1.2. Yog`-moymahsulotlarini saqlash va qadoqlash texnologiyasini xalq xo`jaligidagi ahamiyati.
Yaqin vaqtlarda dezodoratsiya va qadoqlash tsexlari faqatgina «Toshmargyog`», «Farg`ona yog`-moy» HJ larida bo`lgan bo`lsa, bugungi kunda «Urganch yog`-moy», «Koson yog` ekstraktsiya», «Guliston yog`-ekstraktsiya», «Qarshi yog`-ekstraktsiya» HJ larida bunday tsexlar faoliyat ko`rsatmoqda, yaqin kelajakda esa barcha o`simlik yog`i ishlab chiqaradigan korxonalarda dezodoratsiya qilingan va did bilan kichik hajmdagi idishlarga qadoqlangan yog` ishlab chiqariladi. Shu maqsadda bugungi kunda bir qator konstraktlar Belgiyaning «De-Smet», Germaniyaning «Lurgi», Franstiyaning «Steka-Bottlez» firmalari bilan o`simlik yog`ini dezodoratsiya qiladigan va qadoqlaydigan asbob-uskunalar keltirish bo`yicha tuzildi.
Rossiya mutaxassislari bilan hamkorlikda «Urganch yog`-moy» HJda respublikada birinchi marta movun ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo palmitin va olein kislotalari ishlab chiqarish yO`lga qo`yildi, bu chetdan keltiriladigan xomashyoning o`rniga ishlatiladi.
«Toshmargyog`» HJ ning margarin tsexida Shvestiyaning «Alfa-Laval» firmasini avtomatlashtirilgan tizimida quyma margarin ishlab chiqarish Amerikaning «Djon Braun» firmasini uskunasida 200-250 grammli plastik idishlarga qadoqlanayapti.
Turkiyaning «Duysan» xolding kompaniyasi respublikaga 40 million dollar investitsiya kirgazib, Qoraqalpog`iston respublikasining Xo`jayli yog` zavodini zamonaviy asbob uskuna bilan jihozlab, kungaboqar urug`ini keltirib dezodoratsiya qilingan va qadoqlangan yog` ishlab chiqarishi haqida kelishib olindi.
Respublikamiz mustaqilligi sharofati bilan bozorlarimiz jahon bozoriga qo`shilib borayotir, erkin savdoga yo`l ochilib bozorlarimizda chet eldan keltirilgan estetik did bilan qadoqlangan o`simlik yog`lari, xo`jalik va atir sovunlar, margarin, mayonez mahsulotlari keng assortimentda sotilayapti. Mahsulotlarimiz sifat jihatidan chet ellardan keltirilayotganlardan ustunligi ularning sof yog`lardan tayyorlanishi bo`lsa, lekin bizda ishlab chiqarilayotgan tarkibi jihatidan, margarin mahsulotlari chiroyli qadoqlanganligi, xaridorligi tushib ketmasligi uchun, chet el mahsulotlaridan orqada qolib ketmasligi uchun bir qator ishlar olib borilayapti. Shu jumladan, «Farg`ona yog`-moy» HJ da sovun ishlab chiqarish tsexini qayta jihozlab Italiyaning «Matstsoni» Uyushmaning investitsiya dasturida chet eldan keltirilayotgan xomashyo mahsulotlari ishlab chiqarishi joylarda tashkil qilish masalasi ham keng o`rin olgan:
sohadagi har bir korxonada dezodoratsiya asbob uskunasi o`rnatilgach, ozuqaviy yog` ishlab chiqarish hajmi ekstraktsiya yog`ini tozalash hisobiga nihoyatda oshib, uni chetdan keltirishga hojat qolmaydi;
chetdan keltirilayotgan asbob uskunalar va ehtiyot qismlarni o`zimizda ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish;
sovun xomashyosini o`zimizda ishlab chiqarish hajmini oshirish;
oqartuvchi tuprog`ini O`zbekistonda kerakli miqdorda ishlab chiqarishni tashkil etish.
Shu bilan birga respublikamizda ishlab chiqarilmayotgan, lekin xaridorgir mahsulotlarni – olif moyi, kazein elimi, ozuqaviy spirt, antifriz, tormoz suyuqligi kabilarni ishlab chiqarish ham amalga oshganligini hisobga olganda kelajakda import o`rnini bosa oladigan xomashyo, mahsulotlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish natijasida yiliga 40 million dollargacha mablag`ni iqtisod qilish mo`ljallanayapti.
Yog`-moy sanoati 2001-2005 yillarga mo`ljallangan rekonstrukstiya va qayta texnik ta’mirlash dasturida belgilangan ishlar amalga oshirilgach sanoat korxonalarida jahon andozalari talabiga javob beradigan quyidagi mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi:
dezodoratsiya qilingan o`simlik yog`i 40ming tonna;
PET idishlarga qadoqlangan o`simlik yog`i 21,5 ming tonna;
Kuzbas-lak 5000 tonna;
Granula holatiga keltirilgan shrot 120 ming tonna;
Bo`yoq ishlab chiqarish 1000 tonna;
«A» markali olein kislotasi 400 ming tonna.
O`zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatining asosiy qismlaridan biri yog`-moy sanoati hisoblanadi. Respublika aholining moyga bo`lgan ehtiyojini, shuningdek xo`jalik va atir sovuniga, yuvuvchi kukunlarga sifatli plyonka hosil qiluvchi moddalarga va boshqa mahsulotlarga bo`lgan ehtiyojini qondirish uchun yog`-moy korxonalari o`zining ishlab chiqarish bazasini intensiv kengaytirib bormoqda.
Yaqin vaqtlargacha dezodoratsiya va qadoqlash tsexlari faqatgina «Toshmargyog`», «Farg`ona yog`-moy» HJlarida bo`lgan bo`lsa, bugungi kunda bunday tsexlar 18 ta yog`-moy korxonasida faoliyat ko`rsatmoqda, sanoat bO`yicha o`simlik yog`ini qadoqlash quvvati 119325 tonnaga etkazildi, yaqin kelajakda esa barcha o`simlik yog`i ishlab chiqaradigan korxonalarda dezodoratsiya qilingan va did bilan kichik hajmdagi idishlarga qadoqlangan yog` ishlab chiqariladi.
Chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil qilish va mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish bo`yicha Rossiya mutaxassislari bilan hamkorlikda «Urganch yog`-moy» HJda respublikada ilk dafa sovun ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo – palmitin va olein kislotalarini soapstokdan ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi, bu chetdan keltiriladigan import xomashyosining o`rniga ishlatiladi.
«Toshmargyog`» HJ ning margarin tsexida Shvestiyaning «Alfa-Laval» firmasini avtomatlashtirilgan tizimida quyma margarin ishlab chiqarish yo`lga qo`yilib Amerikaning «Djon Braun» firmasini uskunasida 200-250 grammli plastik idishlarga qadoqlanayapti, mahalliy xomashyolardan foydalanib margarinning «Parxez», «Salomatlik», «Dilafruz», «Na’matak» turlari ishlab chiqarilmoqda. Bu margarinlarga mahalliy ziravor o`simliklar ekstraktlari qo`shilgan.
«Yangiyo`l yog`-moy» HJ da rafinastiya tsexida Shvestiyaning «Alfa- Laval» firmasining separatori o`rnatildi. «Kagan yog`-ekstraktsiya» HJ da PET butilkalarni shishirish moslamasi o`rnatildi.
Amerikaning «Atlanta Kommersial LLS» kompaniyasi bilan PET preformalar ishlab chiqaradigan «PET Plast oyl» qo`shma korxonasi.
Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on yog`-moy korxonasini, Xorazm viloyatining «Urgench yog`-moy» korxonasini, Qoraqalpog`iston respublikasining xo`jayli yog` zavodini zamonaviy asbob uskuna bilan jihozlab, yangi texnologik tizimlar o`rnatilib kungaboqar urug`idan o`simlik yog`i ishlab chiqarish texnologiyasi o`zlashtirildi.
Uyushmamiz soha uchun an’anaviy bo`lmagan ishlab chiqarishlarni yo`lga qo`ydi. «Buxoro yog`-ekstraktsiya»HJda Franstiyaning «Steka Bottlez» firmasida ishlab chiqarilganuskunada 1,5 litrli PET idishlarda «Buxoroi-sharif» mineral suvi qadoqlana boshlandi, hamda 30 xil ekologik toza xushbo`y dorivor o`tlar, asal, meva sharbatlari asosida «Ibn Sino» balzami yaratilib 0,5 litrli idishlarga qadoqlanayapti.
Uyushma Argentinaning «Surte S.A.» firmasidan shifobaxsh xushbo`y o`tlarni va choyni qadoqlaydigan asbob uskunalar sotib oldi. Bu uskunalar «Uchqo`rg`on yog`-ekstraktsiya» HJ va «Markaz» HJ qoshidao`rnatilganbo`lib, qadoqlangan mahsulotlar iste’molchilarga etkazib berilayapti.
O`simlik yog`ini sifatini yaxshilash uchun ilmiy-tekshirish institutlari bilan birgalikda yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishgajoriy qilinayapti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi «Gossipol» laboratoriyasi va Fanlar Akademiyasining «Tabiiy birikmalar kimyosi» instituti bilan hamkorlikda «Qarshi yog`-ekstraktsiya» HJ da kunjarani karbomid eritmasi bilan namlash texnologiyasi joriy etildi, buning natijasida ekologik toza, ya’ni 6 qizil birlik rangli yog` hamda tarkibida gossipoli kam bo`lgan, parrandachilik sanoatida ham ishlatsa bo`ladigan kunjara ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Natijada olinayotgan ekologik toza raqobat bardosh «Yog`du» o`simlik yog`ini sanoat miqyosida tayyorlanmoqda. Bu texnologiyani boshqa korxonalarimizda ham qo`llash mo`ljallanmoqda.
«Effektiv oyl» MChJ da shifobaxsh shaftoli yog`i hamda glitserin kichik idishlarga qadoqlanib dori sifatida sotuvga chiqarildi, bugungi kunda bu mahsulotlarga yangi sertifikat olish ustida ish olib borilayapti.
1.3. Qadoqlash usullari va qo`llanilishiga bog`liq holda qo`yiladigan talablar. Qadoqlash usullarini amalga oshirish uchun qo`llaniladigan tayyorlov jarayonlari, ularning sinflanishi va maqsadi.
Respublika yog`-moy sanoatida texnik paxta chigitini kompleks chiqindisiz qayta ishlash texnologiyasini joriy etilgan, turdosh korxonalar o`rtasida tijorat prinstiplariga asoslangan, hamda uyushma tarafidan mavjud quvvatlar bo`yicha olib boriladigan hisob-kitob bo`yicha chuqur kooperastiya aloqalari o`rnatilgan. Rafinastiya jarayonida hosil bo`ladigan chiqindi paxta soapstogi xom va distillangan yog` kislotalari ishlab chiqarish tsexlari bor zavodlarga jo`natiladi, ishlab chiqarilganxom va distillangan yog` kislotalari xo`jalik sovuni ishlab chiqaradigan korxonalarga jo`natiladi. Rafinastiyalangan ekstraktsiya yog`i turdosh korxonalardan «Toshmargyog`» va «Farg`ona yog`-moy» korxonalariga jo`natiladi. «Farg`ona yog`-moy» hissadorlik jamiyatida yog` kislotalari ekstraktsiya yog`i gidrogenizastiya qilinib, texnik salomas yog` kislotalari olinib xo`jalik sovuni ishlab chiqaradigan korxonalarga jo`natiladi, gidrogenizastiya va ajratish natijasida ishlab chiqarilgan glisterin eksport qilinadi.
«Toshmargyog`» HJ da olingan ekstraktsiya yog`i gidrogenizastiya qilinib, ishlab chiqarilgan rafinastiya qilinmagan ozuqaviy salomas xomashyo sifatida sovun zavodlariga jo`natiladi, rafinastiya qilingandan keyin margarin ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |