Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§.Mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

3-§.Mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida 
ishlash, ishsizlikdan himoyalanish huquqi 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida 
belgilangan insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari tizimida mehnat qilish, 
erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda 
ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqi alohida o‘rinni 
egallaydi. Ushbu konstitutsiyaviy qoida O‘zbekiston Respublikasining 
Mehnat kodeksi,“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Aholini ish 
bilan ta’minlash to‘g‘risida”
80
gi qonunlarida rivojlantirilgan. 
79
Ўзбекистон
Республикасининг
Фуқаролик
кодекси
.-
Т
:
Адолат
, 2017 
80
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисининг
Ахборотномаси
, 1998, 5-6-
сон
, 97-
модда
; 1999, 1-
сон
, 20-
модда
; 5-
сон
, 124-
модда
; 9-
сон
, 229-
модда
; 2000, 5-6-
сон
, 153-
модда
; 2001, 5-
сон
, 89-
модда

Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2006, 25-26-
сон
, 225-
модда


246 
Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 
6-moddasiga ko‘ra, barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va 
ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, 
millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, 
dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, 
shuningdek, xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining 
natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid 
munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar 
belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash 
to‘g‘risida”gi qonunida ko‘rsatilishicha, ish bilan ta’minlanish - 
fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy 
ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat 
daromadi) keltiradigan faoliyatidir.
Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish 
orqali ish bajarishga majburlash ta’qiqlanadi, qonunda belgilangan hollar 
bundan mustasno. Kishilarning ixtiyoriy ravishda ish bilan band 
bo‘lmasligi ularni javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
Ushbu qonunga ko‘ra, quyidagilar ish bilan ta’minlangan deb 
hisoblanadi: yollanib ishlayotgan, shu jumladan ishni to‘liqsiz ish vaqtida 
haq evaziga bajarayotgan kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan, 
shuningdek, haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik 
ishga ega bo‘lgan fuqarolar; betobligi, mehnat ta’tilida, kasbga qayta 
tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishning to‘xtatib 
qo‘yilganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq 
vaqtincha ish joyida bo‘lmaganda xodimning ish joyi saqlanib turadigan 
boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo‘lmagan fuqarolar; o‘zini ish bilan 
mustaqil ta’minlayotgan fuqarolar, shu jumladan yuridik shaxs tashkil 
qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar, 
kooperativlarning a’zolari, fermerlar va ularning ishlab chiqarishda 
qatnashayotgan oila a’zolari; Qurolli Kuchlarda, Davlat xavfsizlik xizmati 
va ichki ishlar organlari va qo‘shinlarida xizmatni o‘tayotgan, shuningdek, 
muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar; ta’lim to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan 


247 
fuqarolar; qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat 
birlashmalari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar.
O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 
qonunining 3-moddasida belgilanishicha, o‘n olti yoshdan boshlab, to 
pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, ishga va 
ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi shaxs 
sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan, mehnat qilishga, 
kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tishga, malakasini oshirishga 
tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi. Shaxslarni 
ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror mahalliy mehnat organi 
tomonidan ular ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan 
e’tiboran o‘n birinchi kundan kechiktirmay qabul qilinadi.
Quyidagilar ishsiz deb e’tirof etilmaydi: mehnat organlarida 
ro‘yxatga olingan kundan boshlab, o‘n kun ichida taklif etilgan maqbul 
keladigan ishni ikki marta rad etgan shaxslar; ro‘yxatga olingan kundan 
boshlab o‘n kun ichida maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida uzrsiz 
sabablarga ko‘ra mehnat organiga kelmagan shaxslar. Taklif etilgan ishdan 
bosh tortgan kundan yoki maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida 
uzrsiz sabablarga ko‘ra mehnat organiga kelmagan kundan boshlab o‘ttiz 
kalendar kun o‘tganidan keyingina shaxs ish qidirayotgan sifatida qayta 
ro‘yxatdan o‘tishga haqli bo‘ladi.
Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash masalalari 
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim ustuvor vazifasi sifatida 
belgilangan. Bunda yurtimizda yaratilayotgan ish o‘rinlarining saqlab 
qolinishini va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, ishsiz va 
band bo‘lmagan aholini, kasb-xunar kollejlari bitiruvchilarini, 
shuningdek,qaytib kelgan mehnat migrantlarini, xotin-qizlar, nogironlar va 
ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholining boshqa toifalarini ishga 
joylashtirish muhim masalalardan biri bo‘lib xisoblanadi.
Respublikamizda xar yili aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha
ishlab chiqilayotgan Dasturlarda nazarda tutilgan choralar “Aholini ish 


248 
bilan ta’minlash to‘g‘risida”
81
gi qonun talablariga, aholini ish bilan 
ta’minlash sohasidagi maqsadli dasturlarni amalga oshirish davlat 
siyosatining tamoyillariga (5, 16-18-moddalar) va xalqaro talablarga (shu 
jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan
XMTning 122-son “Ish bilan ta’minlash sohasidagi siyosatto‘g‘risi-da”
82
gi 
konvensiyaga) muvofiq ishlab chiqilgan.Mehnat munosabatlarini huquqiy 
tartibga solishda amaldagi qonunchiligimizda avvalom bor 
milliy qadriyatlarimizni xisobga olgan xolda xalqaro standartlariga mos 
kelishi ta’minlanadi.
Fuqarolarning mehnat huquqini tartibga solishda XMTning 
konvensiyalari muhim rol o‘ynaydi. Shuni aytish kerakki, agar 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki XMTning 
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasida 
xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunlar yoki boshqa normativ 
hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro 
shartnoma yoki konvensiyaning qoidalari qo‘llaniladi. 
Shuningdek,O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining yoki 
XMTning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasining
qoidalari mehnatga oid munosabatlar bevosita qonun hujjatlari bilan 
tartibga solinmagan hollarda ham qo‘llaniladi.
XMTning Bosh Konferensiyasi 58-sessiyasida 1973-yil 26-iyunda 
“Eng kichik yosh to‘g‘risida”
83
gi 138-Konvensiyasi qabul qilingan. Ushbu 
konvensiya O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 4-apreldagi URK – 
140-son qonuniga muvofiq ratifikatsiya qilingan.Ushbu konvensiyaning 3-
moddasiga ko‘ra, o‘z xususiyati yoki amalga oshiriladigan sharoitiga ko‘ra 
o‘smir sog‘lig‘iga, xavfsizligi yoki ma’naviyatiga ziyon yetkazishi 
mumkin bo‘lgan har qanday ish turiga yoki yollanma ish turiga qabul 
qilish uchun eng kichik yosh o‘n sakkiz yoshdan kam bo‘lmasligi kerak. 
Ushbu moddaning 1-bandi qoidalaridan 
qat’iy nazar, milliy qonun hujjatlari yoki vakolatli hokimiyat organi ish 
beruvchilar va mexnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar bunday 
tashkilotlar mavjud bo‘lsa, maslahatlashilgandan so‘ng o‘n olti yoshdan 
81
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисининг
Ахборотномаси
, 1998, 5-6-
сон
, 97-
модда
; 1999, 1-
сон
, 20-
модда
; 5-
сон
, 124-
модда
; 9-
сон
, 229-
модда
; 2000, 5-6-
сон
, 153-
модда
; 2001, 5-
сон
, 89-
модда

Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2006, 25-26-
сон
, 225-
модда
82
ХМТнинг
Ўзбекистон
Республикаси
томонидан
ратификация
қилинган
конвенциялари
тўплами


Т
.:”
Адолат
” 2014, 79-85-
бетлар
83
ХМТнинг
Ўзбекистон
Республикаси
томонидан
ратификация
қилинган
конвенциялари
тўплами


Т
.:”
Адолат
” 2014, 3-22-
бетлар


249 
kichik bo‘lmagan yoshlarga ishlashga yoki yollanib ishlashga, ularning 
sog‘lig‘i, xavfsizligiga va ma’naviyati to‘la muhofaza etilishi va ular 
yetarlicha maxsus ta’lim hamda faoliyatining tegishli sohasi bo‘yicha 
kasbiy tayyorgarlik olishlari sharti bilan ruxsat berishlari mumkin. 
Ushbu konvensiyaning 7-moddasida milliy qonun hujjatlari o‘n uch 
yoshdan o‘n besh yoshgacha bo‘lgan shaxslarga yengil ishlarda ishlashga 
yoki yollanib ishlashga ruxsat etish mumkin, agar bu: ularning sog‘lig‘iga 
va rivojlanishi uchun zararli bo‘lmasa, ularning maktabga 
qatnashiga, ularning vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlangan 
kasbga yo‘naltirish yoki kasbiy tayyorgarlik dasturlarida 
ishtirok etishlariga, yoki ularning olgan o‘quvlaridan foydalanish 
layoqatiga zarar yetkazmaydigan bo‘lsa, deb o‘rnatilgan. XMTning “Qirq 
soatlik ish haftasi to‘g‘risida”
84
gi 47-konvensiyasiga O‘zbekiston 
Respublikasi 1995-yil 6-mayda qo‘shilgan. Ushbu konventsiyani 
ratifikatsiya qiladigan XMTning har bir a’zosi qirq soatlik ish xaftasini 
shunday qo‘llashi kerakki, buning natijasida mexnatkashlar turmush 
darajasining pasayishiga olib kelmasligi lozim.
XMTning “Ishchilarning vakillari to‘g‘risida”
85
gi
135-Konvensiyasini O‘zbekiston Respublikasi 1997-yil 30-avgustda rati-
fikatsiya qilgan. Ushbu konvensiyaning 3-moddasiga asosan 
“ishchilar vakillari” atamasi milliy qonun hujjatlariga yoki amaliyotga 
muvofiq shunday shaxslarni anglatadi, xususan a)kasaba uyushmalari 
vakillari, ya’ni kasaba uyushmalari yoki ushbu kasaba uyushmalari 
a’zolari tomonidan tayinlangan yoki saylangan vakillar; b)saylangan vakil-
lar, ya’ni milliy qonun hujjatlari yoki jamoa shartnomalari qoidalariga mu-
vofiq korxona ishchilari tamonidan erkin saylanadigan vakillar va ushbu 
vakillarning funksiyalari tegishli mamlakatdagi kasaba uyushmalarining 
mutloq vakolatlari deb e’tirof etiladigan faoliyat turini o‘z ichiga olmaydi. 
XMTning “Majburiy mehnat to‘g‘risida”
86
gi 29-Konvensiyasi 
1930-yil 28-iyunda qabul qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi 
tomonidan 1997-yil 30-avgustda ratifikatsiya qilingan. Ushbu 
konvensiyaning 1-moddasiga binoan uni ratifikatsiya qilgan har bir
84
ХМТнинг
Ўзбекистон
Республикаси
томонидан
ратификация
қилинган
конвенциялари
тўплами


Т
.:”
Адолат
” 2014, 23-27-
бетлар
85
ХМТнинг
Ўзбекистон
Республикаси
томонидан
ратификация
қилинган
конвенциялари
тўплами


Т
.:”
Адолат
” 2014, 86-92-
бетлар
86
Ўша
жойда
. 3-22-
бетлар


250 
a’zo davlat zo‘raki va majburiy mehnatni qo‘llashning barcha shakllarini 
bekor qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olishi lozim. 
XMTning “Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to‘g‘risida”
87
gi
182-Konventsiyasi 1999-yil 17-iyunda qabul qilingan bo‘lib, O‘zbekiston 
Respublikasi tomonidan 2008-yil 8-aprelda ratifikatsiya qilingan. Ushbu 
konvensiyaning 1-moddasiga ko‘ra, uni ratifikatsiya qilgan har bir a’zo 
bolalar mehnatini ta’qiqlash va uning eng yomon shakllariga barham 
berishni ta’minlash maqsadida samarali chora-tadbirlar ko‘rishi lozim. 
Aytilganlardan tashqari, insonning mehnat huquqini tartibga soluvchi 
yana bir qator xalqaro hujjatlar borki, ularga XMTning “Haq to‘lanadigan 
ta’tillar to‘g‘risida”gi 1936-yil 24-iyundagi 52-Konvensiya (O‘zbekiston 
Respublikasi tomonidan 1995-yil 6-mayda ratifikatsiya qilingan), 
“Teng haq to‘lash to‘g‘risida”gi 1951-yil 29-iyundagi 100-Konvensiya 
(O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 1997-yil 30-avgustda ratifikatsiya 
qilingan), “Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risida”gi 1957-yil 
25-iyundagi 105-Konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 
1997-yil 30-avgustda ratifikatsiya qilingan), “Mehnat va bandlik 
sohasida kamsitish to‘g‘risida”gi 1958-yil 25-iyundagi 111-Konvensiya 
(O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 1997-yil 30-avgustda ratifikatsiya 
qilingan), “Ish bilan ta’minlash sohasidagi siyosat to‘g‘risida”gi 
1964-yil 9-iyuldagi 122-Konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi 
tomonidan 1995-yil 6-mayda ratifikatsiya qilingan)larni
88
ko‘rsatish 
mumkin. 
Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolarning mehnat qilish 
huquqini amalda taminlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi 
PF-5052-sonli “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish 
va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”
89
gi farmoni, 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-sonli 
“Aholi bandligini taminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va 
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
90
gi qarorida aholini 
ish bilan taminlash tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor berildi. 
87
Ўша
жойда
88
ХМТнинг
Ўзбекистон
Республикаси
томонидан
ратификация
қилинган
конвенциялари
тўплами


Т
.:”
Адолат
” 2014, 256 
бет
89
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2017 
й
., 21-
сон
, 379-
модда
90
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 17/07/2018 
й
., 07/18/3856/1515-
сон


251 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish