3.Yerda hayotning paydo bo`lishi to`g`risida biokimyoviy faraz.
Olimlardan A. I. Oparin 1924 yili, Dj. Xoldeyn 1928 yili yerda hayot qanday
paydo bo`lganligi haqida abiogen farazini yaratdilar. Oparin hayot paydo bo`lishi
to`g`risidagi farazni yaratishda astrofizika, astroximiya, geologiya, bioximiya va
boshqa fan yutuqlarini e’tiborga oldi. Akademik Oparin o`z farazida yerdagi hayot
boshqa planetalardan ko`chib kelmaganligini, balki materiyaning milliard yillar
davom etgan rivojlanishi natijasi ekanligini qayd qildi.
Oparindan mustasno ravishda ingliz olimi Xoldeyn o`z maqolasida hayot abiogen
yo`l bilan paydo bo`lganligini yoqlab, tubandagi fikrlarni aytgan. Ultrabinafsha
nurlar ta’sirida yerning dastlabki atmosferasida har xil organik moddalar, shu
jumladan, qand va ba’zi bir aminokislotalar sintezlangan. Ular esa oqsilning
tuzilishi uchun juda zarur birikmalar hisoblanadi. Shunday birikmalar dastlabki
okean suvida yig`ila borgan va bulyon holatiga kirgan. Ana shu bulyondan hayot
paydo bo`lgan.
1947 yili boshqa ingliz olimi. Dj, D. Bernal «Hayotning fizik qonunlari»
maqolasida organik moddalar okean suvida eritma holatda bo`lgan, keyinchalik
ularning
konsentratsiyasi
shunchalik
oshganki,
oqibatda
polimer
va
makromolekulalar hosil bo`lgan. Bunday jarayonning kechishida okean suvining
qirg`oqqa toshishi va qaytishi muhim rol o`ynagan. Organik birikmalarning dengiz
va chuchuk suv loyqalari bilan aralashuvi organik moddalar kondensatsiyasining
kuchayishiga va makromolekulalar hosil bo`lishiga yordam bergan.
Hozirgi vaqtda yerda mavjud barcha organik moddalar biogen yo`l bilan,
ya’ni tirik organizmlarda sodir bo`ladigan fotosintez va xemosintez natijasida
vujudga keladi. Hayotdan nom nishon bo`lmagan qadimgi davrlarda esa bunday
moddalar abiogen yo`l bilan paydo bo`lishi tabiiy bir hol edi.
Oparin faraziga muvofiq, yerda hayot paydo bo`lishi bir necha bosqichga
97
bo`linadi. Birinchi bosqich haqiqatan ham yerning tarixiy rivojlanishida ro`y
berganligini radioastronomiya yutuqlari asosida bilvosita isbotlash mumkin. Keyingi
yillarda olingan ma’lumotlarga ko`ra, yulduzlar olamida uglerodning xilma-xil
birikmalari va formaldegid, sian va uning mahsulotlari ko`plab uchraydi. Bu
ma’lumotlarning o`zi organik moddalar abiogen yo`l bilan vujudga kelishi
mumkinligini va bu jarayon faqat hayot paydo bo`lguncha emas, hatto yer va boshqa
sayyoralar shakllanguncha ham ro`y berganligini isbotlaydi. Shu nuqtai nazardan
olganda, Oy, kometa, ayniqsa, meteoritlarni o`rganish diqqatga sazovordir. Ularda
uchraydigan uglerod birikmalarini tadqiq etish, qadimgi davrlarda kimyoviy
evolyutsiya qanday yo`nalishda borganligini aniqlashga yordam beradi. Kosmik
kemalar va stansiyalar yordamida yerga olib kelingan Oydagi jismlar
namunasini o`rganish, ularda oz miqdorda organik moddalar borligidan dalolat
berdi. Organik moddalar, ayniqsa, ko`mirsimon xondritlar nomini olgan
meteoritlar xilma-xil organik birikmalarga, jumladan, aminokislotalarga va hayot
uchun
zarur
bo`lgan
boshqa
moddalarga
boy.
1968—1969
yillarda
radiospektroskopiya yordamida yulduzlar orasida organik moddalardan formaldegid
va ammiak borligi aniqlandi. Umuman olganda hozirgi vaqtda Galaktikada ammiak,
suv, formaldegid mavjudligi uzil-kesil hal etilgan. Axir Quyosh sathidagi
temperatura 6000° ekanligi va koinotda hayot uchun xavfli ultrabinafsha, rentgen
nurlar, elektr zaryadlari ko`pligi e’tiborga olinsa, qayd qilingan organik moddalar
abiogen yo`l bilan vujudga kelganligiga shubha qilmasa ham bo`ladi (19-rasm).
Organik moddalarning abiogen usulda paydo bo`lishi faqat nazariy jihatdan
emas, balki amalda ham isbotlandi. Masalan, Amerikalik olim Miller dastlabki yer
atmosferasida ko`proq uchragan deb taxmin qilingan ammiak, metan, vodorod va
suv bug`ini shisha kolba ichiga joylashtirib, undagi temperaturani 80˚ ga yetkazib,
apparatning kengroq qismi devorlariga kavsharlangan elektrodlar orqali elektr
zaryadlari berilsa, kolbadagi suyuqlikning rangi o`zgarib, aminokislotalar va
boshqa organik moddalar hosil bo`lganligini aniqlagan.
Olimlardan Pavlovskaya va Pasinskiylar yuqoridagi gazlar aralashmasidagi
vodorod o`rniga uglerod oksidni qo`shdilar va ularga ultrabinafsha nurlar ta’sir
ettirib, aminokislotalar olishga muvaffaq bo`ldilar. Eybelson metan, ammiak,
vodorod, suv bug`i, uglerod oksidi, karbonat angidrid, azotdan iborat gazlar
aralashmasidan aminokislotalar hosil bo`lishini isbotladi. Doze va Raevskiy bunday
dastlabki gazlar aralashmasiga rentgen nurlari ta’sir ettirish orqali har xil
aminokislotalar olish mumkinligini ko`rsatdilar.
Yer sayyorasi tarkibida qadimgi zamonda uglerodlarning metallar bilan
birikishidan hosil bo`lgan karbidlar ko`plab uchraydi. Aftidan, yerning markaziy
o`zagi temir, nikel va kobaltning uglerod bilan qo`shilishidan hosil bo`lgan
karbidlardan iborat bo`lsa kerak. Ehtimol, bunday karbidlar yerning rivojlanishi
tarixining ma’lum davrlarida yuza joylashgandir. D. I. Mendeleev karbidlar suv
bilan birikishi natijasida uglevodorodlar hosil bo`lishini ko`rsatib o`tgan edi.
Shunday qilib, hayot paydo bo`lishidagi birinchi bosqich turli moddalarning
kimyoviy evolyutsiyasi natijasida oddiy molekulalardan iborat organik moddalar
paydo bo`lishi bilan izohlanadi. «Mayda organik molekulalar paydo bo`lib,
rivojlangandan so`ng, keyingi har xil xossa va tuzilishga ega polimer birikmalarni
hosil etish bilan bog`liq muhim ikkinchi bosqich boshlanadi. Yaponiya olimi
98
19-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |