12345
Mehnat huquqi fanidan yakuniy nazorat yozma ishi
Kazus savoli : “ Ma’rifat bo’stoni “ bosmaxonasi rahbari S.Omadov hodim M.Safarova bilan avvalgi rahbar G.Rahimova o’rtasidagi 2019 – yil 10-yanvar kuni 5 yilga mo’jallab tuzilgan muddatli mehnat shartnomasini 2021 yil 11 yanvar kuni o’zi ( ish beruvchi ) ning tashabbusi bilan bekor qildi . Ish beruvchi S.Omadov 2021 yil 10 yanvar kuni pensiya yoshiga to’lgan hodim M.Safarovani 100-moddaning ikkinchi qismi 7-bandi bilan ishdan bo’shata olmasligini eshitib ( sababini o’zi aniq bilmaydi ) , uni 100 – moddaning ikkinchi qismi birinchi bandi bilan ishdan bo’shatdi . Xodim M. Safarova 2021 yil 11 yanvar kunidan 2021 yil 11 mart kuniga qadar bo’lgan davrda ish qidirganligini , biroq ish topa olmaganligini , shu sababli ushbu davr uchun MK ning 67 – moddasida kafolatlangan ish haqini va ishdan bo’shatilgunga qadar ham ish beruvchi tomonidan berilmagan barcha to’lovlarni ( ish haqidan tashqari ) undirib olishda yordam so’rab mehnat huquqi inspektoriga murojaat qildi . Mehnat huquqi inspektori sifatida yuqoridagi muammoli vaziyatga adolatli yechim toping .
Javob : Mazkur kazus savolini tahlil qilishdan oldin Mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy asoslarini nimalardan iborat degan savolga yechim berib o’tamiz.
1. Mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy asoslari nimalardan iborat ?
O’zbekiston respublikasining amalda bo’lgan Mehnat kodeksiga fikrimizni qaratadigan bo’lsak , mazkur kodeksning 97- moddasida Mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy asoslari keltirib o’tilgan :
1. Taraflarning kelishuviga ko‘ra. Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin;
2. taraflardan birining tashabbusi bilan;
3. muddatning tugashi bilan;
4. taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra;
5. mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra. Mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida bu shartnoma ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilganda, shuningdek qonunda yo‘l qo‘yiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi mumkin.
6. yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo‘yicha o‘tmaganligi) yoxud saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan.
2 Bevosita kazus tahliliga o’tadigan bo’lsak, bosmaxona rahbari S.Omadov xodim M.Safarova bilan avvalgi rahbar o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlimi ?
Mazkur hatti – harakat Mehnat shartnomasini bekor qilishning asoslaridan biri sanalgan taraflarini birining tashabbusi bilan ya’ni ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish hisoblanadi .
Agarda korxona mulkdori almashganda, xuddi shuningdek korxona qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborilgan, birlashtirilgan, bo‘lib yuborilgan, qayta tuzilgan, ajratilganda) mehnat munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi. Yangi mulkdor korxonaning rahbari uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir . Korxonaning boshqa xodimlari esa qounchilikga muvofiq mehnat shartnomasi bekor qilinadi . Bu amaldagi Mehnat kodeksimizning 98- moddasida batafsil asoslab o’tilgan . 6
S.Omadovning hatti- harakatlarini tahlil qiladigan bo’lsak , u hodim Safarovani 100 – moddaning ikkinchi qismi 1- bandi bilan ishdan bo’shatyapti . Ish beruvchining tashabbusi bilan muddatli mehnat shartnomasini ham , nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham bekor qilinishi mumkin . S.Omadov 100-moddaning ikkinchi qismi 1-bandi mehnat shartnomasi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan xodim Safarovani ishdan bo’shatyapti. Mazkur holatda ish beruvchi S.Omadov hodimni 2 oy oldin ishdan bo’shatish haqida ogohlantirishi kerak edi . Ish beruvchi S.Obidov esa uni ogohlantirmagan .
3 Mazkur holatni hisobga olgan holda , xodim Safarova ikki oy davomida ish izlab yurganligi , shu sababli ushbu davr uchun MK ning 67 – moddasida kafolatlangan ish haqini va ishdan bo’shatilgunga qadar ham ish beruvchi tomonidan berilmagan barcha to’lovlarni ( ish haqidan tashqari ) undirib olishda yordam so’rab mehnat huquqi inspektoriga murojaat qiladi , Safarovaning bu hatti- harakti qonuniy asosga egami ?
Bu muammoga yechim sifatida O’zbekiston respublikasi Oliy sud plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “ Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo’llanishi haqida”gi qarorning 18 – bandini keltirib o’tishimiz mumkin 7. Unga asosan agardan Mehnat shartnomasi yuqorida kelitib o’tilgan asosga asosan bekor qilinga bo’lsa ya’ni ( 100- moddaning 2 –qismi 1-bandi ) xodim bilan ish beruvchi ogohlantirish muddati o’rniga uning muddatiga muvofiq keladigan pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin . Mehnat shartnomasini bekor qilishni ogohlantirish o’rniga xodimga pul kompensatsiyasi to’laganlik , mehnat shartnomasini bekor qilinganda beriladigan boshqa xil to’lovlarni ya’ni foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya to’lash , dam olish nafaqasi , MK kodeksining 67 – moddasiga binoan ishga joylashish muddatida o’rtacha ish haqi saqlash kabi to’lovlarni berishdan ish beruvchini ozod qilmasligiga sudlarning etibori qaratilishi asoslab o’tilgan .
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak hodim Safarovaning pul undirish haqida talablari ish beruvchi tomonidan qondirilishi kerak , buni yuqorida ham asoslab o’tdik .
Mantiqiy savollar :
1. Karantinga oid choralar amal qilish davrida Xodimlarni masofaviy ish usulida , moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o’tkazishning vaqtinchalik tartibini tushuntirib bering ?
Javob : Masofaviy ish deganda xodimning mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan mehnat majburiyatlarini ish beruvchining joylashgan hududidan tashqarida, bevosita yoki bilvosita nazoratida bo‘lgan doimiy ish joyi, hudud yoki obyektdan tashqarida bajariladigan ish usuli tushuniladi.
Ish tartibiga asosan hodimni masofaviy vaqtinchalik ishga o’tkazishda ish beruvchi tomonidan vaqtinchalik ishga o’tkazish to’g’risida buyruq chiqariladi .
Xodimni masofaviy vaqtinchalik ishga o’tkazish to’g’risidagi buyruqqa ish beruvchi va xodim o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan o’zgarishlar asos bo’ladi .
Masofaviy ishga o‘tkazish yuzasidan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarda Mehnat kodeksining 73-moddasida nazarda tutilgan shartlar bilan bir qatorda quyidagilar ko‘rsatiladi:ish beruvchi va xodim o‘rtasida elektron hujjat almashinuvi bo‘yicha o‘zaro aloqalar tartibi;xodimning mehnat majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish tartibi, agar tomonlar tarafidan xodimga tegishli jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv mavjud bo‘lsa;ish beruvchi bilan doimiy aloqalarini ta’minlash maqsadida xodimni aloqa vositalari bilan ta’minlash, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalanish;ish beruvchi tomonidan xodimga berilgan jihozlar va texnikalarning xodimning aybi bilan buzilganda, yetkazilgan zararni xodim tomonidan ish beruvchiga qoplab berish bilan bog‘liq shartlar;xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun shaxsiy jihozlar va/yoki texnika vositalaridan, shuningdek aloqa vositalari, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalangan taqdirda xarajatlarni qoplash tartibi va shartlari;xodim va ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlariga amal qilish bo‘yicha majburiyatlari;xodimni ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilganda doimiy ish joyiga o‘tkazish shartlari.
Xodim masofaviy ishga o’tkazilganda unga ta’tillar jadvaliga muvofiq mehnat ta’tili , vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqa olish hamda qonunchilik hujjatlarida va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlanib qolinadi .
Ish grafigi – ish vaqti rejimining o’zgarishi , shu jumladan ishning boshlanishi va tigash vaqti , shuningdek to’liqsiz ish vaqtining o’rnatilishi mehnat sharoitlarining o’zgarishi hisoblanadi va ish beruvchining buyrug’I bilan rasmiylashtiriladi .
Mantiqiy savol :
2. Xodimning o’z mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzganligi tufayli mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish tartibini yoriting .
Javob : Xodimning o’z mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzishi bu ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishiga olib keladi. Bunga asos sifatida MK kodeksining 100 moddasi keltirb o’tishimiz mumkin . Mazkur moddaning 4-qismida Mehnat shartnomasini bekor bo’lishiga olib keladigan mehnat vazifalarini bir marta qo’pol buzishning ro’yxati keltirilgan :
Ichki mehnat tartibi qoidalari ;
Korxona mulkdori bilan korxona rahbari o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
Ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo’llaniladiga intizom haqida nizom va ustavlar bilan belgilanadi .
Xodimning o’z mehnat vazifalarini buzishi qo’pol tusga egaligi yoki ega emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo’ya harakatning og’ir – yengilliliga hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlarga qarab hal etiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |