Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Yashash huquqi va uning kafolatlanishi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

2-§. Yashash huquqi va uning kafolatlanishi 
Insonga tug‘ilganidan xos va daxlsiz bo‘lgan asosiy huquq va 
erkinliklarning himoya qilinishini ta’minlash fuqarolik jamiyati qurish 
yo‘lini tanlagan har qanday davlatning ajralmas belgisidir. Uning amalga 
oshirilishi, shaxsning, davlat va uning organlari bilan huquq-tartibot 
hamda jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi munosabatlarini, 
insonning hayotiy faoliyati uchun juda muhim bo‘lgan sohalariga 
aralashuvlaridan xoli bo‘lishining ta’minlashini kafolatlashga
qaratilgan. Bundan tashqari, davlat va xususan, uning huquqni muhofaza 
qilish organlari zimmasiga ularning o‘zidagi mavjud vosita va usullar 
orqali inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini kafolatlash vazifasini 
yuklaydi. 
Ta’kidlash joizki, mazkur masalalar qator xalqaro hujjatlarda 
mustahkamlangan. Xususan, 1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari 
umumjahon deklaratsiyasining 3-moddasida har bir insonning yashash, 
erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega ekanligi mustahkamlangan . 
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 6-moddasida 
esa, “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Bu 
huquq qonun bilan himoyalanadi. Hech kim o‘zboshimchalik bilan
insonni yashashdan mahrum qila olmaydi” deyilgan. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida ham inson va fuqarolarning yashash 
huquqlariga oid ushbu xalqaro andozalar o‘zining to‘la aksini topgan.
Inson – biologik va ijtimoiy tushunchadir. Zero, inson o‘zining
biologik mohiyatiga ega ravishda tug‘iladi, keyinchalik u hayoti va
faoliyati davomida shaxs sifatida shakllanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining «Shaxsiy huquq va 
erkinliklar» nomli bo‘limida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya
qilishning huquqiy asosi o‘z aksini topgan. «Yashash huquqi, – deb 
ta’kidlanadi Konstitutsiyaning 24-modda, – har bir insonning uzviy 
huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir»
40

O‘zbekiston inson huquqlari va erkinliklarini o‘zida mustahkamlagan 
yetmishdan ortiq xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan. Bu hujjatlar O‘zbekiston 
40
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
: – 
Т
.: “
Ўзбекистон
”, 2018. –16 
б



178 
qonunchiligining shakllanishi, jumladan, jinoyat hamda inson huquq va 
erkinliklari borasidagi qonunlarning yaratilishi uchun ham asos bo‘lib 
xizmat qilgan. 
«Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»
41
ning
3, 4, 5-moddasida, «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi 
xalqaro pakt»ning 6, 7, 9, 10, 11-moddalarida
42
insonning yashash 
huquqi, qadr-qimmati, ozodligi va xavfsizligi, sha’ni va obro‘yini
himoya qilish kabi huquqlari mustahkamlangan. 
Shaxsning yashash huquqi – bu insonning tug‘ilishi bilan vujudga 
keladigan, faqat o‘zining biologik mavjudligini ta’minlovchi hamda davlat 
tomonidan muhofaza etiladigan huquqdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida yashash 
huquqining mustahakamlanishi davlat tomonidan uni qo‘riqlash va himoya 
qilishning kuchli mexanizmini yaratishni talab qiladi. Bu boradagi tad-
birlar nafaqat jinoyatchilikni oldini olish yoki jinoyatga qarshi kurashish 
natijasidagi huquqni himoya qilish faoliyatini, balki ijtimoiy sohada ham 
inson hayotining ta’minlanishini o‘z ichiga oladi.
Insonning tabiiy huquqi, yashash huquqini himoya qilish davlat 
hamda barcha jamoat tuzilmalari faol harakatlarining keng doirasini, har 
bir inson turmushining xavfsiz ijtimoiy va tabiiy muhitini, turmush sha-
roitini o‘z ichiga oladi . Konstitutsiyada mustahkamlanib, kafolatlangan 
inson va fuqarolarning yashash huquqi joriy qonunlarda rivojlantiriladi va 
amaliyotda davlat organlarining tashkiliy faoliyati orqali ta’minlanadi. 
Har bir inson va uning hayoti jamiyatning ajralmas elementi sifatida 
ijtimoiy qadriyatdir. Shuning uchun inson o‘limiga sabab bo‘ladigan har 
qanday qilmish qonunda ijtimoiy xavfli jinoyatlar qatoriga kiritilgan. 
Jinoyatlar ichida eng xavflisi insonni yashash huquqidan mahrum 
etadigan odam o‘ldirish jinoyati hisoblanib, bu qilmish g‘ayriqonuniy 
tarzda bir kishini ikkinchi kishi tomonidan qasddan hayotdan mahrum qi-
lish, deb tushuniladi.
41
Инсон
ҳуқуқлари
умумжаҳон
декларацияси
(1948 
йил
10 
декабрда
БМТ
Бош
Ассамблеясининг
217 
А
(III) 
Резолюциясида
қабул
қилинган
ва
эълон
қилинган

Ўзбекистон
Республикаси
мазкур
декларацияга
1991 
йил
30 
сентябрдаги
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисининг

336-XII 
қарори
асосида
қўшилган
). 
42
1996 
йил
16 
декабрдаги
Фуқаролик
ва
сиёсий
ҳуқуқлар
тўғрисидаги
халқаро
пакт
(
БМТ
Бош
Ассамблеяси
2200 
А
(XXI) 
Резолюциясида
қабул
қилинган
ва
имзолашга

ратификация
қилишга
ва
қўшилишга
очиқ
, 1976 23 
мартда
кучга
кирган

Ўзбекистон
Республикаси
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисининг

127-1 
қарори
асосида
қўшилган

Ўзбекистон
Республикаси
учун
1995 
йил
28 
декабрдан
кучга
кирган
). 


179 
Alohida ta’kidlash lozimki, shaxsning huquq va erkinliklari turli 
huquq sohalarining normalari bilan himoya qilinadi, lekin jinoyat qonuni-
da fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilganligi uchun jinoiy javobgar-
lik belgilangan bo‘lib, huquqning bu sohasi ana shu javobgarlikni qo‘llash 
orqali fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiladi. 
Insonlarning yashash huquqini ta’minlash va muhofaza qilishda 
jinoyat huquqi qonunchiligi ham muhim o‘rin egallaydi. Jinoyat 
qonunchiligi inson hayotini muhofaza qilishga doir mukammal jinoiy 
huquqiy choralar tizimiga ega. Xususan, Jinoyat kodeksi maxsus qismin-
ing 1/4 ga yaqin normalari bevosita fuqarolarning hayotiga ziyon yet-
kazganlik uchun u yoki bu darajada javobgarlikni ko‘zda tutadi . 
Konstitutsiya asosida yaratilgan O‘zbekiston Respublikasining 
jinoyat qonunchiligi insonlarning ijtimoiy sifatlari yoki har qanday bi-
ologik xususiyatlarga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, ular sog‘lig‘ini 
saqlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Har bir inson, u yosh go‘dakmi 
yoki qariyami, jismonan sog‘lom yoki nogironmi, aqli raso yo noraso 
bo‘lishidan qat’i nazar, uning hayoti va sog‘lig‘i eng oliy qadriyat ekanligi 
konstitutsiyaviy darajada mustahkamlangan. Jinoyat kodeksining 
97-moddasida qasddan odam o‘ldirish jinoyati uchun javobgarlik bel-
gilangan bo‘lib, u jamiyat uchun jiddiy xavf tug‘dirishini anglatadi. Dar-
haqiqat, insonning hayoti va sog‘lig‘i bebaho ne’mat hisoblanadi 
va uning bu ne’matlardan maxrum etilishi yoki ularga shikast yetkazilishi 
shaxs uchun fojia hisoblanadi. Inson yashar ekan, hayotdan, uning 
ne’matlaridan bahramand bo‘lib, yashashga intiladi, hayotdan mahrum qi-
lingan shaxsning o‘rnini hech narsa bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. Insonning 
sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi unga jismoniy, axloqiy, ruhiy azoblar berib, 
uning hayotiy faoliyatini cheklab qo‘yadi. 
Jinoyatchi tomonidan insonning boshqa huquq va erkinliklari 
buzilishining shaxs uchun ijtimoiy xavfi hayotdan mahrum etishdan kam 
bo‘lmagan xavfni tug‘diradi. 
Zero Jinoyat kodeksining normalariga asosan qasddan boshqa 
kishini hayotdan mahrum qilish odam o‘ldirish, deb e’tirof etiladi. 
Qasddan odam o‘ldirish jinoyatining obyekti o‘zga shaxsning hayoti 
hisoblanadi. Jinoyat qonuni barcha odamlarning hayotini bir xilda himoya 
qiladi. Shuning uchun yoshni ham, keksani ham, sog‘lom odamni ham, 
bemorni ham hayotdan huquqqa xilof ravishda mahrum etish odam 
o‘ldirish, deb e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasida evtanaziya 
taqiqlanadi.


180 
Odam o‘ldirish faol harakatlar bilan ham, harakatsizlik orqali ham 
sodir etilishi mumkin. Odam o‘ldirish usuli jinoyatni kvalifikatsiya 
qilishga ta’sir ko‘rsatmaydi. Odam o‘ldirish moddiy tarkibli jinoyat 
hisoblanadi. U miyaning tuzalmas halokati, ya’ni jismoniy o‘limning 
yuzaga kelishi bilan ifodalanuvchi biologik o‘lim boshlangan paytdan 
e’tiboran tugallangan hisoblanadi.
Qasddan odam o‘ldirish jinoyati haqidagi ishlar bo‘yicha jinoyat 
qonunining to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash juda muhim, chunki ushbu 
jinoyatni og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etganlik uchun qonunda 
favqulodda jazo chorasi – umrbod ozodlikdan mahrum qilish nazarda 
tutilgan. 
Jinoyat kodeksida hayotga tajovuz qilish natijasida o‘limga 
sabab bo‘lgan jinoyatlar qilmishning huquqiy mohiyati, ijtimoiy 
xavflilik darajasi va xarakteridan kelib chiqib, sodir etilgan har bir 
jinoyatga alohida javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutiladi.
“Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston 
Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar va 
qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni inson 
va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini rivojlantirish 
sohasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. 
O‘lim jazosini qo‘llash sohasining bosqichma-bosqich kamayib 
borib, O‘zbekiston Respublikasida sud huquq tizimini, jinoiy jazolarni 
liberallashtirish borasida amalga oshirilgan jarayonning muhim yo‘nalishi 
bo‘ldi. 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan va 1995-yil 1-apreldan 
kuchga kirgan Jinoyat kodeksida dastlab 13ta moddada o‘lim jazosi 
nazarda tutilgan edi. 1998-yil 29-avgustda, birinchi chaqiriq O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 12-sessiyasida o‘lim jazosi nazarda tutilgan 
jinoyatlar soni JKda 8 tagacha qisqartirildi, ya’ni o‘lim jazosi tariqasidagi 
jazo Jinoyat kodeksining yana 5 moddasidan chiqarib tashlandi. 2001-yil 
29-avgustda qabul qilingan “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi 
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-
protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Unga muvofiq jazo sifatida o‘lim 
jazosi nazarda tutilgan moddalar ro‘yxati 4taga qisqartirildi. Xususan, 
o‘lim jazosi JKning 118-moddasi to‘rtinchi qismidan, 157-modda birinchi 


181 
qismidan, 242-modda birinchi qismidan, 272-modda ikkinchi qismidan 
chiqarib tashlandi. 2003-yil 12-dekabrda ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining o‘n uchinchi sessiyasida o‘lim tariqasidagi 
jazo yana ikki turdagi jinoyatdan (JK 151-moddasi ikkinchi qismi,
153-moddasidan) chiqarib tashlandi.
Insonning yashash huquqini e’lon qiluvchi va mustahkamlovchi 
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalaridan, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib chiqqan 
holda, shuningdek, jinoiy jazolarni yanada liberallashtirish borasida aniq 
chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2005-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim 
jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston 
Respublikasida 2008-yilning 1-yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim 
jazosi bekor qilindi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga 
ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etildi. Mazkur holat 2007-yil
11-iyulda qabul qilingan “O‘lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan 
ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan mustahkamlab 
qo‘yildi. 
Nufuzli xorijiy ekspertlarning ta’kidlashiga ko‘ra, ushbu chora va bu 
sohada yuqorida ko‘rsatilgan boshqa bir qator ishlarning amalga oshirilishi 
bilan O‘zbekistonda dunyodagi eng liberal jinoiy jazo tizimlaridan biri 
yaratildi. Xalqaro ekspertlarning bu boradagi qiyosiy tahlillari shuni 
ko‘rsatmoqdaki, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi Germaniya va 
Polshada 5ta, Belgiya va Rossiyada 6ta, Daniyada 9ta, SHvetsiyada 13ta, 
Fransiyada 18ta, Gollandiyada 19ta jinoyat turi bo‘yicha tayinlanishi 
mumkin. 
O‘zbekistonda esa umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda 
jazo turi bo‘lib, u faqat ikki turdagi jinoyat, ya’ni javobgarlikni 
og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm uchun 
tayinlanadi. Ushbu jazo turi mamlakatimizda xotin-qizlarga, jinoyat sodir 
etgan paytda 18 yoshga yetmagan shaxslarga va yoshi 60 dan oshgan 
erkaklarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas . 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazoning favqulodda chorasi 
bo‘lib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etuvchi koloniyaga 
joylashtirish orqali uni jamiyatdan muddatsiz ajratishdan iborat. 
Qonundagi ta’rifda umrbod ozodlikdan mahrum qilishga xos bir 
qator belgilar mavjud: 1) u tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning 


182 
alohida toifasi; 2) muddatsiz davom etishi; 3) ushbu jazoning alohida 
xususiyati. 
JK 15-moddasining 5-qismiga muvofiq, umrbod ozodlikdan mahrum 
qilish faqat o‘ta og‘ir jinoyatlarni qasddan sodir etganlik uchun 
tayinlanishi mumkin. Umrbod ozodlikdan mahrum qilishni qo‘llash 
masalasining har bir aniq vaziyatda ishning barcha holatlarini inobatga 
olgan holda hal etilishi, bunda jazoning ushbu maxsus chorasi qo‘llanishi 
javobgarlikni og‘irlashtiruvchi alohida vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan 
sharoitdagina qo‘llanilishi mumkinligini, shuningdek, bu jinoyatni sodir 
etgan shaxsning o‘ta xavfliligidan kelib chiqish lozim. 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish muddatsiz davom etadi. Unga 
jazoni o‘tashning eng kam muddati ham, eng ko‘p muddati ham 
belgilanmagan. Umrbod degani jazo mahkum vafot etgunicha ijro 
etilishini bildiradi. Jazoning ushbu turi muddatsiz ekanligi JK 
73-moddasining 4-qismida keltirilgan qoida, ya’ni shartli ravishda 
muddatidan ilgari jazodan ozod qilish umrbod ozodlikdan mahrum 
qilishga hukm etilgan shaxslarga qo‘llanilmasligi bilan ham tasdiqlanadi. 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilishning alohida xususiyati uning 
quyidagilar uchun belgilanishida namoyon bo‘ladi: a) og‘irlashtiruvchi 
holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-m. 2-q.); va b) terrorizm (155-m.
3-q.). Jazoning alohida xususiyati Qonun bir umrbod ozodlikdan 
mahrum etishni tayinlashga yo‘l qo‘yadigan jinoyatlar soni amalda 
nihoyatda cheklangani bilan bog‘liq. O‘zbekistonda bunday jinoyatlardan 
faqat yuqorida keltirilgan ikkitasi nazarda tutilgan. 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilishning alohida xususiyati ushbu 
jazo qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslar toifasi (jinsi, yoshi) 
bo‘yicha cheklovlarda namoyon bo‘ladi. Bular: a)ayollar; b) 18 yoshga 
to‘lgunicha jinoyat sodir etgan shaxslar; c)60yoshdan katta erkaklar. 
Shunday qilib, O‘zbekistonda umrbod ozodlikdan mahrum qilish 
tayinlanishi mumkin bo‘lgan faqat bir toifa shaxslar, ya’ni 18 yoshdan 60 
yoshgacha bo‘lgan erkaklar belgilangan.
Ushbu masalaning xorijiy mamlakatlarda qonun bilan tartibga 
solinishini qiyoslaganda shuni bilish muhimki, Yaponiya, Koreya, XXR, 
Fransiya, GFR, Avstriya, Polsha, Shveytsariya, Gollandiya, Daniya, AQSh 
singari mamlakatlarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni 
qo‘llashda shaxslarni toifalar bo‘yicha cheklash qonun hujjatlarida nazarda 
tutilmagan. Boshqa davlatlarda (Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, 
Qozog‘istonda) ham bu turdagi jazoni faqat erkaklarga nisbatan qo‘llashga 
yo‘l qo‘yiladi, ammo yosh doirasi 18 yoshdan 60 yoshgacha tarzida 


183 
kengaytirilgan. Ukrainada bir umrga ozodlikdan mahrum qilishni 18 
yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan erkak va ayollarga qo‘llashga yo‘l 
qo‘yiladi, ammo jinoyat sodir etish paytida yoki hukm chiqarilayotgan 
vaqtda homilador bo‘lgan ayollarga istisno qilinadi. Moldovada bu jazo 
voyaga etmaganlar va ayollarga qo‘llanilmaydi. Gruziyada 18 yoshdan 
katta, ammo 60 yoshdan oshmagan ayollar va erkaklarga qo‘llanishi 
mumkin. 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilishning alohida xususiyati jazoning 
ushbu turi tugallanmagan jinoyat uchun tayinlanishi mumkin emasligida 
ham namoyon bo‘ladi (JK 58-m. 2-q). 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilishning alohida xususiyati uning
JK 97-moddasi 2-qismi va 155-moddasi 3-qismidagi sanksiyalarida 
muqobil tarzda nazarda tutilganida namoyon bo‘ladi. Ularda 
belgilanishicha, ushbu jinoyatlar uchun shaxs 15 yildan 25 yilgacha yoki 
umrbod ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishi mumkin. Shunday 
qilib, mazkur moddalarning sanksiyalarida uchta jazo chorasi nazarda 
tutilgan: 1) 15 yildan 20 yilgacha bo‘lgan muayyan muddatga ozodlikdan 
mahrum qilish; 2) 20 yildan ortiq, ammo 25 yildan ko‘p bo‘lmagan uzoq 
muddatga ozodlikdan mahrum qilish; 3) umrbod ozodlikdan mahrum 
qilish. 
Jazo choralarining qonunda belgilangan doirasi sudga hukm 
chiqarayotgan paytda tanlashi uchun unga taqdim etiladi. Bunday tanlov 
ishning barcha (aybni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi) holatlarini, 
aybdorlarning shaxsini, qilmishning motivlarini, jinoyat sodir etish 
usullarini hamda hisobga olinishi umrbod ozodlikdan mahrum qilish 
tarzdagi jazoning asossiz tayinlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan boshqa 
omillarni xolisona tekshirishga asoslanishi kerak. Moddalarning 
sanksiyalarida muddatli va muddatsiz ozodlikdan mahrum qilishning 
muqobil tarzda ayni vaqtning o‘zida nazarda tutilishi umrbod ozodlikdan 
mahrum qilish alohida hollardagina qo‘llanishi kerakligini bildiradi.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish