NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA
Instituti FIZIKA-TEXNOLOGIYA
fakulteti FIZIKA-ASTRANOMIYA
o‘qitish metodikasi ta‘lim yo‘nalishi
3-A guruh talabasi
Shokirov Bekjonning
FIZIKA O‘QITISH METODIKASI
fanidan MUSTAQIL
DARS ISHLANMASI
DARSNING OLTIN QOIDALARI
Darsga kechikmaslik
Vaqtdan unumli foydalanish
O‘zgalar fikrini tinglay olish
O`zaro hurmatni saqlash
Diqqatni jamlash
Tartib intizomni saqlash
Mustaqil fikrlash
DARSUSLUBI:Ko`rgazmali,og`zaki
DARSUSULI:Interfaol,noan`aviy
DARSTURI:Aralash
DARS DIDAKTIKASI:ko`rgazmali plakatlar va tarqatma materiallar
Darsning shiori: O`quv qayda bo`lsa,ulug`lik bo`lar,bilim qayda bo`lsa buyuklik bo`lar
MAVZU: BUTUN ZANJIR UCHUN OM QONUNI.TOK MANBAYINING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI.
MAQSAD:
1.TALIMIY : Butun zanjir uchun om qonuni.Tok manbayining foydali ish koeffitsiyenti haqida o’quvchilarga tushuncha berish.
2. TARBIYAVIY :O`quvchilar orasida o`zaro hurmat, hamkorlikda ishlash ko`nikmalarini shakllantirish, ajdodlar bilan faxrlanish hislarini shakllantirish.
3. RIVOJLANTIRUVCHI : Nazarya bilan amaliyotni bir- biriga bog‘liqligini o‘rgatish.
MILLIY VA UMUMADANIY KOMPETENSIYA : Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e`tiborli bo`lish, fizika sohasi rivojlanishiga ulkan hissa qo`shgan allomalarimizning ibratli hayotini bilish va o`rnak olish hamda ularning fikrlari fan sohasida muhimligini anglay olish
KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYA :Mustaqil ravishda fizika qonunlarini o‘rganish.
AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENSIYA: Turli manbalardan olingan axborotlarni tahrirlash va saralash.
DARSNING TEXNIK XARITASI
N
|
DARSNING BOSQICHLARI
|
USLUBI
|
VAQTI
|
1
|
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, davomat, Samarqand kuni haqida malumot
|
10mjn
|
2
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
Musobaqa
|
5min
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
Ko‘rgazmalar, plakatlar
|
18min
|
4
|
Yangi mavzu takrorlash
|
Musobaqaning davomi tarzida tezkor savol javob
|
7min
|
5
|
Darsni yakunlash
|
O‘quvchilarni baholash uyga vazifa tayinlash
|
5min
|
1.SALOMLASHISH
O‘qituvchi: Assalomu aleykum o‘quvchilar
O‘quvchilar: Assalomu aleykum ustoz
O‘qituvchi: Bugun darsda kim navbatchi
Navbatchi: Darsda hamma bor.
O‘qituvchi: Bugungi kunga doir qanday yangiliklar bilasiz
O‘quvchilar: Bugun xalqaro erkaklar kuni
O‘qituvchi: To‘g‘ri, 1-noyabr “Xalqaro erkaklar kuni” ni butun jahon jamoatchiligi nishonlab kelmoqda. Erkaklar kuni noyabr oyining birinchi shanbasida nishonlanadi. Bu kuni erkaklar avvalambor ayollar tomonidan ko’proq e’tibor kutadilar.
2. O‘TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun tarqatma materialdan foydalanamiz: bunda savol kartochkalarini olgan o‘quvchilar berilgan kartochkalardagi savollarga javob berishlari kerak bo‘ladi. To‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar darsda rag'batlantiriladi
3. YANGU MAVZU BAYONI:
O‘tkazgichdan tok o‘tganda u qiziydi va ma’lum miqdorda issiqlik ajralib
chiqadi. Demak, energiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra, o‘tkazgich bo‘ylab
erkin elektronlar ko‘chganda elektrostatik maydon ish bajaradi. Lekin, elektr
zanjirida energiya ajralsa, energiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra, shuncha
energiya elektr zanjiriga kelishi kerak. Shunday savol tug‘iladi: bu zanjirning
qaysi qismida ro‘y beradi va qanday fi zik jarayonlar natijasida energiya elektr
zanjiriga beriladi? Dastlab aniqlashtirib olamiz: elektr zanjiridagi energiya
manbayi vazifasini elektrostatik maydon bajara oladimi?
Bajara olmaydi, chunki ko‘rib o‘tilganidek elektrostatik
maydonda zaryadni berk trayektoriya bo‘ylab ko‘chirishda bajarilgan ish
nolga teng. Demak, faqat elektrostatik maydon ta’sirida erkin zaryadlar berk
zanjir bo‘ylab harakatlana olmaydi.
Aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, zanjirning qandaydir bir qismida
zaryadlarga elektrostatik bo‘lmagan kuchlar ta’sir qilishi kerak. Bu kuchlarni
chet kuchlar deyiladi. Ular zaryadga tok mabayining ichida ta’sir qilib, aynan
shu kuchlar energiyani elektr zanjiriga yetkazib beradi.
Tok manbayida chet kuchlar ta’sirida zaryadlarning ajralishi ro‘y beradi.
Natijada manbaning bir qutbida musbat zaryad, ikkinchi qutbida manfi y
zaryad to‘planadi. Qutblar orasida potensiallar farqi vujudga keladi.
Tokning kimyoviy manbalarida chet kuchlar kimyoviy tabiatga ega bo‘ladi.
Masalan, agar rux va mis elektrodlarni sulfat kislotaga tushirilsa, ruxning
musbat ionlari, misning musbat ionlariga nisbatan elektrodini tez-tez tashlab
ketib turadi. Natijada mis va rux elektrodlar orasida potensiallar farqi vujudga
keladi: mis elektrodning potensiali, ruxnikiga nisbatan katta bo‘ladi. Mis
elektrod tok manbayining musbat qutbi, rux elektrod esa manfi y qutbi bo‘ladi.
Tok manbayida chet kuchlar erkin zaryadlarni elektrostatik maydon
kuchlariga qarshi ko‘chirishda A chet ish bajaradi.
Bu ish berilgan vaqt ichida zanjir bo‘ylab ko‘chayotgan q zaryad
miqdoriga proporsional bo‘ladi. Shunga ko‘ra chet kuchlarning bajargan
ishining zaryad miqdoriga nisbat i Achet ga ham, q ga ham bog‘liq bo‘lmaydi.
Demak, u tok manbayining xarakteristikasi hisoblanadi. Bu nisbat, ya’ni
birlik q musbat zaryadni berk zanjir bo‘ylab ko‘chirishda bajarilgan ishi
manbaning elektr yurituvchi kuchi (EYuK) deyiladi va E harfi bilan
belgilanadi:
E= (1)
EYuK kuchlanish kabi voltlarda o‘lchanadi.
Agar zanjirdagi tok kuchi I bo‘lsa, t vaqt ichida zanjirdan q = It zaryad
o‘tadi. Shunga ko‘ra (1) formulani quyidagicha yozib olamiz
= E It. (2)
Bu paytda tok manbayining ichida va tashqi zanjirda
= rt va = Rt (3)
issiqlik miqdori ajralib chiqadi. Bunda r – manbaning qarshiligi bo‘lib, u ichki
Do'stlaringiz bilan baham: |