Samarqand viloyati Samarqand shahar
xalq ta’limi bo’limi 81- o’rta ta’lim maktabining
5”A”sinf o’qituvchisi
Yuldasheva Gulbahorning
8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan “Ayol borki-olam munavvar” mavzusida tayyorlagan
“Ayol borki- olam munavvar”
Boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar! Hamda hamkasblar barchangizni bahor ayyomining birinchi haftasida nishonlanayotgan 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan barcha-barcha ayollarni tabriklab, muborakbod etishga ruxsat bergaysizlar. Barchangizni oila a’zolaringizni, farzandlaringizni baxtiga doimo mana shunday ochilib-sochilib, yana shunday bahorlarni ko’pini ko’rib yurishingizni tilayman. “Jannat onalar oyog’i ostidadir” deb bejizga aytilmagan. Ayol- uyning chirog’i. Ayoli bor uyning o’chog’ida o’ti o’chmas. Ayol bir qo’lida beshikni tebratsa, bir qo’lida Vatanni tebratadi. Ayol-hisobchi, ayol-shifokor, tadbirkor. Hamma jabhalarda ayollarni roli juda katta. Bugun onalarni qancha ta’riflasak shuncha oz. Ushbu she’rni munis onalarga bayram tabrigi sifatida yo’llayman:
O’xshab dutor ipiga,
Ona qalbi nozikdir.
O’sha dutor ipiga
Hayot kuyi yoziqdi
Ona qalbin olamga
Qiyoslasak bo’lar kam
Ona qalbi oldida
Bosh egadi olam ham.
Ustoz desam yuragimda iliqlikni sezaman
Ustoz desam ushbu so’z hayotimni bezaydi.
Bir umr bosh egaman ustozlarim yonida
Tashakkurlar aytaman hayotning har onida
Ustozimni zahmatini, mehnatini ko’raman.
Bugun katta tantana
Tantanangiz muborak.
Bayram-shodlik muborak
Quvonch- shodlik muborak.
Bir kishi so’rabdi: Kimga yaxshilik qilay?-deb.
Javob beribdilar: Onangga, yana so’rabdilar onangga va yana onangga, so’ng esa otangga yaxshilik qilgin debdi. Onalarimizni borligida ko’rsataylik jamiki yaxshiliklarni. Onamizdan yaqin do’st yo’qdir dunyoda.
U bizning yaqin sirdoshimizdir.
Yurib o’tgan yo’llaringiz salmoqlidir
Aytib ketgan so’zlaringiz sehrlidir
Ustozimning zahmatli mehnati qadrlidir
Yuz bahorda yuzlashaylik ustozlarim.
Oz bo’lsada sovg’amiz qabul qilib olgaysiz
1.Har ko’rganda ko’zlaridan nur yog’lar,
Yuzlaridan tabassumu, dur yog’lar.
Maktabini bir bo’lsada, so’rab olar,
Jonsaraksiz bunchalar-a,.
2.Og’ir-bosiq o’zlari, ko’rib havas qilasiz,
Qandu-asal so’zlari eshitib lol qolasiz.
Mehribon va kamtarin ustozdirsiz bizlarga,
Unutmaymiz hech qachon, ta’zimdamiz sizlarga.
3. Ko’rganida ko’zlari quvnaydi,
So’zlaganda so’zi hech tugamaydi.
Muloyim va donosiz
Tilimizda nomingiz hech o’chmaydi.
4.Yursa yo’llarga yurishlari yarashgan ,
Kulsa dillarga kulgusini ulashgan .
Har –bir qarashi o’ziga yarashgan
sizga ta’zim
5. “Dilorom” ayaga aytar ,
So’zlarimiz ko’pdir
Ortingizdan qarab qolar
Sizday bo’lishni orzu qilardik .
6.Kam-kam so’zlaydi,ustoz
Uzoqlarni ko’zlaydi, ustoz
Baxtimizga ilohim ,ustoz
Sog’-omon bo’ling doim ustoz.
Do'stlaringiz bilan baham: |