Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

4- jadval
 
Prokariot va eukariot organizmlarni taqqoslash
Xossalari
Prokariotlar
Eukariotlar
Organizmlar guruhi Bakteriyalar, sianobakteriyalar
Sodda organizmlar. 
zamburug`lar, yashil 
o`simliklar
Hujayrasining yirik 
maydaligi
Mayda, odatda, 1 dan 10 mkm gacha
Yirik, odatda, 10 dan 
100 mkm gacha
Metabolizm 
va 
fotosintez jarayoni
Anaerob yoki aerob
Aerob
Harakatchanligi
Harakatsiz yoki flagellin oqsilidan 
iborat 
xivchinlar 
yordamida
harakatlanadi
Odatda, 
harakatchan 
mikronaylardan 
iborat 
kipriklar va xivchinlar 
yordamida harakatlanadi
Hujayra qobig`i
Ma’lum 
miqdordagi 
qand 
va 
peptidlardan tuzilgan
Sellyuloza yoki xitindan 
tuzilgan 
hayvonlarda 
uchramaydi
Organellalari
Organellasi membrana bilan cheklangan, 
uchramaydi
Mitoxondriyalar 
va 
xloroplastlar
Genetik uyushmasi Sitoplazmadagi DNK halqasi
DNK 
xromasomada
joylashgan 
va 
yadro 
membranasi 
bilan 
qoplangan. 
Ko`payishi
Ikkiga bo`linish yo`l bilan
Mitoz va meyoz yo`li 
bilan
Hujayra tuzilishi.
Asosan bir hujayrali
Asosan ko`p hujayrali 
va hujayralar 
tabaqalangan
Bu esa, o`z navbatida, xilma-xil avtotrof va geterotrof organizmlarning 
rivojlanishiga va ularda moddalar almashinuvi jarayonining jadal sur’atlar bilan 
borishiga sharoit yaratdi. 
Taxmin qilinishicha, eukariot organizmlar bundan 1,5 mlrd yil ilgari paydo 
bo`lgan. Ularning kelib chiqishi haqida ikki xil faraz bor. Ularning biri autogen
ikkinchisi simbiotik nomini olgan. Autogen farazga ko`ra, eukariot hujayra 
prokariot hujayra doirasidagi tabaqalanish natijasida ro`y bergan. Avvalo, bu 
tabaqalanish membrana va uning sitoplazmaga kelib cho`kishi hisobiga ichki 
strukturalar hosil bo`lgan va ular hujayra organoidlariga aylangan. Qayd etilgan 
o`zgarishlar qadimgi prokariotlarning qaysi guruhlarida amalga oshganligini aytish 
qiyin. 
Hujayraning simbiotik yo`l bilan kelib chiqqanligi haqidagi farazni 
Amerika olimasi L. Margulis himoya qilgan. Yadrodan tashqari, plastida va 


103 
mitoxondriyalarda DNK borligi va ular mustaqil ravishda bo`linish yo`li bilan 
ko`payishi mazkur faraz uchun asos hisoblanadi. Margulis qayd etishicha, 
eukariot hujayraning kelib chiqishi bir necha bosqichdan iborat bo`lgan. Dastlab 
amyobasimon prokariot ichiga mayda aerob bakteriyalar kirib, simbiotik usulda
hayot kechirgan. Keyinchalik ular o`z mustaqilligini yo`qotib, mitoxondriyalarga 
aylangan. Ikkinchi bosqichda simbiotik prokariot hujayra ichiga spiroxetasimon 
bakteriya joylashib, ular ham oldin simbiotik usulda yashab, keyin o`z mustaqilligini 
yo`qotib, kinetosomalar, sentrosoma va xivchinlilarga aylangan. Shundan so`ng 
sitoplazmada diffuziya holatida joylashgan DNKning membrana bilan o`ralib, 
alohidalanishi natijasida, dastlabki eukariot hujayralar hosil bo`lgan. Ularning 
evolyutsion taraqqiyoti tufayli zamburug`lar bilan hayvonlarning kelib chiqishiga 
sabab bo`lgan.
Yuqorida qayd qilingan tuzilishga ega eukariot hujayralar rivojlanishining 
uchinchi bosqichida ular ichiga sianobakteriya joylashib, oldin simbiotik usulda 
yashagan, so`ngra ular ham o`z mustaqilligini yo`qotib, plastidalarga aylanishi tufayli 
dastlabki eukariot o`simlik hujayralari paydo bo`lgan. Ular barcha o`simliklarning 
rivoji uchun asos bo`lgan. Olimlarning qayd qilishicha, bioximiyaviy jarayonlarning 
borishi bo`yicha sianobakteriyalar anaerob va aerob organizmlar
orasida joylashgan. 
Dastlabki eukariot hujayralilar taxminan 25000—24000 mln yil ilgari paydo bo`lgan. 
Bu davrga kelib, atmosferada kislorod ko`p bo`lganligi va eukariotlar o`z tabiatiga 
ko`ra aerob ekanligi sababli ular muhitga tez moslashgan. Eukariot hujayralarning 
turli-tuman xillari 1 mlrd yil ilgari paydo bo`lib, ularning ba’zi bir xillarida jinsiy 
urchish kuzatilgan.
a) dastlabki tirik hujayralar mayda yumaloq anaerob holatda bo`lgan va 
abiogen yo`l bilan hosil bo`lgan organik moddalarni bijg`itish tufayli ajralgan 
energiya hisobiga yashagan; 
b) tayyor oziqaning kamayishi natijasida ulardan fotosintez qiluvchi 
organizmlar hosil bo`lgan. Lekin ularda fotosintez anaerob usulida ro`y bergan. 
Atmosferadan yerga tushgan ultrabinafsha nurlar ammiakni parchalab,
atmosferada azotning ko`p yig`ilishiga sabab bo`lgan; 
v) bundan taxminan 2 mlrd yil ilgari aerob fotosintez qiluvchi
prokariotlarning — hozirgi sianobakteriyalarning ajdodlari paydo bo`lgan. Bu 
mikroorganizmlar stromatolitlarni hosil qilib, kislorod ajratgan, lekin 100 mln yil 
davomida kislorod okeandagi temir bilan reaksiyaga kirishib, atmosferada 
to`planmagan; 
g) okeandan temir va shu singari metallar ajralganidan so`ng, atmosferada 
kislorod to`planib, hozirgi darajaga etgan. Bu biologik evolyutsiyaga o`z ta’sirini 
ko`rsatgan. Anaerob organizmlar kislorodsiz joylarga ko`chib, fotosintez uchun 
qulay, joylarni sianobakteriyalar egallagan. Shu usulda azotni fiksatsiya qiluvchi 
organizmlar ham anaerob hayot sharoitiga ko`chgan yoki geterotsista hosil qilib 
himoyalangan. Atmosfera ozoni (O
3
qavat) hayot uchun xavfli ultrabinafsha 
nurlarning ko`pchiligini yerning toza qismlariga o`tkazmagan; 
d) atmosferada kislorod ko`payishi tufayli va u bilan nafas oluvchi hujayralar 
rivojlanishi natijasida ularda moddalar almashinuvi samaradorligi yuqori bo`lgan.
Nihoyat, 1450 mln yil ilgari dastlabki eukariot hujayrali formalar rivojlanib, 
ular to`lig`icha aerob muhitda yashashga moslashgan. Mazkur organizmlarda jinsiy 


104 
yo`l bilan ko`payishning paydo bo`lishi ularning xilma-xil bo`lishiga va 
takomillashuviga imkon bergan. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish