MAVZU: O‘zbekiston mening Vatanim.
Sahna gullar, turli xil ko’rgazmali qurollar,shiorlar bilan bezatilgan.
1.____________________:
Ey menga ertaklar so`ylagan zamin
Ergashib izingdan qolmasman sening
O`zgalar nazdida Bog`i eramning
Jiydaning yaprog`iga olmasman sening
Vatan qayda bo’lmay sen hamrohimsan
Bobolarim yotar sajdagohimsan
2.__________________
Oftob kelin tushgan bog’laring ko’rkam
Yalpizlar yastangan dala – dashtlaring
Osmonga tutashgan oqterak o’lkam
Ko`nglimda o`zgacha sayr-u gashtlarining
Vatan qadrim uyi xonaqohimsan
Bobolarim yotar sajdagohimsan
1.Assalom-u alaykum hurmatli mehmonlar , qadrli do’stlar! .
2. Assalom-u alaykum davramizni to’ldirib turgan aziz ustozlar! .
1.Bizning 23-o’rta ta’lim maktabimizga xush kelibsiz!.
2. Biz sizlarning tashrifingiz munosabati bilan “Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!“ deb nomlangan ma’naviyat soati tayyorlaganmiz .
1.Marhamat, tinglab, tomosha qiling va hordiq chiqaring!
2.Maqsadimiz:
Vatan, aylanayin tuproqlaringdan
Bog’da gul tog’dagi giyohlaringdan
Boqsang nur yog’ilar nigohlaringdan
Ayro tushmay aslo quchoqlaringdan
Asqotdi sen o’zing qurgan zuvolam
Dunyolarni quchdi o’zbek degan nom
2.Shiorimiz :
Kimga dasht boshpana,kimgadir gulzor,
Har kimning sig`ingan sajdagohi bor.
Har hovuch tuprog`i ko`zga to`tiyo,
Biz uchun qadrdon shu aziz diyor !
1.Biz odatda ma’naviyat haqida, uning ma’no mazmuni , hayotimizdagi o’rni va ahamiyati haqida ko’p gapiramiz , to’g’rimi Hilola?!
To’g’ri aytasiz, Mahliyo . Lekin,negadir aksariyat hollarda ko’pchilik ma’naviyat o’zi nima -degan savolga aniq va lo’nda javob berishga ikkilanishadi
Ma’naviyat tushunchasini prezidentimiz I.A.Karimov o’zlarining “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch “ asarida quyidagicha ta’riflaydilar:
Ma`naviyat insonni ruhan poklanish ,qalban ulg`ayishga chorlaydigan ,odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat iymon e`tiqodini butun qiladigan,vijdonini uyg`otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.
1. Hammamizga ma’lumki, muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimov chuqur mulohazalar yuritib, xalqimiz ozodligi, hur va farovon yashashi uchun odil qarorlar chiqarmoqdalar.
2.To’g’ri aytasiz, Hilola. Shulardan biri prezidentimizning 2010-yil 12-noyabrda qabul qilgan konsepsiya haqidagi qarorlaridir.
1.Keling shu konsepsiya haqida maktabimiz o’quvchilaridan ma’lumot eshitsak!.
2.Neki ezgulik bor jahonda poydor
Joylab ola bildik, barchasin qonga.
Asrlar so’ngida tole kelib yor
Farzand bo’la bildik o’tli zamonga
1.Singdi ruhimizga mangu barhayot
Alisher she’ri-yu Pushkin bayoti
Singdi ruhimizga g’olib hissiyot
Jasur bobolarning tengsiz saboti
2.Xalqimiz uzoq va boy tarixga ega. Bizning yurtimizdan buyuk allomalar , mashhur mutafakkir olimlar yetishib chiqqan. Biz ularni doim xotirlab yashaymiz!.
1.Zero, prezidentimiz ta’biri bilan aytganda: “Biz hamisha ulug’ ajdodlarimiz bilan iftixor qilamiz. Ularning xotirasi hozir ham ona zaminimizni sharafga burkab turibdi.”
2. Mana shunday ulug’ bobolarimizdan biri she’riyat mulkining sultoni , davlat arbobi Hazrat Alisher Navoiy bobomizning yaqindagina tavallud ayyomlarini katta tantanalar bilan kutib oldik .
1.Ming yillarkim nazmiy saroyni,
Titratadi zanjirband bir sher.
Temur tig`i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher!
2.Hazrat Alisher Navoiy haqida buyuk siymolarimizdan Abdurahmon Jomiy, Husayn Boyqaro va Z.M.Boburlarning fikri.
1. Endigi navbat “Barkamol avlod!”raqsiga
2.O’zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan ulug’ zotlardan biri bu- A. Navoiy bobomizdir.
1.Biz uning mo’tabar nomi, ijodiy me’rosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so’z yuritamiz. Hozir navbat raqs to’garagi a’zosi Shokirova Z. ijrosidagi “Tanovar” raqsiga .
2. Hazrat A.Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs , milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi , millatimizning g’ururi , shan-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir.
1. Zero yurtboshimiz aytganlaridek, agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir.Inson qalbining quvonch-u qayg’usini , ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam uchraydi .
2. Navbatni “Navoiy va gado” ko’rinishiga beramiz.
1.Ona tiliga muhabbat uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi bizning ongu – shuurimiz, yurtimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib kelgan
2.Biz bu bebaho me’rosdan xalqimizni , ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsak , milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu , insoniy fazilatlarni kamol toptirishda Navoiy bobomizning meroslaridan , g’azal, ash’orlaridan foydalanishimiz mumkin .
1. Hozir davraga Hazrat Navoiy asarlaridagi qahramonlarni taklif qilamiz .
2. “Xotirasi bo’lmagan , tarixini unutgan , o’z ajdodlarining qadriga yetmaydigan millatning istiqboli yo’q” . O’zbekiston respublikasi prezidenti I.A.Karimov.
1. To’g’ri , hurmatli yurtboshimiz bu borada hech ham yanglishmaganlar. Zero, tarixsiz kelajak yo’q!
2. Keling azizlar , chiroyli g’azal, she’r va ko’rinishlardan so’ng bir ajoyib raqs tomosha qilaylik-a Shahzoda
1.Juda yaxshi bo’lardi Mahliyo.
2.Marhamat, Shokirova Z. ijrosida “Sohibqironim”raqsi
1. Hazrat A. Navoiy bobomiz haqida o’zbek adabiyotining yirik namoyondalari ajoyib she’rlar yozganlar .
2.Shunday she’rlardan biri M. Yusuf she’rini 9-sinf qizlari ijrosida tinglaymiz .
1.Biz bir haqiqatni yaxshi anglashimiz kerak . Ya’ni faqat o’tmish , ajdodlar merosiga mahliyo bo’lib qolmaslik kerak .
2.Haqiqatdan ham bobolarimiz ulug’ . Biz esa ularga munosib farzandlar bo’lib yetishishimiz kerak .
2. Marhamat davraga shu o’quvchini taklif qilami
1.Maktabimizda san’at sohasida ham yutuqlarga erishgan o’quvchilarimiz bor . Ular xalq cholg’ularidan bo’lgan rubob hamda doira chaluvchi Qahhorov Shahboz va Toirov Nusratlardir. Marhamat, navbatni ularga beramiz . Endi maktabimiz qizlari ijrosida “Laylo” qo’shig’iga tayyorlangan raqsni tomosha qilamiz.
2. Jahon miqyosida keng foydalaniladigan tillardan biri bu rus tilidir.
1. Yillar o’tishi bilan ilm fan rivoji yuksalmoqda. Bu borada bizning maktab o’quvchilari ham bir muncha bilimga egadirlar .
2. Keling, unda hozir navbatni rus tili to’garagi a’zolariga bersak.
1. Ha, ajoyib fikr. O’quvchilarimiz o’z mahoratlarini namoyish etardilar.
2.Siz aziz mehmonlar esa ularga baho berasizlar! Marhamat!
1. Mahliyo, hozir yurtimizda ko’pgina yomon illatlarni yo’qotish, ularni bartaraf etish borasida ko’p ishlar olib borilayapti . Shunday ishlardan biri fevral oyi “Yoshlar orasida narkotik moddalar tarqatishga qarshi kurashish ”oyligi deb e’lon qilinishidir.
2.Zero shoir M.Yusuf aytganlaridek:
Tamagirni tortqilab , nafsi qo’ymas deydilar
Nokas o’zi to’ysa ham, ko’zi to’ymas, deydilar
1.Shunday illatlardan biri giyohvandlik. Keling, hozir maktabimizning faol o’quvchilari tomonidan tayyorlangan “Biz giyohvandlikka qarshimiz! ” deb nomlangan sahna ko’rinishiga navbatni beramiz va shu orqali o’zimizga kerakli xulosa chiqarib olamiz
Boq bir yorug’ olamga
Kimlar zo’rg’a kun ko’rar
Odamlar bor bog’dagi
Bulbuldan ham pul so’rar
Keling,shu sahna ko’rinishidan keyin bir ajoyib raqs tomosha qilsak-a Mahliyo.
Ha, to’g’ri bizning har bir viloyatimizning o’z kuy va qo’shiqlari bir biridan ajralib turadi .
Marhamat “Bibigul” qo’shig’iga tayyorlangan raqsni tomosha qilamiz.
Ko’ringanni duolar
Qilar bizda momolar
G’animga ham omonlik
Tilar bizda momolar
Momolar har joyda bor
Bizda bori qayda bor
Bizning bo’ston qayda bor ,
Shohimardon qayda bor.
So’lim surxon qayda bor,
Samarqand non qayda bor.
O’zbekiston qayda bor.
Endi qizlarimiz ijrosida “Barkamol avlod” raqsini tomosha qilamiz.
Shuning bilan “O‘zbekiston mening Vatanim.” deb nomlangan ma’naviyat soati o’z nihoyasiga yetdi .
Do'stlaringiz bilan baham: |