Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§.O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasaba uyushmalariga



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

4-§.O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasaba uyushmalariga, 
siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, 
ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining eng muhim siyosiy 
huquqlaridan biri – kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa 
jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish 
huquqini mustahkamlaydi. 
Fuqarolarning uyushishga oid konstitutsiyaviy huquqi fuqarolarni 
o‘zlarining umumiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid yuridik 
kafolatlar bilan ta’minlaydi, uyushish huquqisiz, shunchaki, deklarativ norma 
bo‘lib qoladigan boshqa konstitutsiyaviy huquqlarga (masalan, mitinglar
73
Национальное
самосознание

динамика
роста
.// 
Народное
слово
. 2017. 9 
июня



228 
va yig‘ilishlar o‘tkazish huquqi, so‘z erkinligi huquqi va boshqalar)
ma’no-mazmun beradi.
Asosiy qonunimizning 34-moddasida mustahkamlangan (jamoat 
birlashmalariga) uyushish huquqi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik 
jamiyatini barpo etishning muhim va hal qiluvchi shartlaridan biridir. Zero, 
fuqarolar uyushmalari – aholining mamlakat ijtimoiy-siyosiy, 
sotsial-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy hayotidagi faol ishtirokini 
ta’minlashning eng muhim shaklidir. 
Konstitutsiya normalari mazmunidan kelib chiqadiki, uyushish huquqi 
faqatgina siyosiy-huquqiy emas, balki fuqarolar o‘zlarining shaxsiy, 
ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa huquq va manfaatlarini amalga 
oshirishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy va boshqa munosabatlarni ham o‘z ichiga 
qamrab oladi. 
Ta’kidlash joizki, 1978-yilda qabul qilingan avvalgi Konstitutsiyaning
49-moddasida fuqarolarning faqatgina jamoat tashkilotlariga birlashish 
huquqi belgilangan edi. Bu esa o‘sha davrda hukmronlik qilgan kommunistik 
maqsadlarga to‘liq muvofiq bo‘lishi kerak edi. Shu sababdan, mustaqil 
O‘zbekiston Konstitutsiyasining sharhlanayotgan moddasi butkul o‘zgacha 
demokratik ko‘rinishga ega bo‘ldi, mazkur modda endilikda fuqarolarning 
jamoat birlashmalariga birlashish huquqidan tashqari, ommaviy shu 
jumladan, siyosiy harakatlarda ishtirok etish huquqi, ozchilikni tashkil 
etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va 
qadr-qimmatining kafolatini ham o‘z ichiga oladi. 
Fuqarolarning uyushishga oid huquqlarini kafolatlovchi 
konstitutsiyaviy normalarni rivojlantirishda bir qator qonunlar qabul qilingan 
va amal qilmoqda: “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari 
to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Kasaba uyushmalari, 
ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat 
notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari 
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik 
to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir.
“O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi, 
Qonunning muqaddimasida “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga 
va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib, ushbu Qonunda 
fuqarolarning jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas 
huquqi sifatida mustahkamlab qo‘yiladi” deb ta’kidlangan. 
Ushbu Qonunning 1-moddasiga muvofiq o‘z huquqlari, erkinliklarini 
hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya


229 
va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda 
ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini 
erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma 
jamoat birlashmasidir.
O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari 
to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlari deganda 
jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil 
etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib 
olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari 
(a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkiloti 
tushuniladi. 
Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson huquq va erkinliklarini 
himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘rni va roli beqiyos. 
Hozirgi kunda yurtimizda 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat 
tashkiloti mavjud, 29 ta xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining 
filial va vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. 2017-yilda “Nuroniy” 
jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va 
tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha 
Respublika kengashi kabi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini 
takomillashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va 
qarorlar qabul qilindi. 
2018-yil 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati 
institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
PF-5430-son Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmon o‘z mohiyatiga ko‘ra, 
davlat va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligining mazmun jihatidan 
yangi bosqichiga mustahkam huquqiy asos bo‘ladi. Chunki, unda davlat 
tomonidan fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash, ular 
faoliyatini yanada kuchaytirishning eng muhim yo‘nalishlari belgilangan. 
Shunday qilib, konstitutsiyaviy normada o‘z aksini topgan 
fuqarolarning uyushish huquqiga oid qoidalar sohaviy qonunlarda 
rivojlantirilgan bo‘lib, ularda mazkur konstitutsiyaviy normani amalga 
oshirishning aniq shakl va usullari belgilangan. 2016-yil14-sentabrdagi 
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunda jismoniy va 


230 
(yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida yoshlarning nodavlat 
notijorat tashkiloti tuzilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan (21-modda). 
1992-yil 9-dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunda 
O‘zbekiston Respublikasi aholisining tabiatni muhofaza bo‘yicha jamoat 
tashkilotlariga birlashish huquqi mustahkamlab qo‘yilgan (12-modda).
1993-yil 6-maydagi “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi 
Qonunda suv iste’molchilarining suvga doir munosabatlar sohasidagi o‘z
faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, umumiy manfaatlarini ifodalash 
va himoya qilish uchun uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga 
birlashish huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan (32-modda). 
Fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismi – bu kasaba 
uyushmalaridir. Ular ixtiyoriy jamoat tashkilotlari sifatida ham ishlab 
chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning 
huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
1-moddasida kasaba uyushmalariga ta’rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, kasaba 
uyushmasi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga 
ko‘ra o‘z a’zolarining mehnat huquqlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy 
huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak 
manfaatlar bilan bog‘langan fuqarolarning jamoat birlashmasidir. 
Kasaba uyushmalari o‘z a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy 
huquqlarini himoya qiladi. Kasaba uyushmalariga a’zolik – ixtiyoriydir. 
Kasaba uyushmalari fuqarolarning mehnatga oid huquqlarini himoya 
qilishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolarning dam olishi, sog‘liqlari, uy-joylari va 
hayot darajalarini ko‘tarish haqida g‘amxo‘rlik qilishni o‘z ichiga oladi. 
Amaldagi qonunchilikda fuqarolar birlashmalari uchun ijtimoiy 
faollikning turli shakllari yetarlicha belgilangan. Ularning orasidan 
O‘zbekiston fuqarolarining siyosiy partiyalardagi ishtirokiga alohida 
to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. 
O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni
1-moddasiga muvofiq, siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida 
tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan 
qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z 
vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli 
birlashmasidir. Siyosiy institutlar Prezident va deputatlar saylovlarida,
davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini (markazda va joylarda) 
shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish orqali fuqarolarning xohish-


231 
irodalarini davlat-huquqiy va boshqa sohalarda shakllanishi va ifoda 
etilishiga zamin yaratadi. 
Shunday qilib, siyosiy partiyalar jamiyat va davlat o‘rtasida bog‘lab 
turuvchi bo‘g‘in hisoblanadi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda beshta siyosiy 
Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish