1-jadval.
Ishlab chiqariladigan paxta shrotlari tavsifi (GOST 606-75)
Ko`rsatgichlar
|
Navlar
|
1
|
2
|
Namligi, %
|
7,0-9,0
|
7,0-9,0
|
Moy saqlami, %
|
1,5
|
1,5
|
Xomproteinsaqlami, abs. quruqmod. nis.%
|
44
|
36
|
Erkingossipolmiqdori, abs. quruqmod. nis %
|
0,02
|
0,02
|
Kletchatka miqdori, %
|
14,0
|
25,0
|
Buning sababi gossipolning zaharli xususiyatlari bilan bog`langan bo`lib, toza holdagi gossipolda LD50 1600 mg/kg LD100 2800 mg/kg ni tashkil qiladi (absolyutnaya smertelnaya doza).
1-rasm. Erkin gossipolning strukturasi
Gossipolning toksik xususiyatini undagi aldegid gruppa mavjudligi bilan izohlanadi. Shuning uchun mavjud texnologiya bo`yicha aldegid gruppani oqsillarning aminogruppalari bilan blokirovka qilishga qaratilgan. Bu jarayonda o`rni bosilmaydigan oqsillar metionin -30 va lizin – 22% gacha yo`qotiladi, oqsillarning eruvchan qismi 50% gacha kamayib ketadi.
Muammoning echimini topish uchun juda ko`p izlanishlar olib borilgan va bugungi kunda ham davom etmoqda. Bu sohada prof. Rjexin V.P. tomonidan gossipolni misstellada maksimal darajada eritish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bu holda shrot tarkibidagi gossipol saqlami 0,01% dan kam miqdorga tushiriladi. Lekin, jarayonda hosil bo`ladigan antranilat gossipolni qayta ishlashda muammolar paydo bo`lgani uchun bu texnologiya o`zini oqlamadi. Agarda texnologiyani to`liq qo`llash mumkin bo`lganda ozuqa rastionidagi shrot miqdorini 2 barobarga oshirib parrandachilikda ham 10% gacha ishlatish mumkin bo`lar edi.
Keyinchalik O`z FA biorganik kimyo institutida pressda ajratilgan moydan gossipol ajratishning soddalashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqildi. TKTI institutida ham bir qator usullar yaratildi, lekin hamma holatlarda ham ma’lum texnologik muammolarni echilmaganligi, ularni sanoatda qo`llashda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Masalaning eng og`ir tomoni o`tgan asrning 80 – yillarigacha shakllantirilgan korxonalar katta quvvatli bo`lib, sutkada 400-1200 t chigitni qayta ishlashga mo`ljallangan. Bu korxonalarning o`zaro o`xshash tomonlari quyidagilar:
- ularning ishlatadigan uskunalari va xom ashyo bazasi deyarli bir xil;
- ishlatiladigan qurilmalar bir xil prinstipga asoslangan va ishlab chiqaruvchi firmalari ko`p emas;
- olinadigan moyni tozalash usullari reglamentlangan;
- korxonalarning texnik-iqtisodiy ko`rsatgichlari yagona Oziq-ovqat uyushmasi tomonidan markazlashtirilgan holda me’yorlashtiriladi.
Shu bilan birga ularning quyidagi farqli tomonlari ham mavjud:
- hamma korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlari o`xshash bo`lgani bilan hududlar bo`yicha xom ashyo bilan ta’minlanish darajasi turlicha;
- erkin bozor sharoitida ularning ishlab chiqarish texnik-iqtisodiy ko`rsatgichlari turlicha;
- iqisodiy ko`rsatgichlardan kelib chiqqan holda rivojlanish, modernizastiya darajasi bir xil emas. Natijada, keyingi vaqtlarda korxonalar o`rtasida farqlilik vujudga kelmoqda.
Yuqorida keltirilgan farqlar natijasida «Toshkent yog`-moy kombinati» QK, «Uchqo`rg`on yog`-moy» OAJ kabi korxonalarda bugungi kunda ko`plab turli mahsulotlar ishlab chiqarish yo`lga quyildi va o`z navbatida iqtisodiy ko`rsatgichlari jadal rivojlanmoqda. Shu bilan birga «Guliston ekstrakt-yog`» OAJ, «Farg`ona yog`-moy» OAJ, «Buxoro yog`-moy» OAJ kabi korxonalar modernizastiyasida oqsash kuzatilmoqdaki, bu korxonalarning bozor sharoitlariga moslasha olmayotganidan, ishlab chiqarishni boshqarish sustligidan darak beradi.
Sungi 10 yil ichida respublikamiz raxbariyati tomonidan bir qator qarorlar qabul qilinishi (VM 199 va 200 qaroralari), Prezident farmonlari chiqishi natijasida korxonalarimizning ko`pchiligida mahsulot sifatini oshirish va assortimentini ko`paytirish bo`yicha qator ijobiy o`zgarishlar bo`ldi. 2010 yildan boshlab qadoqlangan iste’mol yog`larining hammasini dezodoratsiyalangan holda ishlab chiqarish, oliy nav paxta moyining rangi 5 qizil birlikdan, 1-navniki esa 8 qizil birlikdan oshmasligi talab sifatida quyildi va korxonalarimiz bunga erishmoqda. Ishlab chiqarilayotgan paxta moyining miqdor jihatidan avvalgiga nisbatan deyarli 2 % ga oshirilishiga erishilmoqda.
Shu bilan birga mavjud texnologiyalar o`tgan asrning 40-yillariga mansubligi, selekstiyachilik yutuqlari natijasida paxta chigitining yog`dorligi emas tola sifati va miqdoriga e’tibor qaratilayotgani natijasida belgilangan talablarga erishishda qiyinchiliklar mavjud. Undan tashqari, korxonalarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan paxta shroti respublikamiz chorvachiligi uchun eng asosiy oqsilli ozuqa hisoblanadi.
Paxta shrotini qora mollar ozuqa rastionida ko`proq ishlatilishiga qaramasdan parrandachilik va baliqchilikda ishlatish muammoli hisoblanadi.
Lekin, bu yo`nalishda ishlar olib borilishi juda muhim bo`lib, paxta shrotini soya oqsili o`rnini bosadigan darajaga keltirilishi ushbu sohalar rivojida katta ahamiyatga ega.
Kam gossipolli paxta shroti olish ustida respublikamiz olimlari bilan bir qatorda institutimizning «Oziq-ovqat va ozuqa» ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida ham qator izlanishlar olib borilayapti. Izlanishlar natijasida quiydagi asosiy uchta yo`nalishni ustivor deb belgilangan:
- erkin gossipolni aminogruppa tutuvchi reagentlar (karbamid va ammiak) bilan oksidlantirish;
- gossipolni yog`da maksimal darajada eritish uchun texnologik sharoit yaratish;
- shrotni biokonversiya qilish bilan gossipolsizlantirish va ozuqa qimmatini oshirish.
Birinchi yo`nalish bo`yicha izlanishlarda gossipolni zararsizlantirishning perikisli usuli ishlab chiqilgan. Bu texnologiyaga ko`ra texnologik stikl oxirida tayyor shrotni vodorod prikisining suvli eritmasidan nazariy miqdorga nisbatan 300% ortiqcha miqdor bilan 105-110° S haroratda ishlov berib gossipol kislotasi hosil qilinadi.
Undan tashqari gossipolni ammiakli va karbamidli usul bilan bog`lash usullari ham ishlab chiqilgan va patentlar bilan himoya qilingan. Ekologik jihatdan toza texnologiyaga erishish nuqtai-nazaridan karbamid ko`proq ma’qul bo`ladi. Chunki u ammiakdan farqli o`laroq oddiy va nisbatan yuqori harorat sharoitida ham uchuvchan emas (140-150 °S gacha). Undan tashqari karbamiddan nooqsil azotli qo`shimcha sifatida chorva rastionida foydalaniladi. Karbamidli ishlov berish texnologiyasi yanchilmaga 0,2-0,3% miqdorida 15-20% kontsentratsiyali karbamidning suvli eritmasi bilan namlash va keyin qovurishga asoslanadi. Bunda olinadigan qora moy kislota soni va rangi yaxshilanishi bilan birga shrotdagi erkin gossipol miqdori 0,01% dan kamayadi va uni rastiondagi miqdorini oshirish va parrandachilikda ham 10-14% gacha etkazish mumkin.
2-jadvalda turli texnologiyalar bo`yicha ishlab chiqarilgan shrotlar ko`rsatgichlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |