Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

7-§.Bilim olish huquqi 
Bilim olish huquqi insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari tarkibida 
alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
41-moddasiga ko‘ra, “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy 
ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat 
nazoratidadir”
116
, deb belgilangan.
Ma’lumki, kishilik jamiyati taraqqiyotini ta’lim tizimini to‘g‘ri 
tashkil etmasdan, ilm-fanning rivojlanishini samarali yo‘lga qo‘ymasdan 
turib tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu sababdan, mustaqil davlatimizning 
birinchi Konstitutsiyasida bilim olish, ta’lim-tarbiya masalasiga alohida 
e’tibor qaratilib, uning muhim jihatlarini o‘zidagi asosiy qoidalar sifatida 
o‘rnatib, unga konstitutsiyaviy maqom berildi.
111
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2017 
й
., 11-
сон
, 152-
модда
112
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 17.10.2018 
й
., 07/18/3973/2064-
сон
113
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2017 
й
., 14-
сон
, 217-
модда
114
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 30.10.2017 
й
. 06/17/5216/0187-
сон
115
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 3.08.2018 
й
., 07/18/3894/1615-
сон
116
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Т
.:
Ўзбекистон
, 2018 


263 
O‘zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan 
yillik xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etmoqda va 
bu tizimning Davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortiqni 
tashkil etmoqda. Dunyoning boshqa davlatlarida yalpi ichki mahsulotning 
o‘rtacha 10-12 foizini tashkil etadigan bunday ko‘rsatkichni kamdan-kam 
uchratish mumkin.
Ta’lim olish huquqining konstitutsiyaviy asoslari to‘g‘risida 
gapirganda yana bir muhim jihatga alohida e’tibor qaratish lozim. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida 
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston 
Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning 
tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning 
rivojlanishi uchun sharoit yaratadi
117
, deb belgilangan. 
Baynalminal ahamiyat kasb etuvchi ushbu ustuvor qoidadan kelib 
chiqib, mamlakatimizda maktab ta’limi 7 ta tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, 
qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik tillarida olib borilmoqda. Shu bilan birga 
ta’lim tizimida o‘quvchilar jahondagi ulkan intellektual boylikni 
egallashning eng muhim sharti hisoblangan xorijiy tillarni ham chuqur 
o‘rganishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. 
Bilim olish huquqining konstitutsiyaviy asoslari O‘zbekiston 
Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”
118
gi qonunida rivojlantirildi. 
Yoxud, ushbu qonunning1-moddasida uning maqsadifuqarolarga ta’lim, 
tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilash 
hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini 
ta’minlashga qaratilganligi o‘rnatilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida 
ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari belgilab berildi. 
Unga ko‘ra, ta’lim O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyotida 
ustuvor deb e’lon qilinib, ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
tamoyillari sifatida ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik 
xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o‘rta, 
shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki 
kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim 
117
Ўша
жойда
118
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисининг
Ахборотномаси
, 1997, 9-
сон
, 225-
модда
; 2013, 
41-
сон
, 543-
модда


264 
tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari 
doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini 
tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va 
iste’dodni rag‘batlantirish kabilar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 
asosiy xususiyatlaridan biri har kimga jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy 
mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, 
ijtimoiy mavqeyi, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha 
vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar, bilim olishda teng huquqlar 
kafolatlanganligidadir. Shuningdek, boshqa davlatlarning fuqarolari 
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim 
olish huquqiga egaligi, Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 
bilan teng huquqlarga egaligi ham diqqatga sazovor holatdir. 
Qonunda ta’lim turlari sifatida maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta 
ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan 
keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 
maktabdan tashqari ta’lim amalda bo‘lishi belgilangan.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda 
o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu
ta’lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan 
qat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.

Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan 
savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan. 
Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshdan qabul qilinadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil 
fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini 
rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning 
navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. 
Bugungi kunda ta’lim olish huquqini takomillashtirishda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-sonli 
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”
119
gi, 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-sonli 
“Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan 
119
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 01.10.2017 
й



265 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
120
gi, 2017-yil 16-fevraldagi 
PF-4958-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish to‘g‘risida”
121
gi, 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-sonli 
“Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”
122
gi farmonlari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ularda bugungi kun yangi islohotlar bosqichida ta’lim tizimini 
rivojlantirishning dolzarb masalalari belgilab berilgan. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish