Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Fuqarolikni qabul qilish, o‘zgartirish va yo‘qotishning umumiy



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

3-§. Fuqarolikni qabul qilish, o‘zgartirish va yo‘qotishning umumiy 
qoidalari 
Fuqarolikni qabul qilish tartibi, o‘zgartirish va uni yo‘qotish asoslari 
har bir davlatning ichki qonunchiligi – Konstitutsiyalari, fuqarolikka oid 
qonunlari va boshqa qonunosti hujjatlarida mustahkamlab qo‘yiladi.
 
Fuqarolikning yuzaga kelishi (kelib chiqishi) 
naturalizatsiya 
(inglizcha 
naturalization
) yo‘li bilan, xalqaro shartnoma asosida va ayrim 
hollarda – reintegratsiya (qayta tiklanish) orqali va xadya etish yo‘llari 
bilan amalga oshiriladi. 
Fuqarolikni qabul qilishning asosiy yo‘li 
tug‘ilish orqali
(lotincha 
filialis
) kelib chiqadi, qolgan barcha usullari kam uchraydi. Sababi 
aksariyat hollarda kishilar tug‘ilishi bilan fuqarolikni qabul qilib, o‘z umri 
davomida uni o‘zgartirmaydi. 
27

Ўзбекистон
Республикасининг
фуқаролиги
тўғрисида

ги
Қонуни
// 
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Кенгашининг
Ахборотномаси
, 1992 
й
., 

9, 338-
модда

28

Ўзбекистон
Республикасининг
фуқаролиги
тўғрисида

ги
Қонуни
// 
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Кенгашининг
Ахборотномаси
, 1992 
й
., 

9, 338-
модда



153 
Tug‘ilish bo‘yicha fuqarolikka ega bo‘lishning ikkita asosiyshakli 
mavjud: 

Qondoshlik huquqi
” (lotincha “
jus sanguinis
” – inglizcha “
right of 
blood
”) asosida farzandning fuqaroligi uning ota-onasining fuqaroligi, 
ya’ni majoziy ma’noda uning tomirida qaysi fuqaroning qoni oqayotgani, 
kimning avlodi ekanligi bilan belgilanib, bunda fuqarolikni belgilash 
utug‘ilgan hududga bog‘lanmaydi. Bu usul Yevropaning ko‘p 
mamlakatlari, shu jumladan – Avstriya, Norvegiya, Finlandiya, Italiya va 
boshqalarda amal qilinadi. 

Yurtdoshlik huquqi
” (lotincha “
jus soli
” –inglizcha “
right of the 
soil
”) asosiga ko‘ra, fuqarolikni belgilashdaurg‘u bolaning tug‘ilgan joyini 
qaysi davlatga tegishligidan kelib chiqib belgilanadi, bunda 
tanlov uning ota-onasini fuqaroligi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, 
Braziliya qonunchiligida belgilanishicha, ushbu davlat hududida 
tug‘ilgan har bir shaxs Braziliya fuqarosi hisoblanadi. 
Fuqarolikni qabul qilishning usullaridan biri naturalizatsiya 
(fuqarolikni qabul qilish) bo‘lib, bu umuman fuqaroligi bo‘lmagan yoki 
boshqa davlat fuqarosi bo‘lgan shaxs tomonidan fuqarolik olinishi 
bo‘yicha yuridik jarayondir. Naturalizatsiya tartibda fuqarolik quyidagi 
hollarda qabul qilinadi:a) fuqaroligi bo‘lmagan yoki fuqaroligini 
o‘zgartirmoqchi bo‘lgan shaxs so‘rovnomasiga asosan;b) bir davlat 
fuqarosining boshqa davlat fuqarosi bilan nikohdan o‘tishi asosida; 
c) fuqaroligi bo‘lmagan yoki boshqa davlat fuqarosi bo‘lgan bolani 
farzandlikka olishda. 
Naturalizatsiya asosida fuqarolik berish yoki rad etish davlat 
tomonidan o‘rnatilgan qoidalar bilan belgilanadi. Naturalizatsiya asosida 
fuqarolikni berish yakka tartibda yoki manfaatdor shaxs (farzandlikka 
olishda) roziligi bilan amalga oshadi. 
Barcha mamlakatlarning qonunchiligi bir qator cheklanishlarga ega 
bo‘lib, ular asosida shaxslarga siyosiy, ijtimoiy, diniy, milliy va boshqa 
sabablardan kelib chiqqan holda naturalizatsiyada rad etiladi. 
Reintegratsiya
usuli (dastlabki fuqarolikni qayta tiklash) kam 
uchraydi. Qoida bo‘yicha reintegratsiya jarayonida soddalashtirilgan 
tartibdagi fuqarolikni qabul qilish tartibi qo‘llaniladi. Bu usulga ko‘pincha 
naturalizatsiyaning bir shakli sifatida qraladi. 
Xalqaro shartnomalar asosida fuqarolik qabul qilish va o‘zgartirish 
ko‘pincha bunday holatlar tinchlik haqidagi shartnomalar, repatriatsiya 
(lotincha 
repatriate, 
aynanvatanga qaytish degan ma’noni anglatadi) 
haqida kelishuvlar, hududiy masalalardagi kelishuvlar vaqtida bo‘ladi. Bu 


154 
usul bir necha davlatlarning birlashishi bilan bog‘liq holda yangi
davlat tarkib topishi yoki bir davlat bo‘linishi natijasida bir necha
davlatlar tuzilishida, bir qism hududning bir davlatda boshqa davlat 
tasarrufiga o‘tishi (sessiya), shuningdek, qo‘shni davlatlar o‘rtasida 
alohida hududlarning almashuvi chog‘ida amalga oshiriladi.
 
Hududiy o‘zgarishlar vaqtida ko‘ngilli ravishda fuqarolik 
tanlash (optatsiya), o‘zgartirish(ko‘chirish vaqtida), avtomatik tarzda 
fuqarolikning o‘zgarishi (transfert) bo‘lishi mumkin. Transfert vaqtida bir 
davlatdan boshqa davlatga o‘tayotgan hudud aholisining, xohishidan
qat’iy nazar, bir davlatdan ikkinchisiga o‘tar edi. Transfert kam uchraydi. 
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga alohida hollarda yuksak xizmatlari 
uchun davlat boshlig‘i tomonidan beriladigan 
xadya etilgan fuqarolik
deb 
ataluvchi institut ham mavjud.
Aksariyat davlatlarning qonunchiligi fuqarolikdan chiqish 
imkoniyatini nazarda tutadi. Masalan, fuqaroning tashabbusiga ko‘ra 
fuqarolikni tugatilishi – 
fuqarolikdan voz kechish
, davlatning tashabbusiga 
ko‘ra fuqarolikni tugatilishi – 
fuqarolikdan mahrum etish
, bir fuqarolikdan 
ikkinchi fuqarolikka o‘tishi yoxud davlat hududi chegaralarining 
o‘zgarishi natijasida 
fuqarolik almashtirilishi (o‘zgarishi)
mumkin, 
ekspatriatsiya
insonning vaqtinchalik yoki umuman uni fuqarolikdan 
mahrum qilgan holda mamlakatdan chiqarib yuborilishi shakllari uchraydi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish