IX
bob
. ORGANIK OLAMNING TARIXIY RIVOJLANISHI.
Tayanch tushunchalar va bilimlar:
Eralar, davrlar. Ularning davomiyligini
aniqlash usullari. Eralar va davrlarda o`simlik va hayvonlardagi evolyutsion
jarayonlar. Hayotning tuzulish darajalari. Biogeotsenoz – evolyutsion jarayon
maydoni.
1.
Yerning geoxronologiyasi.
Yerning va undagi turli qatlamlarning yoshini aniqlashda, odatda, radioaktiv
elementlarning parchalanishi asosiy mezon qilib olinadi. Olib borilgan hisoblarga
ko`ra, 1 kg uran har 100 million yil ichida parchalanib, undan 985 g uran qolib, 13 g
qo`rg`oshin va 2 g geliy hosil bo`ladi. Yerning turli qatlamlarida uchraydigan
qo`rg`oshin va geliyning bir-biriga nisbatiga qarab, uning geologik yoshi aniqlanadi.
Radioaktiv usul natijalariga ko`ra, yer taxminan bundan 4,7 mlrd yil ilgari paydo
bo`lgan deb taxmin qilinadi.
Yerning turli qatlamlariga qarab, yer paydo bo`lgandan to hozirgacha bo`lgan
tarixiy rivojlanishi 5 ta eraga bo`linadi, Ular arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy
va kaynozoy eralaridir. Arxey, proterozoy eralaridagi hayot namunalari ko`z ilg`amas
darajada mayda bo`lgani sababli bu ikki era kriptozoyga, paleozoy, mezozoy,
kaynozoy eralarida tirik mavjudotlar yirik bo`lgani e’tiborga olinib mazkur eralar
fonerozoyga birlashtiriladi. Qayd qilingan eralarning keyingi uchtasi o`z navbatida
davrlarga bo`linadi. Chunonchi, paleozoy erasi 6, mezozoy erasi 3, kaynazoy erasi
2 davrga bo`linadi
2. O`simliklar va hayvonlar evolyutsiyasi.
Arxey erasi.
Arxey erasi birinchi geologik era bo`lib, 800—900 million yil
davom etgan. Mazkur era qatlamlarida organik hayot qoldiqlari deyarli juda kam
topilgan. Bu hodisa, bir tomondan, o`sha erada yashagan organizmlar tuzilish
jihatdan nihoyatda tuban ekanligi, ikkinchi tomondan esa arxey erasidagi qatlamlar
yuqori temperatura va bosim ta’sirida o`zgarganligi bilan izohlanadi. Bular tufayli
organizm qoldiqlari saqlanmagan. Arxey erasi qatlamlarida ohak, marmar uchrashi
o`sha davrda prokariotlar — bakteriyalar, ko`k-yashil suvo`tlar yashaganligining
nishonasidir. Arxey erasining so`nggi qatlamlaridan ko`p hujayrali hayvonlar,
masalan, gidroid poliplar, kovakichlilar, ipsimon yashil suvo`tlarning qoldiqlari
ham topilgan. Bakteriyalar faqat suvda emas, balki quruqlikda ham tarqalgan,
natijada quruqlik va atmosferadagi anorganik moddalar organik moddalarga
aylanishi, ular esa quruqlikda boshqa organizmlar tomonidan parchalanishi
oqibatida faqat suvda emas, quruqlikda ham geterotrof organizmlar vujudga kelgan
bo`lishi mumkin. Arxey erasida quruqlikda tarqalgan organizmlarning ta’siri,
shuningdek, tog` jinslarining yemirilishi bilan tuproq hosil bo`lish jarayoni
boshlangan. Bu eradagi hayot uglerod birikmalari sekin-asta moddalarning
planeta bo`ylab biogen yo`l bilan aylanishiga sababchi bo`lgan. Suvo`tlar ko`p
miqdorda kislorod ajratib, suv va atmosferani kislorodga boyitgan.
Binobarin, arxey erasida hujayrasiz formalardan, yadro oldi hujayrali formalar,
ya’ni prokariotlar — bakteriyalar, ko`k-yashil suvo`tlar, ulardan esa eukariotlar
paydo bo`lgan. Ba’zi bakteriyalarda uchraydigan xemosintez suvo`tlar paydo
bo`lishi bilan o`z o`rnini fotosintezga bo`shatib bergan. Avtotrof organizmlarning
hayot faoliyati natijasida bo`lgan organik birikmalar geterotrof organizmlar paydo
bo`lishi uchun qulay sharoit tug`dirgan. Hulosa qilib aytganda, arxey erasidagi
109
organik olamning rivojlanishida aromorfoz tipidagi 3 ta katta o`zgarish ro`y
bergan, bular: 1) jinsiy jarayoni; 2) fotosintez jarayoni; 3) ko`p hujayrali
organizmlarning vujudga kelishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |