3-§.Fuqarolarning mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlarda ishtirok
etish huquqi
Mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar orqali fuqarolar o‘zlarining
fikrlarini erkin shakllantiradilar va ifoda etadilar, shuningdek,
mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotining turli
masalalari, tashqi siyosat masalalari bo‘yicha talablarini ilgari suradilar.
Milliy, xorijiy yuridik adabiyotlarda mitinglar, yig‘ilishlar va
namoyishlar shaklida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar quyidagicha
ko‘rinishda belgilanadi:
Miting – asosan ijtimoiy-siyosiy xarakterda bo‘lgan dolzarb
muammolar bo‘yicha ijtimoiy fikrni ommaviy bildirish uchun belgilangan
joyda fuqarolarning hozir bo‘lishidir.
Yig‘ilish
–
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan biror-bir masalani
jamoaviy muhokama qilish uchun fuqarolarning maxsus ajratilgan yoki
shuning uchun moslashtirilgan joyda birgalikda hozir bo‘lishi.
223
Namoyish – fuqarolar guruhining uyushtirilgan harakatlanishi, shu
jumladan transport vositalaridan, plakat, transparant va boshqa
ko‘rgazmali tashviqot vositalaridan foydalanish asosida jamoaviy
kayfiyatini bildirishi.
72
Davlat hokimiyati organlari fuqarolarga namoyishlar o‘tkazish orqali
siyosiy huquqlarini amalga oshirishlari uchun maydon va ko‘chalar,
shuningdek, radio, televidenie va boshqa ommaviy axborot vositalaridan
foydalanish imkoniyatini berishi lozim.
Mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar o‘tkazish huquqini amalga
oshirish bir qator vakolatlarni – shaxsiy ijobiy harakatlar huquqi (ommaviy
tadbirni o‘tkazish to‘g‘risida ariza berish, tadbirni tashkil etish, tadbirda
ishtirok etish va h.k.); talab qilish huquqi (zarur moddiy-texnika
zaxiralarini, shuningdek, maydon, ko‘cha, bino berish to‘g‘risida); tartibga
solish huquqi (zarur hollarda davlat ta’sir chorasini qo‘llashning yuridik
imkoniyati)ni o‘z ichiga oladi.
Fuqarolar o‘zlarining mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar o‘tkazish
shaklidagi ijtimoiy faollik huquqini faqat O‘zbekiston Respublikasining
qonunchiligi asosida amalga oshirishlari shart. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil29-iyuldagi “Ommaviy tadbirlarni
tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Qaroriga binoan ommaviy tadbirlarni tashkil etish va
o‘tkazishni yana takomillashtirish, ularni o‘tkazishda fuqarolarning
xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni kuchaytirish
maqsadida Vazirlar Mahkamasi Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish
qoidalarini tasdiqlagan.
Mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar o‘tkazish konstitutsiyaviy
huquqining aniq huquqiy tartibga solinishi zaruriyati quyidagi sabablarga
asoslanadi.
Birinchidan, mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar o‘tkazish huquqi
umum tan olingan demokratik talab bo‘lganligi uchun ham alohida
himoyaga muhtoj bo‘ladi, chunki uning yordamida turli xil siyosiy kuchlar
fikrlari va talablari shakllanadi va ifodalanadi va shu boisdan
72
Конституциявий
ҳуқуқ
.
Энциклопедик
луғат
.
Масъул
муҳаррир
ва
муаллифлик
гуруҳи
раҳбари
Б
.
Мустафоев
-
Тошкент
:
Ўзбекистон
, 2006. – 584
б
.;
Полянская
И
.
С
.
Конституционно
-
правовое
регу
-
лирование
права
граждан
Российской
Федерации
на
проведение
собраний
,
митингов
и
демонстраций
,
шествий
и
пикетирования
:
Дисс
.
канд
.
юрид
.
наук
. –
М
., 2005. – 185
с
.;
Костенников
М
.
В
.,
Куракин
А
.
В
.,
Трегубова
Е
.
В
.
Конституционное
право
на
проведение
мирных
собраний
,
митингов
,
демонстра
-
ций
,
шествий
и
пикетирования
и
административная
ответственность
как
средство
его
обеспечения
//
Административное
право
и
практика
администрирования
. – 2013. –
№
8. –
С
.82-105.
224
fuqarolar (ular birlashmalari)ning ommaviy hokimiyat institutlari bilan
o‘zaro aloqasi ta’minlanishi uchun zarur omillar yaratiladi.
Ikkinchidan, tinch ommaviy tadbirlarning mohiyatan jamoat tartibi
va fuqarolar osoyishtaligini buzishga xavf solish darajasi borligini inkor
etmaslik kerak. Keyingi yillardagi jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
avvaliga tinch bo‘lgan mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar jamoat
tartibini guruh bo‘lib buzishga aylanib ketgan, fuqarolarning hayoti va
sog‘lig‘iga, shuningdek, mol-mulkka xavf tug‘dirgan.
Uchinchidan, mazkur moddada ko‘rsatilgan fuqarolarning ijtimoiy
faolligi va boshqa ko‘plab odamlar yig‘ilgan har qanday ommaviy
tadbirlar, ayrim davlatlarda yuz bergan voqealarga tayanib aytish
mumkinki, terroristik aktsiyalar obyektiga aylanib qolmoqda. Bularning
hammasi 33-moddada ko‘zda tutilgan mitinglar, yig‘ilishlar va
namoyishlarni tayyorlash va o‘tkazish tadbirlarini yuqori ustalik
darajasida amalga oshirishni talab etadi. Bunday
tadbirlarningmaqsadi mitinglar va yig‘ilishlarda ishtirok etayotgan
fuqarolarning xavfsizliginita’minlash, ular tomonidan konstitutsiyaviy
huquqlarini amalga oshirishlarida jamoat tartibini saqlash.
Shu munosabat bilan mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar o‘tkazish
chog‘ida xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash maqsadida oldindan ushbu
tadbirlar to‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati organlari ogohlantirilishi
va ular esa, o‘z navbatida, har xil huquqbuzarliklar sodir bo‘lmasligining
oldini olishga qaratilgan tadbirlarni ko‘rishlari shart. Xususan, amaldagi
qonunchilikka ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida miting, yig‘ilish,
ko‘cha yurishi va namoyish o‘tkazish mo‘ljallanayotganda tashkilotchilar
ularning boshlanishidan 10 kun avval tegishli hokimiyatga tadbirni
o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi shart.
Bunda ariza bilan mehnat kollektivlari, tashkilotlar va jamoat
birlashmalarining 18 yoshga to‘lgan vakolatli vakili, fuqarolarning alohida
guruhlari murojaat qilishlari mumkin. Arizani qabul qilgan hokimiyat
tadbir o‘tkazilishidan 5 kun oldin tashkilotchilarga qabul qilingan qarori
haqida xabar beradi. Hokimiyat organlari mitinglar, yig‘ilishlar va
namoyishlar o‘tkaziladigan joyni belgilaydi, uning boshlanishi va
tugashini kelishadi.
O‘zining jamoaviy faolligini miting, yig‘ilish va namoyishlar
shaklida amalga oshirish konstitutsiyaviy huquqi xalqaro-huquqiy
standartlarga mos keladi. Chunonchi, Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi (1948-yil) har bir insonning erkin tinch yig‘ilishlar va
uyushmalarga birlashish huquqini belgilaydi, 1966-yil 16-dekabrdagi
225
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt tinch yig‘ilishlar
qilish huquqini tan oladi. Shu bilan birga, ushbu Paktga ko‘ra mazkur
huquqdan foydalanishda hech qanday cheklovlar bo‘lishi mumkin emas,
faqat qonunga binoan hamda demokratik jamiyat uchun xos bo‘lgan davlat
va jamoat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholining sog‘lig‘i va axloqi yoki
boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish zaruriyati
yuzasidan ular cheklanishi mumkin (32-modda).
Konstitutsiyaning 33-moddasida faqat asoslangan xavfsizlik nuqtai
nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash
yuzasidan hokimiyat organlarining huquqi aks ettirilgan. Bu norma dunyo
tajribasiga to‘liq mos keladi.
Mahalliy hokimiyatga bunday tadbirlarni o‘tkazish davomidagi
huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlarining qattiqlik darajasi
hamda bu kabi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish imkoniyatini
belgilashda har tomonlama mustaqillik berilishi g‘arb demokratiyasiga xos
umumiy jihat hisoblanadi.
Xususan, AQSh Oliy sudi mamlakat Konstitutsiyasida belgilangan
huquqni tushuntirish bo‘yicha qaror qabul qilgan: “Bizning demokratik
jamiyatimiz uchun fundamental bo‘lgan so‘z va yig‘ilishlar erkinligi
huquqi har kimning har qanday jamoat joyida yoki xohlagan vaqtida
o‘zining fikri yoki g‘oyasini bildirish mumkinligini anglatmaydi”. Bunda
munisipal hokimiyatlar, agar bunday tadbirlar transport harakatlanishiga
yoki boshqa ehtiyojlar uchun zarur, deb hisoblasalar, shahar hududidan
foydalanishni “to‘xtatib” turish huquqiga ega bo‘ladi. Ruxsat bo‘lmagan
yoki tadbirni o‘tkazish qoidalari buzilgan taqdirda mahalliy hokimiyat
organlari tadbirni to‘xtatishi, uni to‘xtatish uchun maxsus vositalardan
foydalanishi hamda uning ishtirokchilarini qo‘lga olishi mumkin. Agar
tadbir noqonuniy bo‘lsa, jarimalar minglab dollarni, qamoqqa olishlar
oylarni tashkil etishi mumkin.
Barcha rivojlangan demokratik davlatlarning qonunchiligi
yig‘ilishlar o‘tkazish erkinligi huquqidan foydalanishni suiiste’mol
qilganlar uchun jarimalar va qamoq jazosi belgilangan jinoiy javobgarlikka
tortishni ko‘zda tutadi.
Masalan, GFRda bunday aktsiyalarni o‘tkazish uchun ruxsat olishi
rasman taqiqlangan tashkilotlarning ro‘yxati mavjud. Noqonuniy
aktsiyalarni o‘tkazish (ishtirok etish) hamma holatlarda ham qattiq
jazolanadi. Bundan tashqari, mitinglar va yig‘ilishlar o‘tkazish
erkinligini cheklash yoki shartlarini belgilash AQSh, GFR (“Yig‘ilishlar
226
va namoyishlar to‘g‘risida”gi Federal Qonun,1953-yil)davlatlari
qonun-chiligida ham mavjud.
Bu yerda ta’kidlash kerakki, yig‘ilishlar (mitinglar va h.k.) huquqini
cheklash yoki taqiqlash hollari mazkur huquqlar belgilangan
konstitutsiyalarning o‘zida ko‘rsatilgan (GFR, Belgiya, Ispaniya, Italiya,
Polsha, Turkiya, Shvetsiya).
O‘zbekistonda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda jamoat tartibini
muhofaza qilish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, bu ommaviy tadbirlarni
o‘tkazishda har xil huquqbuzarliklarni to‘xtatish va oldini olishning
samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan ushbu
masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksini qo‘llash g‘oyat muhim hisoblanadi.
Shu bilan birga javobgarlik huquqiy talablarni bajarmaganda jazo
belgilash uchun emas, balki, avvalo, namunaviy xulqni rag‘batlantirish
uchun qo‘llaniladi. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksning 201-moddasi yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki
namoyishlarni tashkil etish, o‘tkazish tartibini buzganlik uchun ma’muriy
javobgarlikni ko‘zda tutadi.
Hozirgi paytda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning
202-moddasida yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar
ishtirokchilariga binolar yoki boshqa mulk (aloqa vositalari,
ko‘paytiradigan va boshqa xil texnik uskunalar, transport)ni berish yoki
shunday tadbirlarni o‘tkazish uchun boshqa sharoitlarni yaratganlik uchun
ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan.
Shu bilan birga ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan
harakatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
217-moddasiga binoan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va
namoyishlarni tashkil etish yoki o‘tkazish tartibini buzganlik uchun jinoiy
javobgarlik ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
33-moddasida kafolatlangan huquqning tabiati fuqarolar qarashlarini ifoda
etishi va ularni tegishli manzilga etkazishni taqozo etadi. Ushbu hollarda
ommaviy tadbirlar tashkilotchilari, ishtirokchilari o‘zlarini ochiq-oydin
nosog‘lom tutsalar, ya’ni jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga qarshi
aniq xavf soladigan yoki solishni qasd qilgan qandaydir harakatlarni
amalga oshirsalar, davlat o‘zining inson va fuqaro huquq va erkinliklarini
himoya qilishga doir konstitutsiyaviy majburiyatini bajarib, yig‘ilishlar va
mitinglar mohiyatiga zid bo‘lgan voqealar yuz bermasligi hamda ularning
oldini olish uchun barcha qonuniy vositalarni qo‘llaydi.
227
Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, mazkur demokratik jarayonning
bosh maqsadi har kimning siyosiy o‘zligini namoyon qilishda emas, balki
ijtimoiy murosasozlikka erishishdadir.
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishidan biri
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘lib,
u davlat mustaqilligi va suverenitetini, xavfsizligini, farovonligini
mustahkamlashga qaratilgandir. Ushbu omillarning ahamiyatini
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘tkazgan
tadqiqotlar ham tasdiqlaydi, unga ko‘ra, birlik va murosasozlik,
demokratik rivojlanishning muhim asoslari bo‘lib, fuqarolarning
huquq va erkinliklari kafolatini yanada mustahkamlashi qayd etildi.
Hozirda O‘zbekiston fuqarolarining 88 foizi bizning davlatimizda hamma
fuqarolar millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar teng huquqligi
konstitutsiyaviy kafolatlanganligini ta’kidlaydilar.
73
Shunday qilib, Konstitutsiyaning ushbu 33-moddasi huquqiy tartibga
solishning yagona tizimini shakllantiradi, unga ko‘ra, bir tomondan,
mamlakat fuqarolariga o‘zlarining siyosiy va fuqarolik huquqlaridan
foydalanish imkoniyatini beradi, ikkinchi tomondan, ijtimoiy faollikni
mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida rivojlantirish uchun
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan sharoitlarni – jamoat
tartibi va xavfsizlikni, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
ta’minlash kafolatlarini, amaldagi qonunlar so‘zsiz amalga oshirilishini
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |