Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§.Fuqarolarning murojaat qilish huquqi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

5-§.Fuqarolarning murojaat qilish huquqi 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxs 
bevosita o‘ziva boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, 
muassasalariga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan 
murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda 
belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.
Asosiy qonunda mustahkamlangan fuqarolarning murojaat qilish 
huquqi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy 
va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida batafsil 
yoritib berilgan. Qonunda quyidagilar mustahkamlab qo‘yilgan:
– murojaatlar sohasidagi umumiy qoidalar va asosiy tushunchalar;
74
Алебастрова
И
.
А

Большинство
и
меньшинство
в
демократической
политической
системе

к
во
-
просу
о
гарантиях
статуса
оппозиции
// 
Конституционное
и
муниципальное
право
. – 2015. – 

1. – 
С

17-23. 
75
Мирзиёев
Ш
.
М

Миллий
тараққиёт
йўлимизни
қатъият
билан
давом
эттириб

янги
босқичга
кўтарамиз

Т
.1. – 
Тошкент
: “
Ўзбекистон
”, 2017. – 106, 108-
б



235 
– jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilish huquqlarining 
kafolatlari;
– murojaatlarni topshirish va ularni ko‘rib chiqish tartibi;
– jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, davlat organlarining 
murojaatlarni ko‘rib chiqish vaqtidagi majburiyatlari;
– murojaatlar 
to‘g‘risidagi 
qonunchilikni buzganlik uchun 
javobgarlik choralari va boshqa masalalar.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 
Qonunda ko‘zda tutilgan umumiy qoidalardan tashqari, qonun 
hujjatlaribilan ijtimoiy munosabatlarning alohida sohalaridagi maxsus 
qoidalar tartibga solinishi mumkin.
Masalan, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining 
ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
7-moddasiga muvofiq axborotdan foydalanuvchi bevosita o‘zi yoki 
o‘zining vakillari orqali davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining 
faoliyati to‘g‘risida axborot olish uchun so‘rov bilan murojaat qilish 
huquqiga ega.
Murojaatlarni qonunda belgilangan tartibda va muddatda ko‘rib 
chiqishning hamda ularni qonuniy ravishda, asosli tarzda va adolat bilan 
hal qilishning majburiyligi konstitutsiyaviy talabdir. 
Shunga muvofiq, murojaatlarni ko‘rib chiqishda byurokratizmga 
(sansalorlikka) yo‘l qo‘yish, murojaatlarni ko‘rib chiqishni asossiz rad 
etish, ular bo‘yicha asoslanmagan, qonunga xilof bo‘lgan xulosalar 
chiqarish, murojaat qilganlik uchun yoki murojaatda bayon qilingan tanqid 
uchun ta’qib qilish, fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikning 
boshqa qoidalarini fuqarolarning huquqlari, manfaatlariga yoki 
jamiyatning va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga 
jiddiy zarar etkazgan holda buzish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka olib 
keladi. Shu bilan birga, qonun hujjatlarida tuhmat va haqoratnio‘z
ichiga olgan murojaatlarni taqdim etganlik uchun ma’muriy va jinoiy 
javobgarlik belgilab qo‘yilgan.
2. Qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga 
murojaat qilish huquqi ixtiyoriy amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Shu 
bilan birga, murojaat qilish huquqini amalga oshirish boshqa jismoniy va 
yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, 
shuningdek, jamiyat va davlatning manfaatlarini buzmasligi lozim. 
“Murojaat” tushunchasi og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda 
berilgan ariza, taklif yoki shikoyatlarni o‘z ichiga oladi. 


236 
Ariza – huquq, erkinlik yoki qonuniy manfaatlarni amalga oshirishga 
yordam berish haqidagi iltimos bilan murojaat qilishdir. 
Taklif – davlat faoliyatini va ijtimoiy faoliyatni takomillashtirish 
borasidagi tavsiyalar bilan murojaat qilishdir. 
Shikoyat – buzilgan huquq, erkinliklarni qayta tiklash va qonuniy 
manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilishdir 
(“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 
3-moddasi). 
Qoida tariqasida, takliflar va arizalar normal kechayotgan ijtimoiy 
munosabatlarning ko‘rsatkichlari deb hisoblanadi. Ulardan farqli o‘laroq, 
shikoyatlar davlat organlarining harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari 
natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va 
qonuniy manfaatlari buzilganligidan darak beradi. U yoki bu sohada, 
davlat organining faoliyatida shikoyatlarning ko‘payib ketishi katta 
e’tiborni, shuningdek, darhol tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar 
ko‘rilishini talab etadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib 
davlat organlariga murojaat qilish huquqi kafolatlangan.
Murojaatlar turi va shaklidan qat’iy nazar teng huquqiy ahamiyatga 
ega.
Davlat organlari murojaatlarni ko‘rib chiqayotganida O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga rioya qilishi lozim. 
Ular zimmasiga murojaatlarni to‘liq, obyektiv va o‘z vaqtida ko‘rib 
chiqish uchun kechiktirmay choralar ko‘rish, jismoniy va yuridik 
shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanishini hamda qonuniy 
manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash majburiyati yuklatilgan.
Jismoniy shaxsni, uning vakilini, uning oila a’zolarini, yuridik 
shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a’zolarini ular o‘z 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish yoki 
himoya qilish, shuningdek, o‘z fikrlarini bildirish va tanqid qilish 
maqsadida davlat organlariga murojaat qilganliklari uchun ta’qib etish man 
etiladi.
Davlat organiga kelib tushgan murojaatlar shu organ tomonidan yoki 
murojaatlarni ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxs 
tomonidan ko‘rib chiqiladi. 
Davlat organlarida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning 
vakillarini qabul qilish tashkil etiladi va buni davlat organining rahbari 
yoki boshqa vakolatli shaxs amalga oshiradi. Buning uchun davlat 


237 
organlarida maxsus tarkibiy bo‘linmalar tashkil etilishi, qabul uchun 
mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar belgilanishi mumkin. 
Davlat organlarining rahbarlari va boshqa vakolatli shaxslari 
tomonidan joylarga borib, shaxsiy sayyor qabullar tashkil etilishi mumkin.
Murojaat turiga qarab, maxsus tartib-taomillar va alohida ko‘rib 
chiqish muddatlari joriy etilgan.
Masalan, ariza yoki shikoyat 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish 
(tekshirish) yoki qo‘shimcha hujjatlarniso‘rab olish talab etilgandaesa
bir oygacha muddatda ko‘rib chiqiladi. Ayrim hollarda ushbu muddat 
tegishli davlat organining rahbari tomonidan uzog‘i bilan bir oyga 
uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi. 
(«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 
19-moddasi). 
Taklif bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi. Qo‘shimcha 
o‘rganishni talab etadigan takliflar istisno qilinadi, bu haqda taklif kiritgan 
shaxsga o‘n kunlik muddatda xabar qilinadi.
Qo‘yilgan masalalarni hal qilish vakolatiga kirmaydigan davlat 
organiga kelib tushgan murojaatlar besh kundan oshmagan muddatda 
tegishli organlarga jo‘natiladi va bu haqda murojaat qiluvchiga xabar 
beriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning 
g‘oyat muhim unsurlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 
bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq 
qabulxonalaridir.
Xususan,Davlat rahbarining ushbu Farmoni bilan quyidagilar amalga 
oshirildi:
– 
Prezident devonida (hozirda Prezident Administratsiyasi) 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi,shuningdek, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida, 
respublikaning har bir tumani va shaharida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etildi;
– 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi 
tashkil etildi.
Ushbu tuzilmalar bir-biri bilan uzviy hamkorlikda harakat qiladi, 
yagona rejimda ishlaydi, maqomi bo‘yicha teng, ularning joylardagi 


238 
xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining 
xodimlaridir. 
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalari 
va Virtual qabulxonasining asosiy vazifalari etib belgilangan: 
– aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, murojaatlar 
bilan ishlashning jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari, erkinliklari va 
qonuniy manfaatlarini to‘la-to‘kis himoyalashga qaratilgan sifat 
jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash; 
– 
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy 
Majlisga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining devoniga, Hukumatga, 
davlat boshqaruvi organlariga, sudga, huquqni muhofaza qiluvchi va 
nazorat qiluvchi organlarga, joylardagi davlat hokimiyati organlariga, 
boshqa davlat tashkilotlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat
qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini so‘zsiz amalga oshirish uchun 
sharoit yaratish; 
– O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning 
murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga qat’iy muvofiq holda Xalq 
qabulxonalari va Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar to‘liq, 
xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etish; 
– Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda 
tegishli davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga jo‘natilgan 
murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan muntazam monitoringni, nazoratni 
amalga oshirish; 
– davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor 
shaxslari ishtirokida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining 
qabullarini o‘tkazish, shu jumladan videokonferentsiya yordamida 
o‘tkazish; 
– Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan 
murojaatlar kiritilishini, umumlashtirilishini, muntazam holga keltirilishini 
va ko‘rib chiqilishini nazorat qilish bo‘yicha yagona elektron axborot 
tizimini joriy qilish va yuritish orqali murojaatlar bilan ishlashda 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish. 
Ma’lumki, davlat boshqaruvining ta’sir doirasi juda keng bo‘lib, u 
jamiyatning deyarli barcha sohalarini qamrab oladi. Davlat o‘z 
boshqaruvini davlat organlari yoki mansabdor shaxslar orqali amalga 
oshiradi. Tabiiyki, davlat boshqaruvi jarayonida o‘z huquqlari, erkinliklari 
hamda faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan 
davlat organlari va mansabdor shaxslar o‘rtasida doimiy munosabat 
yuzaga keladi.


239 
Demokratik davlatlar singari O‘zbekiston Respublikasi 
huquqiy-demokratik rivojining bugungi kundagi asosiy yo‘nalishi va 
tamoyillari negizida avvalo, inson huquqlari va erkinliklari, uning qonuniy 
manfaatlari hamda xalqning farovonligi yotadi. Mana shu konseptual 
g‘oyadan kelib chiqib, davlat boshqaruvida fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini himoya qilishning mustahkam tizimini yaratishga ma’muriy 
huquq fani nuqtai-nazaridan baho berish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini nafaqat sud orqali himoya 
qilish, balki o‘z huquqlarini tiklash huquqiga ham ega. Xususan, Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 8-moddasida har bir inson 
nufuzli milliy sudlar orqali o‘z huquqlarini samarali tarzda tiklash
huquqiga egaligi mustahkamlab qo‘yilgan. 
Ma’lumki, mamlakatimizda fuqarolarning davlat organlari va 
mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) natijasida 
buzilgan huquq va erkinliklarini ma’muriy tartibda hamda ma’muriy 
sudlov yo‘li bilan himoya qilinadi.
Ta’kidlash kerakki, sud tizimining bosqichma-bosqich 
demokratlashtirilishi, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya 
qiladigan sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy 
tamoyilga qat’iy rioya etilishi mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga 
oshirilayotgan islohotlar asosini tashkil etadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakat Konstitutsiyasi 
qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi 
“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash — yurt taraqqiyoti 
va xalq farovonligining garovi” nomli ma’ruzasida “Konstitutsiyamizda 
oliy qadriyat sifatida belgilab qo‘yilgan inson huquqlarini ta’minlash 
masalasi bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Buning 
uchun 
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligiga erishish 
naqadar 
muhim ahamiyatga ega ekanini albatta barchamiz yaxshi tushunamiz”
deb ta’kidlagan edilar
76
.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning 
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, 
ularning odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining 
samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalik 
76
Мирзиёев
Ш
.
М

Қонун
устуворлиги
ва
инсон
манфаатларини
таъминлаш
юрт
тараққиёти
ва
халқ
фаровонлигининг
гарови
. “
Ўзбекистон
” 
НМИУ
, 2017. – 47 
б



240 
lavozimiga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish sud-huquq sohasida 
amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yo‘nalishlari sifatida 
belgilangan.
Inson oliy qadriyat bo‘lib hisoblanar ekan, har bir shaxs o‘z huquq va 
erkinliklarini turli to‘sqinliklardan, huquqbuzarliklardan qonunlarda 
belgilangan turli usullar bilan o‘zlarini himoya qilishlari lozim. 
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash 
maqsadida sudga shikoyat qilish tartibining belgilanishi inson huquqlari 
himoyasining eng muhim vositasi hisoblanadi.
2017-yil 1-iyundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy 
xo‘jalik sudlari birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud 
ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi, joylarda ma’muriy 
sudlar faoliyat boshladi.
2018-yilning birinchi choragida ma’muriy sudlar tomonidan 
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish, davlat 
boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga 
vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga mos 
kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va 
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, 
harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish, saylov komissiyalarining 
xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish, notarial harakatni 
amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga 
olish rad etilganligi yoki notariusning yohud fuqarolik holati 
dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari 
(harakatsizligi) yuzasidan nizolashish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni
rad etish yohud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan 
bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish bilan bog‘liq 4 783 ta ish ko‘rib 
chiqildi. Buning natijasida 3 416 fuqaroning huquqi tiklandi. 
Shuningdek,hisobot davrida ma’muriy sudlar tomonidan Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklar 
bo‘yicha 102 481 nafar shaxsga nisbatan 84 141 ta ish ko‘rib chiqildi. 
Tahlillarga ko‘ra, ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlarning 
aksariyatini transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat 
tezligini oshirib yuborishi, transport vositalarini mast holda boshqarishi, 
transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi 
jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar 


241 
etkazilishiga olib kelishi, tegishli hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning 
transport vositalarini boshqarishi, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati, 
avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish bilan litsenziyasiz 
shug‘ullanish, mayda bezorilik, militsiya xodimining qonuniy 
talablarini bajarmaslik, pasport tizimi qoidalarini buzish va O‘zbekiston 
Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar 
tashkil etadi. 
Shu bilan birga 73 394 nafar shaxsga nisbatan jarima, maxsus 
huquqdan mahrum etish, ma’muriy qamoq va O‘zbekiston Respublikasi 
hududidan chiqarib yuborish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanildi. 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mamlakatimizda ma’muriy 
sudlarning tashkil etilishi hamda ma’muriy sud ishlarini yuritish 
to‘g‘risidagi kodeksning qabul qilinishi, aytish mumkinki, 
mamlakatimizda sudlarning ixtisoslashuvi borasida amalga oshirilayotgan 
islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lishi bilan bir qatorda ommaviy-
huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni odil sudlov yo‘li 
bilan hal etish imkoniyatini kengaytirib, jismoniy va yuridik shaxslarni 
davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, 
shuningdek, ular mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari 
(qarorlari)dan himoya qilishda mustahkam protsessual-huquqiy asos 
bo‘ldi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish