Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


partiya faoliyat yuritmoqda: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ


partiya faoliyat yuritmoqda: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, 
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik 
partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-
demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi. Mustaqil 
O‘zbekistonning shakllanishi va rivojlanishi davomida ushbu partiyalar, 
umuman ko‘ppartiyaviylik tizimi O‘zbekiston siyosiy tizimining ajralmas 
bo‘lagiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari siyosiy partiyaga ixtiyoriy 
ravishda a’zo bo‘ladilar va o‘z xohishlariga ko‘ra undagi a’zolikni 
to‘xtatishlari mumkin. Fuqarolar dasturi va maqsad-vazifalari o‘z siyosiy 
qarashlari bilan bir xil bo‘lgan siyosiy partiyalarni erkin tanlaydilar.
Yuqorida ta’kidlanganidek, kasaba uyushmalari, siyosiy tashkilotlar 
bilan bir qatorda, O‘zbekistonda turli ijtimoiy guruhlar va mamlakatda 
amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar talablari asosida tashkil 
etiladigan va rivojlanadigan boshqa jamoat tashkilotlari: yoshlar, ayollar 
uyushmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yuritadi. 
“O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunga 
muvofiq ommaviy jamoat harakatlari siyosiy yoki o‘zga maqsadlarni 
ko‘zlaydi, lekin siyosiy partiyalardan farqli ravishda, ularning ro‘yxatga 
olingan a’zolari bo‘lmaydi. 
2017-yil 30-iyunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi 
bilan 2001-yilda tashkil etilgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati 
O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati 
samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan yoshlarni har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
tizimini tubdan isloh etish, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlar 
faolligini oshirish bilan bog‘liq yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari belgilab berildi.
Fuqarolarning uyushmalarga (ittifoqlarga) birlashishga oid huquqlari 
xalqaro darajada birinchi marta Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasining 20-moddasida rasman mustahkamlandi. Mazkur 


232 
moddaga ko‘ra, har bir inson tinch yig‘inlar o‘tkazish va uyushmalar tuzish 
huquqiga ega. 
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 
22-moddasiga ko‘ra, har bir inson boshqalar bilan uyushish erkinligi 
huquqiga ega, shu jumladan kasaba uyushmalar tashkil etish erkinligi va o‘z 
manfaatlarini himoya qilish uchun shunday uyushmalarga kirish huquqiga 
ega. Ushbu moddada, shuningdek- mazkur huquq jamoat xavfsizligi va 
jamoat tartibini ta’minlash, aholi sog‘lig‘i va axloqini, shuningdek, boshqa 
shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida, qabul qilingan 
qonun hujjatlari doirasida amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlangan. 
Fuqarolarning uyushmalarga birlashish huquqi ko‘plab demokratik 
davlatlarning konstitutsiyalarida ham mustahkamlab qo‘yilgan. Germaniya, 
Daniya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Rossiya va boshqalar shular 
jumlasidandir.
Masalan, Daniya Konstitutsiyasining 78-moddasida fuqarolarning har 
qanday qonuniy maqsadda jamoat birlashmalari tuzish huquqi belgilab 
qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan ozchilikni tashkil etuvchi 
muxolifatchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini 
ta’minlovchi huquqiy normalar belgilangan.
Birinchi marta 2007-yil 11-apreldagi “Davlat boshqaruvini yangilash 
va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda 
siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy 
qonunda siyosiy partiya fraksiyalari va deputatlar guruhlarining
o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilish huquqi belgilab berildi. Mazkur 
Konstitutsiyaviy qonunga ko‘ra, parlamentdagi muxolifatga fraktsiyalar 
uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda qo‘shimcha huquqlar 
beriladi, xususan, qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish, muhokama 
etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini yalpi majlis 
bayonnomasiga kiritish, Senat tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha 
kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi va boshqalar.
Shuningdek, parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan 
huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin 
emasligi belgilab qo‘yildi. 
O‘zini muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi va 
deputatlar guruhlari uchun ayni shu kafolatlar “O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy 
qonunning 25
1
-moddasida, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 


233 
9
1
-moddasida va “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunning 
13
1
-moddasida ham nazarda tutilgan. 
Ta’kidlash joizki, Asosiy qonunimizning sharhlanayotgan moddasi 
normalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalariga muvofiqdir. 
Parlamentning ta’siri kuchayib borishi va hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining 
izchil amalga oshirilishi jarayonida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi 
shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini himoya qilishning 
muhimligi Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasining bir qator 
rezolyutsiyalarida ifodalangan. Assambleyaning 2008-yil 
23-yanvardagi “Demokratik parlamentda muxolifatning huquq va 
majburiyatlariga oid proseduraviy tavsiyalar” 1601-sonli Rezolyutsiyasiga 
ko‘ra, “parlamentning qay darajada demokratik ekanligi muxolifat yoki 
parlamentdagi ozchilikka o‘z vazifalarini amalga oshirishlari uchun ajratilgan 
vositalar miqdoriga qarab belgilanadi”. Rezolyutsiyada ta’kidlanishicha, 
“parlamentdagi va undan tashqaridagi siyosiy muxolifat – haqiqiy 
demokratiyaning muhim tarkibiy elementi. Muxolifatning asosiy 
funksiyalaridan biri siyosiy qarorlarning boshqa variantlarini jamoat 
e’tiboriga havola etish orqali hokimiyat tepasidagi ko‘pchilikning siyosiy 
muqobilini taklif etishdir. Hukumat ishini nazorat qilib, doimiy ravishda 
uning faoliyatini baholab va undan hisobot talab qilib, muxolifat davlat 
qarorlarining shaffofligini, davlat ishlarini boshqarishning samaradorligini 
ta’minlaydi va shu yo‘l bilan u suiiste’mol qilish va to‘xtalishlarga yo‘l 
qo‘ymasdan jamiyat manfaatlarini himoya qiladi”. 
Muxolifatning rasmiy maqomi faqat bir nechta davlatlardagina 
konstitutsiyaviy darajada tan olingan. Misol uchun, Portugaliya 
Konstitutsiyasining “Siyosiy partiyalar va muxoliflik huquqi” deb 
nomlangan 114-moddasiga ko‘ra, “ozchilikka Konstitutsiya va qonunlarga 
asoslangan demokratik muxoliflik huquqi kafolatlanadi”. Fransiya 
Konstitutsiyasiga faqatgina 2008-yilda muxolifat faoliyati kafolatlarini 
ta’minlashga oid tuzatishlar kiritildi (eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bunga 
oid qonun 2007-yilda qabul qilingan edi). Fransiya parlamentining har
bir palatasi reglamentida muxolifatning va ozchilikni tashkil etuvchi 
guruhning maxsus huquqi tan olinadi (51-1-modda), bir oyda bir kun 
majlislar muxolif guruhlar tomonidan tuzilgan kun tartibi asosida o‘tadi
(48-modda). Bundan tashqari, Germaniya Federativ Respublikasining bir 
qator o‘lkalari Konstitutsiyalarida siyosiy muxolifat parlament 
demokratiyasining ajralmas qismi deb e’lon qilingan (Gamburg 
Konstitutsiyasining 23
a
-moddasi, Shlezvig-Golshteyn Konstitutsiyasining 


234 
12-moddasi). Shuningdek,bir qator konstitutsiyalarda muxolifat huquqlari 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatilmagan. 
Shu sababdan ta’kidlash joizki, siyosiy partiyalarda, jamoat 
birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek, hokimiyatning vakillik 
organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, 
erkinliklari va qadr-qimmatini kafolatlovchi O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 34-moddasi normalari xorijiy ekspertlar tomonidan 
yuksak baholandi
74

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 
24 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida Prezident Sh.Mirziyoyev 
vatandoshlarimizning e’tiborini jamiyatda fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini ta’minlashga qaratib shunday degan edi: “Konstitutsiyamizda 
belgilangan qonun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq va 
erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning 
muhim kafolatidir. Konstitutsiyamizda oliy qadriyat sifatida belgilab 
qo‘yilgan inson huquqlarini ta’minlash masalasi bundan buyon ham 
e’tiborimiz markazida bo‘ladi”
75
.Davlatimiz rahbari tomonidan ta’kidlangan 
davlat-huquqiy siyosatining bu ustuvor yo‘nalishini amalga oshirishning 
mustahkam huquqiy asosini o‘rnatishda Konstitutsiyamizning 34-moddasi 
normalarining beqiyos o‘rni bor. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish