuchga kirgan, ijro etilishi lozim bo‘lgan hukmi mavjudligi 


169 
haqidagi yo bo‘lmasa mazkur shaxsning O‘zbekiston fuqaroligidan 
chiqishi respublika davlat xavfsizligi manfaatlariga zidligi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar ham xabar qilinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik 
masalalari Komissiyasi
. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolikka 
oid masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Fuqarolik masalalari 
Komissiyasini tuzadi. Komissiyani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
davlat muassasalarining ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning, ilmiy-ijodiy 
jamiyatlar hamda jamoatchilikning vakillaridan iborat tarkibda 5 yil 
muddatga tashkil etadi
38
. Komissiya jamoatchilik asosida ishlaydi. 
Komissiya a’zolariga o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘lik xarajatlar 
qoplanadi. Komissiyaning majlisi materiallar tayyorlanishiga qarab 
chaqiriladi, uning majlisini Komissiya raisi yoki uning topshirig‘iga 
binoan rais o‘rinbosari o‘tkazadi. Komissiya o‘z a’zolarining uchdan ikki 
qismi hozir bo‘lgan taqdirda u huquqiy vakolatga ega deb hisoblanadi va 
qaror hozir bo‘lgan komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul 
qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolganida ariza rad qilingan hisoblanadi. 
Komissiya qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda 
komissiyaning majlisida qatnashgan barcha a’zolari tomonidan 
imzolanadi. So‘ng Komissiya o‘rganilgan materiallar asosida Prezident 
qaror qabul qilishi uchun takliflar kiritadi.
Ariza va taqdimnomalarning Fuqarolik masalalari Komissiyasida 
dastlabki tarzda ko‘rib chiqilishi
. Fuqarolik masalalariga oid arizalar va 
taqdimnomalarni ko‘rib chiqish paytida Komissiya ariza beruvchining 
dalillarini, taqdimnomaning mazmunini, davlat idoralari va jamoat 
tashkilotlarining xulosalarini, boshqa hujjatlarni hamda tegishli tarzda 
rasmiylashtirilgan guvohlar ko‘rsatmalarini atroflicha baholaydi. 
Basharti, shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasiga borib yashamoqchi 
bo‘lsa, Komissiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 
uni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul etish yoki uning 
fuqaroligini tiklash maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi 
to‘g‘risidagi, shu jumladan respublikada unga ish, turar-joy va boshqa 
qulayliklar berish imkoniyati bor-yo‘qligi haqidagi fikrini e’tiborga oladi. 
38
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
1992 
йил
20 
ноябрдаги
ПФ
-500-
сон
фармони
билан
тасдиқланган

Ўзбекистон
Республикасининг
фуқаролиги
билан
боғлиқ
масалаларни
кўриб
чиқиш
тартиби
тўғрисида

ги
Низом



170 
Komissiya o‘z ixtiyoridagi ish yuzasidan materiallar va hujjatlarni 
tegishli davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridan talab qilib olishga 
haqlidir, bu davlat idoralari va jamoat tashkilotlari esa komissiya 
belgilagan muddatda zarur ma’lumotni taqdim etadilar. 
Fuqarolik masalalariga oid arizalar yoki taqdimnomalarni ko‘rib 
chiqish muddati bir yildan oshmasligi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasining IIV va TIV O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining fuqarolik masalalariga oid farmonlari qanday 
bajarilayotganligi to‘g‘risida yiliga ikki marta O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari Komissiyasiga axborot berib 
turadilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan fuqarolik 
masalalariga oid qarorlarning qabul etilishi
. Fuqarolik masalalari 
yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti farmonlar 
chiqaradi.Agar farmonda boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, 
fuqarolikdagi o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmoni chiqarilgan kundan boshlanadi. 
Mamlakatimizda fuqarolikka oid ishlarni ko‘rib chiqilishi 
amaliyotiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, avvalo O‘zbekiston mustaqil 
taraqqiyot yo‘lidan – ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyillariga 
asoslangan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlat siyosatining 
ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan demokratik huquqiy davlat va 
kuchli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan qat’iyat bilan borayotganini 
e’tirof etish lozim. O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan ilk xalqaro-huquqiy 
hujjat – Inson huquqlarining umumjahon deklaratsiyasida har bir inson 
fuqarolik huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. 
Konstitutsiyamizda fuqarolika qanday asoslarda ega bo‘lganlikdan qat’iy 
nazar, respublikaning butun hududida hamma uchun teng bo‘lgan yagona 
fuqarolik belgilab berilgan. O‘zbekiston hududi va uning tashqarisida 
davlat o‘z fuqarolarining huquqiy himoyasi va muhofazasini ta’minlaydi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, bugungi kunda fuqarolik berish 
to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish va bunday yuksak unvonga 
munosib shaxslarni, eng avvalo “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi 
to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirgan vaqtda turli obyektiv va boshqa 
hayotiy vaziyatlarga ko‘ra chet elda bo‘lgan respublikaning mahalliy 
aholisi orasidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish 
to‘g‘risida asosli qarorlar qabul qilish masalasiga jiddiy e’tibor 
qaratilmoqda. Mazkur choralarning amalga oshirilishi xalqaro huquqning 
umume’tirof etilgan printsiplariga to‘la mos keladi va o‘zbek zaminida 


171 
tug‘ilib, o‘sib-ulg‘aygan hamda Vatanimizning taraqqiyoti va ravnaqiga 
o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan shaxslarning manfaatlarini 
nazarda tutadi.
Birgina, 2016-yil dekabr oyidan 2018-yilning sentabriga qadar 
bo‘lgan davr ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
93-moddasi 22-bandi, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17- va 30-
moddalariga muvofiq imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga 
qabul qilish to‘g‘risida”gi farmonlar asosida 2100 dan ortiq shaxsning 
arizalari qanoatlantirilib, ular O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul 
qilingan. Ularning aksariyatini fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tashkil
etadi.Ma’lumot uchun 1992-yildan to 2016-yilga qadar tushgan 
murojaatlarning 500 ga yaqini qanoatlantirilgan xolos. 
Fuqarolik masalasiga oid takroriy ariza, qoida tariqasida, shu 
masalaga oid avvalgi qarordan keyin bir yil o‘tgach ko‘rib chiqiladi. Ish 
uchun muhim bo‘lgan hamda ariza beruvchiga ma’lum bo‘lmagan va 
ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda 
takroriy ariza ilgariroq ham ko‘rib chiqilishi mumkin. 
Fuqarolik masalalariga oid arizalarni qabul qilishdan asossiz bosh 
tortganlik, arizani ko‘rib chiqish muddatlari buzilganlik, shuningdek, 
mansabdor shaxslarning fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish 
tartibini va fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etish tartibini 
buzadigan boshqa nohaq xatti-harakatlari xususida ular bo‘ysunadigan 
yuqori mansabdor shaxsga yoki sudga qonunda belgilangan tartibda 
shikoyat qilinishi mumkin. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish