Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Fuqarolikka oid arizalar va taqdimnomalarni ko‘rib chiqish



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

7-§. Fuqarolikka oid arizalar va taqdimnomalarni ko‘rib chiqish 
tartibi 
Yurtimizda fuqarolikka oid murojaatlar O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti nomiga ariza beruvchilarning doimiy istiqomat joyidagi ichki 
ishlar idoralari orqali, chet elda doimiy yashovchi shaxslar tomonidan esa 
O‘zbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonalari yoki 
konsullik muassasalari orqali topshiriladi. 
Chet davlat fuqarosi bo‘lgan shaxs o‘z fuqaroligini o‘zgartirish 
niyatiga mazkur davlatning munosabatini ko‘rsatuvchi hujjatni taqdim 
etishi shart. 
Fuqarolik masalalariga oid arizalarning shakli
. O‘zbekiston 
fuqaroligiga olish, fuqarolikka tiklash yoki undan chiqish to‘g‘risidagi 
iltimosnomalar arizachining yozma iltimosiga binoan ko‘rib chiqiladi.
Bunda, 18 yoshga to‘lmagan shaxslar xususidagi iltimosnomalar ular 
vakillarining notarial idoralar tomonidan, chet elda esa O‘zbekistonning 
tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan 
tasdiqlangan qonuniy vakillarining iltimosiga binoan ko‘rib chiqiladi. 
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli ariza topshirish 
chog‘ida ularning roziligi bo‘lishi talab etiladi. Bunday rozilik yozma 
bayon etilishi va notarial idoralar tomonidan, chet elda esa 
O‘zbekistonning tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik 
muassasalari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 
Voyaga etmagan bolaning O‘zbekiston fuqaroligidan chiqishi 
to‘g‘risida iltimosnoma topshirganda, basharti uning ota-onasidan biri 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib, qoladigan bo‘lsa, uning o‘z 
bolasining O‘zbekiston fuqaroligidan chiqishiga munosabati bildirilgan 
arizasi ham taqdim etilishi kerak. Bunday ariza notarius tomonidan, chet 
elda esa O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi 
tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart. 
Basharti ariza beruvchi savodsizligi yoki jismoniy kamchiliklari 
sababli arizani imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan boshqa kishi 
arizani imzolaydi, bu haqda ichki ishlar idorasi, chet elda esa O‘zbekiston 


168 
Respublikasi tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi 
tomonidan arizaga yozib qo‘yiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublikni aniqlash tartibi

Shaxsning fuqarolikka mansubligi to‘g‘risidagi ariza uning doimiy 
istiqomat joyida ichki ishlar idorasiga, chet elda doimiy yashaydigan shaxs 
tomonidan esa O‘zbekistonning tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki 
konsullik muassasasiga beriladi. 
Mansublikni aniqlashda, shaxsning O‘zbekiston fuqaroligiga 
mansubligi bilan bog‘lanayotgan vaziyat boshlangan paytda amal qilib 
turgan qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston tuzgan xalqaro 
shartnomalarning qoidalari qo‘llaniladi. 
Fuqarolik masalalariga oid arizalarni rasmiylashtirish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalar ariza 
beruvchi shaxsan murojaat etgan taqdirda uning doimiy istiqomat joyidagi 
ichki ishlar idoralari, chet elda doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan esa 
O‘zbekistonning tegishli diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik 
muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladi. 
Uzrli sabablar bo‘lgan taqdirda tegishli idora va muassasalar 
hujjatlarni boshqa shaxslar yoki pochta orqali yuborilgan arizalarga 
muvofiq rasmiylashtirishlari shart. 
Fuqarolik masalalariga oid arizalar berilganda davlat boji to‘lanadi, 
uning miqdori O‘zbekiston qonunlari bilan belgilanadi. Vazirlar 
Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan 
“Davlat boji stavkalari”ga muvofiq, fuqarolika qabul qilish yoki 
fuqarolikdan chiqarish to‘g‘risidagi arizalardan eng kam oylik ish haqining 
2 baravari miqdorida davlat boji olinadi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish