Deputat murojaati



Download 32,5 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi32,5 Kb.
#15215
DEPUTATNING FUQAROLAR MUROJAATLARINI KO‘RIB CHIQISHI TARTIBI
DEPUTAT MUROJAATIbu deputatning og‘zaki yoki yozma shaklda deputatlik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlar, ma’lumotlarni so‘rab, vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga yo‘llanadigan murojaatidir. Deputat barcha davlat organlari va jamoat birlashmalariga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga deputatlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qilishga va o‘rtaga qo‘yilgan masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega. Mazkur organlar va mansabdor shaxslar deputatlik murojaatiga darhol, qo‘shimcha ravishda o‘rganish yoki tekshirish zarur bo‘lgan taqdirda esa, kechi bilan bir oy muddat ichida javob qaytarishlari shart.

Ammo deputatlar o‘z murojaatlari bilan sud, tergov va surishtiruv organlari faoliyatiga aralashishga va ta’sir o‘tkazishga haqli emaslar.

Deputatning saylovchilardan o‘ziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda ko‘rib chiqadi, ularni o‘z vaqtida to‘g‘ri hal etish choralarini ko‘radi, o‘z saylov okrugida fuqarolarni muntazam ravishda qabul qilib turadi. Deputat fuqarolarni qabul qilishda ishtirok etish uchun tegishli hokimiyat vakillik organi hududida joylashgan davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslarini taklif qilishga haqlidir.

Deputat shikoyatlarni keltirib chiqarayotgan sabablarni o‘rganadi va zarur hollarda o‘z takliflarini tegishli hokimiyat vakillik organiga kiritadi.

Deputat o‘zi yuborgan taklif, ariza va shikoyatlar tegishli hokimiyat organi hududida joylashgan davlat organlarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ko‘rib chiqilishini nazorat qilishga va ularning ko‘rib chiqilishida shaxsan ishtirok etishga haqlidir.

Deputatlarning g‘oyat muhim masalalar, shu jumladan tegishli organning qaror qabul qilishi, qabul qilgan qarorini o‘zgartirishi yoki bekor qilishi zarurligi to‘g‘risidagi murojaatlari ko‘rib chiqilishi shart. Murojaat ko‘rib chiqiladigan kun to‘g‘risida deputat oldindan xabardor qilinishi kerak.

Deputat talab bilan murojaat etgan davlat organlarining mansabdor shaxslari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarining rahbarlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning ma’muriyati, shuningdek militsiya xodimlari qonun buzilgan hollarni bartaraf etish uchun, zarur hollarda esa aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun zudlik bilan chora ko‘rishlari va keyinchalik buni deputatga ma’lum qilishlari shart. Chora ko‘rmagan taqdirda mansabdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda yoki qonuniylik boshqa tarzda buzilganda davlat hokimiyatining vakili sifatida deputat o‘sha joyning o‘zida bunday qoidabuzarlik to‘xtatilishini talab qilishga, zarurat bo‘lganda esa, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzish yoki qonun hujjatlarini boshqa tarzda buzish aniqlangan hollarda ularga darhol chek qo‘yish choralarini ko‘rish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli.

Saylovchilarni qabul qilish, ularning xat va takliflarini qarab chiqish deputatning saylov okrugidagi faoliyatining eng muhim shakllaridan biridir. Fuqarolar deputatlarga xat va shikoyatlar bilan murojaat qilar ekanlar, ularni hokimlikdagi o‘z vakillari deb biladilar, o‘zlariga yordam berishlariga, o‘zlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishlariga ishonadilar. Kelib tushgan har bir xat yoki shikoyatni o‘z vaqtida va atroflicha o‘rganib chiqish hamda ularga o‘z vaqtida javob berish deputatning birinchi navbatdagi vazifasidir. Agar taklif, iltimos yoki shikoyatlarni qarab chiqish uzoqroq vaqt talab qiladigan bo‘lsa, xat muallifi bu haqda o‘z vaqtida xabardor qilinishi lozim.

Odatda saylovchilar deputatga murojaat qilib, uning oldiga keng doiradagi va ko‘p qirrali masalalarni qo‘yadilar. Shu sababli xatlarga to‘g‘ri javob va izohlar berish uchun deputat yer to‘g‘risidagi, mehnatga, pensiyaga oid, uy-joy to‘g‘risidagi va boshqa qonun hujjatlarini qunt bilan o‘rganib chiqishi kerak.



Kunduz kuni ishlab chiqarishda band bo‘lgan fuqarolarga qulaylik bo‘lishi uchun deputat ularni, odatda, kechqurunlari yoki dam olish kunlari qabul qiladi. Qabulni qaysi vaqtda va qayerda tashkil qilish masalasini deputat hokimlik bilan birgalikda hal etadi. Qabul vaqti va joyi to‘g‘risida e’lon osib qo‘yiladi yoki bu ma’lumotlar boshqacha usullar bilan saylovchilar e’tiboriga yetkaziladi. Deputat o‘z kundalik daftarida qabul qilishini so‘rab o‘ziga murojaat qilgan fuqarolarni hisobga olib boradi, o‘zi qanday choralar ko‘rganligini, fuqarolarning iltimoslari qanoatlantirilganligini yoki qanoatlantirilmaganligi sabablarini yozib boradi.

Deputat asossiz iltimoslarni quvvatlay olmaydi. Bunday hollarda deputat murojaat etgan kishiga uning nohaqligi boisini, iltimosini nima sababdan qondirish mumkin emasligini to‘g‘ri tushuntira bilishi kerak.
Download 32,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish