Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


O‘zinio‘zi nazorat qilish savollari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

O‘zinio‘zi nazorat qilish savollari 
1. Fuqarolarning siyosiy huquqlariga qaysi huquqlar kiradi? 
2. Fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qanday 
usullardan foydalanishadilar? 
3. Fuqarolar murojaatlarining qanday shakllari mavjud? 
4. Qanday tartibdasiyosiy partiyalar tuziladi? 
5. Siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish tartibi qaysi qonun 
bilan tartibga solinadi? 
6. Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati qancha? 
7. Fuqarolar necha yoshdan aktiv saylov huquqiga ega bo‘ladi? 
 
 


242 
XII BOB. INSONNING IJTIMOIY-IQTISODIY HUQUQLARI 
1-§.Insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqi tushunchasi va o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
2-§.Insonning mulkdor bo‘lish huquqi. 
3-§.Mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida 
ishlash, ishsizlikdan himoyalanish huquqi. 
4-§.Dam olish huquqi. 
5-§.Qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda iqtisodiy ta’minot 
olish huquqi. 
6-§.Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi. 
7-§.Bilim olish huquqi. 
8-§.Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan 
foydalanish huquqi. 
1-§.Insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqi tushunchasi va o‘ziga xos 
xususiyatlari 
Insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqi deganda, uning ma’naviy-
madaniy, ilmiy-ijodiy, lozim darajada turmush kechirishini ta’minlashga 
xizmat qiladigan moddiy-maishiy ehtiyojlarini qondirishni tartibga 
soluvchi huquqiy normalar yig‘indisi tushuniladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar o‘z mohiyatiga ko‘ra, insonning muayyan 
ijtimoiy-iqtisodiy boylikka nisbatan huquqqa ega bo‘lishini nazarda
tutadi. Bu kabi ijtimoiy-iqtisodiy boyliklar turli-tuman bo‘lib, ular 
fuqarolarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqi O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining IX bobida (36-42-moddalari)da o‘rnatilgan bo‘lib, 
ularga mulkdor bo‘lish huquqi (36-modda); mehnat qilish, erkin kasb 
tanlash huquqi (37-modda); adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, 
ishsizlikdan himoyalanish huquqi (37-modda); dam olish huquqi 
(38-modda); qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda iqtisodiy ta’minot 
olish huquqi (39-modda); malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi 
(40-modda); bilim olish huquqi (41-modda); ilmiy va texnikaviy ijod 
erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi (42-modda)
77
kiradi.
Insonning yashashi, turmushi, jamiyatda umrguzaronlik qilishini bir 
qator moddiy va ma’naviy boyliklarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ushbu 
77
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Т
.:
Ўзбекистон
, 2018 


243 
hayotiy ehtiyojlarni inson mehnat qilishi, o‘z mehnati natijasida ma’lum 
mulkka ega bo‘lishi, tibbiy xizmatdan foydalanishi, bilim olishi va ilm 
bilan shug‘ullanishi, ilmiy faoliyat, madaniyat va san’at yutuqlaridan 
bahramand bo‘lish huquqlari orqali qondiradi hamda ta’minlaydi.
Insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqining o‘ziga xos xususiyati, 
shundaki, ushbu huquq shaxsiy va siyosiy huquqlardan farqli o‘laroq, 
asosan insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat 
qiladi. Mulkdor bo‘lish, mehnat qilish, ijtimoiy ta’minotdan foydalanish 
huquqlari insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lsa, 
uning bilim olish, dam olish, ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat 
yutuqlaridan foydalanish huquqlari ma’naviy dunyosini, ijtimoiy ongini 
yuksaltirishga va qondirishga xizmat qiladi.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish