Guliston davlat universiteti ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Download 7,53 Mb.
bet6/61
Sana08.11.2022
Hajmi7,53 Mb.
#862456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOG`-MOY MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QADOQLASH TEXNOLOGIYASI

2-jadval.



Kursatgichlar

Shrot turi

Sanoat usulda

Perekisli usulda

Ammiakli usulda

Karbamidli usulda

1

Xom moy saklami, abs. kuruk. mod. nis.%

1,84

1,97

1,88

1,62

2

Namlik va uchuvchan moddalar saklami, %

9,7

9,7

10,0

9,7

3

Xom protein saklami, abs. kuruk. mod. nis.%

42,6

44,0

44,9

45,8

4

Oksillarning eruvchan frakstiyasi, umumiy miqdorga nisbatan %:
- suvda eruvchan;
-tuzda eriydigan;
-ishkorda eriydigan

13,0
20,3
22,2

17,4
21,0
21,6

18,4
21,2
22,0

19,1
21,6
22,3

5

Abs. kuruk. mod. nis.% Hisobidagi gossipol miqdori:
erkin;
bog`langan

0,22
0,409

0,007
0,275

0,008
0,300

0,007
0,281

Ko`rinib turganidek har tomonlama karbamid eritmasi bilan ishlov berilgan xomashedan olingan shrot ko`rsatgichlari ustunligi bilan ajralib turibdi. Ushbu texnologiya respublikamizning 18 ta yog`-moy korxonasida joriy qilingan. Uning toksikologik, sanitar gigienik va biologik xusuiyatlari o`rganilgan va chuqur zararsizlantirilgani isbotlanib parrandalar uchun ozuqa sifatida tavsiya qilingan.


Bu usul 2005 yilning noyabr oyida «Toshkent yog`-moy kombinati» hissadorlik jamiyatida sanoat sinovlaridan o`tkazildi va juda samarali ekanligi aniqlandi. Natijalar 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval.

Yog` namunasi

Qora moy ko`rsatgichlari

Rafinastiyalash ko`rsatgichlari

rangi, qiz.bir.

kislota soni,
mg KON

tozalangan yog` chiqishi, %

rangi, qiz. (ko`k) birl.

kislota soni, mg KON










ishqor konstent. 250 mg/l, sarfi 10,0 kg/t

Kontrol 1

69

3,29

94,0

13,0

0,02

Tajriba 1

46

2,19

96,7

11,5

0,02

Kontrol 2

65

3,84

94,5

12,0



0,019

Tajriba 2

42

1,92

97,1

8,5

0,02

Bugungi kundagi yana bir istiqbolli yo`nalish bu biotexnologik usul hisoblanadi. Bu sohada sut kislotali va novvoylik achitqilaridan foydalangan holda paxta shroti tarkibini yaxshilash izlanishlari olib borilmoqda. Bunday yo`l bilan olingan biomahsulot tarkibi oddiy shrotnikiga nisbatan keskin yaxshilanishi aniqlangan.
Ishlab chiqarilayotgan yog`-moy mahsulotlarini sifatini yaxshilashda esa albatta korxonalarimizni nafaqat yangi uskunalar bilan, balki raqobatbardosh texnologiyalar bilan ham ta’minlash muhim hisoblanadi. Maslan, bugungi kunda rivojlanayotgan fizik rafinastiya texnologiyasini qo`llanishini yo`lga quyish och rangli moylarni tozalashda va ularni bir yo`la hidsizlantirishda qo`l keladi.

Nazorat savollari:

  1. Fanning maqsadi va vazifalari.

  2. Yog`larni qayta ishlashda ilmiy tadqiqot asoslari fanining roli va ahamiyati qanday?

  3. O`zbekiston yog`-moy sanoati xaqida nimalarni bilasiz?

  4. Respublikamizda chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etish.



3-mavzu.
Yog`-moy mahsulotlarini qadoqlash idishlarining fizik-kimyoviy xususiyatlari. Yog` va moylarni PET idishlarga qadoqlash.
Reja:
2.1.Qadoqlash idishlari va ularning turlari. Qadoqlash idishlarining kimyoviy tarkibi va asosiy xossalari.
2.2.Yog` va moylarni qadoqlashga tayyorlash. PET idishlari. Ularning turlari va fizik-kimyoviy xususiyatlari. PET idishlarni qadoqlashga tayyorlash va shakl berish.
Tayanch so`z va iboralar:idishlarning turlari, PET idishlari, kimyoviy tarkib, shakl berish, mahsulot sifati.

2.1.Qadoqlash idishlari va ularning turlari. Qadoqlash idishlarining kimyoviy tarkibi va asosiy xossalari.
Tara–bu mahsulot (tovar) qadoqlanadigan, joylanadigan va trnsportirovka qilinadigan yuk yoki idish. Boshqa lug`atlarda keltirilishicha, tara- bu qadoqlangan tovarlarning og`irligi hamda yuk tashish manbasi(mashina, vagon va h.k.). Yana bir ma’nosi bo`yicha tara – bu qadoqlanadigan(bochka, yashik, paket va h.k.) va qadoqlanmaydigan (konteyner)predmet yoki idishdir.
Taralar fizik-mexanik xususiyatlariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi.

  1. Qattiq ( yog`och va polimer bochkalar, yashiklar);

  2. Yarim qattiq (karton qutilar, polimer idishlar);

  3. Yumshoq (paket va qoplar);

  4. Sinuvchan (shisha va kulolchilik idishlari).

Mahsulotni qadoqlashning tovar aylanishdagi o`rni u bajaradigan quyidagi funkstiyalar bilan aniqlanadi5:
1) mahsulotlarni tashqi muxit ta’siridan, atrof-muhitni esa mahsulotning zararli ta’siridan asrash;
2) tovarni boshqa tovarlarning ta’siridan asrash ;
3) mahsulotlarning ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga harakatlanish yo`lidagi miqdor va sifatini saqlash maqsadida sharoitni ta’minlash;
4) tovar va boshqa turdagi yuklarga zarur mobillikni berish va mexanizastiyalashgan va mehnattalab jarayonlar uchun sharoitlarni yaratish;
5) tovarlarni miqdor va sifatiga ko`ra qabul qilish hamda miqdoriy hisobni soddalashtirish uchun yanada maqbul sharoitlarni yaratish;
6) tijoriy axborot va savdo reklamasi tashuvchisi rolining bajarilishi.
Yuqoridagi funkstiyalarni bajarishi uchun tara quyidagi talablarga javob berishi kerak: funkstional, ergonomik, estetik, ekologik( inson va tabiat xavfsizligi), undan tashqari ishochlilik va ijtimoiy belgisi.
Taralarga quyidagi talablar qo`yiladi:
1. Ijtimoiy belgi
2. Funkstional
3. Ishonchlilik
4. Estetik
5. Ergonomik
6. Ekologik
7. Xavfsizlik

Oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarni joylash uchun asosan quyidagi taralar ishlatiladi:



  1. Shisha idishlar.

  2. Tunuka idishlar.

  3. Polimeridishlar.

  4. Qog`oz paketlar.

  5. Kartonlar.

  6. Yog`och idishlar.

  7. Tekstil (to`qima)idishlar.

  8. Kombinirlashgan idishlar.

Oziq-ovqat sanoatida tayyor mahsulot meva va sabzavotlarni joylashda turli joylash materiallaridan foydalaniladi. Yog`och idishga-yashik, quti, bochka, bargli va tilyog`och daraxtlari yog`ochidan yasaydilar. Yog`ochdan yasaladigan idishdagi namlik 16-18 % dan oshmasligi kerak.
Karton idishlarga-kartonlardan yasalgan yashik, quti, stakanlar kiradi. Kog`oz idish-pishiq kog`oz qop, paket, o`rov kog`ozi, yog` shimmaydigan kog`ozlardir.
Matodan tikilgan idishlarga-kanop, yarim kanop, ip-gazlama kabilardan tikilgan idishlar kiradi. Matodan tikilgan qoplar mahsulotni ifloslanishidan tejamli foydalanishga imkon beradi.
Shisha idishga-turli sig`imdagi butilka, banka, balonlar kiradi. Bunday idishlarda mahsulotlar yaxshi saqlanadi.
Metall idishlarga-tunukadan tayyorlangan bochka, flyagalar, banka tunuka yashiklar va alyumin folgalar kiradi.
Polimer materiallaridan tayyorlangan idishlar butilka, banka, stakan, flyaga, plyonka kiradi. Bunday idishlarning barcha turi muayyan talablarga javob berishi lozim: mahsulot bilan idish o`zaro ta’sir qilmasligi, mahsulotning rangi, hidi, ta’mini buzmasligi, tarkibida kishi organizmi uchun zararli moddalar bo`lmasligi shart.
Oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarni joylash uchun va germetik uzoq muddatga saqlashda turli materiallardan tayyorlangan har-xil idishlar qo`llaniladi. Ular tunuka va shisha idishlari, butil va butilkalar, alyuminiy idishlar, alyuminiy qopqoqli shisha idishlar; qog`oz paketlar, quti va korobkalar, yog`och idishlar bo`lib bir-biridan ko`rinishi bilan va materiallar turi bilan farq qiladi.
Idishlarning nomlanishi davlat standartida «Konserva uchun metal bankalar» degan termin bilan yuritiladi. Ularni solishtirib qaraganda bir-biridan farq qiluvchi tomonlari, ya’ni kamchiliklari va ustunlik tomonlari bor. Germetik yopiladigan idishlarga solingan mahsulotlar sterilizastiya yoki pasterizastiya qilinadi.
Germetik yopilmaydigan idishlarga asosan yog`ochdan qilingan bochka va qutilar, fanyerdan qilingan quti va barabanlar, karton korobkalari, qog`oz xaltalari, plastmassadan qilingan quti va lotoklar kiradi. Yog`ochdan qilingan bochkalar povidlo, djem, tuzlangan tomat pastalarini joylab saqlashda qo`llaniladi.
Quritilgan meva va sabzavotlar fanyerdan qilingan quti va barabanlarda, ayrim hollarda esa qog`oz qoplarga solinadi.
Tayyor konserva mahsulotlarini transportirovka qilishda ularni karton qutilarga joylanadi. Parafinli karton korobkalari muzlatilgan meva, sabzavot va tayyor taomli konservalar uchun qo`llaniladi.
Plastmassadan qilingan qutilar butil va butilka idishlarini transportirovka qilishga mo`ljallangan.



Download 7,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish