271
XIIIBOB. O’ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARI VA
ERKINLIKLARINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI
1-§. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari tushunchasi.
2-§. Har bir shaxsga o’z huquq va erkinliklarini sud orqali
himoya qilishning kafolatlanganligi.
3-§. Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg’iz
keksalar huquqlarining davlat himoyasida ekanligi.
4-§. Konstitutsiyadaxotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi.
1-§. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari tushunchasi
Fuqarolarning ijtimoiy hayotning barcha sohalariga doir huquq va
erkinliklari qonun va qonunosti hujjatlarida bevosita belgilangan bo’lib,
ushbu huquq va erkinliklarning eng muhimlari albatta mamlakat
konstitutsiyasi normalarida aks etadi. Inson huquq va erkinliklarining
kafolatlari konstitutsiyada belgilanishi esa o’z
navbatida ushbu
huquqlarning konstitutsiyaviy ahamiyatga ega ekanligidan va ularning
bosh ustuvor o’rinda turishini ham belgilaydi.
Insonning davlatning bosh qomusida belgilangan huquqlari bu
ularning konstitutsiyaviy huquqlari bo’lib, ushbu huquqlar nafaqat
mamlakat
qonunlari balki, xalqaro huquq normalarining ham
umuminsoniy tamoyillariga mos tushishi barobarida oliy qadriyat sifatida
baholanadi. Konstitutsiyaviy huquqlar asosiy qonunda belgilanib,
milliy
qonunchilik hujjatlarida ular yanada takomillashtiriladi va ularni amalga
oshirish mexanizmlari belgilanadi.
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq
va erkinliklarini amalga oshirishni davlat tomonidan ta’minlashga
qaratilgan vosita, usul va shart-sharoitlar majmui kafolat bo’lib
hisoblanadi.
Huquq va erkinliklarni kafolatlashning bosh maqsadi esa,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga
oshirish jarayonida vujudga
keladigan to’siqlarni bartaraf etish va ularni to’g’ridan-to’g’ri amalga
oshirilishini va barcha holatda ham bir xilda bajarilishini ta’minlashdan
iboratdir.
Huquq va erkinliklarni real amalga oshirilishi ta’minlanmas ekan,
ular deklorativ ahamiyatga ega bo’lib, ularning jamiyat hayotida hech bir
ma’no va mazmun kasb etmasligi muqarrardir.
272
Mamlakatimizda bugungi demokratik islohotlar va jadal sur’atlar
bilan ildamlayotgan taraqqiyot sharoitida inson manfaatlarini himoya
qilish va ularning barcha huquqlarini davlat va jamiyat hayotida to’la
ta’minlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu ishlar huquq va erkinliklarni
yanada samaraliroq amalga
oshirilishini belgilovchi qonun hujjatlarini qabul qilish va amalga kiritish
bilan bir qatorda avvalo hamma narsa inson uchuntamoyilidan kelib
chiqib, belgilanayotgan chora-tadbirlar, amaliy faoliyatlardir.
Huquqiy fan nuqtayi-nazaridan kafolatlarni
mazmunan quyidagi
turkumlarga bo’lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: