XAVFLI MADANIYAT
Ommaviy madaniyat xaqida juda ko’p gapirildi. U xaqida yozishdi, uning nimaligini anglatmoqchi bo’lishdi. Kimlardir u xaqida bildi, kimlardir beparvo qo’l siltadi. Lekin xar qanday masalaning kelib chiqishi, mohiyati va qay maqsad sari xarakatlanishini xar kim xam inobatga olavermaydi. Keling, mavzuga oydinlik kiritish maqsadida, biroz tarixga yuzlanaylik. Jahonni egallashga va o’z nomlarini tarix zarvaraqalariga muxrlanishini istagan xukmdorlar o’zlari zabt etgan millat va elatlarni qilich kuchi bilan bo’ysundura olmagan paytlarida, o’sha xalqning eng nozik tarafiga xujum qilishgan. Ya’nikim, millatni millat qilib turgan, xalqni esa birlashtirib turgan kuchga, uning ma’naviyatiga raxna solishgan.
Misol tariqasida Iskandar Zulqarnayn m.a 327-yilda Baqtrya, So’g’diyona va Marg’iyonani egalladi. U bu davlatlarni bosib olgan bo’lsada, ammo u yerda yashovchi elatlar unga oshkora bo’lmasa xam, maxfiy qarshiliklar qilib turishdi. Shunda Iskandar xiyla ishlatdi. Bu ommaviy madaniyatning tarixiy ko’rinishi bo’lib, “ellinlashtirish” nomini oldi. Yunon va Turon madaniyatlari bir-biriga butunlay qorishib ketdi. Xalq vaqt o’tgan sayin ma’naviyatini yo’qotdi va zavolga yuz tutdi.
Prezidentimiz I.Karimov aytganlaridek: “ Xozirgi biz yashab turgan davrda, yadro poligonlaridan xam qudratliroq, g’oya va mafkura poligonlari mavjud” dir.
Insondagi biror-bir g’oya uning ma’naviyatidan hosil bo’ladi. Bir kishining g’oyasi birlashib millat mafkurasini tashkil etadi. Buning uchun millatga asl ma’naviyat kerak bo’ladi. Bugungi kunga kelib millatimizning qanchalik buyukligini va qadimiyligini bildek. Millat ma’naviyatini yillar mobaynida, kuchli va yot mafkuralardan saqlab kelgan jonkuyar farzandlari xaqida o’qidek va eshitdek. Ular bizlarga ulkan meros qoldirishdi. Bu meros biz uchun shunchalik muqaddaski, g’ururimiz, nomusimiz, xalovatimiz, shonu-shuxratimiz ana shu meros bilan bevosita bog’liq. Bu meros bizning ma’naviyatimizdir.
Millatni sevamiz deymiz, ammo shu sevgimizning kuchiga ishonmaymiz, millatimiz buyuk deymiz, ammo bu buyuklik nimadan iboratligini o’ylab xam ko’rmaymiz. Mevani kemirmoqchi bo’lgan qurt, xech qachon eski mevani tanlamaydi. Xuddi shunday chetdan kelib bizga madaniyat nimaligini tushuntirmoqchi bo’lganlar, o’sib kelayotgan yosh avlodni zaxrlashadi.
Amerika qamoqxonalarida bezorilar, giyohvandlar tomonidan aytilingan qo’shiqlar xozirda “pop-kultura” (ommaviy madaniyat) ning “rep” deb nom olgan musiqa yo’nalishiga aylandi. Xatto xristian dunyosi vakillari ham la’natlaydigan shaytoniy oqim tarafdorlari “got” va “emo” larning kiyimlari urfga kirdi. Ular sevib tinglaydigan “rok” musiqalar xit bo’ldi. Virtual munosabatlar, o’z xoxishicha yashash va xatto xojatxonada ham taom yeb o’tirish ana shu ommaviy madaniyat o’rgatayotgan “madaniayt” dir.
Bir naersani esda tutmoqlik kerak. Yevropa madaniayti bilan ommaviy madaniyatni xech qachon bir-biriga aralashtirmaslik kerak. Yevropaning asl madaniyati tufayli Balzak, Dyuma, Bayron, Bax, Motsart, Paskelli kabi ijodkorlar xali ham xayot. Ular yaratgan asarlar yuksak madaniy ta’limga ega. Nima uchun? Chunki u madaniyat, o’sha millatning ma’naviyatidan hosil bo’lgan. Ommaviy madaniyat atamasining o’zi odamni ensasini qotiradi. Madaniyat xech qachon ommaviy bo’lmaydi, aksincha har bir millatning tarixiga, urf-odatlariga va madaniyatiga uzviy aloqador bo’ladi.
Ommaviy madaniyatni o’ylab topganlarning fikricha har bir millat, mamlakatning milliy madaniyati va qadriyatlari eskilik sarqiti bo’lib, ular ko’z-ko’z qilayotgan madaniyat esa inson xuquqlarini cheklamaydigan, xar kim erkinligidan bemalol foydalanishga asoslangan emish. Aslida ommaviy madaniyat soyasida kirib kelayotgan axloqsizlik, bexayolik, zo’ravonlik va buzuqlik kabi illatlar, dunyodagi xech bir xalqning milliy madaniyatiga ham, umumbashariy qadriyatlarga ham to’g’ri kelmaydi. Shu o’rinda yurtboshimizning yana bir so;zlarini esga olsak. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” degan asarlarida qo’ydagi jumlalarni uchratish mumkin: “Axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq xolatlar, bugungi taraqqiyotga, inson xayoti, oila muqaddasligiva yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda”.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o’zlashtirgan holda barpo etilayotgan xuquqiy va demokratik jamiyat qurish yo’li bugun o’zini to’liq oqlamoqda. Inson xuquq va erkinliklari, fikrlar rang barangligi, xar bir xalqning an’ana va qadriyatlariga extirom ko’rsatish jamiyatimizning eng muhim tamoyillari etib belgilangan. Bunga munosib bo’lish, xar birimizning fuqorolik burchimizdir. Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni, madaniyatimzini, ma’naviyatimizni, mardlik va jasoratimizni allaqanday ommaviy madaniyatga almashtirishga esa xech kimning xaqqi yo’q. Chunki biz buyuk millatmiz, buyuk xalqmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |