Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

(Dj. Shopf bo`yicha). Kembriy davrigacha dastlabki tirik hujayralar (a) 
chamasi mayda sharsimon anaeroblar bo`lgan, atrof- muhitda kislorod juda oz miqdorda 
bo`lgani sababli aerob hujayralar kislorodsiz muhitda nobiologik usulda paydo bo`lgan 
organik moddalarni bijg`itish hisobiga yashagan. Biroq keyinchalik fotosintezlovchi 
organizmlar (v) rivoji tufayli bunday oziq moddalarning ahamiyati kamaygan. Dastlab 
fotosintez to`liq kislorodsiz muhitda amalga oshgan. Bu davrda ro`y bergan bir ajoyib 
hodisa azotnnng birikishidir, aks holda yerga bevosita taralayotgan ultrabinafsha nurlar 
ammiak (NN
3
) zapas parchalab yuborgan bo`lur edi. Taxminan 2 mlrd yil ilgari (v) hozirgi 
sianobakteriyalar ajdodlarida aerob fotosintez paydo bo`lgan. Stromatolitlarning 
to`planishiga olib kelgan bu mikroorganizmlar taxminan 100 mln yillar mobaynida O
2
 
ajratgan bo`lsa ham, atmosferada kislorod to`planmay, u okean suvlaridagi yerigan temir 
bilan birikib, kuchli temir chiqindilarini hosil qilgan.


99 
Akaborining taxminiga ko`ra, dastlabki oqsillar sintezi uchun tayyor 
aminokislotalar bo`lishi shart emas. U laboratoriya sharoitida formaldegid, ammiak 
va vodorod sianid aralashmasidan oldoqsil moddalar vujudga kelishi mumkinligini 
aniqladi. 
Nuklein kislotalarning abiogen yo`l bilan paydo bo`lishi mumkinligini 
isbotlashda nemis bioximigi Shramm o`tkazgan tajribalar diqqatga sazovordir. 
U 2 ta elektrodli kavsharlangan kolba ichiga shakar, azotli asoslar hamda fosfat 
kislota tuzlari eritmasini solib, uni 80° gacha isitgan va undan elektr zaryad 
o`tkazgan. Bu eritmalar aralashmasi bir necha kundan keyin tekshirilganda, ularda 
DNK va RNK tipidagi moddalar, ya’ni nukleotidlar borligi ma’lum bo`lgan. Old 
biologik sintez uchun zarur energiya elektr uchqunlari, ultrabinafsha nurlar va 
radioaktiv moddalarning parchalanishidan olingan. 
Dj. Bernal oldbiologik birikmalarning konsentratsiyalanishi suvda emas, balki 
keng tarqalgan minerallarning yuza qismida ro`y bergan, degan edi. Bu fikrni 
Isroil institutida ishlayotgan Aron Kachalskiy ham tajriba asosida isbotlab bergan. 
Oldbiologik moddalarning konsentratsiyalanishi va polimerlanishi muzlash va isitilib 
kurishi tufayli amalga oshgan bo`lishi mumkin, chunki Miller va Orgeli 
eritmalarning konsentratsiyasi ulardagi suv muzlatganda ortishi mumkin, deydilar. 
Foks esa quritilgan aminokislotalar aralashmasini 130° isitganda, ularda 
polimerlanish ro`y berganligini va proteinoidlar hosil bo`lganligini tajribada 
isbotlagan. Shunga asoslanib, u dastlabki okeanda sintezlangan aminokislotalar 
vulqon kukunlari bilan aralashib turishi va polimerlanishi mumkin, so`ng 
polimerlanish mahsuloti bo`lgan proteinoidlar yana suvda yuvilib, okeandagi boshqa 
oldbiologik moddalar bilan reaksiyaga kirishgan bo`lishi kerak, deb taxmin qilgan. 
Oldbiologik sistemalar, ehtimol, nisbatan bir butun agregat bo`lib, dastlabki 
oziq bulyonidan farq qilgan bir xil organik moddalar eritmasidan ajralib chiqqan 
bo`lishi mumkin. Chamasi koatservat tomchilar ham shu usul bilan paydo bo`lgandir. 
Koatservat tomchilarning rivojlanishi dastlabki okeanda oqsilga o`xshash va yuqori 
molekulali boshqa organik molekulalarning hosil bo`lishi natijasidir. Qayd qilingan 
jarayon alohida sharoitni talab qilmaydi va u yuqori molekulali organik 
birikmalarning eng qulay usuli hisoblanadi. 
Oparin koatservat tomchilar o`z navbatida 4 bosqichda hosil bo`lgan deydi. 
1-bosqichda eritma o`z konsentratsiyasi bilan atrofdagi eritmada farqlanib ajralgan. 
______________________________________________________________________ 
Okeandagi temir va shunga o`xshashi chiqindilar (g) olingandan keyin sof kislorod 
hozirgi darajagacha ko`paygan. Muhit sharoitida ro`y bergan bunday o`zgarish biologik 
evolyutsiyaga ta’sir etmay qolmagai. Kislorodli muhitda anaerob organizmlar o`z o`rnini 
fotosintezlovchi sianobakteriyalarga bo`shatib bergan. Shunga o`xshash azotfiksatsiya-
lovchi organizmlar ham aerob hayot sharoitiga moslashdi yoki himoya geterotsistalari 
hosil qilgan. Atmosferada to`plangan kislorod azon (O
3
) qavatni hosil qilib, o`z 
navbatida hayot uchun o`ta xavfli bo`lgan ultrabinafsha nurlarning ko`p qismini yerga 
o`tkazmagan. Atmosferada kislorod ko`payishi tufayli faqat kislorodli muhitda 
yashaydigan emas, balki u bilan nafas oladigan rivojlangan. Oqibatda metabolizm 
samaradorligi oshgan. Nihoyat, 1450 mln yil ilgari eukariot (E) hujayralar rivojlanib
ular to`liq aerob muhit sharoitga moslashgan. Eukariotlarda jinsiy ko`payishning 
rivojlanishi ular xilma-xilligining ortishiga olib kelgan. 


100 
2-bosqichda koatservat tomchilar hajm jihatdan ortib, «o`sa» boshlagan. 3-
bosqichda koatservat tomchilar ham turg`un, ham dinamik holatga o`tgan, ya’ni 
tevarak-atrofdagi eritmadan turli moddalarni yutib olib, kattalashgan va reaksiya 
mahsulotlarini atrofdagi muhitga chiqargan va nihoyat, 4-bosqichda ular o`rtasida 
«tabiiy tanlanish»ga o`xshash jarayon borgan.
Ular orasida sintezlanish va parchalanish reaksiyalari mutanosib hamda davriy 
ravishda bo`lgan. Bu jarayonlarda ma’lum moddalarni regeneratsiya qilib turgan 
koatservat tomchilar yashab qolgan. Koatservat tomchilarining diametri 1—500 
mkm gacha bo`lgan. Ularning ko`pchiligi tashqi muhitdan qalin qavat, go`yo 
membrana bilan alohidalashgan. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish