Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar



Download 94,82 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi94,82 Kb.
#276734
Bog'liq
Win R yordamida ishga tushiriladigan komandalar конвертирован 1



Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar 

• msinfo32- о системе (Tizim haqida ma’lumotlar)ni ishga tushirish 

•  explorer.exe  –  bir  qarashda  ushbu  buyruq  foydalidek  tuyulmaydi:  u  shunchaki  Проводник 

oynasini ekranga chaqiradi, lekin bu muammosiz ishlayotgan tizim uchun shunday. Aytaylik, siz 

tizimni  ishga  tushirayotib,  “qora  ekran”  va  “sichqoncha  ko‘rsatkichi”  holatiga  duch  kelib 

qolsangiz, ushbu buyruq boshqacha tarzda ishlash ehtimolligi bor: u ishchi stoli, vazifalar paneli 

va  Windows'ning  odatiy  boshqa  elementlarini  ishga  tushiradi  (bu  payt  CTRL  +  SHIFT  +  ESC 

klavishlari  birikmasi  yordamida  Диспетчер  задач  oynasi  ishga  tushiriladi  va  unda  Файл  -> 

Новая задача (Выполнить...) bandlari orqali Выполнить oynasi chaqiriladi). 

•  msconfig.exe  –  buyrug‘i  yordamida  biz  har  tomonlama  foydali  bo‘lgan  Конфигурация 

системы oynasini ekranga chaqiramiz. Ushbu oyna yordamida biz: turli parametrlar bilan xavfsiz 

rejim  (Безопасный  режим)ni  faollashtirishimiz  yoki  Windows  10'ning  odatiy  yuklanishini 

amalga  oshirishimiz;  yuklanishdan  keraksiz  operatsion  tizimlarni  olib  tashlashimiz;  Сервис 

varaqa  (вкладка)sida  tizim  bilan  birga  keluvchi  diagnostika  dasturlarini  ishga  tushirishimiz 

mumkin. 

• control.exe – buyrug‘i Windows'ning Панель управления oynasini ekranga chaqiradi. 

•  msinfo32.exe  –  buyrug‘i  yordamida  biz  Сведения  о  системе  oynasini  ekranga  chaqiramiz. 

Ushbu  oynada  kompyuteringizning  apparat  va  dasturiy  komponentlari  haqida:  asosiy  plataning 

modeli, MAC-manzil, operativ (tezkor) xotira hajmi, protsessor yadrolari soni, Windows 10'ning 

versiyasi va razryadi (arxitekturasi) kabi ma’lumotlarni olishimiz mumkin. 

•  cleanmgr.exe  –  buyrug‘i  tizim  bilan  birga  keluvchi  Очистка  диска  Windows  yordamchi 

dasturini  ishga  tushiradi.  Ushbu  dastur  keraksiz  vaqtinchalik  fayllar,  Очистить  системные 

файлы  tugmasi  bosilganida  esa  —  hajmi  ba’zida  gigabaytlardan  ham  oshuvchi, 

qo‘llanilmayotgan tizim fayllarini o‘chirish uchun mo‘ljallangan. 

• mstsc.exe – Подключение к удаленному рабочему столу oynasini ekranga chaqiradi. 

•  sdclt.exe  –  buyrug‘i  tizimni  tiklash  diskini  yaratish,  fayllarning  tarixini  sozlash,  tizimning 

rezerv  nusxasini  yaratish  imkonini  beruvchi  Windows  10'ni  rezerv  nusxalash  va  tiklash 

parametrlari oynasini ishga tushiradi. 

•  mmc.exe  –  Консоль  управления  (MMC)  oynasini  ishga  tushiradi  —  bu,  birinchi  navbatda 

tizim administratorlari uchun tizimning apparat va dasturiy komponentlari holatini boshqarish va 

monitoring  qilishga  mo‘ljallangan  Microsoft'ga  va  boshqa  ishlab  chiqaruvchilarga  tegishli 

ulanadigan platformalar bilan ishlash uchun vositadir. 

• resmon.exe – buyrug‘i tizim resurslarining samaradorligi va iste’molini tahlil qilish uchun qulay 

bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan,  tizim  bilan  birga  keluvchi  Монитор  ресурсов  yordamchi  dasturini 

ekranga chaqirish uchun xizmat qiladi. 

•  regedit.exe  –  juda  ko‘p  marotaba  esga  olinuvchi  buyruq,  Редактор  реестра  oynasini  ishga 

tushiradi,  u  tizimning  “juda  nozik”,  foydalanuvchidan  o‘ta  ehtiyotkorlikni  talab  etuvchi 

sozlamalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Uni boshqarishni yaxshi tushunib olish orqali 

tizimni  o‘zingiz  uchun  qulay  holda  sozlash  va  uning  ishlash  tezligini  ancha  oshirishingiz 

mumkin. 



•  perfmon.exe  –  tizim  samaradorligini  kuzatish  vositalarini  o‘z  ichiga  oluvchi  Системный 

монитор  yordamchi  dasturini  ishga  tushiradi.  Shuningdek  u,  tizim  barqarorligi  monitorini  o‘z 

ichiga oladi. 

•  mrt.exe  –  buyrug‘i  tizim  bilan  birga  keluvchi  Средство  удаления  вредоносных  программ 

Microsoft  Windows  yordamchi  dasturini  ishga  tushiradi,  uning  tizimda  mavjudligini  ko‘pchilik 

bilmasligi  ham  mumkin  (Защитник  Windows  bilan  adashtirmang).  U  har  oy  yangilanadi  va 

kompyuterga tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarni tekshirish uchun birlamchi vosita sifatida 

xizmat qilishi mumkin. 

•  winver.exe  —  o‘rnatilgan  Windows'ning  versiyasi,  nashri  va  yig‘ilishi  (сборка)  haqida 

ma’lumot beruvchi oynani ekranga chaqiradi. 

• calc.exe — tizim bilan birga keluvchi Калькулятор dasturini ishga tushiradi. 

• charmap.exe — foydalanuvchiga klaviaturada uchramaydigan, qo‘shimcha belgi (simvol)lardan 

foydalanish imkonini beruvchi Таблица символов yordamchi dasturini ishga tushiradi. 

• osk.exe — sichqoncha yordamida boshqariluvchi ekran klaviaturasini ishga tushiradi. 

•  taskmgr.exe  —  Windows'da  ishlab  turgan  jarayonlar,  xizmatlar,  avtoyuklanishda  turgan 

dasturlar,  protsessor,  operativ  xotira,  disklar,  tarmoqning  ishlash  ko‘rsatkichini  o‘zida  aks 

ettiruvchi oynasi ishga tushiradi. 

• dxdiag.exe — tizim, kompyuterning grafik va ovoz komponentlari parametrlari va imkoniyatlari 

haqidagi  ma’lumotlarni  o‘zida  aks  ettiruvchi,  DirectX  diagnostika  uchun  yordamchi  dasturini 

ishga tushiradi. 

•  shutdown.exe  —  kompyuterni  o‘chirish,  qayta  yuklash  va  boshqa  vazifalar  uchun  buyruq, 

masalan, shutdown /o /r /t 0 buyrug‘i kompyuterni tiklash muhitida qayta yuklash uchun xizmat 

qiladi. 

 

 Boshqaruv  paneli  (Панель  управления)  va  boshqaruv  konsoli  (Консоль  управления)larga 



tegishli elementlarini ishga tushirish buyruqlari: 

• compmgmt.msc — buyrug‘i kompyuterni boshqarish elementlari (tizim yordamchi dasturlari)ni 

taqdim  etuvchi  oynani  ochadi.  Ularning  barchasini  alohida  ochish  ham  mumkin,  albatta,  biroq 

kimgadir aynan shunday interfeys ma’qul kelishi mumkin. 

•  devmgmt.msc  —  Kompyuterga  ichki  va  tashqi  ulangan  qurilmalar  dispetcheri  (Диспетчер 

устройств). 

•  diskmgmt.msc  —  Windows  disklarini  boshqarish  (Управление  дисками).  (Qattiq)  diskni 

bo‘lim  (раздел)larga  bo‘lish  va  disklar  bilan  ishlashdagi  boshqa  maqsadlar  uchun  qo‘llanishi 

mumkin. 

•  eventvwr.msc  —  Windows  hodisalarini  kuzatish  (Просмотр  событий).  Nosozliklar  yuz 

berganda tizimning xatti-harakatlarini tahlil qilish, xatoliklar sabablarini aniqlashga imkon beradi. 

• services.msc — buyrug‘i Xizmatlar (Службы) oynasini ishga tushiradi, u orqali Windows'dagi 

ishlab  turgan  xizmatlarning  joriy  holatini  ko‘rish,  ularni  ishga  tushirish  yoki  to‘xtatish,  ishga 

tushirish turini o‘zgartirish mumkin. 




•  gpedit.msc  —  lokal  guruh  siyosati  (Групповая  политика)  muharriri.  Windows  10  Home 

(Домашняя)da mavjud emas. 

• ncpa.cpl — Windows'dagi tarmoq ulanishlari ro‘yxati, ushbu vosita yordamida ularning holatini 

kuzatish va sozlash mumkin. 

•  appwiz.cpl  —  buyrug‘i  dasturlarni  o‘rnatish  va  o‘chirish  (Программы  и  компоненты) 

interfeysini ekranga chaqirish. 

•  lusrmgr.msc  —  lokal  foydalanuvchilar  va  guruhlar  (Локальные  пользователи  и  группы)ni 

boshqarish. 

•  powercfg.cpl  —  noutbuk yoki ShK elektr ta’minoti (Электропитание)  parametrlarini sozlash 

oynasiga murojaat etish. 

• firewall.cpl — Windows brandmauer (tarmoqlararo ekran, Firewall)i parametrlari. 

•  sysdm.cpl  —  virtual  xotira  fayli  (файл  подкачки),  tizimni  himoyalash  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

tiklanish  nuqtalari  (точки  восстановления),  tizimning  tezkor  ishlash  parametrlari  (параметры 

быстродействия),  o‘zgaruvchi  muhitlarni  sozlash  uchun  mo‘ljallangan  Параметры  системы 

oynasini ekranga chaqirish. 

•  mmsys.cpl  —  Windows'ning  yozib  olish  va  ijro  etish  qurilmalari  holatini  kuzatish  oynasi 

(Звуки). 

• taskschd.msc — Windows 10'dagi vazifalarni rejalashtirish (планировщик заданий) oynasini 

ishga tushirish. 

• “\” — bevosita (C:) diskiga o‘tish. 

• “.” — Joriy foydalanuvchining papkasini ochish (C:\Users\Foydalanuvchi_nomi). 

• “..” — “Foydalanuvchilar” (“Пользователи”, “Users”) papkasini ochish. 

• “%temp%” — Vaqtinchalik fayllar papkasi (Temp)ni ochish. 

• “%appdata%” — Joriy foydalanuvchining AppData\Roaming papkasini ochish. 

• “%localappdata%” — Joriy foydalanuvchining AppData\Local papkasini ochish. 

• “%systemroot%” — C:\Windows papkasini ochish. 



• “%programdata%” — C:\ProgramData papkasini ochish. 

Download 94,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish