Yog`larni saqlash va tayyorlash.Rafinastiyalangan yog`lar saqlashga chidamsiz, chunki, ularni tarkibidan tabiiy antioksidant moddalar ajratib olingan. Shuning uchun rafinastiyalangan va dezodoratsiyalangan yog`larni saqlash 24 soatdan oshmasligi va turlariga qarab alohida saqlanishi kerak.
Saqlash baklarida bug` ko`ylaklari bo`lib, ular yordamida iliq suv bilan haroratni bir me’yorda ushlab turiladi. Saqlash baklarida harorat suyuq yog`lar uchun 250S dan oshmasligi kerak. Qattiq yog`lar uchun esa ularni erish haroratidan 5-60S baland bo`lishi shart.
Rafinastiyalangan yog`larni saqlash muddatini uzaytirish uchun, inert gaz atmosferasida saqlash tavsiya etiladi. Zavodlarda bunday gazlar sifatida azot yoki karbonat angidrid gazlaridan foydalaniladi.
sheluxa raf. moy salat moyi mayonez
c
1
2
3
4
6
7
higit
margarin
5
8
9
salomas
gudron sovun
10
11
DYoK
Yog`-moy kombinati bo`limlari umumiy sxemasi.
Chigit xo`jaligi
Tayyorlov bo`limi
Forpress tsexi
Rafinastiya tsexi
Ekstraktsiyatsexi
Kristallizastiya tsexi
Mayonez tsexi
Gidrogenizastiya tsexi
Margarin tsexi
Yog` kislotalarini distillyatsiyalash tsexi
Sovun tsexi
Yog`-moy sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining etakchi tarmoq-laridan biridir. O`zbekistonda qadimdan o`simlik moyi kunjut, zig`ir, indov, maxsar urug`i, paxta chigiti, poliz ekinlari urug`laridan juvozlarda olingan. Respublikada yillik kuvvati 3,5 mln. tonna moyli o`simlik urug`larini qayta ishlaydigan korxonalar ishlab turibdi. Sanoatning bu tarmog`ida paxta, soya, raps moylari, meva danaklari hamda sabzavot urug`laridan moy olinib, oziq-ovqat, atir-upa va farmastevtika sanoatlari tarmoklarida ishlatiladi. Yog` moy sanoatida bu moylardan margarin mahsulotlari, mayonez, kir sovun, atir sovun, texnika maksadlari uchun boshqa turli mahsulotlar ishlab chikariladi. O`simlik moyi ishlab chikarishda yiliga o`rtacha 2,1 mln. tonnadan ko`prok paxta chigiti ishlatiladi. Yog`-sanoati korxonalari YoMK (yog`-moy kombinati), MEZ (moy ekstraktsiya zavodi) va turli xususiy kichik korxonalar ko`rinishidagi ayrim tsexlar ko`rinishida ishlamoqdalar. Barcha ishlab chiqarish va qayta ishlash tsexlaridan tashkil topgan yog`-moy kombinatining umumiy sxemasi quyidagi sxemada keltirilgan bo`lib, unda xomashyo va material xarakati bo`yicha ishlab chiqarish bo`limlarining ketma-ketligi va bog`liqligi keltirilgan.
Bunday korxonada 1,2,3 va 5 raqam bilan belgilangan belgilangan bo`limlar o`simlik moylari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etsa, 4, 6, 7, 8, 9, 10, 11- bo`limlar moylarni qayta ishlash korxonalari hisoblanadi.
Sxemadan ko`rinishicha yog`-moy korxonasidan, rafinastiyalangan moy, salat moyi, mayonez, margarin, sovun kabi tayyor mahsulotlar va sheluxa, gudron kabi chiqitlar sotuvga chiqariladi.
Zamonaviy texnologiya asosida o`simlik moylari olishning asosan ikkita usuli bor: 1. Urug` mag`zidan moyni presslab olish. 2. Kunjaradan qoldiq moyni erituvchi yordamida to`liq ekstraktsiyalab olish.
Qaysi bir usul ishlatilishidan kat’iy nazar har bir usul aniq texnologik sxema buyicha olib boriladi. Texnologik sxema deb, bir-biri bilan mantikiy jixatdan o`zviy boglangan texnologik jarayonlarning yigindisiga aytiladi. Texnologik jarayon deb, alohida omillar ta’siri ostida (bosim, temperatura, vakuum, namlik x.k.) olib boriladigan jarayonlar tushiniladi.
Texnologik jarayon o`zgarishiga ba’zi bir mexaniq, issiqlik, namlik va kimyoviy reaktivlar ta’sir etadi va jarayon o`z yunalishini o`zgartiradi. Texnologik jarayonlar asosiy, tayyorlov, yordamchi va kushimcha operastiyalardan tashkil topadi.
Respublikamiz yog`-moy sanoati yiliga 3,5-3,6 mln t chigitni qayta ishlash quvvatiga ega bo`lib ikkilamchi mahsulot sifatida 0,9-1,2 mln tonnagacha paxta shroti ishlab chiqariladi. Yog`-moy korxonalarining asosiy qismi forpress-ekstraktsiya usulida ishlaydi. Bu usul 1940 yillarda sanoatga joriy qilingan bo`lib, hozirgi kungacha keskin o`zgartirishlar kiritilmagan. Chunki forpress-ekstraktsiya usuli xomashyo tarkibidagi moyni maksimal darajada ajratib olish va gossipolni zararsizlantirish asosida ishlaydi. Olinadigan shrot tarkibidagi moy miqdori 1,5% gacha, erkin gossipol esa 0,02% gacha kamayadi.
Lekin bu texnologiya bo`yicha moy ajratish ko`payishi bilan birga sifat o`zgarishlari natijasida yo`qotishlar oshib ketadi. Olinadigan shrot tarkibidagi gossipolni kamaytirish uchun beriladigan ishlov natijasida uning tarkibidagi oqsillarni ko`p qismi qaytmas o`zgarishlarga uchraydi.
1-jadvaldan ko`rinib turganidek, 1-nav shrotning oqsil miqdori 44% bo`lsa, 2-navniki 36% gacha tushib ketadi. Tarkibidagi erkin gossipol miqdori 0,02% dan oshmasligi talab qilinib, uni asosan qora mol ozuqasida cheklangan miqdorda ishlatiladi. Parrandachilik va baliqchilikda ishlatish tavsiya qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |